O’zbekiston Xalq Harakati

Madaniyat vazirligi tizimidagi korruptsion sxemalar! (2)

Madaniyat vazirligi tizimidagi korruptsion sxemalar! (2)
21 Temmuz 2020 - 5:15 'da yuklandi va 1154 marta o'qildi.

O'tgan galgi maqolada Madaniyat vazirligi Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Ahror Mirzaevning viloyat madaniyat va san'at sohasini poraxo'rlik va korruptsiya botqog'iga botirayotganiga oid ayrim holatlarni fosh qilgandik bugun shu mavzuga oid yangi faktorlarni keng jamoatchilikka ma'lum qilamiz. Shunday qilib,

Yotib qolguncha otib qol!

Butun dunyoda epidimiologik vaziyat tarang bir vaqtda,  odamlar boshiga tushgan tashvishdan foyda orttirishni ko'zlab harakat qilayotganlar ham topilmoqda. Ahror Mirzaev ham pandemiya davrida “mo'may” daromad orttirish yo'lini topdi. Bunda u viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi musiqa va san'at maktablaridan karantin davrida kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazish bahonasida har musiqa va san'at maktabi direktorlariga 1 mln so'mdan “soliq” solgan. Bunga direktorlar karantin davrida bu miqdodagi pulni etkaza olmasliklarini aytganda, u ayrim musiqa maktabi direktorlariga “myortvye”larni ishga olish bo'yicha ko'rsatma beradi. Ahror Mirzaevning ko'rsatmasiga ko'ra, karantin davrida, bizdagi ma'lumotlarga ko'ra 10-12 nafar “myortvye”lar ishga olingan va ikki oydan buyon ularning oylik maoshlari Ahror Mirzaevga etkazilmoqda.

“Diplomlar savdosi”

Ahror Mirzaev Toshkent viloyati Pedagogika instituti (Angren shahrida hozir faoliyati tugatilgan)dan soxta diplom sotib oladi. “Diplomlar savdosi”dan yaxshigina daromad qolishini amaliy tajribadan biladi. Shu bois u Yangiyo'l shahridagi Yangiyo'l Madaniyat va san'at kolleji direktori Fotima bilan jinoiy til biriktirib “diplomlar savdosi”ni yo'lga qo'ydi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra Oqqo'rg'on, Quyi Chirchiq, Yangiyo'l tumanlarida yashovchi 16 nafar fuqarolardan 200-500 $gacha soxta diplom olib berish va'dasi bilan pora oladi. Biroq, Yangiyo'l shahar prokuraturasiga fuqarolardan mazkur holat bo'yicha shikoyat kelib tushadi. Natijada, ayni kunlarda Yangiyo'l shahar Madaniyat va san'at kollejida tekshiruv boshlanadi va direktor Fotimadan majburiy ariza olinib, ishdan bo'shatiladi va har doimgidek Ahror Mirzaev ham bu vaziyatdan suvdan quruq chiqadi. Agar keltirgan faktlarimizga shubha qilguvchilar bo'lsa, quyidagi tavsiyalar orqali faktlarni tasdiqlashi mumkin. Birinchidan, Ahror Mirzaevni soxta diplom olganini tasliqlash uchun Ahror Mirzaevdan kursdoshlari, o'qitgan ustozlari haqida so'rashni o'zi kifoya. Ikkinchidan, Yangyio'l madaniyat va san'at kolleji rahbari Fotima va Ahror Mirzaevning telefon qo'ng'iroqlarini tekshirib ko'rish kifoya.

Bundan tashqari, kadrlarni tanlashda Ahror Mirzaev o'zi tug'ilgan Quyi Chirchiq tumanidan bo'lganlarni lavozimlarga tayinlashni afzal biladi. Boisi, korruptsiyani sistematik qaror toptirish uchun, uning har bir bo'g'iniga “o'ziniki”larni qo'yish sinalgan usul, garchi kadrga qo'yiladigan talablarni biror bittasiga ham javob bera olishi, topshirilgan vazifasini qay darajada uddalay olishi, bu Ahror Mirzaevning kadrlar tayinlovidagi birlamchi, ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Yagona talab, itoatkor, har qanday jinoiy sheriklikka tayyor mutaxxam bo'lsagina bas. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Ahmadovich Nazarbekovdan viloyatdagi madaniyat boshqarmasi boshlig'ining hatti-harakatlarini o'rganib chiqib, agar faktlar o'z tasdig'ini topsa barchaga ibratli bo'lgan jazoga tortilishini viloyat madaniyat va san'at sohasi xodimlari iltimos qilib qoladi.

Madaniyat va san'at sohasi xodimlari qalbidagi haqiqatlarni chop etib, keng jamoatchilikka Ahror Mirzaev kabilarni fosh qilishda jonbozlik ko'rsatgani uchun uzxalqharakati.com sayti tahririyatiga viloyat madaniyat va san'at xodimlari nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

O'XH tahririyatiga kelgan maktub

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube