O’zbekiston Xalq Harakati

Yaxshilik unutilmas

Yaxshilik unutilmas
08 Ağustos 2020 - 13:45 'da yuklandi va 603 marta o'qildi.

Ortda qolgan yillar…

1970 yillarda sobiq Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomli millliy unitversitetimiz) da o'qiganmiz. Bu yirik ilmiy dargohda minglab talabalar turli sohalarda bilim olardilar. Texnik va gumanitar yo'nalishda 16 ta fakul'tet bo'lib, ularning eng kenjasi romana – garman va jurnalistika fakul'tetlari edi. Ilgari filologiya fakul'tetida bir bo'lim sifatida o'qitilgan jurnalistika shaxobchasi bir necha yil avval alohida fakul'tet bo'lib ajralib chiqqandi.

Yangi o'qishga qabul qilingan 1 – kurs talabalari 36 nafar yigit – qizdan iborat ekanligimizni dastlab o'quv mashg'ulotlari boshlangan sentyabr kunlarida bilib oldik. Turli viloyatlardan kelgan talabalar bir qancha vaqtgacha bir-birlaridan tortinib, xayiqib, bir qadar begonasirashib yurishdi.

Buni, albatta sabablari bor edi. Masalan, oltin medal egalaridan to'rt nafari (!) atiga bitta imtihonni “besh” ga topshirib, talabalikni naqd qilib qo'ygandi. Endi boshqalarda shunday bilimdon bolalar bilan aravani teng tortib keta olamanmi, yo'qmi degan xadik ham bor edi. Yoki, bo'lmasa, bir olifta askar abiturent harbiy kiyimini hadeganda echmasdi. O'ziga bino qo'yib, “senlar hali mendek bo'lgunlaringcha qirq qovun pishig'i bor-a…” degandek burni ko'tarilibroq viqor bilan qadam tashlardi. Dastlabki tortinishlar boisi shundan edi.

Ko'p o'tmay, turli fanlardan amaliy seminarlar boshlangach, kimning qobiliyati qandayligi bilindi-qoldi. Tanish-bilishlik yo'li bilan kirib qolgan ayrim bolalar qiylanibroq nafas olishardi…

Kursimiz oqsoqoli (starostasi) To'xtasin aka Azimov bizlardan o'n yosh katta edi. Shundanmi ko'proq yuqori kursdagi talabalar bilan o'rtoqchilik qilardi. Darsdan boshqa paytlarda ular bilan birga bo'lar, birga yurar, birga tamaddi qilardi. Bizlar endigina o'ninchi sinfni bitirib borgan qishloq bolalari Hamza Hakimzodaning “Ishchilar uyg'oning” ga o'xshash inqilob she'r-monologlarini, Hamid Olimjonning “O'rik gullaganda” she'rini, yoki bo'lmasa “Qutlug' qon” romanidan parchalarni yod aytib, o'zimizcha “ertaga bizdan zo'r ijodkor chiqadi…” deb xom o'ylarni xayoldan o'tkazib yurardik. Bir narsalarni sharillatib aytib beraversang, axir jurnalistikaga bejiz hujjat topshirmagan ekanlarda deb alqashlarini istardik. Bu bir taltayishlik, maqtonchog'lik edi, xalos.

  • Yana nimalarni bilasizlar o'zi,- dedi bir kuni To'xtasin aka bir chetda bizni kuzatib turar ekan. – O'ninchi sinfga qadar o'qigan shoirlaringiz, yozuvchilaringiz bilan cheklanib qolsalaringiz, tamom, hech qachon sizlardan tuzuk-quruq qalamkash etishib chiqmaydi…

    O'shanda u haq edi, lekin biz havoyiligimizdan, universitetga kirib olib, osmonda suzib yurganimizdan bu tanbehni to'g'ri qabul qilmaganmiz. To'xtasin aka rus tilidagi kitoblarni mutaalo qilardi. Bizning esa tishimiz o'tmaganidan unga alam va xasad bilan qaragan paytlarimiz ham bo'lgan. Uni ko'pincha Tolstoy, Dostoevskiy, Turgenov, Saltikov-Shedrin kabi mumtoz adabiyot egalarining mashxur kitoblarini qo'ltiqlab olgan holda ko'rardik. O'rnimizdan hadeb sakrayverganimizni ko'rib, To'xtasin aka vazmingina kulib qo'yadi va orqa partaga o'tib, boyagi kitoblardan birini o'qiyotgan bo'ladi. Uning fikr doirasi keng bo'lganligi bois ko'p o'qiganligidan har qanday bahs-munozaraga tayyor edi. Yuqori kursdagi bolalar davrasiga intilishining sababi ham shundan edi.

    Oradan ko'p o'tmay yarim yillik semestr imtihon va sinovlari (zachyotlari) boshlandi. Adabiyotshunoslikdan dars bergan professor –domlalarimiz oldida mulzam turib qoldik. Chunki til bilmaganligimizdan ma'lum adiblardan, ma'lum asarlardan nari fikrlay olmasdik. To'xtasin Azimov bizlarni qo'limizdan tutib, masalan “Anna Karenina” ni avval rus tilida o'qing, rus tilini bilsangiz, bilmasangiz o'qing-da, so'ngra o'zbekcha tarjimasini qo'lga oling, -deb maslahat berdi. Bu shaxsan menga bir tarbiya maktabi bo'ldi, asta-asta undan o'rnak olishga intila boshladim. Boshqa bolalarimizda ham xuddi shunday yoqimli holat kuzatildi, yaxshi yo'llarga etaklovchi muhitni paydo qilib berganligi uchun keyinchalik Azimovga ko'p minnatdorchiligimizni bildirib yurdik.
    Paxta yig'im terimi Sirdaryoda, Sobiq Voroshilov tumani dalalarida o'tkazilardi. U tomonlarga talabalarni sentyabrning ikkinchi yoki uchinchi haftasidanoq kolonna-kolonna avtobuslarga o'tirgizishib, olib borishardi. Saroyga o'xshash uylarda ( Baraklarda) 80-100 bola- turli kursdagi yigit-qizlar yotishadi, o'rtalarga osilgan bez materiallari devor o'rnini o'tardi. Salyarka hidi kelib turadigan ovqatlardan, choylardan iste'mol qilinardi. Kunlik terim normasini bajarilishini paxta Shtabi shug'ullanadi. Tohir aka Pidaev Shtab boshlig'i, Muxtor aka Xudoyqulov, Tilak Jo'ra va boshqalar Shtab a'zolari. O'ta jiddiy ancha obro'li odam bo'lgan Pidaevning ( Ilohim,oxiratlari obod bo'lsin) so'roq-javoblariga qolgan bolaning holiga voy edi! Xira chiroq yorug'ida bo'shashgan alfozda tik turishlar, bahona qidirishlar… Bular-ku, hech nima emas edi. Shunday tabarruk domlalarimizni xijolatga solib qo'yayotganliklaridan ko'plarimiz afsuslanardik. Bu sevimli ustozlardan qanchalari o'tib ketdilar, Alloh rahmatiga olgan bo'lsin…

    Shunga qaramay, paxta yig'im-terimi 80 kundan ortib ketdi, bolalar bir-birlarini obdan sinab oldilar, fe'l-atvoriga qarab kim kim bilandir qalin do'st bo'lib ketdi. Beg'araz va samimiy munosabatlar tiklanishida kursimiz oqsoqoli Azimovning ham xizmatlari katta edi. U bizlarga qaraganda ko'p ko'ylak kiygani, hayotni ko'p ko'rganligi tufayli qiyinchiliklarga chidash, mehnatni sevish, bo'sh paytlarda esa mutaaolodan zavqlanish sirlari bilan o'rtoqlashib, butun bir kursimizda ahillik, do'stlik urug'ini sochib qo'ygandi.
    Kunlarning birida erta tongda universitetimizning bag'ri keng, bilimdon, dilkash ustozlaridan biri Muxtor aka Xudoyqulov pod'yom paytida baragimizga kirib keldi. Hali bolalarning uyqulari tuzuk-quruq ochilmagan, esnashib, kerishib, o'rinlaridan arang turishardi. “ 1 kursdan Iboev bormi, qaerdasiz?” domlaning muloyim ovozi barak eshigi oldidan eshitildi. Men sergak tortdim, yonimda kiyinayotgan sherigim, ko'proq birga yuradigan qashqadaryolik do'stim Shodi Rashidov “ Shu erda bu yigit! Suyunchilik bormi, domla?” deb qichqirdi. Saldan keyin bildimki, “Muxbir” jurnalida kaminaning “Rasuljonim kelmadimi?” deb nomlangan hikoyasi bosilgan bo'lib, domla jurnalning o'sha sonini menga sovg'a sifatida olib kelgan ekan. Bu xabardan yuragim xayqirganidan xayqirib ketdi. “Yuvamiz bu xabarni. Tushlikda hammaga eriysiz-a?..” deyishdi bolalar.Tong saxarda xursandchilik olib kelgan xushfe'l, samimiyat egasi bo'lgan domlamizning bo'ynidan quchib olgandek bo'lganman. Shu paytdagi ilk ijod xursandchiligi tufayli men yana osmonda parvoz qilayotgandek edim… Keyingi kunlarda ham “Ko'ryapsizlarmi, men qanday odamman”, deb maqtangan ham bo'lsam kerakki, To'xtasin aka meni egnimdan tortdi.
  • Siz shunday ijodkor bo'lingki, yozganingiz o'zingizga yoqmay tursin. Hatto ular “Muxbir” dami, “Guliston”dami, “Sharq yulduz”dami bosilgan bo'lsa ham… Ko'p ijodkorlarning qamchisi o'zi bilan bo'ladi, shundagina haqiqiy adib darajasiga o'sib borish mumkin…
    U Jek London, Edgar Po, Mopasan, Aziz Nesin kabi buyuk yozuvchilardan so'z ochdi, ularning ijodiy laboratoriyasi, yozish uslubi, fikrlash qobiliyati va eng muhimi ijodiy injiqligi bilan bog'liq xotiralarni To'xtasin akam shunday tarzda aytib berdiki, guruhdoshlarimiz bundan qattiq ta'sirlangandilar. Men bolalar orasida shunchaki qiziqish boisidan qo'ldan qo'lga o'tib, titilib, eskirayotgan boyagi jurnalni qaytarib oldim-da, yostig'im ostiga yashirib qo'ydim. Man-manlikka berilishimga bir xadya qolgan ekan-a, rossa sharmanda bo'lar ekanman-da, yaxshiki shu odam meni vaqtida ogohlantirgan ekan, deb hozirgacha eslab yuraman bu voqeani…

    To'xtasin akada ana shunday donolik bor edi. Umuman, universitetni bitirganimizdan keyin u kishi Farg'onaga – o'zi ishlagan sobiq “Kommuna” gazetasiga, men esa Andijonga, viloyat gazetasiga ishga joylashdim. O'rtamizdagi do'stlik aloqalari hech qachon to'xtab qolmadi. Yaxshi, oqil maslahatlarini goh telefonda, goh yig'inlarda, seminarlarda uchrashib qolganimizda aytib, kasbga mehrimni oshirardi. Boshqalar kabi men ham umrimni jurnalistikaga bag'ishlab, kam bo'lmadim. Andijon viloyat gazetasida muxbir, bo'lim mudiri, tuman gazetalarida va “Andijon” nashriyotida muharrir vazifalarida ishladim, bir necha badiiy publitsistik to'plamlarimni o'quvchilarga havola etdim. “Jurnalist” tanlovlarida sovrindor bo'ldim. Hayotda nimagaki erishgan bo'lsam, To'xtasin akaning qalban yordamlari, o'gitlari ko'p asqotganligini yurak-yuragimdan his etib turaman.
    U kabi mashxur… insonlar bilan birga o'qish nasib etganligi, poytaxtlik xassos shoira Umidaxon Abduazimova, adib va tarjimon,olim Tohir Qaxxor, qarshilik zaxmatkash shoir, yozuvchi Baxtiyor Ashur, xorazmlik
    jozibador qalam egalari Zarip og'a Ibragimov, Otabek Ismoilov, buxorolik mohir tele – jurnalist, publitsist Qaxxor Rahmon, yakkabog'lik dilkash qalamkashlar Murodillo Eshmurodov, navoiylik shirin so'z qalamkash Umrzoq Mustafoev, farg'onalik Xasanboy aka Abdujabborov, andijonlik Asadullo Mirzakbarov, Usmonjon Karimov, Jo'rabek Mamajonov, shuningdek Baxridin Javliev va boshqalarni taqdir uchrashtirganligi uchun men o'zimni baxtli hisoblab kelaman. Kursimiz oqsoqoli bo'lgan To'xtasin aka Azimov ularning ham chuqur qalblaridan joy olgandi.
    Ming rahmat sizga, akajon deb xayqirgim keladi bugun. Ammo u endi oramizda yo'q, Olloh rahmatiga olgan bo'lsin. Ko'plarimiz uchun hamon yonimizda tirik yurgandek tuyuladi, samimiyliligi, bag'rikengligi, to'g'riso'zligi, kamtarinligi bilan bizlarni o'ziga chorlab turardi. Uning dilkash o'tirishlardagi adabiy-badiiy kuzatuvlari, yorqin ohangdagi o'rtoqlashishlarini eshitish, tinglash naqadar maroqli edi! Yashasang shunday umr ko'rsangki, ko'z yumganigingga birovlar sira ishonmasa va hamisha seni olqishlab turishsa…Bu ham bir baxt-da!

    Yurtimizning taniqli farzandi Usmon Azim bizdan uch kurs avval o'qigan. U ham To'xtasin akam bilan qalin edi, ko'p suhbatlashishgan, fikrdosh bo'lishgan. Millionlab she'riyat ixlosmandlarining sevimli shoiri bo'lgan Usmon akaning mana bu satrlari nazarimda go'yo aziz insonlar qatorida To'xtasin akaga ham bag'ishlangandek tuyuladi:
    Qaro erning tagiga kirishdan men ne uchun qo'rqay,
    Chunki erning tagida sen kabi aziz bir do'st bordir!..
    … Ko'klam ostonasida bir qadrdon insonni eslash asnosida ana shu voqealarni esladim. Bahor yaqin… o'zing uchun chuqur hurmatga loyiq insonlarni tabiat uyg'onishiga o'xshash tuyg'ular bilan xotirlaging keladi

Mahmud IBOEV,
O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube