O’zbekiston Xalq Harakati

GO'ZAL O'LIM

GO'ZAL O'LIM
25 Temmuz 2020 - 12:50 'da yuklandi va 941 marta o'qildi.

GO'ZAL O'LIM

Sening yo'lingda bir zaif yo'lovchi
baqo eshigini taqillatmoq chun
umr sahrosida ochib hovuchin
go'zal o'lim izlab yig'lab sarson u,
istagin et ravo, Senga oson bu.

Hayot chehrasining ajini gulzor,
haqiqat zanjirin majnuni ozor
chekib zindonlarda, yolvorib zor-zor
gadoning so'rgani mangulik guli,
mangulik guli bu eng go'zal o'lim.

Go'zal o'lim nedir?! Oh, go'zal ajal,
senda ahsan husn – jami mukammal! –
Sevgilim, yodingda bo'lganim mahal
o'lishdan kattaroq baxt bo'lmas zinhor,
Sening lutfing kabi ahd bo'lmas zinhor.

Qo'limda zanjirlar, tilda zanjirlar,
qilich tutib yurar qullar, zanjilar,
haqiqat ko'ksimga nurdek sanchilar,
shu nurni otguvchi O'zing Sevgilim,
qalbim uyg'otguvchi – So'zing, Sevgilim.

Yo'lingga intizor ko'zlar nigoron,
diydor talab dilga berurman oro,
hayotim yo'lida ko'tarib suron
kelurman gunohu xatoga usta,
lek fazlingdan
go'zal o'limni istab.

Akrom MALIK

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube