O’zbekiston Xalq Harakati

TITANIK

TITANIK
20 Temmuz 2020 - 11:28 'da yuklandi va 823 marta o'qildi.

Sal oldin bir hamshira opa kuyib-pishib gapirgan videoni qo'ygandim. Unda aytilishicha oddiy odamlar virusga analiz topshira olishmayapti. Faqat melisa, hokimlik xodimlari xullas “kattalar”. Surxondaryo hokimi yo'llar yopiq, shifoxonalar butunlay to'lib toshgan vaziyatda qanday qilib bir kechada Toshkentga kelib davolanishni boshlaganiga aqlimiz lol edi. Masalani javobini hamshira opamiz ochib berdi.

Hammamiz sevib ko'rgan TITANIK filmini bir eslang. Faqat kema ayzberkka urilgandan keyingi holatni eslang. Hamma talvasada. Jon talvasasida. Qayiqlar juda kam. Buni ustiga nozir hayqiradi:

–Ayollar va bolalar kelsin!

Bizning mamlakat ham o'sha kemadek. Vaziyat chatoq. Zaxirani eeeng ojiz, eng muhtojlarga sarflash uchun buyruq berilgan yuqoridan. Faqat buyruq berilgan, tekshirilmagan. Lekin…

Qayiq yoniga boyvuchcha amakilar kelib, nozir cho'ntagiga mo'may pul tiqib qayiqqa o'tirishadi. Nozir o'zi ham cho'kishini biladi, lekin pulni oladi. Hatto ayol kiyimini kiyib olgan erkaklar ham bo'ladi kadrda. Jon shiriin.

Bizda ham jarayon xuddi shunday kechayotganini hamshira opa ro'yi-rost ochiqladilar. Axir o'sha porani olayotganlar o'zlari ham xavf ostida ekanliklarini bilishadi-ku!

Xalq bor yo'g'i ishchi kuch. Qirilib ketgani bilan yana ko'payib olaveradi, deb o'ylashsa kerak.

MENI HAYRON QOLDIRAYoTGANI ShU KABI RASVO, VIJDONGA TEGAR IFLOSLIKLARNI KO'RA TURIB, KATTA KATTA YoZUVChI-ShOIRLARIMIZ NEGA JIM? UYuShMA NEGA JIM? VATANIM, MILLATIM, XALQIM, HAR KUNIM BAYRAM SAN BILAN, DEB BO'YINBOG'INI SELKILLATIB YuRGAN XALQ ShOIRLARI KUChINGIZNI KO'RSATING!

Vaziyatga baho bering! Ijodkor missiyasini to'la bajaring. Chiqargan to'rtta kitobingiz bilan it ham eslab qolmaydi sizni, ishoning!

Odamlarni qiynalayotganini ko'ra turib, qanday uyingizda jiiiim oilaviy ovqatlanib, har soniyada qo'lingizni dezenfektsiya qilib televizor tomosha qiliiib yotishingiz mumkin? Ijodkorda g'ujur, hamiyat bo'ladi. Shunaqa paytda o'rtaga chiqmasa, qo'pol bo'lsayam n… kerak boshqa paytda ko'ksiga urib vataaaan, vataaaan, deb karillagani.

Xalq tomonda turib hukumatdan talab qiling haqiqatni!

Osmonga uchgan narxlarni tushirishni talab qiling!

Shunday og'ir vaziyatda xalq rizqini, davlat byudjetini eganlarni o'rtaga chiqarib, odamlar orasida shavqatsizlarcha jazolashni, eganini qustirishni talab qiling!

Ishini eplolmay, mansabini suvistemol qilayotganlarni bo'shatishni talab qiling!

Davlat ishida ishlamaydigan aholiga yordam puli berilishini talab qiling!

Iltimos, jim o'tirmang. Ming daho, Navoiydan zo'r bo'lmaysizmi, shunaqa vaziyatda pisib yotibsizmi, kechirasizu bir tiynsiz. Odamlar esidan chiqarib yuboradi deb o'ylamang. Shaxsan o'zim nomma-nom eslab qolaman!

Amaldor, siyosatchilarga ishonmay qo'ydi xalq. Sizga ergashsinlar, yo'l boshlang. Qo'shsha-qo'shsha kitob yozgich dono ADIBLAR. Qo'rqmang, agarki, botirligingiz uchun o'ldirishsa ham asarlaringiz bilan topmagan hurmat, shuhrat va abadiyatga erishasiz.

TITANIK kapitanining mardligini eslang. Voh!
Siz qayiqlarga birinchi bo'lib tushib oladigan xezalaklardan emassiz, shunday emasmi?

O'tinaman, faqat jim turmang.

Jontemir Jondor

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube