O’zbekiston Xalq Harakati

Men Shukrullo desam…

Men Shukrullo desam…
19 Temmuz 2020 - 18:47 'da yuklandi va 917 marta o'qildi.

O'zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol

MEN ShUKRULLO DESAM…

Bir ulfatim tutdi savolga meni:
Izhor aylamoqqa, ana, keldi payt,
Shukrullo deganda ko'rasan kimni?
Bir so'z bilan uning ta'rifini ayt…

Hay, oson emishmi? Judayam mushkul,
Bir so'z bilan buni qandoq aytaman?
Bir asrga yaqin shoir umri ul,
Qara, qayga borib, qaydan qaytaman…

Men Shukrullo desam har safar, illo,
Bir inson bo'y cho'zar qarshimda buyuk.
Haq so'zini doim aytguvchi burro,
Eliga ardoqli, xalqiga suyuk.

Men Shukrullo desam, osonmas menga,
Yuragim tirnalib, bag'rim qonlanar.
Zamonlar ko'rinar burkanib tunga,
Mustabid tuzumning turqi jonlanar.

Men Shukrullo desam, yodimga shu dam
Toptalgan elimning faryodi kelur.
Har o'n yilda bir bor boshi kesilgan
Xalqimning munavvar avlodi kelur.

Men Shukrullo desam, jonim uvushar,
Fitratu Qodiriy, Cho'lponlar hamon,
Usmon Nosir, Elbek yodimga tushar,
Botu avaxtada chekadi fig'on…

Men Shukrullo desam, ko'rinar albat
Horib, hansiragan, tani jiqqa ter,
Olis Magadanda chekib mashaqqat,
Qorniga tosh boylab, g'altak surgan er!

Men Shukrullo desam, tasavvur aro
Bir siymo ko'rinar metin bardoshli.
Elim, vatanim deb ko'ksida yaro,
Kulsa, yig'lasa ham ko'zlari yoshli.

Men Shukrullo desam, ko'raman shaksiz,
Yarqirab saf chekar necha kitoblar.
Istiqlol nash'asi ila yoniq so'z,
Yuksak minbarlardan uchgan xitoblar…

Men Shukrullo desam, mehrim jo'sh urib,
Qalbimda g'ururim bo'lur ziyoda.
Bir yurak qarshimda yonar gupirib,
Yulduzdek charaqlab turar iroda.

O'qib shoirimiz qismat nomasin,
Joizdir har safar, yo Olloh, demak.
Jam etib shodligu g'ami hammasin
Bir so'z bilan aytsak, Shukrullo demak!..

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube