O’zbekiston Xalq Harakati

IChKI TASKINLIK

IChKI TASKINLIK
09 Ağustos 2020 - 2:16 'da yuklandi va 528 marta o'qildi.

Qarshidan Andijonga qo'ng'iroq bo'ldi. Mayin, yumshoq ovozni eshitiboq, yuragim xapqirab ketdi. 73 yoshli ustoz qalamkash, publitsist – adib, shoir Baxtiyor aka Ashurov kursdosh do'stlarni sog'inganligini, ko'p eslab turganligini, jumladan kaminani ham ko'rgisi kelayotganligini aytdi. Agar olisdan kimdir seni eslasa, sog'insa, dillashmoqchi bo'layotgan bo'lsa, bundan ortiq xursandchilik bormi?!

“Pokiza izlar”, “Hayot qo'shig'i”, “Oila”, “Fidoiylik mazmuni” kabi qissa va she'riy to'plamlari uning uzoq ijod va izlanish yillarining mahsulidir. U hozir telefonda yangi bir asari haqida so'z ochdi, nihoyasiga etkazganidan ko'ngli to'lib turganligini aytdi.

  • Agar tinchligini berib tursa, sog'ligim pand bermasa, albatta nashriyotga topshiraman, ukajon!- dedi u quvonganidan.
  • Qoyil sizga, Baxtiyor aka,-dedim men. – Yoshingiz 75 ga qarab boryapti-yu, iste'dodingizning ochilmagan qirralari odamni tamom lol qoldiradi. Rost gapiryapman, aka…
  • Ernest Xemingueyni eslaysiz-a?- dedi u kishi muloyim ovozda. – Maqtov ijodkorning dushmanidir… Xo'p… Aytganday, qani menga va'da qilgan hikoyangiz? Ulgurmadim deysizmi?! Yo'q, bunaqasi ketmaydi, ukajon! Pensiyaga chiqdim deb, ijodni yig'ishtirib qo'yish yarashmaydi. Umr o'tyapti, shoshiling… Ro'zg'or tashvishlari hammamizda bor, lekin ulardan balandroqda turishimiz kerak… Eshityapsizmi, balandroqda!..
    Qulog'imga “Balandroqda” so'zi yaxshi bir xabarni eshitgandek mah-kam o'rnashib qoldi. Shu qisqa suhbatdan ta'sirlandim, vujudimni allaqanday yoqimli hislar chulg'adi. Qarang-a, odamlar bir-birlariga bunchalar mehribonlar! Bunchalar e'tibor berib, yozing…, yozing… deb kishiga ruhiy qanot bag'ishlaydilar-a!
    Nazarimda, menda paydo bo'lgan ko'tarinki kayfiyat boyadan beri ro'paramda o'tirib, telefondagi samimiy suhbatimizga guvoh bo'lib turgan qo'shni yigitga ham ko'chganday edi.
  • Universitetni tamomlaganlaringizga 45 yildan oshibdi-yu, bir-birlaringizni tashlamaganlaringizga qoyil! U kishi Qashqadaryoda bo'lsa, siz Andijonda bo'lsangiz, xuddi tug'ishgan og'a-inidek inoq bo'lib ketibsizlar-a!.. Havas qilasan, kishi!
  • Ha, do'stlikning ildizi mustahkam bo'lsa, minglab kilometr-dagi olislik ham cho't emas,-dedim men taskinlikdan mast bo'lib. – Qalam ahlining fe'li keng, ko'ngil toza! Ular bir-birlarining muvaffaqiyatidan quvonib, ruhiy kuch topib, ergashib, ilhomlanib yashashdan lazzatlanishadi… Hamma gap shunda!
    Yon – atrofingdagi odamlar ma'naviy jihatdan qanchalik yuksak bo'lsalar, o'qib-o'rganishlikni kanda qilmasalar, zehn-qobiliyati, bilimi bilan seni qanchalik hayratga solib tursalar, havas uyg'otsalar, demak sen baxtli insonsan. Do'stlikka ehtiyoj, nazarimda ana shular orqali paydo bo'ladi. Albatta, do'stlikda ham do'stlik bor. Birovning boyligidan, mansabidan foydalanib qolish ilinjidagi qabih do'stlashishlar ham bor. Manfaatparastliklar ham bor. Haqiqiy do'stlik esa butunlay boshqacha bo'lishi kerak-da…

    Do'stlikning sofligini saqlay olish haqida nazarimda Baxtiyor aka juda qoyillatib yozgan:

    Bir do'sting bo'lsa, yurakka yaqin…
    Dardlaringni to'ksang baxuzur
    Yuz-ko'zida porlab nur chaqin
    Baxsh aylasa qalbingga xuzur
    Shunday damda butkul olamni
    Unutsang-u, jon olsa orom,
    Ko'ngildan forig' etib nolangni,
    Shirin so'zi dilni qilsa rom
    Ko'zlaringni yumsang-u, bir zum
    Orzularing topsa ijobat,
    Quvonchingdan yig'lasang yum-yum,
    Shundan o'zga baxt yo'q aslo xojat!

    Qashqadaryo cho'llarini ko'p kezgan, uning jazirama oftobi yuzlarini qoraytirgan, o'ychan nigohli shoirning dil xapqirig'i ana shunday. Cho'lning sukutga cho'mgan, sirli, bepoyon, sokin qumliklari erta bahorda ko'm-ko'k bo'lib bir yashnab oladi, so'ngra esa… o'tlar suvsizlikdan qurib-qovjiraydi, giyohlar, daraxtlar o'z ko'rkidan mahrum bo'ladi. Tabiatning kechagi yam-yashilligidan asar ham qolmaydi. Bularning hammasidan ma'no qidirgan shoirda hayot va inson falsafasi o'ylari chuqur ildiz otib ketgandek… “Pokiza izlar” qissasi bilan tanishgan o'quvchi fikrimni tasdiqlay oladilar deb o'ylayman.

Baxtiyor Ashurovning “Hayot qo'shig'i” she'riy to'plamini qo'lga olib varaqlagan kishi ham hayot zavqidan kuch topgandek bo'ladi. Undagi aksariyat she'rlarda hayotning har qirrasidan faqat, faqat go'zallikni topish, ilg'ash, kashf etish istagi jo'sh urib turgandek.
Bu tabarruk ijodkor bir umr adabiyotga, publitsistikaga xizmat qilishdan boshqa narsani o'ylamadi. Ezgulik yo'lida bor kuch-quvvatini sarflab keldi va bundan buyon ham bu shijoat susaymay izchil davom etayotganligiga tan berasan, kishi. So'z sehri unga quvonch bag'ishlaydi, taskinlik lazzatini beradi. Umri uzoq bo'lsin!
O'zbekistonimiz bo'ylab, minglab kilometr olisda yashab, ko'ngil suvini bir-birlariga ilinib xadya etishlik bilan yashash ham bir saodatli mukofotdir. Barchaga mana shunday ichki taskinlik nasib etsin!

Mahmud Iboev
Jurnalist- adib

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube