O’zbekiston Xalq Harakati

Qirg'iziston: Qamoqdagi huquq faoli Azimjon Asqarov olamdan o'tdi

Qirg'iziston: Qamoqdagi huquq faoli Azimjon Asqarov olamdan o'tdi
25 Temmuz 2020 - 13:26 'da yuklandi va 756 marta o'qildi.

O'n yil avvalgi iyun' voqealari ortidan umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan jalolobodlik huquq faoli Azimjon Asqarov Bishkekdagi 47-koloniyada jon taslim qildi.

Bu haqda Ozodlikning qirg'iz xizmatiga “Bir duyno – Qirg'iziston” inson huquqlari tashkiloti rahbari To'leqan Ismailova ma'lum qilgan.

Mazkur ma'lumotni Qirg'iziston ombudsmeni To'qo'n Mamitov tasdiqlagan. Unga ko'ra, Asqarov olamdan o'tgani haqida Jazoni o'tash davlat xizmatidan (JO'DX) 25 iyul' kuni xabar kelgan.

“Jazoni o'tash davlat xizmatidan qo'shimcha ma'lumotlarni olyapmiz. Hozir Asqarov vafotiga nima sabab bo'lgani haqida tibbiy ko'rik natijasini kutishimiz kerak”, degan T. Mamitov.

JO'DX huquq faolining vafoti haqida ma'lumot bergan emas.

Xastalikka chalingan Azimjon Asqarov 19-koloniyadan “Tez yordam” mashinasida 47-koloniyaga ko'chirilgani haqida Ozodlik 24 iyul' kuni xabar qilgandi.

Huquq faolining xastalangani va ahvoli og'irligi haqida avvalroq uning advokati Valer'yan Vaxitov, “Farg'ona” axborot agentligi rahbari Daniil Kislov va Front Line Defenders inson huquqlari tashkiloti ma'lumot tarqatgan edi. Ular qirg'iz rasmiylaridan A.Asqarovni kasalxonaga etkazishni, unga oid sud hukmini bekor qilib, batamom ozod qilishni talab qilishgan.

21 iyul' kuni Qirg'iziston ombudsmeni vakillari 19-koloniyada jazoni o'tayotgan Azimjon Asqarovni borib ko'rib, uning isitmalayotgani, biroq tibbiy yordam olayotgani haqida ma'lum qilgandilar.

Joriy yilning 13 may kuni Qirg'iziston Oliy sudi Azimjon Asqarovga nisbatan chiqarilgan hukmni o'z kuchida qoldirgandi.

Yoshi 70 ni qoralagan o'zbek millatiga mansub huquq faoli Azimjon Asqarov Jalolobod viloyatining Bozorqo'rg'on tumanida yashab, inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanib kelgan. 2010 yil iyun' voqealaridan keyin u tartibsizliklarni uyushtirganlik va militsiya xodimining o'ldirilishida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo'lga olingan. Barcha sud instantsiyalari qarori bilan u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Jahondagi etakchi xalqaro tashkilotlar (HRW, CPJ, Amnesty International va b.) hamda huquq faollari 10 yildan buyon qirg'iz rasmiylarini A. Asqarov ishini qayta ko'rib chiqib, uni ozod qilishga chaqirib kelganlar. Shunga o'xshash chaqiriq bilan joriy yil may oyi o'rtalarida Evropa parlamenti deputatlari chiqishgan. Undan avval, aniqrog'i 8 may kuni AQShning qator senatorlari Qirg'iziston prezidenti So'o'ro'nbay Jeenbekovni siyosiy motivlar asosida qamalgan mahkumlar, jumladan Azimjon Asqarovni qamoqdan ozod etishga chaqirishgan.

2015 yili Azimjon Asqarovga AQSh Davlat departamentining “Inson huquqlari faoli” mukofoti topshirilgan. Shundan so'ng qirg'iz hukumati norozilik sifatida Vashington bilan imzolangan o'zaro hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.

2016 yil aprelida BMTning inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi Qirg'iziston rasmiylarini jalolobodlik huquq faolining ishini qayta ko'rib chiqishga chaqirgan. Qo'mita o'z qarorini noqonuniy qo'lga olish, qiynoqlar qo'llash va Azimjon Asqarovni og'ir sharoitlarda saqlab turilishi bilan asoslagan. Qirg'iziston sudi ishni yangi holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqqan, biroq hukmni o'zgarishsiz qoldirgandi.

Ozodlik radiosi marhum huquq faoli Azimjon aka Asqarovning oila a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube