O’zbekiston Xalq Harakati

Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi

Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etdi
25 Temmuz 2020 - 12:37 'da yuklandi va 585 marta o'qildi.

Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov Chuy viloyatining Jangi-Jer qishlog'idagi №19 qamoqda jazosini o'tayotgan edi. Uni 24 iyulda tez yordam mashinasi bilan №47 koloniyadagi kasalxonaga tibbiy nazorat o'tkazish uchun etkazishgan. Ammo Asqarov ertasiga vafot etdi.

Hozircha qirg'iz hukumati bu bo'yicha izoh bergani yo'q. Ammo inson haqlari uchun kurashgan Asqarovning o'limini hamkasbi To'loyqan Ismailova hamda uning advokati Valeryan Vaxitov tasdiqladi.

Asqarov 69 yoshda edi. Oxirgi kunlari uning sog'ligi keskin yomonlashib ketgan edi. Marhumning oqlovchisi u kasalxonaga yotqizilishi kerakligini talab qilgani bilan Jazoni ijro qilish davlat xizmatidan qamoqda davolash uchun «barcha sharoitlar bor» ekanini bildirishgan.

“Men o'zimni yomon his qilyapman. Biz oxirgi marta uchrashganda uni menga suyab olib kelishgan. Men unga «Biz sizni yaxshi ko'ramiz, chidab turinglar!» desam u yig'lab yubordi — sezdi shekilli”, — deb xotirladi Asqarov bilan bo'lgan oxirgi uchrashuvni Vaxitov.

Vaxitov JIDXdan huquq himoyachisining o'limi bo'yicha tibbiy tasdiqni kutmoqda.

Ovqatlana olmay, yurolmay ham qolgandi

Avvalroq advokat Valeryan Vaxitov huquq himoyachisi Azimjon Asqarovdan xabar olib, uning sog'ligi yomonlashib ketganini tez-tez xabar qilib turgan edi.

Vaxitovning aytishicha, Asqarov mustaqil yura olmaydigan ahvolda emas edi. Shu bilan birga huquq himoyachisi oriqlab ketgan, shuningdek u deyarlik ovqatlana olmagani sabab glyukoza in'ektsiyalarini sayib turishgan.

Vaxitov himoyasidagi odami oqarib, yo'talayotganini ham sezgan. Koloniyaning fel'dsheri advokatga Asqarovning og'riyotganiga 10 kun bo'lib qolganini xabar qilgan. JIDXdan esa «Kloop»ga Asqarovning sog'ligi yaxshi, unga tibbiy yordamning keragi yo'qligini, uning sog'ligi yomonlashib ketdi degan ma'lumot noto'g'ri ekanini bildirishgan.

Azimjon Asqarov — Qirg'izistondagi eng taniqli huquq himoyachilaridan biri. Asqarov hayotining oxirgi 10 yilini qamoqda o'tkazdi.

Uni 2010 yilning 15 iyunida Qirg'iziston janubidagi millatlararo janjal vaqtida qo'lga olishgan. Huquq himoyachisiga «Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish», «Millatlararo nizo qo'zitish» hamda «Odam o'ldirishga qatnashish» moddalari bo'yicha ayb qo'yilgan.

Sud Asqarovni 2010 yilning oxirida umrbod ozodlikdan ajratganiga qaramay huquq himoyachisi qo'yilgan aybni bo'yniga olmagan.

Huquq himoyachisining ishida ko'plagan tushunarsiz vaziyatlar bor. Masalan unga hukmni asosan militsionerlar ko'rsatmasi bo'yicha chiqarishgan.

Huquqni himoya qilish tashkilotlari Asqarovning tazyiqqa uchrashi uning ish faoliyati bilan bog'liq deb hisoblaydi. U militsiya tarafidan qilingan qiynoqlar bo'yicha surishtiruvlarni olib borishi orqali xalq orasida tanilgan.

BMTning Inson haqlari bo'yicha qo'mitasi 2016 yili Asqarov qiynoqqa olinib, huquq himoyachisiga nisbatan sud tergovlari adolatsiz bo'lgan deb topgan. Qo'mita Qirg'iziston hukumatini Asqarovni darhol ozod qilib, uning sudlanganini bekor qilishni talab qilgan.

Manba: uz.kloop.asia

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube