O’zbekiston Xalq Harakati

YaQIN TARIXIMIZDAGI ShARAF VA ShARMANDALIK

YaQIN TARIXIMIZDAGI ShARAF VA ShARMANDALIK
28 Temmuz 2020 - 17:10 'da yuklandi va 1071 marta o'qildi.

(Turkiston xonliklarining razolati, beklarining diroyati xaqida)

1866 yil yanvar oyining oxirida Chernyaev Jizzaxga yurish boshlaydi. Ammo 8-9 ming kishilik shahar himoyalashilarining ko'rsatgan qarshiligi tufayli u orqaga chekinishga majbur bo'ladi. 1866 yil mart oyida Chernyaev Peterburgga chaqirib olinadi, uning o'rniga general Romanovskiy yuboriladi. Toshkentga yordam uchun yuborilgan Buxoro amirining 100 ming kishilik ko'shini bilan general Romanovskiy qo'mondonligidagi Chor Rossiyasi qo'shinlari o'rtasida 8 mayda Erjarda bo'lgan jangda rus qo'shinlari g'alaba qozonadi. 24 mayda rus askarlari Xo'jandda ham g'alabaga erishadilar. Avgust oyida Romanovskiy Toshkent, Xo'jand va Chirchiqorti o'lkasini Rossiyaga qo'shib olish to'g'risida ko'rsatma beradi. Buxoro amiri bilan muzokaralarda kelisha olmagach, Romanovskiy 2 oktyabrda Buxoro amirligiga qarashli O'ratepa qal'asini, 18 oktyabrda esa

Jizzaxni bosib oladi. Jizzax uchun jang g'oyatda dahshatli bo'lgan. Tarixchi olim Hamid Ziyoevning yozishicha bu jang davomida “…to'kilgan odam qoni bamisoli ariq suviga o'xshab oqqan”. Romanovskiy 1866 yil 19 oktyabrda Harbiy vazirga yozgan telegrammasida Buxoro amirining Sirdaryo vodiysidagi so'nggi tayanchi, besh kunlik qamaldan so'ng 18 oktyabr soat 12 da zarb bilan egallandi. Himoyachilardan oz qismi qutilib qoladi, xolos. Ko'plari halok bo'ladi yoki asir olinadi. “26 bayroq, 53 qurol va juda ko'p boyliklar qo'lga tushiriladi. Bizning yo'qotishimiz, xudoning irodasi bilan 100 kishidan kamroq bo'ldi, shu jumladan to'rt ofiter yaralandi”. General Romanovskiy Jizzax uchun bo'lgan jangda kamida 6 ming kishi o'ldirilganligi va 2 ming kishining asir olinganligini yozgan edi. Qizig'i shundaki, Buxoro amiri rus qo'shinlariga qarshi birgalikda jang qilishni Qo'qon xoni Xudoyorxonga taklif qilganda u turli vaj-karsonlarni bahona qilib bu ishga bosh qo'shmaydi. Amirlik qo'shinlari Ho'jand va Jizzaxda engilgach, Xudoyorxon rus bosqinchi generali Romanovskiyga tabrik telegrammasi yuboradi. Bu telegrammada biz quyidagi sharmandali jumlalarni o'qiymiz: “Oq podsho bilan do'stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Qo'qondan chiqmadim va o'z Chegaralarimni saqlash uchun 35 ming qo'shinni to'plab Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so'ng Ho'jandda turgan amir o'z qo'shini va boshlig'ini olib shaharni mutlaqo bo'sh qoldirganligini eshitdim; bu haqdagi xabarni bilib o'z qo'shinim va artelleriyam bilan orqaga qaytdim va agar men Oq podsho bilan do'stlikni istamaganimda men qo'shinim bilan Shaytonmuzgardan qaytmasdanoq, Ho'jandga kirar edim va buning oqibatida Buxoro amiri bilan kuchli raqib bo'lur edim. Alloh yordamida Siz Ho'jandni zabt etdingiz, buni eshitib, ilgarigi do'stlikni mustahkamlash uchun Sizni g'alaba bilan tabriklayman”.

1867 yil 14 iyunda chor hukumati bosib olgan joylarda favqulodda Turkiston general-gubernatorligi tuziladi. Injener-general K.P.Kaufman bosh qilib tayinlangan bu gubernatorlikning markazi Toshkent bo'lib uning tarkibiga Sirdaryo va Ettisuv viloyatlari ham kirgan edi. K.P.Kaufman podsho Aleksandr II dan katta vakolatlar bitilgan “Oltin yorliq“ oladi. U mustaqil ravishda urush e'lon qilish, sulh tuzish va boshqa huquqlarga ega edi. Shu bois Turkiston xalqi K.P.Kaufmanni “Yarim podsho” deb atagan.

Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman o'zi hukmronlik qilayotgan hududlarda rus davlati mavqeini mustahkamlash va Turkiston o'lkasidagi qonli fojealarni K.P. Kaufman niqoblash maqsadida bir guruh mahalliy sotqin tabaqa vakillarini O'rta hukumat bilan kelishgan holda Peterburgga yuborishga qaror qiladi. Bu vakillar asosan rus davlatiga sodiq, rus qo'shinlariga har tomonlama yordam bergan kishilardan tashkil topgan edi. Vakillar ro'yxatiga Shayx-ul-Islom Nosir mulla Isoq (Turkiston shahridan), Qozi Mirza Talashpan (Chimkentdan), oqsoqol Amin Suni Shayxov (Iqon qishlog'idan), Duglat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyootadan), qora qirg'iz qabilasining biyi Baytiq Kanap (Avliyootadan), Saidazimboy Muhammadboev (Toshkentdan), Eshonxon Imomxonov (Toshkentdan), qozikalon Yusufho'ja Abdullaho'jaev (Ho'janddan), oqsoqol Abduqaffor Sarimsoqov (Jizzaxdan) va boshqalar kiritilgan edilar. 1867 yil mart oyida Peterburgga etib kelgan Turkiston vakillarini eng oliy darajada izzat-ikrom bilan kutib olinadi. Ular tuzilgan rejaga asosan hukumat nozirliklarida, saltanat saroyida, Ermitajda, xalq kutubxonasida, muzeylarda, fanlar Akademiyasida, zoologiya bog'ida; Petropavlovsk qal'asida, fabrika va zavodlarda, savdo birjasi, magazinlarda, teatr va tsirkda, kasalxonalarda, saltanat bog'ida (Tsarskoe selo) va boshqa diqqatga sazovor joylarda bo'ladilar. Bunday “mehmondo'stlik” ning bosh maqsadi Rossiya davlatining qudratini namoyish qilishdan iborat edi. Turkiston vakillarini hatto podsho Aleksandr II ning o'zi qabul qiladi. Ular “oliy hazratga” go'yo Turkiston aholisining rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, mangu sodiqligini izhor etuvchi maktubni topshirganlar. Bu maktubga Toshkent, Turkiston, Ho'jand, Chimkent va boshqa joylarning kattalaridan 59 kishi imzo chekishga majbur bo'lgan edilar.

Ana shu tariqa chor ma`murlari Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi aholi go'yo o'z ixtiyori va istagi bilan rus davlati fuqaroligiga “o'tgan”ligini jahonga namoyish qilishga uringan edi. Turkistonda esa qonli va qirg'inbarot urushni davom ettiradi. Jumladan 1867 yil 7 iyunda rus askarlari Jizzax va Samarqand o'rtasida joylashgan Yangiqo'rg'onda 25 ming kishilik Buxoro qo'shini va xalq ko'ngillarini tor-mor keltiradi.

1868 yil 1 mayda Samarqand ostonasidagi Cho'ponota tepaligida shiddatli va beayov jang bo'ladi. 2 mayda Samarqand shahri taslim bo'lishdan o'zga chorani topmaydi. Buxoro amiri Muzaffarxon bu xabarni eshitgach, shu darajada dahshatga tushdiki, jahl ustida bu “shum xabar”ni keltirgan xabarchini osib o'ldirishga farmon beradi. Amirning chorasiz va ilojsiz vasvasasi asta-sekin yig'iga aylanadi. U “xudo meni Samarqanddan marhum qilgandan ko'ra jonimni olgani yaxshi edi”, deb oh-fig'on chekadi. Chunki Sohibqiron Amir Temurning poytaxtini g'ayridinlar bosib olishi juda katta yo'qotish ediki, bu voqea butun islom dunyosida kuchli aks sado berdi. Amir Muzaffarning xalqi o'rtasida obro'si tushib Said Muzaffarxon ketadi. Xalq g'azabga keladi. Ayniqsa amirning chor hukumati bilan sulh tuzishga moyilligi vaziyatni juda keskinlashtiradi. Xalq amirdan urushni davom ettirishni talab qilib qo'zg'olon ko'taradi. Qo'zg'olon markazi Cho'li Malik edi. Qo'zg'olonchilar albatta, so'yil, nayza va shuning singari oddiy narsalar bilan qurollangan edilar. Amir Muzaffar qo'zg'olonni butun Zarafshon vodiysiga tarqalib ketishidan qo'rqib uni tezda bostirdi-da, darhol beklar bilan kengash o'tkazadi. Unda sulh tuzish yoki urushni davom ettirish masalasi muhokama qilinadi. Kengashda birinchi bo'lib so'z olgan lashkarboshi Usmonbek bunday deydi: “Xonlikning xalqi urushni davom ettirishni talab etayotgan bir paytda kofirlarga kontributsiya (tovon) to'lagandan ko'ra bir tomchi qon qolguncha kurashish afzalroqdir”. Bu fikrni kengash qatnashchilari yakdillik bilan qo'llab-quvvatladilar. Muzaffar barcha kuchlarini jamlab, Samarqandni qaytarib olishga kirishadi1. 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to'pli Buxoro qo'shini Zirabuloq tepaligiga kelib o'rnashadi. Qo'shinni ruhlantirish va g'alabaga chorlash niyatida amir Muzaffar ularga quyidagicha murojaat qiladi: “Sodiq musulmon fuqarolari! Sizlarning zahmatlaringiz uchun rahmat, sizlarni ishontiramizki, g'alaba biz tomonda bo'lg'ay. Samarqand va Kattaqo'rg'onning qo'ldan ketishi biz uchun unchalik katta yo'qotish emas. Biz temuriylar avlodimiz, biz o'z erimizni qanday qilib qaytarib olishni ko'rsatib qo'yamiz. Musulmonlar!

Men dinimiz va Vatanimiz uchun musulmon ahlining qahramonona jang qilishini kofirlar ko'z o'ngida namoyon etishingizga umid qilaman. Xalq bizdan g'alaba kutayapti, u jangdan so'ng sizlarni qarshi olganida din va Vatan himoyasi uchun kurashgan va erimizni kofirlardan tozalaganlar, deb aytsin. Zirabuloq jang maydonida halok bo'lganlar sharafiga shonli yodgorlik o'rnatiladi. Musulmonlar! Turkiston general-gubernatori talab qilayotgan 125 ming tilla (500 ming so'm) sovg'a sifatida sizlarga beriladi. Ishonchim komilki, sizlar mening umidlarimni ro'yobga chiqarib, samarqandliklar to'nidagi qora dog'ni yuvasizlar. Musulmonlar, Sizlarga zafar yor bo'lsin!”. Ushbu murojaat to'plar ovozi ostida o'qib eshittiriladi. 1868 yil 2 iyunda general K.P.Kaufman qo'mondonligidagi qo'shin va himoyachilar o'rtasida jang boshlanadi.

Buxorolik mudofaachilar “Olinglar, olinglar, axir!…” deyishgancha dushmanga qarshi hujum qiladilar. Ammo ko'p talofat ko'rib mag'lubiyatga uchraydilar. Bu xabar xalq g'azabini battar kuchaytiradi. Amir qo'rqib Qizilqum tarafga qochib ketadi. Samarqandda chorizmga qarshi xalq qo'zg'oloni boshlanadi. Yurt himoyasiga shahar atrofidagi qishloq va ovullardan minglab kishilar kelib qo'shiladi.

Naymanlar, qoraqalpoqlar, xitoy-qipchoqlar, qirq juzlar va boshqa qabilalar Jo'rabek va Bobobek boshchiligida Shahrisabzdan kelayotgan 20 ming kishilik qo'shin qasoskorlarga qo'shilib, Samarqanddagi qo'zg'olonchilar safini to'ldiradi. Natijada Samarqand chorizmga qarshi umumxalq kurashining o'shog'iga aylanadi. Bir necha ming kishilik qo'zg'olonchilar shahar qalasida o'rnashgan chor qo'shinini qurshab olib jangga kirishadi. Ammo Shahrisabz beklari chor qo'shinlariga yordamchi kuchlar kelayotganidan xabar topib, Samarqandni tashlab chiqadi. K.P.Kaufman Zirabuloq yaqinida Buxoro amirligi qo'shinlarini tor-mor keltirib, tezlik bilan Samarqandga qaytadi. 8 iyunda u Samarqandni to'plardan yoppasiga o'qqa tutishga va shaharni batamom yoqib yuborishga buyruq beradi. 9 iyunda Samarqandda fojeali qirg'in boshlanadi. Qirg'in uch kun davom etadi. Yuzlab odamlar hech qanday so'roqsiz, tergovsiz otib tashlanadi.

Samarqanddagi qo'zg'olon yakunlariga ko'ra uning boshliqlaridan 19 kishi o'limga va 19 kishi Sibirga umrbod surgunga hukm qilinadi. Buning ustiga, qo'zg'olonchilarning aksariyati esa jangu-jadalning o'zidayoq qirilib ketadi. Chor qo'shinlaridan 275 kishi o'ldirildi va yarador bo'ladi. Boshqa joylarda bosqinchilar bunchalik ko'p talofat ko'rmagan edi. Shuning uchun general K.P.Kaufman “Samarqand qalasidagi talofatni juda katta yo'qotish”, deb baholaydi. Bu vaqtda amir Muzaffarning obro' va mavqei tobora tushib, taxtda zo'rg'a ilinib turardi. Amir Karmanaga kelib, o'z amaldorlari ishtirokidagi kengashda chor hukumat bilan sulh tuzishdan bo'lak chora qolmaganini ma`lum qilib: “Endilikda barcha qo'shin va qurol-aslahalarni, to'plarni oq podshohga topshirib, menga Makkaga hajga borishga ruxsat berilishini undan so'rayman. Sezib turibmanki, mening o'limim yaqin, taqdirim va hayotim xalqning qo'lida” deb aytishni o'ziga ep ko'rgandi.

1868 yilning 23 iyunida amir Muzaffarning elchilari Samarqandga K.P.Kaufman huzuriga kelib, sulh tuzishga rozilik bildiradi. Sulhga ko'ra Samarqand, Kattaqo'rg'on va Zarafshon daryosining yuqori qismi xonlikningdan ajratib olinib, Russiya tarkibiga kiritiladi. Amir tovon sifatida 500 ming so'm tilla pul to'lashga va horijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa o'rnatmaslikka rozilik beradi. Shuningdek Russiya savdogarlariga xonlikning tasarrufida bemalol savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanishga hamda karvonsaroylar qurishga ijozat etiladi. Ular to'laydigan boj miqdori buxoroliklar to'laydigandan oshmasligi kerak edi. Xullas, shartnoma tuzilganidan so'ng Buxoro amiri urushni rasman to'htatib, o'ris davlatiga tobeligini tan oldi. Bu esa vatanparvar, hur fikrli odamlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ladi. Xatto amirning o'g'li Abdumalik Katta to'ra va bir necha nufuzli beklar birlashib, Muzaffarxon va chorizm istilochilariga qarshi kurashni davom ettiradi.

Ular amirning taxtdan mahrum etilganini elon qilib, Shahrisabz va Kitobda katta kuch to'playdi. Kitob va Shahrisabz beklari Jo'rabek va Bobobek Katta to'rani xon deb elon qiladilar. Natijada amir Muzaffarxonning ahvoli nihoyatda og'irlashadi. Ota-bola qo'shinlari o'rtasida Samarqand yaqinidagi Jom qishlog'ida sodir bo'lgan jangda amir sarbozlari engiladi.

1868 yilning kuzida Buxoro amiri Muzaffar o'ziga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olonni bostirish uchun general-gubernator nomiga maktub yo'llaydi. Kaufman bu maktubdan shuni angladiki, amirning o'g'li Abdumalik otasiga qarshi qo'zg'olon ko'tarib, Qarshi atrofida katta kuch to'plagan. Kitob begi Jo'rabek Shahrisabz hokimi Bobobek va Sulton Sodiq Kenisarov otryadlari shahzoda armiyasi tayanchlari ekan.

O'shanda Samarqand okrugi boshlig'i, general-mayor Abramov bu uch otryad boshliqlaridan eng havflisi Sodiq Kenisarov ekanini aytgan.

Chor qo'shinlariga qarshi ilgarilari ham bir necha bor qahramonlik mo'jizalarini ko'rsatib jang qilgan Sulton Sodiq Kenisarov 1868 yilda Buxoro amiri qo'shini safida Kaufmanga qarshi kurashadi. Zirabuloqdagi jangda amir qo'shinlari bilan qochganida, Sodiq o'z yigitlari bilan jang maydonida qoladi. Keyin u Kaufman bilan sulh tuzgan amirga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olonga qo'shilib, Kitob begi Jo'rabek va Shahrisabz begi Bobobek sarbozlari safidan joy oladi.

Kaufman bunday havfli dushmanlarga qarshi tajribali generali Abramovni yuboradi. Qo'zg'olonchilar Qarshi ostonasida o'ris qo'shinidan engilib, turli tomonlarga tarqab ketadi. Jo'rabek va Bobobek Shahrisabz va Kitobga qochadi.

1870 yil 14 avgustda Kitob shahri shiddat bilan qo'lga olingach, Jo'rabek va Bobobek Qashqar tomon yo'l oladilar. Ular Mahram ostonalaridagi Qo'qon sarbozlari tomonidan hibsga olinadi va Xudoyorxon amri bilan Kaufmanga topshiriladi. General Kaufman esa ularni o'z xizmatiga olib o'ris qo'shini zobitlari unvonini beradi.
Sulton Sodiq esa Qizilqum orqali Xiva xonligi hududiga o'tib ketadi. Buxoro amiri Kaufman bilan tuzilgan sulh shartnomasiga ko'ra Samarqand hamda Kattaqo'rg'ondan ajrabgina qolmay, o'zining siyosiy mustaqilligidan ham mahrum bo'ladi. Buxoro amiri rus saltanatining vassaliga aylanib, mamlakat Rossiya saltanati qaramligidagi yurtga-yarim mustamlaka ahvoliga tushib qoladi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube