O’zbekiston Xalq Harakati

BUYuRTMA MAQOLANI ESLAB…

BUYuRTMA MAQOLANI ESLAB…
08 Ağustos 2020 - 13:10 'da yuklandi va 615 marta o'qildi.

Bundan 50 yillar avval, 1970 yillar boshlarida sobiq “Sovet O'zbekistoni” gazetasida “Vatan xoinlari” sarlavhali maqola chop etilgandi. O'shanda biz jurnalistika fakul'tetining talabalarida mazkur maqolaga nisbatan tortishuvlar, baxslar bo'lib o'tgandi. Gap Turkiya, Olmoniya, Amerikada yashagan huquqshunos olim,tilchi, faylasuf va shoir Ergash Buloqboshiyning ayanchli taqdiri haqida borardi. Suhbatlari “Ozodlik” radio stantsiyasida bot-bot berib turilardi.

Kursdoshlarimdan biri o'zaro tortishuvda mantiqsiz fikrlari bilan yutqaza boshlagan edi, chiday olmadi-da, “sizning qishlog'ingizdan sotqin chiqqan ekan-u, bizlar bilan o'qiyotgan ekansan-da…” degan aybni yuzimga otdi. Alini qasdini Validan olishga o'xshash bu ayb nafaqat menga, balki bahsda ishtirok etayotgan boshqa kursdoshlarimga ham og'ir botdi. Botqoqoqqa yaqinlashsang, badbo'y hidi chiqadi, degan ma'noda meni vazminlikkaa chaqirishdi. Maqola esa – bizlar lektsiyalarini jon-qulog'imiz bilan tinglaydigan, O'zbekistonga tanilgan mashxur filolog-olim ( Ilohim, oxiratlari obod bo'lsin) qalamiga mansub edi.
1975 yil kuzi. Universitetning oltin talabalik yillari ortda qoldi. Hammalarimiz har tomon uchdik. Kimdir respublika matbuotida, kimdir viloyatda, kimdir televidenieda, radioda, nashriyotda, juda bo'lmasa pedagogikada qo'nim topdi. Kamina o'z viloyatimdan – sobiq “Kommunist” (hozirgi “Andijonoma” ) gazetasi bag'ridan joy topdim.

90 yillarga kelib, Sobiq sovet Ittifoqi parchalanib ketdi. Yurtimiz mustaqilligini tabriklab, ko'pgina xorijiy vatandoshlarimiz xayrixoxlik bilan dil so'zlarini yo'llay boshladilar. Yoshlari 80 ga borib qolgan Ergash ota Buloqboshiy 52 yil deganda ona diyori- kindik qoni tomgan Buloqboshi qishlog'ini ziyorat qila oldi.

Tumanimiz markazida mehmonni kutib olishga minglarcha odam chiqqandi. Uning uzoq ayriliqdan qeyin singlisi – Toshxon buvi, jiyani Xo'jamberdi ota va boshqa yaqinlari bilan unsiz, bo'zlab, alam bilan yig'lab ko'rishishlarini kuzatib turish og'ir edi…

Ergash otani karnay surnay sadolari ostida non-tuz bilan kutib olishgach, u shu erning o'zida boshidan o'tgan alamli voqealarni so'zlab berdi, “ Nikolay podsholigida ham, Lenin bol'sheviklari davrida ham, Stalin davrida ham Turkiston xalqlari qaramlikka solindi, erkidan judo qilindi, dini, tarixi oyoq osti qilindi. Millatning asl farzandlarini bir-birlariga gij-gijlatdi, dorga, avaxtaga tashladi. Otaxon Sovet saltanatining ayyorona.yovuz siyosati akani ukadan judo qilganligini, otani bolaga, bolani otaga dushman qilib qo'yganligini, o'zbek tarixi soxtalashtirilganligini aytdi. Leningradlik pioner Pavlik Morozovga otasini sotganligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramon unvoni berilganligi va bunday yaramas uslub Markaziy Osiyo respublikalarida qo'llanilganligi , oqibatda odamlar ko'ksida qo'rquv paydo bo'lganligi, bu esa xo'rlikka olib kelganligi keyingi suhbatlarda ham aytib o'tildi.

  • Aziz yurtdoshlarim, hamqishloqlarim, jigarlarim,- dedi u baland ovozda.- Katta izzat-ikrom bilan kutib olganlaring uchun qulluq! Agar mustaqillik bo'lmaganda, bunday ko'rishish nasib etmasdi.Endi boshimiz erga qaralmasin, osmonga qaralsin! Bir-birimizning oyog'imizga bolta urmaylik! O'zbekiston Mustaqilligini himoya qilish uchun bu juda-juda zarur omildir. Bizlarni – Turkiston xalqlarni mayda-mayda qilib, bo'lib tashlashlariga yo'l qo'ymaslik uchun butun millat – u shu erda yashaydimi, xorijda yashaydimi, ittifoq bo'lib kurashishni o'rganishimiz kerak va shart! Ammo o'zimizda ham g'ayrat bo'lsin! Yaxshi mehnat qilib, O'zbekiston xazinasini boyitish mumkin va shartdir…

    Ergash ota o'zining bolalik mahalladosh tengqurlari bilan ham uchrashib, dildan suhbatlashdi. Bir uy yoshi ulug' keksalar bilan to'la edi. Hammaning diqqati uy to'ridagi aziz mehmoning suhbatiga qaratilgandi.
  • Ergashvoy,- dedi oqsoqollardan biri unga yuzlanib – 52 yil Ameri kada yashabsiz-u, tilimizni savsem unutmabsiz-a… Maladets… Qoyil!
    Mehmon piyolasidagi sovib qolgan choyni xo'pladi-yu, bir oz o'y surib qoldi va uy ichiga razm soldi.
  • Bilasizmi, sizlar ona tilingizni unutib qo'ygansizlar… Shu erda ham “savsem”, “maladets” kabi o'ris so'zlarini qo'shib aytyapsiz… Qo'shmay gapirsa bo'lmaydimi?
    Butun uyda engil kulgi ko'tarildi.
  • Bu sizlarning aybingiz emas, albatta.-deb so'zini davom ettirdi mehmon. – Bizlar Amerikada uzoq yashagan bo'lsak ham, o'zbek tiliga gard yuqtimaslikkaa harakat qildik. Holbuki, men ona tilimdan tashqari yana 5 ta tilni bilaman, ingliz tili, olmon tili, frantsuz tili, rus tili, yapon tili… Uch kundan beri sizlar bilan birgaman, birorta chet so'zni suhbatimda qo'shib aytdimmi?! Yo'q. Xorijiy vatandoshlaringiz o'zbek tilini unutib qo'ymaslik va unga gard yuqtirmaslikka urinib yashab kelyaptilar. O'z tilimizning shiradorligi, ohangi va go'zalligiga bir e'tibor qilinglar, axir…

    Ertasiga mehmonni Shirmonbuloq qishlog'iga, so'lim maskanga olib borishdi. U Chilustun tog'lariga qarab, shu yaqin atrofda tog' toshlaridan marmar ishlab chiqarish mumkin va kerak bo'lsa moliyaviy yordamimni berar edim dedi. Uning so'zlarida manfaatpaparstlik yo'q edi. Chunki keksa inson o'z yurti uchun nimadir qilib, xalqini rozi qilish istagida ekanligi vujud-vujudidan chiqib kelayotgan vazmin so'zlaridan sezilib turardi.
  • Balki shu tog'lik bag'rida 5 yulduzli mehmonxona ham qurish mumkindir,- dedi u. – O'sh bilan Andijon yaqin, har ikki viloyat aeroportlari yo'lovchilariga baravar xizmat qila olishi mumkin. O'zbekiston uchun ham, Qirg'iziston uchun bu qulay bo'ladi. Xohlasa, Farg'ona vodiysini kezsin, xohlasa O'shning Sulaymon tog'larini… Turkiyada yashab, ishlayotgan kenja o'g'lim bilan bu haqda kengashib ko'rarmiz. Inshaolloh…
    Boshqa bir kuni u Buloqboshi tumani maktablarida chet tillari qanday o'qitilayotganligi bilan qiziqdi. Bir frantsuz tili o'qituvchisi bilan suhbatlasha turib, “ Frantsuz xalqining qattiq rioya qiladigan muhim jihatlarini aytib bersangiz…” deb so'radi. Muallim yigitning javobi unchalik o'xshamadi.
  • Farang xalqi qomatiga e'tibor qiladi.Tanasini engil olib yurishadi. Qorin qo'yish, semizlik kam uchraydi… Kuzatishimcha, sizlarda ortiqcha palovxo'rlik, ziyofatxo'rlik va kam harakatlik alomati bor…
    Qorin qo'yib yuborgan yosh muallim andak xijolat bo'lgandek bo'ldi. O'qituvchi qolib, hatto viloyatdan yuborilgan uzun galstukli bir amaldor, shuningdek, mehmon bilan birga yurgan vakillar ham qorinlarini ichga tortishga urinib qolishdi. Kulishdi…
    O'sha paytda viloyatda Xolmirzaev birinchi raxbar edi. Uning qabulida mexmon bilan birga kamina ham ishtirok etgandi. Ancha suhbatlashganlardan keyin, Ergash ota andijonlik yuzta bolani chet elda o'qitish xarajatini zimmamga olaman, zehnli bolalarni to'plab, 3-4 oy o'qitinglar va keyin menga xabar beringlar, deb iltimos qildi. Xolmirozaev “Yaxshi bo'ladi, olijanob taklif bu, raxmat sizga” dedi. Biroq mehmon Amerikaga qaytganlan keyin, nima sababdan bu taklif amalga oshmadi, hozirgacha tushunmayman. Yo biznikilar bir qarorga kelishmadi, ikkilanishdi, yo tashabbussizlik pand berdi. Yoki, o'sha paytdagi rahbarlar buni xohlashmadi…To'rachilik sababidandir balki bu… Xorijdan mablag' jalb etishning kichik bir imkoniyati boy berildi… Afsus… Ergash Shermatov oradan ko'p o'tmay, 82 yoshda vafot etdi. Olloh, raxmatiga olgan bo'lsin!
    Har qalay yuqoridagi kuzatuvlarning o'zi “Sovet O'zbekistoni” gazetasida chop etilgan “Vatan xoinlari” deb nomlangan maqolani safsata ekanligini tasdiqlab qo'ygandi. Sovet zamonida ko'ngliga qarshi maqola yozishga majbur bo'lgan chorasiz olim… Zulm ko'rinishi edi bu… Bir kuni o'sha kursdosh do'stimga qo'ng'iroq qilib, 50 yil oldingi bahsni eslatdim.”Ozodlik” radiosida tez-tez chiqib turgan tarixchi olim, faydasuf, shoir Buloqboshiy sira xoin emas ekan, u ham yurtimiz istiqbolini o'ylab, yuragi achishib, istiqlolimizni tabriklab, bir qancha ajoyib takliflarni o'rtaga tashlab, yana Amerikaga, oilasi bag'riga qaytib ketdi… Endi “Sizga “Assalomu alaykum” desam bo'ladimi?! “ dedim.
    Do'stim kinoyamni tushunib, yayrab kuldi. So'ng eski azobli og'riqdan dardi qaytalangandek bo'lib, xomush tortdi. “Ha, o'sha sovet zamoni… soxta vatanparvarlik davlati edi-da… Ayyor, hiylakor sovet mafkurasi obro'yli, ilmli domlalarimizni ham o'z domiga tortganligini keyinroq tushunib etdik. O't tushsin, o'shanday buyurtma maqolalarga… dedi. U tamoman, haq edi.

    Mahmud IBO,
    O'zbekiston Jurnalistlar Ijodiy Uyushmasi a'zosi. Pensioner. Buloqboshi tumani
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube