O’zbekiston Xalq Harakati

Qirg'iziston MXQ: Bobomurod Abdullaev O'zbekiston so'rovi bilan qo'lga olindi

Qirg'iziston MXQ: Bobomurod Abdullaev O'zbekiston so'rovi bilan qo'lga olindi
10 Ağustos 2020 - 15:17 'da yuklandi va 620 marta o'qildi.

Qirg'iziston Milliy xavfsizlik qo'mitasi (MXQ) 10 avgust kuni o'zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaevning Bishkekda qo'lga olinishi yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, jurnalist 8 avgust kuni Oilaviy va jinoy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risidagi 1993 yilgi Minsk konventsiyasiga asosan O'zbekiston so'rovi bilan qo'lga olingan.

Bobomurod Abdullaev qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib O'zbekiston tomonidan qidiruvga berilgani ham bayonotda ta'kidlangan. Lekin jurnalist qanday jinoyatlarda gumonlanayotgani yoki ayblanayotgani aytilmagan.

Ayni paytda Bobomurod Abdullaev MXQ hibsxonasida saqlanmoqda. Bosh prokuratura uni O'zbekistonga topshirish masalasini ko'rib chiqmoqda. 10 avgust kuni Abdullaevga ehtiyot chorasini belgilash masalasi Bishkek shahar Birinchi May tuman sudida ko'rib chiqilishi kutilmoqda.

Ozodlik yakshanba kuni Bobomurod Abdullaev 9 avgust oqshomida Qirg'iziston poytaxti Bishkekdagi kafelardan birida Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari tomonidan qo'lga olingani haqida xabar bergandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bobomurod Abdullaev Qirg'izistonga shu yil fevralida Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti taklifi bilan 4 oylik o'qishga kelgan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilib qolgani vajidan u o'qishini davom ettirish uchun Evropaga uchib ketolmay qolgan.

Bobomurod Abdullaev 2017 yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olingan. Shundan so'ng u 2011 yildan “Usmon Haqnazarov” imzosi ostida “amaldagi tuzumni o'zgartirishga chaqiruvchi” maqolalar chop etish va O'zbekistonda “inqilob qilish”ga urinishda gumon qilinib, sudlangan.

Mahkama davomida Bobomurod Abdullaev o'zining Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi maqolalarning aksariyati muallifi ekanini tan olgan, biroq o'zi yozgan maqolalarda davlat to'ntarishiga chaqiriq bo'lganini rad etgan.

Shu bilan birga, sudda jurnalistga nisbatan tergov davomida qiynoq qo'llanilgani qayd etilgan.

Prokuror B.Abdullaevga 5 yillik qamoq jazosi so'ragan. Biroq 2018 yil 7 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida bo'lib o'tgan mahkamada jurnalist O'zbekiston Jinoyat kodeksining 159- moddasi, 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o'tkazish va 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlangan hamda sud zalidan ozod qilingan.

Bobomurod Abdullaevning sud zalidan ozod qilinishini qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, EXHTning Matbuot erkinligi bo'yicha vakili, Amnesty International , CPJ va boshqa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlagan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube