O’zbekiston Xalq Harakati

TANIQLI HUQUQBON VA JURNALIST AZIMJON ASQAROV XOTIRASIGA BAG'IShLANADI

TANIQLI HUQUQBON VA JURNALIST AZIMJON ASQAROV XOTIRASIGA BAG'IShLANADI
01 Ağustos 2020 - 15:27 'da yuklandi va 726 marta o'qildi.

Do'stlar! Yaratgan Ollohdan najot so'rab, Karimov qatag'oni davrida boshimdan kechirganlarimni qoralab, bir kitob yozishga kirishdim. Hali yozilishda davom etayotgan bo'lsada, hikoyamning bir kichik parchasini siz bilan baham ko'rishga ahd qildim. Men oddiy jurnalistman. Katta hajmda ijod qilish tajribam bo'lmaganligi bois, xatolik va nuqsonlar uchrasa oldindan uzr so'rayman. Kitobning badiiy saviyasi yuqori emasligida ham o'quvchi meni koyimasligini istardim, zotan, yuqori badiiy bezak bilan o'quvchini mavzudan chalg'itish ham mening ijodiy uslubimga kirmaydi.

ELChI BILAN UChRAShUV

1993 yilning 26 dekabr' kuni Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi 2-kotibi Endryu Kraft men bilan uchrashish istagini bildirdi. Men rozi bo'ldim, ammo uchrashuv elchixonada emas, norasmiy sharoitda tashkillashtirilishini iltimos qildim. Iltimosim inobatga olinib, uchrashuv marhum, taniqli shoir Rauf Parfining turmush o'rtog'i Dilorom Ishoqovaning (bu vaqtda shoir oilasi bilan birga emas edi) uyida bo'lib o'tdi. Men bilan yana ikki nafar muxolif jurnalist bor edi. Ularning nomlarini tilga olmasligim sababini kitobxon fahmlaydi, deb o'ylayman. Elchi bilan suhbatimiz yarim soatcha davom etdi.

Suhbat chog'ida u menga: – Yusuf, hokimiyatning muxolifatni kuchli ta'qib ostiga olganligiga qaraganda, uni butunlay yo'q qilish niyati borga o'xshaydi. Agar shu niyatini amalga oshirsa, bu nima oqibatga olib kelishi mumkin, siz nima deb o'ylaysiz bu borada?, Ko'plab muxolifat vakillari Uzbekistonni tark etishga majbur bo'lishdi. Mabodo, sizda ham chiqib ketish niyati paydo bo'lmadimi?,-deb savol berdi.

Men: -Yo'q, men hozircha Vatanni tark etish niyatim yo'q. Menga qolsa umuman ketish niyatim yo'q, agar vaziyat shuni taqazo qilsa o'ylab ko'raman. To'g'ri, Karimov xalqni aldadi. Saylovgacha demokratiya va so'z erkinligini va'da qildi. Prezidentlik lavozimiga saylanib olib, birdaniga so'z erkinligini bo'g'ib boshladi, siyosiy muxolifatni yo'q qilish payiga tushdi. Demokratiyani rivojlanishini susaytirish mumkin; ma'lum muddat orqaga surishga erishish mumkin lekin uni butunlay yo'q qilib bo'lmaydi, chunki xalq uni tatidi. U bilan yashadi va shaffoflikning hayotiy afzalliklarini his qildi. Ammo, demokratik jarayonni orqaga surishning oqibati jamiyat uchun juda qimmatga tushishi tayin. Chunki demokratiya hali urchish jarayonida turibdi. Uni siyosiy maydondan surib tashlash qiyin emas, ammo bu jamiyat uchun juda ko'pga va qimmatga tushadi.

Elchi: -masalan.

Men: -Tasavvur qiling, deylik hokimiyat taziyqlar oqibatida so'z erkinligini bo'g'ib, muxolifatni kurash maydonidan surib tashlashga erishdi ham deylik, unda o'z siyosiy ko'z qarashlarini ochiq ifodalashga ko'nikkan xalq, ayniqsa yoshlar, minbarni boshqa manbadan qidiradi va uni dindan topadi.. Bu diniy ekstremizm deb talqin qilinadi va natijada yangi repressiya to'lqini vujudga keladi. Ammo bu uzoq davom etadigan repressiya bo'ladi.

Elchi:-Siz haqsiz, deb qo'rqaman.

Men: Agar mening ushbu bashoratlarim noto'g'ri bo'lib chiqsa men xursand bo'lar edim.

Elchi: -Yusuf, agar istasangiz, sizga va siz tavsiya qiladigan safdoshlaringizga siyosiy boshpana tavsiya qilishimiz mumkin.

Men: – Rahmat! Zarurat bo'lsa albatta murojaat qilamiz.

Eslatib o'taman: bu suhbat 1993 yil 28 dekabr' kuni bo'lib o'tdi.

Hokimiyat zulm bilan xalqni jimlikka ko'niktiradi. Bu jimlik ishonchsizlikka aylanadi.

ChAQIRILMAGAN MEHMONLAR.

1994 yilning 11 fevralida.soat 10 larda uyda kitob o'qib o'tirgandim. Onam rahmatlik kirib uch nafar notanish odam chaqirayotganini aytdilar. Kiyinib chiqsam uchta 25-30 yoshlardagi baquvvat yigit taklifni ham kutib o'tirmay, hovliga kirib kelishayapti. Salom alikdan keyin ulardan biri “ Biz IIV dan. Biz bilan yuring! Gaplashib olishimiz kerak”,-dedi buyruq ohangida.

Men ohangning dag'alligidan bildim-ki, vaziyat chatoqqa o'xshaydi.

Onamga qarab,- Bu kishi tezda qaytadi, oddiy suhbat, -dedi. Ko'chaga chiqsak 09 rusmli Rossiya avtomobil darvozamiz yonida kutib turgan ekan. Rul'da yana bir baquvvat yigit o'tirgan ekan. Ularning barchasi oddiy ko'cha kiyimida edi.

Menga o'rtadan joy berishdi. Shunday qilib Jeynovdan Qarshi yo'nalishi bo'ylab jo'nab ketdik. Tuman markaziga burimidan o'tgandan keyin “-Qaerga ketayapmiz?”-deb so'radim.

Yana o'sha hovliga kirganda gapirgan yigit, “-Borganda bilasiz”- dedi. Shundan keyin boshqa savol bermay, jim ketdim. Ular ham men bilan so'zlashishmadi. Qarshi shahriga kirib kelib, mashinani Qarshi mehmonxanasi avtoto'xtovga qo'yib, menga, qarab, “Yuring bu yoqqa”-dedi. Oldinda kattasi, ortimdan ikkitasi meni o'rtaga olib ichkariga kirib ketdik.

Ikkinchi qavatning dahlizi bo'ylab ozgina yurib, chap tomondagi xonalardan biriga kirdik. U erda ikki kishi bo'lib, biri past va to'ladan kelgan (keyinchalik uni IIV dagi kontrrazvedka bo'limi boshlig'i Botir Tursunov ekanligini bildim) kresloda o'tirib olgan, ikkinchisi, mo'ylovlik, baland bo'ylik, 45-50 yoshlarda( ismi Tohir Ibragimov ekan).

Kirib salom berdim. Alek olishib B. Tursunov menga,-“O'tir, Yusuf!”,- dedi buyrug' ohangida. –“Bu kontrrazvedka bo'limi.”-Siz kimsiz?, men sizni tanimayman”, dedim.

– “Hali bilib olasan. Gap bunday, bizga “Erk” gazetasini topib berasan, Yusuf.”

-Menda eski sonlari bor, berishim mumkin,-dedim nima istayotganini bilib turgan bo'lsam ham.

-Boshni aylantirma,Yusuf! Bizga hozirgi kunda chop etilayotgan joyi kerak.

-Men qaerdan bilaman chop etilish joyini?

-Zato, biz bilamiz,-dedi o'rnidan turib ketib.

– Bilsangiz o'zingiz olavermaysizmi?,-dedim.

-O'zbekistonda bo'lsa davno olgan bo'lar edik. Qo'shni mamlakatda-da,-deb Tohir gapga aralashdi. U, qaysi mamlakatda ekanligini aytish uning vakolatiga kirmasligini fahmlab birdaniga to'xtab qolganligidan, demak B. Tursunov lavozimi yuqori ekan, deb xulosa qildim.

-O'zbekistonda matbuot erkinligi bor-ku qonunda. Nega “Erk”ni ta'qib qilasizlar?

-Qo'lidan kelsa O'zbekistonda chiqarsin gazetasini. Chet mamlakatdagi podpol'e kerakmas bizga,-dedi Ibragimov.

O'zbekistonda qo'ymadilaring chop etgani?,- dedim.

-Eto ne nasha problema. Nasha problema gazetani redaktsiyasini topib, yo'q qilish.

-Xo'sh, mendan nima istaysiz?

-Sen bizga gazetani olib berasan. Aniqrog'i, sen gazetani olayotganingda biz s polichnymi olamiz. U yog'i bizni ishimiz. Sen keyin o'yindan chiqasan. Bizda barcha adres, telefonlari bor. Faqat, boshqa davlat hududiga aniq dalillarsiz bora olmaymiz. Shuning uchun sen bizga yordam berishing kerak. Tushundingmi?

-Adres telefonlari bo'lsa o'zingiz boravering, nega endi aynan men borishim kerak?

-Sen jurnalistsan, shu gazetada ishlagansan. Shuning uchun ham seni o'zlariniki, deb bilishadi, shubhalanishmaydi.

-Yo'q. Men bunaqa ish qilmayman.

-Qilmaysanmi?,-dedi Tursunov, ogohlantirgan bo'lib. -Unda sen bilan ishlashga to'g'ri keladi, – ketdik, dedi Tohirga qarab.

SIZ VA SEN

Tohir tashqariga chiqib qolgan xodimlarini chaqirdi. Ular kirishgach Tursunov ketish to'g'risida ko'rsatma berdi. Meni kelgan mashinaga olib borib o'tirg'izishdi. O'zlari esa mashinadan sal nariroqda qisqagina nimanidir kelishib olishdi, aniqrog'i, Ibragimov qanaqadir ko'rsatmalar berdi. Keyin mashinani haydab kelgan yigit birinchi bo'lib kelib mashinani ochdida menga bir qora diplomatni uzatib, – Shuni yonizga qo'ying, dedi. Men hech narsadan shubha qilmay diplomatni olib yonimga qo'ydim. Hammasi bir-biriga qarab olib, nimadandir qanoat hosil qilgandek bo'lishdi. Keyin B. Turssunov “ketdik,”deb buyruq berdi va barchasi mashinalarga o'tirgach, jo'nab ketdik. Toshkentga yo'l olganimizga shubham yo'q edi. Ketayotganimizda yonimda o'tirgan yigit sigaret tutatdi. Men chekmasligini iltimos qildim. U,- bo'pti, uzr, deb darrov sigaretini oynadan otib yubordi. Sal o'tib mashina to'xtadi. Oldinda o'tirgan kattasi sigaret chekmoqchi bo'lgan yigitni imlab sal nariroqqa borib,nimalarnidir uqtirdi. U esa bosh qimrlatib, ma'qulladi. Kattasi nimani uqtirganini tezda bilib oldim. U kela solib meni,- nariroq suril, deb jerkib berdi. Mashina jilishi bilan yonidan sigaret chiqarib tutatdi. Tutunni puflamay turib meni elkasi bilan bir turtib, o'shqira ketdi: –Sen kimsan o'zi menga chekma, deb buyruq berasan. O'zi sen oppozitsionerlarni hammangni yo'qotib yuborish kerak. Senla tanqid qilaverganlaring uchun investitsiya kirmay qo'ydi O'zbekistonga.

-Birinchidan, men sizga buyruq qilmadim, iltimos qildim chekmang, deb. Aslida esa haqqingiz yo'q mashina ichidagilardan so'ramay chekishga. Ikkinchidan, sansiramang meni! Men sizdan ancha yoshim katta. Xizmat vaqtida esa umuman sansirashga haqqingiz yo'q. Uchinchidan, O'zbekistonga investitsiya kirmayotgan bo'lsa, muxolifatni yo'qotsa kirarmikan? Undan ko'ra, muxolifat ko'rsatgan kamchiliklarni yo'qotsa to'g'ri bo'lmaydimi? Investitsiya oqib kirardi. Sizlar ham o'z ishlaringiz qolib, “Erk”gazetasini qidirib yurmas edilaring.

Orada jimlik cho'kdi. Samarqanddan o'tib, bir marta yo'lda to'xtatishdi. Olvolgan eguliklarini kapotni ustiga qo'yib, eb olishdi. Meni ham taklif qilishdi. Qornim och bo'lsada, egim kelmadi. Bir piyola gazsuv ich

Qonun doirasidagi qotillik. Tyotya Tanya.

Toshkentga soat 6 larda kirib keldik. MVD binosining yuqori qavtlaridan birining,-bu menimcha Tursunovning kabineti bo'lsa kerak,- dahliziga kirdik. Men tikka turib, o'tir deyishlarini kutib turdim. Tursunov kelib,- qani o'tir Yusuf!,-dedi. Devorga taqab qo'yilgan stulga o'tirdim. Tohir, Tursunovning yoniga bir pas tikka turib, keyin uning yonidan joy oldi. Tursunov diplomatni keltirishlarini buyurdi. Diplomatni mashinani haydab kelgan yigit olib keldi.Shu payt meni bir narsa ajablantirdi.Negadir diplomatning dastasini salafon o'rab, o'zini esa qo'ltiqlab olib kirib, stolning ustiga, B. Tursunovning oldiga qo'ydi. -“Eh, ovsar!, deb koyidim o'zimni. Birovga aql o'rgatishga ustasan-u, o'zingga qol-ganda esa hamisha oxsaysan”. Bu o'sha, mashinada menga “ yoningga qo'y”, deb uzatishgan diplomat edi. B.Ibragimov menga qarab: Yusuf yo bizga yordam berasan yoki “makruxa” bilan qamalib ketasan. Yana narkotayam qo'shiladi. Akademgorodokdagi kvartirangni eslaysanmi. Kampirni o'ldirib ketishibdi-ku, mana bu diplomat qotillik joyidan topildi. Endi tushungandirsan polojeniengni? Bu sanga qarshi gapiradi sudda deb, diplomatni ko'rsatdi.

Eh, vahshiylar, nahotki Tyotya Tanyani o'ldirishgan bo'lsa!, Bir gazeta uchun-a,-dedim ichimda ijirg'anib. Demak bular hech narsadan tap tortishmas ekan.Tyotya Tanya 65 yoshdagi kampir edi. U aslida Ukrainalik bo'lib, Toshkent zil-zilasidan keyin kelib, shu erga qolib ketgan. Aspirantlar uyining yonidagi domlarning biridagi xonadonda yashardi. Hech kimi yo'q. Men, har gal Toshkentga kelganimda shu kampirnikida qolar edim. Xususan, bundan 2 hafta burun AQSh elchisi bilan uchrashuvga kelganimda ham shu kampirnikida qolgan edim. Chiqib ketayotganimda uyning yonida nomersiz, qora Ladaga ko'zim tushib, shubhalangan edim. Bu fikrlar bir soniyada xayolimdan o'tdi.

DILOROM ISHOQOVA

Shu payt Dilorom Isxoqovani boshlab kirishdi. Bu bechorani ham olishibdi-da,-deb o'yladim boshida. Aslida esa butunlay boshqacha bo'lib chiqdi. Dilorom kirgach B.Tursunov unga yuzlanib, bunga o'zing tushuntirib qo'y, Dilorom! Sizlarni yolg'iz qoldiraman. Faqat tezroq, vaqt oz, xo'p!

Ular Kabinetga kirib ketishi bilan Dilorom mendan,-urishdimi?, deb so'radi.

Men,-Hozircha yo'q,- dedim va, -Sizni qachon olishdi?- deb so'radim.

Meni uydan olib kelishdi. Siz bilan gaplashib, ular bilan ishlashga ko'ndirish uchun. Yusuf, bular vahshiy. Xo'p deya qoling, yordam beraman deng, faqat qamamaslikka va'dasini oling.

-Ko'nmasamchi?

-Tayyorlab qo'yishibdi-yu, tushunmadingizmi?

-Siz qaerdan bildingiz buni?

-Keguncha aytib berdi anuv barzangi.

-Bu hamkorlikmi?

……………………….

Diloromni noqulaylikdan to'satdan kirib kelgan B. Tursunov qutqardi. Xo'sh, tushuntirdingmi? Yusuf nima qarorga kelding? Yordam berasanmi yoki 10 yilni olib ketaverasanmi? Yana ukang Sheralini ham kiritib qo'yamiz. Sheralimi ana u “Erk” gazetasini tarqatgan ukang? Unikiyam tayyor delosi. Gapir, vaqt ziq!

-Mayli boraman, lekin olib beraman, deb va'da bera olmayman.

-Bu yog'ini borganda o'zim senga tushuntiraman. Qani ketdik!,-deb Tohirga qaradi.

Men, B. Tursunov, Tohir va yana Sergey Chanyshev degan rus xodim ham qo'shilib mashinaga mindik. Ketayotgan yo'limiz tanish. Yaqinda ukam bilan Olma-Otaga avtobusda shu yo'ldan borgan edik. Demak, Olma-Otaga ketayapmiz.

Ketguncha yonimda o'tirgan Chanyshev menga qarab: -nu chto Yusuf dokrichalis'? Krichali, “mustakillik, mustakillik! Vot, okazyvaetsya, mustakillik nikomu ne nujen. Vse tak schitayut, deb gap otdi. Gapiga javob bermadim. Chunki, shu payt tinmay Xudodan najot so'rab, zikr qilayotgan edim. Nzarimda, Chanishev bilan suhbatimiz cho'zilib ketsa, zikr qilishni unutib qo'yadigandek, go'yo ishonchli tayanchimni yo'qotadigandek tuyuldi. Ichimda esa, Karimov shular bilan mustaqillikni mustahkamlamoqchimi hali, deb o'yladim.Chimkentda hamkasblari kutib olishdi. Ular ham oddiy kiyimda. Demak shunday kelishishgan. Quchoqlashib ko'rishishgach, birovi,menimcha kattasi bo'lsa kerak, uyiga ziyofatga taklif qildi. Men qornim och bo'lsa-da, ovqat emadim. Bir piyola choyni sovitib ichdim. Tanavvul uzoq davom etmadi, ammo qisqa yarim soat ichida uch shisha aroq ichishdi. Aeroportga kelganda Chanyshev meni yonimda mashina-da qoldi. Sal vaqt o'tib Tohir bilet olib keldi. Meni pasportimni qo'limga tutqazdi. Ichida Olma-Otaga bilet. Pasportni o'zimga berib qo'yishganiga qaraganda meni ushlangan, deb emas, yangi xodim yoki hamkor, deb tanishtirishgan. Demak tadbirlari norasmiy. Bu mening qochishimga imkon yaratadi. -“Ey Xudojon, o'zing najot ber!”-deyman ichimda.

Olma-Otada ham konspirativ kvartiralari bor ekan. Manzilni bilmadim-u, bir mashhur Elena nomli salonnnig yonida joylashgan 4 qavtli uyning birinchi qavatidagi 2 xonali xonadon. Kirishimiz bilan B. Tursunov meni yoniga chaqirdi. Chanyshev bilan Tohir ovqatga urinib ketishdi. Tursunovning o'lgudek charchaganligi, uning ustiga, shirakayfligi meni negadir quvontirardi. Chanyshev stolga bittadan kola va fanta yana bir shisha aroq keltirib qo'ydi. Tursunov aroqdan yuzta quyib, kola bilan arlashtiririb, bir ko'tarishda sipqordi-da, cho'ntagidan yon daftarchasini olib, titkilay ketdi.

-Mana telefon, Yusuf. Hozir Chanyshev bilan chiqib telefon qilib gaplashasan. Gazetaning yangi sonini so'ramaysan, shubhalanib qolishlari mumkin. Eski nomerdan 500 ta so'raysan. O'quvchilar talab qilayapti deysan. Yangi sonini so'rama, tayyor bo'lsa shundog'am qo'shib berishadi. Qara, Yusuf, qochishni xayolingga ham keltirma! Ko'rding-a aloqamiz qanaqaligini. Hozir Chanishev bilan borib ko'chadagi avtomatdan gaplashib kel. Natijasiga qarab keyingi ishlarni rejalashtiramiz, tushundingmi?

-Shu erdan telefon qilsa bo'lmaydimi?,-dedi Chanishev.

-Sal o'ylab gapirgin, Sergey! U erda axmoqlar o'tirishibdimi, seningcha? Darrov tekshirishadi telefonni. Sen Yusuf bilan borasan! Elenani yonida avtomat bor. Bu gaplashadi, keyin birga qaytib kelasanla. Vperyod!

TELEFON

Chanyshev oldin, men izidan tashqariga chiqdik. Qorong'u tushib ulgurgan bo'lsada, havoni qora bulut qoplaganini ko'rish mumkin edi.

Yo'lnig narigi betiga o'tib avtomatga yaqinlashdik. Sergey menga jeton tutqazib,- Kirib gaplashib ol!-dedida o'zi avtomat yon tomoniga o'tdi. Men kirgach eshikni yoniga turib oldi. Menga ham shu holat qulay edi.Men jetonni tashlab raqamni terdim lekin so'nggi raqamni termay gaplashgandek, soxta holat qildim. Bir payt qarasam, Chanishev “postni” tashlab, yon tomonga o'tib kichik hojat qilayapti. Men fursatdan foydalanib oxirgi raqamni terdim. Telefonni ko'targan odamni darrov ovozidan tanidim. Bu Murod Jo'raev edi. Salom ham bermay gapirib tashladim: “Meni olib kelishgan, gazetani olib berasan, deb. Chiqib ketinglar u erdan. Man qochishga urinib ko'raman.”

Bu vaqt Chanyshev kelib postiga turgan edi. Men: -xo'p,xo'p, kelishdik,- deb gapni tugatgan bo'ldimda, budkadan chiqdim.

-Pogovoril? Normal'no?

-Da.

-Nu poshli togda!

Asir bilan qo'riqchi yonma –yon yurib qaytib keldik. Tursunov ancha ichib yuborgan bo'lsada, kelganimizni ko'rib, quvonib ketdi.

-Nu cho', Seryoga?-deb oldin Sergeydan so'radi. Chanyshev, -pogovorili v rode,-degandan keyin mendan so'rab boshladi.

-Gaplashdingmi, Yusuf?,-deb menga o'girildi.

-Ha gaplashdim. Soat 11 da Abay haykalining yoniga kelib tur! Biz atrofingni yaxshilab ko'zdan kechirib, keyin yoningga boramiz, dedi.
Qiziq kim bilan gaplashding, deb ham so'ramadi. Yaxshi, hozir 9:30. Bir soatdan keyin junaysizlar. Sen Sergey bilan ketasan, orqalaringdan straxovka kuzatib boradi. Hozircha eb olinglar. Sergey sen ichma poka!

Men ovqat egim kelmadi. Go'yoki ular bilan bir dasturxondan ovqat esam, Xudoning qahri kelib, menga najot bermaydigandek, tuyulaverdi. Sergey ovqatini eb ichkariga kirdi. Men esa shu erda B. Tursunovning qarshisida o'tiraverdim. Yo'l horg'ini va ichkilik uni engdi. Tursunov o'tirgan joyida murgilay boshladi. Sal turib, xurrak ham otib boshladi. Men esa o'tirgan holimda zikr qilib turdim. Xudodan najot so'rab,tinmay ichimda zikr qildim. Shunchalik samimiy iltijo qildim-ki, qodir Ollohni yonimdaligini, men bilan birgaligini aniq his qildim. U Zot menga shu onda shijoat, teranlik ato etib, qo'rqmaslikka undar edi. Menda o'zimni ham, maslakdosh do'stlarni ham qutqarishga ishonch va imkon berayotganini, buning uchun mendan faqat harakat kutayotganini his qildim. Harakat qilsam bas, Robbim meni o'zi zafar yo'liga boshlashini qalbdan angladim. Shu onda men tezroq shu erdan chiqishni istardim. Ey Xudoyim! ishqilib pasportimni olib qo'yishmasin-da, dedim o'zimcha. Tursunovni o'zim uyg'otdim. U turishi bilan soatiga qaradi.

-Sergey!,-deb qichqirdi. Sergey ko'zini uqalab kirib keldi. – Davay yop…oy, bor yuzingni yuvib chiq, jo'naysizlar. Sergey kelgach Ibragimov unga va menga ko'rsatmalar berdi. –Sergey sen Yusuf bilan Toyotoda ketasanla, orqalaringdan, 50 metr masofa bilan boshqa yana ikki mashina yuradi. Abayga 100 metr qolganda qolib, Yusufni o'zini yuborasan. Alohida tarzda ham nimalarnidar uqtirdi unga. Keyin menga qarab: Yusuf, qara, uyingdagilani esingdan chiqarma! Ukang bizning qolimzda garovda. Shuni unutma! Tushundingmi?

Men:- tushunarli, dedim.

-Davay vperyod!

Sergey ikkalamiz chiqib mashinaning orqa o'rindig'iga o'tirdik. Rulda 24- 25 yoshlarda oddiy kiyimdagi qozoq yigiti edi. O'tirishi-

shimiz bilan u, – k Pamyatniku Abaya?,- deb so'radi. Demak bunga ham tushuntirishgan. Ey Xudo o'zingga shukur, pasportimni olib qo'yishmadi

-Da, tol'ko v sta metrax ot pamyatnika. Dal'she on sam poydyot.

Haydovchi mashinani ikki taraflama katta yo'lning chekkasida to'xtatdi. Ko'cha chiroqlari yonib turgan bo'lsada, haykal ko'rinmasdi. Haydovchi menga to'g'riga 100 metr yursang haykalni yonidan chiqasan, dedi.

Shu yaqinda avtomat bormi? Bir telefon qilaychi, chiqishibdimikan.

Ha, dedi haydovchi, yo'lni narigi betida, deb ko'rsatdi. Men telefon qilishga o'tdim. Xudoga shukr, Chanyshev ortimdan kelmadi. Men telefon qildim. Murod aka oldi(Rahmatlik Murod Jo'raev- Muborak shahar kengashi raisi va sobiq deputat). Ketmadizmi?, deb so'radim.

-Yoningdamasmi?,- deb so'radi.

-Yo'q uzoqroqda.

– Bizni adresimizni bilishmaydi. Bilishganlarida sensiz, o'zlari kelishardi.

-Bari-bir ehtiyot bo'lish kerak, aka. Qisqasi men qochishga harakat qilaman. Duo qilib turinglar. Agar uddalasam, o'zim chiqaman. Hozircha xayr!

Mashinaga qaytib kelib, Sergeyga: -Chiqishdi. Shu atrofda shekilli. Tezda boramiz, deyishdi. Menga Abayni yonida bo'l, atrofni obdon kuzatib, keyin o'zimiz yoningga boramiz, deyishdi. Sergey qandaydir, so'zlarimdan cho'chigandek tuyuldi menga. Men pasportni so'rab qolmasin, deb tezda ketishni payiga tushdim. -Men boray bo'lmasa?-

Da, da idi!, dedi dovdirab, Sergey. Demak orqadan ikkita mashina kuzatishi Tursunovning meni qo'rqitish uchun o'ylab topgan lofi ekan, rost bo'lganida Sergey bunchalik dovdirab qolmasdi.

QOChISh

Xudo chevar zot. Uning hech bir ishida zarracha nuqson yo'q.

Men haykal tomonga qarab ketayotganimda yomg'ir tomchilab boshladi. Haykalni yoniga etganimda yomg'ir tezlashdi. Ey Xudoyim Najot ber!

Bu erda 5 daqiqa turib ulgurmay, yomg'ir jalaga aylandi. U sekund sayin tezlasha borardi. Bir pasda jala shunday tezlashdi-ki, ikki metr narimda savlat to'kib turgan Abay haykali ko'rinmay qoldi. Men shungacha ham, keyin ham hali bunaqa qalin yomg'ir ko'rmadim. Bu Ollohning iltijolarimni ijobat qilib, menga bergan najoti, deb tushundim. Bu hodisa U Zotning qanchalik chevar ekanligining yorqin namunasi edi. Vaziyatdan tezroq foydalanib qolmasam, Sergey menga rahmi kelib, mashinaga o'tirib tur, deb taklif qilib qolishi mumkin. Shu payt bir qizil 08 kelib to'xtadi. Hatto chirog'larining yorug'ini ham bevosita yaqiniga borib, keyin ilg'adim. Jiqqa( rus tilida)ho'l bo'libsan-ku, balkim oborib qo'yish kerakdir. Men uning o'tir deyishini ham kutmay, mashinaga o'tirib oldim. Mashina jildi. Men esa darrov yonboshlab oldim.

-Nima buyrakni shamollatib qo'ydingmi?- deb men tomonga o'girildi haydovchi.

-Ha, yomg'irda ko'p turib qoldim. Kech keldim.

– Shu yaqin atrofdan biror mehmonxonaga oborib tashlaymi?, dedi haydovchi, oynadan menga qarab. Pasport est', konechno, -deb pasportni unga tutqazdim. U pasportning orasidagi samolyot biletini ko'rib, shubhasi mutlaqo tarqaldi.

-Yonimda bor-yo'g'i 100 dollarim bor. Tejab ishlatmasam, qaytib ketolmay qolaman,-da. Cho'ntagimda rostdan ham 100 dollar bor edi. Hozir ham turibdimikan, deb bir paypaslab qo'ydim. Turibdi. Agar ichib shirakayf bo'lishmaganda, pasporni ham pulni ham olib qo'yishardi.

– Agar xohlasang meni uyimda qol. Ovqating bilan birga ertalab gacha 10 baks bersang bo'ladi.

-Kiyimlarimni quritib olsam bo'ladimi.

-Zaprosto, kuke.

-Kelishdik,- dedimda, orqa oynadan qarab oldim. Izimizga tushishmagan. Demak yomg'irda ko'rmay qolishgan. Ollohga hamdu- sanolar bo'lsin!

Isming nima, kuke?

-Yusuf. Siznikichi?,-dedim sizlashda davom etib.

-Jonas. Men voditel' bo'lib ishlayman. Kechga ishdan keyin ozroq taksi qilaman.

-Boshlig'ingiz kim bo'lib ishlaydi?

-Shef chastnyy detektiv. Xotini bilan birga ishlaydi. O'zi yosh. Ikki yil tergovchi bo'lib ishlab, keyin ketib, xotini bilan kontora ochdi. Ishi yaxshi. Menga ham yaxshi haq to'laydi.

Mashina to'rt qavatli uyning yonida to'xtadi.

-Keldik kuke, sen tushib tur, men mashinani garajga qo'yib, kelaman.

Men bir orqaga qarab olib, keyin tushdim. Yomg'ir ancha hovuridan tushgan edi. Ayvonni tagida panalab kutib turdim. Biror mashina kelib qolmasmikan, deb uyning yon tomoniga poylab qaradim. Yo'q, Xudoga shukr. Ust –boshim jiqqa ho'l bo'lganiga endi e'tibor berdim. Qo'ltiq cho'ntagimdagi 100 dollarlik kupyurani ushlab ko'rdim, namiqmabdi. Bu vaqt Jonas keldi. Xonadoni uchinchi qavtda ekan.

Eshikni xotini ochdi. Bizni tanishtirdi. Ismi hozir esimda yo'q. Xotini bir sira kiyim bosh olib keldi. Kiyimlarimni echib berdim. Jonas ikkimiz oshxonaga kirdik. Xotini bir pasda achchiq choy damladi. Keyin tayyor ovqatni isitib berdi. Ovqatni hidi ishtahamni qitiqladi. Soat 12 dan o'tibdi. 14 soat bo'libdi tuz tatimaganimga. Ovqatni ishtaha bilan eb oldik.

-Jonas, do'stimga telefon qilsam maylimi?, deb so'radim.

-Da, konechno. Faqat kech bo'lmadimi?

-Yo'q, u kutyapti meni. Sen bilan jiddiy gaplashadigan gap bor. Meni kimligimni bilishingni istayman. Birinchi navbatda do'stimni telefon qilib tinchlantirib qo'yay.

-Mana telefon, qilib ol.

Murod aka go'shakni ko'tardi. –Aka bu men. Amalladim.

-Qochdizmi?

– Ha, yomg'ir yordam berdi. Hozir Jonas degan yigitni uyidaman. Shuni mashinasida ketib qoldim.

-Orqayizdan quvishmadimi?

-Yo'q, menimcha yo'qotib qo'yishdi yomg'irda.

-Jonas nima ish qilarkan?

-Shofyor.

-Ishonsa bo'ladimi?

– Bir gaplashib ko'raychi, keyin yana chiqaman.

-Bo'pti, kutaman.

Telefonni qo'yib Jonasni yoniga o'tirdim-da,-Jonas sen bilan gaplashadigan gap bor. Bu jiddiy. Sen aslida meni O'zbekistonlik mentlarni qo'lidan qutqarding. Buni uchun cheksiz minnatdorman. Senga men tufayli muammo bo'lishini istamayman. Ket desang, ketaman. Faqat kiyimim quriguncha qolishga ruxsat bersang, iltimos.

-Nimada gumon qilishayapti?

-Men muxolif jurnalistman. Bu erdan gazetamiz chiqarkan. Shuni topib berishimni talab qilishdi. Men ularni Abay haykalining oldiga olib, kelisharkan deb aldadim. Aslida qochishdan umid qilgan edim. Mana sen sababchi bo'lib, qochib qutuldim. Endi sen nima desang shu. Qaroring qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, men sendan bir umrga minnatdorman. Sen menga ham, do'stimga ham katta yaxshilik qilding. Faqat u kutayapti. Men unga sen bilan gaplashib, keyin yana telefon qilaman,-deb va'da bergandim.

-Men xursandman agar gaplaring rost bo'lsa. Do'sting bilan gaplashtirasanmi?

-Bir gaplashib ko'raychi,xohlarmikan,-dedimda raqamni terdim.

Murod aka telefonni olishi bilan, -nima gap Yusuf gaplashdizmi?-deb so'radi shoshib.

-Ha gaplashdim. Faqat u erdan tezda chiqing. Boradigan joyingiz bormi?

-Ha bor.

-O'sha joydan borib mana shu raqamga chiqing, o'zi bilan gaplashtiraman. Tez chiqing u erdan, aka! Meni qidirib, topisholmagach sizni nomeringiz bilan qidirishadi. Bu aniq.

-Xo'p, ertalab chiqaman bo'lmasam.

-Ertalab o'zi chiqarkan,- dedim Jonasga qarab, –u erdan tezda chiqishlari lozimligini tayinladim.

-Yaxshi qilibsan. U erda qolish mumkin emas. Telefon nomeri bilan qidirib qolishlari mumkin. Yaxshi, unda sen yotib uxla. Yomg'ir sekinlashdi. Endi yomg'irdan bekinib olgan yo'lovchilar chiqishadi. Men chiqib yana biror soat taksi qilib kelaman.

Menga xotini mehmoxonada joy solib berdi. Bir dush qilib, keyin yotib uxladim. Ertalab soat 8 da telefon jiringlaganidan uyg'onib ketdim. Bu Murod aka bo'lsa kerak, deb o'yladim.Telefonni Jonas ko'tardi. Men yuvinib chiqqunimcha u gaplashib bo'lgan ekan. Menga Murod aka bilan Rustam telefon qilganini aytdi. Rustamni tanimas edim. U qozog'istonlik jurnalist bo'lib, Jonas uni ko'p eshitgan ekan.

-Ular bugun seni kelib o'zlari olib ketarkan, -dedi.

IZQUVARLAR YaNA QOVUN TUShIRIShDI

Nonushta qilib bo'lganimizdan keyin, kiyimlarimni almashtirib oldim-da, cho'ntagimdan yuz dollarlik kupyurani chiqarib Jonasga berdim.

-Baribir maydalashga to'g'ri keladi. Qaytimini tenge bilan beraver, dedim. U 90 dollarga hisoblab menga qozog' puli bilan menga qaytim berdi. Soat 9 dan o'tib Murod aka telefon qilib,- Biz keldik. Pastga tushing, ketamiz, dedi. Jonasning xotiniga tashakkur aytib xayrlashdim. Jonas meni pastgacha chiqib, kuzatdi. U bilan ham samimiy quchoqlashib, xayrlashdik. U erdan Rustam Jangushinnikiga keldik. Rustam aka 55 yoshlardagi taniqli jurnalist ekan. Men bo'lgan voqeani batafsil so'zlab berdim. So'zlarimni tinglab bo'lgach, Rustam aka,-demak norasmiy kelishibdi. Bu holatda qidiruv berisholmaydi. Ular ketib, qotillikda yoki boshqa jinoyatda gumon qilinayotgan odam sifatida tegishli materiallar asosida rasmiy kelishuv bilan kelishadi. Juda shoshilinch qilishsa ham bunga 2-uch kun ketadi. Bu sizni Qozog'istondan chiqib ketishingiz uchun etarli vaqt, -deb mantiqiy fikr bildirdi. Men bilan Murod akaga bu ma'qul bo'ldi, ammo etarli pulimiz bo'lmaganligi uchun bir oy qolib ketishga majbur bo'ldik. Oradan bir hafta o'tib Olma-Otada Markaziy Osiyo mintaq asidagi inson huquqlariga bag'ishlangan xalqaro seminar bo'lib o'tdi. Shu seminar vaqtida qanaqadir taklif qilinmagan shubhalali shaxslar borligi ko'zga tashlanib qolibdi. Seminar tashkilotchilari ulardan kimligi va nima maqsadda kelishganliklarin surishtirishsa, ular o'zlarining O'zbekiston IIV ning jinoyat qidiruvidan ekanliklarini, va Ro'zimurodov Yusuf ismli qotillikda gumon qilinayotgan O'zbekiston fuqarosini qidirishayotganliklarini aytishgan. Seminar qatnashchilarining qattiq noroziligiga sabab bo'lgan ushbu holat, tadbirga nisbatan qo'pol hurmatsizlik, deb barcha OAV dan e'lon qilindi.

Yusuf Ro'zimurod

28.07.2020

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube