O’zbekiston Xalq Harakati

NEChUN KABUTARLARNI YaXShI KO'RAMAN?

NEChUN KABUTARLARNI YaXShI KO'RAMAN?
03 Ağustos 2020 - 20:51 'da yuklandi va 575 marta o'qildi.

O'ylab qarasam, shu kunlarda Rusiyaning Maskov, Piter, Xabarovsk va boshqa shaharlarida anana tusini olgan “Kaptarlarga don berish” Harakatini biz chorak asr ilgari Istanbulning Boyazid maydonida boshlab yuborgan ekanmiz.

O'tgan kuni menda yana o'sha eski ishtiyoq uyg'onib, “Kaptarlarni don bilan siylash” niyatida shaharga chiqmoqchi bo'ldim…
Uydan chiqdimu qaerga borishni bilmay ostonada qotib qoldim…

Axir, Toshkentday shahri azimda kaptarlarga don berish mumkin bo'lgan bironta maydon yo'q ekan. Umuman, bizda Maydon deyishga arzigulik erning o'zi mavjud emaskan. Juda alamim keldi.

Nega Istanbul, Maskov, Porij, Londun, hatto yonimizdagi qadimiy Xujand shaharlaridagi maydonlarda Allohning bu go'zal mavjudotlari insonlarning oyoqlari ostida o'ralashib, boshlari ustida bemalol parvoz qilishadi-yu biz faqirlar bunday ajib manzaradan mosuvomiz?!

Bizning na maydonlarimiz bor, na kabutarlarimiz!

Kabutarlar bor shaharlarda baraka bo'ladi, deyishadi. Nahotki, bizni butkul Baraka tark etdi?!

Ehh, Temur Ko'ragon hazratlari, meni afu etingu ammo siz katta xato qildingiz!

O'shanda Anqaraga, qondosh birodaringiz Boyazid iziga qarab ot choptirmay, Moskoviyaga qarab yurish qilib, o'sha erni bosib olganingizda hozir vorisingiz Shavkat Miromon o'g'li Kreml saroyida qo'r to'kib, taxtingizda o'tirgan, kaminai kamtarin esa Saroyingiz ostonasidagi Qizil maydonda jonajon kabutarlarga don sepib, savobini sizga bag'ishlab, haqqingizga xayrli duolar qilib yurgan bo'larmidik?!

Eehhh, Ko'ragon hazratlari, nega Maskoviyani botqoqlik, deb pastga urib, nazarga ilmadingiz? Shunday qilmaganingizda bugun millionlab Turkiston ahli bir burda non ilinjida to'da-to'da, oqim-oqim bo'lib Rusiyaga qarab “mardikorlik yurishi”ga chiqishmas edi. Amaldorlarimiz Maskovga qaram bo'lishmasdi. Ko'zlar Kremlga qarab javdiramas edi…

Millatimiz Maydonsiz va Kabutarsiz qolib, Barakadan mosuvo bo'lmas edi!

Men esam shu onda Kabutarlarga don berish baxtini tuyish uchun Istanbuldagi Boyazid maydonida paydo bo'lishni orzu qilmagan bo'lardim…

OH, MENIM MULKI TALANGAN, MARDLARI MAYDONSIZ, MAYDONLARI MARDONSIZ QOLGAN ONA TURONIM!

(Dipnot: Surat 1993 yil bahorida Istanbulning Boyazid maydonida olingan)

Zarif Sultani

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube