O’zbekiston Xalq Harakati

Jurnalist Bobomurod Abdullaev Bishkekda qo'lga olindi

Jurnalist Bobomurod Abdullaev Bishkekda qo'lga olindi
09 Ağustos 2020 - 22:06 'da yuklandi va 751 marta o'qildi.

O'zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaev 9 avgust oqshomida Qirg'iziston poytaxti Bishkekdagi kafelardan birida Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari tomonidan qo'lga olingan. Jurnalistning advokati Timur Karabaev o'z mijozining qo'shni O'zbekistondan kelgan so'rov asosida ushlanganini bildirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bobomurod Abdullaev Qirg'izistonga Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti taklifi bilan 4 oylik o'qishga kelgan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilib qolgani uchun u o'qishini davom ettirish uchun Evropaga uchib ketolmay qolgan. Abdullaevning advokatlariga ko'ra, 10 avgust kuni Bishkekda B. Abdullaevga ehtiyot chorasini belgilash bo'yicha sud bo'lib o'tishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Bobomurod Abdullaev Bishkekda o'qishda yurgan paytda uning Toshkentdagi advokati Sergey Mayorov Yakkasaroy tuman IIBga hamda DXXga o'z mijozi ustidan jinoyat ishi ochilgan-ochilmagani xususida advokatlik so'rovi yo'llagan.

Yakkasaroy tuman IIB so'rovga javoban Abdullaev B.K.ga nisbatan hech qanaqa jinoyat ishi ochilmaganini bildirgan. DXX esa S. Mayorovga Abdullaev B.K. ustidan maxsus xizmatga ariza yoki shikoyatlar tushmaganini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, jurnalist Bobomurod Abdullaev 2017 yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olingan. Shundan so'ng u 2011 yildan “Usmon Haqnazarov” imzosi ostida “amaldagi tuzumni o'zgartirishga chaqiruvchi” maqolalar chop etish va O'zbekistonda “inqilob qilish”ga urinishda gumon qilinib, sudlangan. Mahkama davomida Bobomurod Abdullaev o'zining Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi maqolalarning aksariyati muallifi ekanini tan olgan, biroq o'zi yozgan maqolalarda davlat to'ntarishiga chaqiriq bo'lganini rad etgan. Shu bilan birga, u tergov davomida o'ziga nisbatan qiynoq qo'llanilganini qayd etgan.

Prokuror B.Abdullaevga 5 yillik qamoq jazosi so'ragan. Biroq 2018 yil 7 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida bo'lib o'tgan mahkamada jurnalist O'zbekiston Jinoyat kodeksining 159- moddasi, 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o'tkazish va 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlangan hamda sud zalidan ozod qilingan.

Bobomurod Abdullaevning sud zalidan ozod qilinishini qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, EXHTning Matbuot erkinligi bo'yicha vakili, Amnesty International, CPJ va boshqa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlagan.

“Bobomurod Abdullaev mustaqil jurnalist sifatidagi faoliyati uchun dahshatli haq to'ladi. U hayotining 7 oyini O'zbekistonning eng yomon nom chiqargan Tergov izolyatorida o'tkazdiki, bu erda u aftidan, aybiga iqror qildirish uchun qiynoqlarga tutilgan. Biz unga qiynoq qo'llanilganiga oid xabarlar yuzasidan puxta, xolis va mustaqil tergov o'tkazilishi lozimligini qat'iy ta'kidlaymiz”, deyilgan jumladan Amnesty International tashkilotining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori o'rinbosari Denis Krivosheevning bayonotida. Bungacha mazkur tashkilotlar rasmiy Toshkentni B.Abdullaevni ozod qilishga chaqirib kelgan edi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube