O’zbekiston Xalq Harakati

ARAVA SUDROVChI

ARAVA SUDROVChI
09 Ağustos 2020 - 16:04 'da yuklandi va 660 marta o'qildi.

(Hikoya)

Qishloq chetida “qo'lbola” do'kon bor. Yo'ldan o'tib ketayotganlar bu erdan sigaret, saqich, pista va shu kabilarni olib, ravona bo'lishadi. Tuynuk juda ham tor, kichkina. Mayda-chuyda sotuvchi bu odamning oti Alizo'r, yoshi elliklardan oshgan. O'zi erinchoq jon, kam gap, kam harakat. Tuynuk ortidan uning erta-yu-kech karovatda yonboshlab yotgani, televizordan ko'zini uzmay o'tirgani ko'rinadi. Qimirlamas gavda go'yo haykaldek qotib turganga o'xshaydi. Nafas olishi ham sezilmaydi, na sado chiqaradi, na yo'taladi. Telivizor ko'ryaptimi yoki qattiq o'yga cho'mganmi, bilib bo'lmaydi.

Eski katta stakanlarga har xil turdagi sigaretlar donalab to'ldirib qo'yilgan. Pachkasi ochilmaganlari ham bor. Kelganlar puliga yarasha sigaretni o'zi sanab oladi-da, karton qutiga pulini tashlab ketaverishadi. Shunga odatlanishgan. Ming so'mga nechta sigaret keladi, ikki ming so'mga nechta keladi, aji-buji harflarda katta – katta qilib yozib qo'yilgan. Alizo'r odamga ishonadi, yozuvni o'qib, unga qarab xarid qilib ketaversin, aldasa, vijdoni havola, deydi.
Bozor kunlari ko'pincha uni uyqusidan uzoqdan kelayotgan arava ovozi uyg'otadi. Aravaning taraq-turuq ovozi tun sukunatida baland eshitilgandek bo'ladi. “Podshivnigi allaqachon to'kilib ketgan, almashtirsa bo'lardi,-deb o'ylaydi u.- Shu almisoq bilan necha o'n kilometr yo'l bosadi-ya…” Alizo'r arava sudrovchining tirikchiligi o'tadigan uchta bozor borligini yaxshi biladi. Ular bir-birlaridan unchalik olis bo'lmagan qishloqlarda joylashgan. Qumguzarda payshanba kuni, Cho'ngqishloqda shanba kuni, Ulug'soyda esa yakshanba kuni bozor bo'ladi. Uchchalasiga ham ulguradi, uddalaydi, qiylandim demaydi, otangga balli, deb olqishlaydi ichida Alizo'r.

Arava ovozi kuchaya-kuchaya, nihoyat do'kon oldiga kelganda tindi. Arava sudrovchi tamoq qirdi, ichkaridan ovoz kelmasligini bilsa ham sharpa qilib qo'ygandi. U xuddi o'z uyining derazasini tashqaridan ochgandek, tuynuk og'zini itarib, bir pachka sigaret oldi. Tekinga. “Kosmos”. Sahardan bir xuzur qilib chekdi. Ketma-ket yo'taldi. Og'ir-og'ir yo'tal davom etdi. Alizo'r “ Aytuvdim-a sengga, chekishni tashla, deb. Arava sudrash og'ir ish, xansirashing bilan kuning bitib boryapti-ku, ovsar… Yana shu alfozda tun sovug'ida ikki-uch soat piyoda yurasan-a… O'pkangni asra, axir…”, deydi o'zicha.

Qorong'ulikda yiltillab ko'ringan sigaret cho'g'i o'chgandek bo'ldi. Arava joyidan qo'zg'olgani eshitildi. Asta-asta eshitilmay ham qoldi. Shu ketishda u to'rt kilometr masofani yayov bosib o'tadi. Toliqqan erida to'xtab, dam oladi. Chekadi. Chumchuq uyqusida mizg'igan bo'ladi va yana yo'lda davom etadi.

Cho'ngqishloq bozoridan tushdan keyin qaytadi. Xudo benasib qilmas ekan, bozor-ucharga kelganlarning yukini tashqariga olib chiqib beradi, tashqaridan esa ichkariga olib kiradi. “Hey, arava… bu yoqqa…” deb chaqirishadi uni. Otini aytishmaydi, bilishmaydi. Ko'ngil uchun “Hoy, amakai, … mana buni ko'chaga, taksi stoyankaga olib chiqib bersangiz” deb aytishsa ham bo'ladi-yu, lekin og'zilaridan shirin muomila chiqib ketsa, yutqazib qo'yishadigandek bo'lishadi… Shirin muomilani esdan chiqarishganmi-ey… “Hey, arava…” “Bu yoqqa…” Arava sudrovchiga past-nazar bilan qarashadi.

Lekin u xafa bo'lmaydi. Mayli-da, tashiganimga pul berishyapti, deb og'ir olmaydi. Bu holva. Tiqinda katta aravangga balo bormi, deb yumshoq eriga tepkanlar ham bo'ladi.

Bir gal u tomon, bu tomon ehtiyotlab o'taman deb, birovning yangi xarid qilingan bir xalta pomidorisini chunonam ezib yubordi. Beso'naqay gavdali, tepakal bir yigit uni “Eshakdan olib, eshakka solgani”, bo'ralab so'kkani qolib, ezilgan, majaqlangan pomidorini xalta-paltasi bilan uning boshiga kiydirib qo'ydi. Terlab-pishgan yuz-ko'zlariga muzdek yoqimli narsa tekkandek bo'ldi va aravaga suyanganicha ko'zlarini bir muddat yumib oldi. Bor ekan-ku, haqiqat deb o'yladi u. Pomidorining qizil rangi uni tsirk masxarabozlariga o'xshatib qo'ygandi. Boshlaridan palag'da tuxum sarig'i oqqandek, urug'lari yuz-ko'zlarini to'sib qo'ygandi.

Bo'ldi kulgu, bo'ldi kulgu. Ayanch ahvolga tushib qolgan , haqoratlangan arava sudrovchi bunaqalarga o'rganib ketgan. Uning yonini bir no'xatfurush kampir olib, boyagi serzarda zo'ravonni koyiy ketdi:

  • Lapashang sen o'zing! Shu tiqinda qo'lingdagi xaltani erga qo'ymay, tanishing bilan quchoqlashib ko'rishing shartmidi?! Shunchalik sog'inib ketganmiding! Bir bechorani tepib, urib, azoblab, gunohga botishdan qo'rqmaysanmi? Xudo bor, axir!..
    Bu orada arava sudrovchi ancha nari siljib qolgandi. Yuzlaridagi, kiyim-boshlaridagi ezg'ilangan pomidor urug'lari, suvlariga birov e'tibor bermas, hammaning xayoli bozor-uchar bilan band edi. Arava sudrovchiga bu azaldan ma'lum, atrofdan rahm-shafqat kutib o'tirish kerak emas. Xo'rlangan, aftoda ko'yda bo'lsang ham odamlarga baribir, ishlari yo'q. Olarman arzonroq olsam, sotarman qimmatroq sotsam deb o'ylagani o'ylagan. Hey, bu odamzot qiziq, eng arzon bahoni aytishsa, shubhalanadi, ayrimlari shuni ham yarmini bersam deydi. Baho talashish, tortishish bor ekan – da bu dunyoda! Sotuvchi-chi, bir xillari bor, xay-xay… otasining bahosini qo'shib aytishdan uyalmaydi. Besh panjani og'ziga baravar solsa ham kamdek ko'rinadi. Bozor darvozasi tashqarisida sodda dehqonni avrab, arzonga sotib olgan-u, arava sudrovchiga “opkir!” deb ichkariga o'qdek uchib kirib ketaveradi. Uning yana tiqin ichiga kirishga xohishi bormi, yo'qmi, so'rab ko'rmaydi. Yana boyagi gap.

    Arava sudrovchi hozirgina shaftoli bahosida sotib olingan yukni aravaga joylashga tushadi. Shunda ittifoqo sal narida dehqonning dam qo'lidagi bir pachka pulga, dam bor-baraka qilingan yukiga qarab ichidan bir nima o'tayotganini o'ychan ko'zlaridan payqab qoladi. Afsuslanyapti. Lafz ketib qoldi endi, qaytarib ololmaydi. Arava sudrovchi yuk ustiga cho'nqayib o'tiradi-da, xayolidan shularni o'tkazadi: “Ey, inson, bo'lar ish bo'ldi. Yo sotuvchi mard bo'ladi yoki oluvchi. Sen mard odamsan, axir,sira g'am chekma. O'zingni bulardan balandroq tut! Shu pulingni ham oldirib qo'ymay, tezroq bozordan jo'nab qolsang-chi… Sen ming so'mdan berding, u esa ichkarida besh-olti ming so'mdan sotmasa, ko'ngli o'rniga tushmaydi. Yaxshisi, buni ko'rmay qo'ya qol. Aks holda, ezilganing qoladi…”

    Arava sudrovchi ichkari tomon intiladi. “Yo'l beringlar, ehtiyot bo'ling, arava kelyapti…” deb ovozi boricha qichqiradi u. Yopiq timga etib borsa, boyagi olg'ir olib-sotar uch-to'rt bozorchi ayollarni to'plab kutib turgan ekan. Hammalari baravar yukka yopishishdi.
  • Fotima opa, ozgina tushirib bering, axir,-deyishdi ular yashiklarni egallab olishgach. U “Yo'q. Bo'lmaydi, menga ozgina qolyapti, xolos. Mana bu tog'angiz guvoh, shunday mo'min-musulmon shohidlik berib tursa-yu, ishonmaysizlarmi, menga!..”, deb u arava sudrovchiga ko'z qisdi. Ana, xolos! Arava sudrovchining ko'z oldi qorong'ulashdi, bir paqir mag'zava ustiga to'kib yuborilgandek his qildi o'zini. Nari ketdi va to'langan xizmat haqqini g'ijimlab kissasiga soldi. Bu pul unga xaromdek ko'rinardi, yolg'onlikka guvohligi uchundek edi…
    U bozor o'rtasidagi yalanglikka kelib tin oldi. Alamdanmi, ketma – ket ikkita sigaret chekib yubordi. Hamma yoqqa o't ketgandek bo'ldi. Yana atrofga razm soldi. Unisi u yoqqa o'tgan, bunisi bu yoqqa o'tgan, birov birovni chaqirgan. Sotuvchilar chorlagani chorlagan. Shovqin- suronsiz bozor bozormi! U o'ylanib, o'yining oxiriga eta olmasdi. Bozorga ishi tushmaydigan kim bor ekan bu dunyoda! Farishtalarmi? Agar odamzotga eyish-ichish berilmaganida bozor bo'lmasmidi?.. Farishtalarning o'zi bo'lib qolarmidikin?.. Emasang, ichmasang, kiymasang, onadan qanday tug'ilgan bo'lsang, shunday beg'uborlik bilan ulg'ayaversang-a! Odamlarning bir-birlarini aldayotganliklarini ko'rmasang. Makr – hiyla, jaholat, zulm bo'lmasmidi. Kichkina qorin g'ami ortida shuncha gap-a… Iblisning zo'riyodi bozorlarda tug'ilayotgandek edi uning nazarida.

    Kechki paytda, kun asrdan o'tganda u Alizo'rning do'koni oldiga kelib to'xtadi. Arava quruq emasdi, kimdir sota olmay qolgan yarim qop sabzisini uning haqqi evaziga bergan. Aravada u er – bu erda qolib ketgan non qoldiqlari, tarvuz po'choqlari, yirtilgan, kirlangan karton qog'ozlari, xas-xashak, o'tin-cho'p, hammasidan bor edi. Yurganga Xudo beradi degani shu-da!

U ertalab saharda olgan bir pachka sigaret pulini qutiga tashladi, na salom, na alikni bilmaydigan Alizo'r bilan ko'z urishtirdi, xolos. So'ngra bir shisha aroqning teng yarmini eski zamonlardan qolgan krujkaga quyib, ustini likopcha bilan yopib qo'ydi. Bu Alizo'rga “erigani”. Yoniga ikkita bozor noni, to'rt dona boy yong'oq, ikki dona ko'm-ko'k olmani ham qo'ydi. Bu uning bozorga arava sudrab borganiga qodir qilgani uchun ehsoni edi. Ehsonning katta-kichigi bo'lmaydi. Ko'ngildan chiqqani naf keltiradi. U elkasidan tog' ag'darilganini sezdi va kunduzgi noxush xangomalarni ham unutdi… Yana arava ovozi eshitildi.

Mahmud IBO
Andijon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube