O’zbekiston Xalq Harakati

Yangi hotiralar

Yangi hotiralar
07 Ağustos 2020 - 12:12 'da yuklandi va 529 marta o'qildi.

Karantin tufayli uyda qamalib qoldim va o'z ishlarim haqida fikrlashga urindim va o'zim bilan suhbatlashdim.

Bolalikda opalaringning kitoblarida qo'ng'iroq sochlari yuqoriga taralgan shoirlar suratini ko'rib havas qilding va o'rtog'laring va o'qituvchilaringga o'zing bilib – bilmay “Men shoir bo'laman” – deb katta va'da berib qo'yding. Bolalik beg'ubor fasl. Bolalarning o'zlari samimiy va orzulari pok bo'ladi. Bolalikning o'zi samimiy she'r kabidir.

Birinchi muallimningdan alifboni o'rganar ekansan kichkina she'rlar tarzida yod olding.

Onajoningning ukalaringga aytayotgan beg'ubor allasi va ba'zida, xususan non yopayotganda mumtoz qo'shiqlarni ijro etishlaridan ilhomlanganingni eslaysanmi?

Har bir gapida maqol bilan so'zlashlari senga ba'zan g'alati tuyulsa, ba'zan hayratga tusharding.

Traktorni boshqarishdek og'ir mehnatdan charchab kelgan dadangning tizzasini hech kimga bermas eding. Beshta qizdan keyin tug'ilgan o'g'lim deb seni ota-onang eru ko'kka ishonishmas edi. Nima desang muhayyo qilishardi. Sening baxtingga uyimiz oldida kutubxona bo'lardi va shoir bo'lishni orzu qilgan bola kitoblarga mehr qo'yding. Bu sen uchun eng to'g'ri amal edi.

Maktab chog'laringda yaxshi o'quvchi bo'lib tanilding va she'rlar mashq qilding.

Buning evaziga sening izzatga sazovor bo'lding.

Sakkizinchi sinfni bitirib hunar – texnika bilim yurtiga o'qishga kirding. Chunki senga yaqinlaring o'g'il bola hunar egasi bo'lish kerak deb uqtirishgan edi. Shu bilim yurtida Olloh seni – katta ustozing bilim yurti direktori va adabiyot muallimi Alimardon Shoymardonovga ro'baro' qildi. Sening a'lo baholarga o'qishing va jamoat ishlarida faolliging uning e'tiborini tortdi. Ilk maqola va she'rlaring tuman gazetasida chop etildi.

Sen Toshkentga o'qishga boraman deb orzu qilib yurding. Ammo imtiyozli diplom olish chog'ida ustozing sening kelajagingni belgilab berdi: “Senga Politexnika institutiga yo'llanma beraman. Borib o'qiysan. Kelib zavodda rahbarlik vazifalarida ishlaysan. Men filologman shuning uchun Bilim yurtiga direktorman. Agar texnik ma'lumotim bo'lganida zavodga direktor bo'lar edim. Iste'dodi bor odam yigirma yildan keyin ham yozaveradi. Borib ota- onang bilan maslahat qil va menga javobini ayt”. Sen ustozingni qattiq hurmat qilar eding va ularning gapi sen uchun gap edi. Ota- onang ham ustozingni qarorini ma'qullashdi. Chunki bilim yurtidan faol o'quvchilar safida Samarqand, Moskva shaharlarida va Bolgariya Respublikasiga borgan eding va haftasiga bilim yurti faollari bilan yo shahar Hukumati majlisiga va yo poytaxt Dushanbega majlisga borar eding. Bir marta Respublika rahbari Qahhor Mahkamov bilan uchrashuvda ham bo'lganligin yodingda bo'lsa kerak.

1986 yilda sen Olma – ota shahriga kelib Politexnika institutiga qabul qilinding.

O'sha yili dekabr oyidagi voqealar sening ongingda inqilob yasadi va shundan buyon seni ijtimoiy hayotga real qarashni va bo'layotgan hodisalarni tahlil qilishni o'rganding.

Institutda Mexanika kafedra mudiri Narimon Xolbekovich Davilbekov va Erkin Aytkishevich singari ustozlar seni begona qilmay o'z farzandidek ta'lim, tarbiya berishdi. Qozoq xalqining mehridan, nonu tuzidan bahramand bo'lding. Hozirgacha qozoq eli seni tabiatingga yaqinligiga sabab ham shu nonu tuz hurmati va sening shakllanishingda o'sha muhitning ta'siridan bo'lsa kerak.
Keyin Sovet Armiyasida xizmat qilding, chaqqon va ozgina jasurliging uchun Vzvod komandiri o'rinbosari bo'lding. Batal'on komandiri texnik masalalari bo'yicha o'rinbosari Malkin senga katta ishonch bildirdi. Sen ustozingni ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilding.

Ammo mamlakatda bo'layotgan o'zgarishlar xizmat paytida ham bilina boshladi. Ayniqsa o'zbeklarga munosabat seni millatparvar qilib tarbiyaladi.

Keyin ustozing bashorat qilgan kabi zavodga ishga kelding. O'n yillar ishga sho'ng'ib ketding, chunki ota- onang qiynalib o'qitgani seni yaxshi mutaxassis bo'lishga va diplopni oqlashga undardi. Alloh seni Kraus, Kunnikov va Alimardon Xudoynazarov kabi ko'plab mexanika sohasining pirlari nazariga noil qildi. Ular bildirgan ishonch senga katta kuch bag'ishladi.

Darhaqiqat o'z sohang bilimdoniga aylanding. Injener mexaniklar uchun o'quv dasturi tuzib ishdan ajralmagan holda dars berding va o'zing bilmaganingni o'rganding. Korxona uchun ikkita Nizomnoma yozib berib rahbariyat va auditorlar e'tirofiga sazovor bo'lding. Korxona tajhizotlari uchun “Ta'mir ishlarida davomiylik, davriylik va mehnattalablikning yagona normalari” ni qaytadan hisoblab chiqib korxonada “Ta'mir ishlari nazariyotchisi, piri” degan e'tirofga sazovor bo'lding. Ammo yuragingni tubida bir armoning bor edi va u senga tinchlik bermas edi.

Shunda sen ishlab chiqarish haqida maqolalar yoza boshlading va korxona gazetasi maqolalaringni bajonudil chop eta boshladi. Shu xizmatlaring evaziga Olloh seni rus adabiyoti bilimdoni muharrir o'rinbosari bilan do'st qilib qo'ydi va senda ijodda “Vtoroe dyxanie” ochildi. Sen buning uchun Allohga shukrona qil va bilimdon do'stingning senga qilgan yordamlarini unutma va doim ustoz sifatida e'tirof et. Kimki insonlarga shukr qilmasa Allohga shukr qilmaydi, bu xabarni unutma. Sening sohaviy gazetada ilk chop etilgan she'laring “Vatan madhi” tanlovida senga g'oliblikni olib keldi. Endi o'n uch minglik korxona ahli seni shoir sifatida e'tirof eta boshladi. Bu orada do'stlaring yordamida ilk to'plaming chop etildi (2001).

Bir yil o'tgach bir nafsda yozilgan she'rlar to'plami ikkinchi kitobingga korxona homiylik qildi. “Ikki chaman bulbuli”deb e'tirof etilgan ulkan shoir O'lmas Jamol shaxsan tanish bo'lmasa – da seng ishonch bildirib “Ruhim ranglari” to'plamingga so'zboshi yozib berdi. Ushbu kitob sen Respublikaga tanitdi va rahmatli Asqar Mahkam sabab Toshkentgacha etib bordi.

Sen oriyatli eding va oradan ikki yil o'tgach o'z hisobingdan “Uyg'onish fasli” nomli to'plamingni chop etishni rejalashtirib qo'yding va kitob chiqish arafasida Tojikiston jurnalistlarining ustozi, siyosiy arbob Ibrohim Usmonov nazariga tushib qolding va ulug' inson ushbu kitobingga “Kamolot fasli” deb nomlangan so'zboshi yozib berdi.(2004). Sen ikki ulug' ustozingni Alloh uchun yaxshi ko'r va haqlariga duoda bo'l.

Ushbu ikki kitobingni ham taqvodor va imonli do'sting tayyorlab chop etib berdi. Uning imoni butligi, niyati sofligi uchun Alloh u zotga muborak Haj ziyoratiga borishni nasib etdi. Va o'zbek jurnalisti uchun yurtdagi eng katta vazifada ishlashni nasib ayladi. Alloh do'stingdan va sendan rozi bo'lsin!!! Bunday do'stlar noyobdir va sen ularning qadriga etgin. O'zing ham taqvoda va xoksorlikda ulardek bo'lishga intilgin. Qalbingni imonli zotlarga nisbatan g'ashlikdan saqla, haqlarida duoda bo'l, shoyadki seni ham Alloh ulardek aziz etsa.

Bildirilgan yuksak ishonchlar senga qanot baxsh etdi va sen tojik she'riyatidan tarjima etishga kirishding va tojik adabiy muhitining to'laqonli ishtirokchisi ga aylanding.

Ketma ket yangi kitoblaring chop etildi.

Sen va ijodning haqida o'ndan ortiq maqola taqrizlar yozildi va televideniyada bir necha bor ko'rsatuvlar tayyorlandi. Bu ishlar shu qadar kutilmaganda ro'y berar, g'oibdan bir yordam kelib turgandek edi.

Mumtoz adabiyot bilimdonlari bag'rikeng ustozlaring O'lmas Jamol, Abdulla Zuhur, Abduhafiz Mirzaahmedov va samimiy do'stlaring Abdulla Nasriddin va Muzaffar Haydarov sening kitoblaringga muharrirlik qilishdi. Sening xatolaringni isloh qilishgani kabi Alloh u zoti bobarokatlarning ham ayblarini isloh aylasin. Omin.
Keyingi o'n yilda Respublikada bo'lib o'tgan adabiy festivallarda yagona o'zbek shoiri sifatida doimiy qatnashding va adabiy jarayonlar bilan tanishishga muyassar bo'lding. Tojik adabiyotining darg'alari Mo'min Qanoat, Gulruxsor, Gulnazar, Mehmon Baxtiy, Saidali Ma'mur, Rahmat Nazriy, Zulfiya Atoyi, Abdurahmon Abdumannonov, Nizom Qosim, Mirzo Fayzali, Shahriya, Sultonmurod Odina va rahmatli Muhammadali Ajamiy kabi ko'plab ustozlar seni e'tirof etishdi va o'ziga yaqin olishdi. O'zlarining ijodiy uchrashuvlarga taklif etishdi. Bunday e'tiborga Allohning yordamisiz erishish nomumkin edi va buni sen teran anglar eding.
Sen adabiy mahfil tuzish, ijodkorlarni boshini biriktirish, yosh iste'dodlarni kashf etishni orzu qilarding ammo tub millat vakil emasoiging senga pand berar, mavjud murakkab vaziyat senga qarshi ishlar edi.

Oldiniga orzu qilib yurding. Keyin o'zingga o'xshagan tojik millatiga mansub xayolparast do'sting bilan adabiy mahfil tuzdinglar. Rus xalqida bir maqol bor : “Drug eto vtoroe ya” – degan. Sen unga o'zingga ishongandek ishonding.

Do'sting bilan Adiblar Uyushmasi rahbariyati e'tiboriga tushib, sizlarni a'zolikka qabul qilishdi.

Bu vaqtga kelib “Hidoyat” gazetasida o'zbek sahifasi mas'uli sifatida ish olib bording. Gazeta partiyaviy bo'lgani uchun partiya faollari bilan Xalq bilan uchrashuvlarga safarbar qilinding. Xalqaro siyosiy vaziyat, IShID kabi tashkilotlarga yoshlarning qo'shilib qolishi, o'lganning ustiga chipqondek o'zbek maktablari yopilishi va buning oqibatidagi norozilik, seni hukumat va partiya faollari bilan xalq bilan uchrashuvlarga borishga va tushuntirish ishlari olib borishga majbur etardi. Chunki sen uchun yurt osoyishtaligi va xalqlar o'rtasidagi do'stlikni saqlab qolish muhim edi. To'qsoninchi yillardagi ko'rguliklar boshqa regionlar kabi Tursunzodaliklar boshiga ne balolarni solganini unutish qiyin edi.

Sen gazetada senga ajratilgan bir sahifani saqlab qolish sen uchun muhim edi.

Shu davrda ikkita jurnalda o'zbek sahifasini olib borishni iltimos qilishdi. Bu sen uchun ayni muddao edi. Sen o'z tilingni saqlash va eling uchun material etkazish uchun ham jo'shib g'ayrat qilar eding.

Ne baxtkim 2917 yili kutilmaganda Evroosiyo Yozuvchilari tashkiloti sen bilan qiziqib qoldi. Bu xabarni senga millatning ma'rifatparvar ziyolisi, taqvodor birodaring Davronbek xabar qildi.Keyin esa Turkiya Yozarlar Birligi seni qadim turklar diyori – Turkistonda bo'lib o'tgan Turk shoirlari festivaliga chorlab qoldi. Xuddi imkoning yo'qligini bilgandek senga uchoq pattalarini ham yuborishdi. Sening vazifang faqat borib qatnashish. Turkistonda ulug' pirimiz Qul Xo'ja Ahmad Yassaviy hazratlari maqbarasini ziyorat etish senga nasib etdi. Ulug' zotning haqqiga duo qilish va Turkiya Yozarlar Birligi raisi bilan birga ikki rakat namoz o'qib ulug' pirning va maqbarani qurdirgan Amir Temur hazratlari haqlariga baxshida qilish nasib etdi. Tosh yuraging erib yum- yum yig'lading. Rahim va Rahmon bo'lmish Allohning marhamati cheksizligini chin yurakdan his etding.O'zligingga qaytayotgan eding.
Shu safar sabab talabalik davring kechgan, chorak asrdan buyon ko'rishni orzu qilganing qadrdon Olma – ota shahrida ham bo'lding. U erda seni sobiq hamkurs vatandoshlaring kutib olishdi va shohlardek mehmon qilishdi. Seni sog'intirgan, tushlaringga kirib chiqqan seryomg'ir shaharni tomosha qildirishdi va qadrdon maskaning Politexnika o'quv yurtiga olib borishdi. Sog'inchlardan hapqirib, og'rigan yuraging taskin topdi.

2018 yili may oyida Istanbul hokimiyati tashkil etgan Turk Dunyosi shoirlari festivaliga chaqirishdi va yo'l xarajatlari seni tashvishga solmasligini aytishdi. Istambulda katta Anjumanda qatnashding va Turk elitasi va dunyoning turli joylaridan kelgan turk shoirlari bilan tanishding.

Nufuzli mehmonxonada joylashishing, paraxodda dengiz sayri va shohona dasturxonlar sening ko'p yillik pok niyatlaring evaziga Allohning ko'rsatgan mehribonligi ekanini anglading. O'ziga shukronalar keltirding. Shoirlar nimadan juda xursand bo'ladi? She'rlari o'zga tillarga tarjima etilsa. She'rlaring Turk va ingliz tillariga tarjima etilib maxsus almanaxlarda chop etildi.
Bir hafta ichida seni dunyo turklari tanidi va Turkiya adabiyot Vaqfi seni qabul qildi. Istambulda yurar ekansan sening bir oyog'ing Sulton Ahmad va Sulaymoniya masjidlarida va ulug'lar ziyoratida bo'ldi. Ammo Topqapi saroyini ko'ra olmading. Demak Olloh seni yana kelishingni istayapti. Sen buni shunday tushunding.

Bu ulkan shaharda bolalikdan yozganlari senga yo'lchi yulduz bo'lgan, millat erki uchun kurashib quvg'inga uchragan Ustoz – darvish shoir bilan ham diydor ko'rishding. Endi seni ikkinchi vatanning Turkiya qiziqtirib qoldi. Istambulda jadid bobong Fitrat yashagan uyni qidirib topganing, shu erda Adanada Chig'atoy Ko'char domla istiqomat qilishini bilib olganing seni yana qaytib kelishga chorladi. Quniyoda orom topgan Shams Tabreziy hazratlari va Mavlono Rumiyning ziyoratini niyat qilding. Adanada yashab vafot etgan Shermuhammadbek kabi millat muhojirlari qabrini ziyorat qilishni yuragingga tugib qo'yding . Shunda o'sha yili noyabr oyida kutilmaganda Adana shahridagi Chukurova Adabiyotchilar Jamiyatidan taklif keldi. Va sen yo'lga otlanding. Asl niyat Allohning do'stlari – ulug'lar ziyorati bo'lgani uchun ishing oson kechdi. Kutilmaganda farzandlaringni ishi yurishib ilk bor senga o'zlari topgan pulini berishadi va yo'l uchun ishlatding. Shogirdlaring seni Istanbulda kutib olishdi va Adana uchog'iga o'tqazib qo'yishdi. Sen Adanaga birinchi marta boryapsan. Quniyoga ham oldin bormagansan. Shunda o'zbekning millatparvar adibi kimsan Nabijon Boqiy Chig'atoy Ko'char domlaning uyida ekanligi ma'lum bo'ladi. Sen telefon raqamini terasan va millatning ikki jonkuyar farzandi seni kutib olishdi. Va jadid Yozuvchi bilan birga Qo'niyoga yo'l olding. Ziyoratlardan ruhing engil tortadi va sen festivalda qatnashding. Bu erda jamiyat mas'ullarii mehmonxona xarajatlarini to'lab qo'yishgan ekan. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yuzdan ortiq adiblar bilan tanishding. Bular ichida Turkistonda va Istambulda tanishgan do'stlarning ham borligi seni quvontirdi. Chig'atoy domlaga iltimos qilib Shermuhammadbek va Bekmuhammadbek qabrlarini Ziyorat etding va Adanalik turkistonliklar bilan tanishding.

Istambul orqali ona yurtingga qaytar ekansan, muborak Ju'ma ayyomida Topqapi saroyini ziyorat qilding va Sulton Ahmad jom'e masjidida oldingi safardagidek Jum'a namozini ado etding. Namozdan so'ng Olloh duch keltirgan farishta singillaring senga sovg'a salom olishda ko'maklashishdi va aeroqo'nalg'aga kuzatib qo'yishdi.

Otamakonda prezident almashishi tufayli tojik- o'zbek munosabatlari yaxshilandi.

Shu tufayli yuksak minbarlarga seni taklif etishdi. Markaziy Televidenielarda suhbatga chorlashdi. Ketma – ket nashr qilingan tarjima va she'riy to'plamlaring sababli shunga munosib ko'rilding. Ittifoqda o'tgan O'zbekiston -Tojikiston do'stligi uchrashuvida O'zbekistondan delegatsiya kelmagani sababli sen O'zbek adiblari nomidan so'zlading. O'sha lahzalarda sen o'zingda shunga jur'at topa olganing hozirgacha meni hayratlantiradi. Chunki sen bilan birga qatnashgan ikki o'zbek ijodkori davlat tilida gapirishdi. Sening jasorating senga katta yutuq olib keldi. Markaziy Televidenielarda sening nutqing va o'qigan she'rlaring to'laligicha namoyish etildi.

Keyingi yillarda shahar va respublika miqyosida ura patriot va do'stlik kuychilari ko'payib ketdi. Bir tomondan shunisi yaxshi bo'ldi, endi sen uchun Otamakoningga sayohat qilish va ijodiy ishlar bilan shug'ullanishingga imkon topildi.

Endi sen asl maqsading o'z millatingga xizmat qilishga, otamakon tuproqlarida makon topgan azizlarni ziyorat etishga, millatdoshlaring hayoti bilan yaqin tanishishga chog'landing.
Adabiyot jonkuyari, yaxshi do'st, taqvodor birodaring Muqimjon Nurboev taklifi bilan O'sh, Turkiston(ikkinchi marta), Chimkent, Andijon, Namangan, mohir tashkilotchi va tarjimon Asror Allayorov taklifi bilan esa O'zbekistonda ilk bor o'tkazilgan “Oltin so'z” xalqaro adabiyot festivali doirasida Qarshi, Shahrisabz va Samarqand shaharlariga borish nasib etdi.

Xalqaro Baynalmilal Adiblar Uyushmasiga, so'ngra Rossiya Adabiyotchilar Akademiyasiga a'zo bo'lding.

O'tgan yili qadrdon insonlar bilan birga Samarqandda ulug' bobomiz Amir Temur hazratlari maqbarasini va Oltinsoyda So'fi Ollohyor hazratlari maqbarasini ziyorat etish nasib etdi. Ulug' zotlar hurmatidan Olloh senga poksirisht va xoksor Ustozni va jasoratli do'stni uchrashtirdi. Ular bilan birgalikda Markaziy Osiyo Yozuvchilari va tarixchilari Uyushmasi degan tashkilot tuzilishida ishtirok etding va tashkilotda mas'ul vazifalardan birini bajarishga mas'ul bo'lding.

Ollohga tavakkal qilib, yuragingni shubha gumonlardan, baxillikdan, hasaddan tozalab tursang va luqmangni halol tutsang, ezgu niyat va maqsad yo'lida jasur va shijoatli bo'lsang Olloh o'zi senga madadkor bo'ladi va intilgan yuksak g'oya va maqsadlarga seni etkazadi. Inshaalloh shunday bo'lsin. Omin, yo Rabbuyl olamiyn!

Hasan G'oyib
06.08.20

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube