O’zbekiston Xalq Harakati

Meni Qora Mergan deb ayblashyapti – Bobomurod Abdullaev

Meni Qora Mergan deb ayblashyapti – Bobomurod Abdullaev
10 Ağustos 2020 - 15:22 'da yuklandi va 827 marta o'qildi.
  • Yakshanba kuni Bishkekda ushlangan Bobomurod Abdullaev O'zbekiston tomoni uni “Qora mergan” taxallusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilayotan shaxs sifatida ayblayotganini aytgan.
  • Uning Bishkekdagi sud arafasida jurnalistlarga aytishicha, Mirzo Ulug'bek tuman sudi 23 iyul' kuni unga nisbatan “sirtdan ayblov e'lon qilib bo'lgan”.
  • O'zbek tomoni Bobomurod Abdullaevning ushlanishini sharhlamayapti.
  • Toshkentlik advokat Sergey Mayorov DXXga so'rov yuborgan.

Qirg'iziston Davlat Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi xabarida aytilishicha, Bobomurod Abdullaev shu yilning 8 avgust kuni O'zbekiston tomonining rasmiy so'roviga binoan ushlangan.

DMXQ matbuot xizmatining bildirishicha, jurnalistning hibsga olinishiga MDH davlatlari o'rtasidagi Fuqaroviy, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va xuquqiy munosabatlarga doir Minsk konventsiyasi asos bo'lgan.

Qirg'iz maxsus xizmatlarining bayonotida “1973 yilda tug'ilgan A.B. O'zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qator jinoyatlarni sodir etganligi uchun qidiruvga berilgani” aytiladi.

Jurnalistning qirg'izistonlik advokati Timur Karabaev uning o'zbek tomoni so'rovi bilan ushlanganini tasdiqlagan, ammo Qirg'iziston DMXQ aytganidek, 8 avgustda emas, balki 9 avgust kuni Bishkekdagi kafelardan birida hibsga olinganini aytgan.

Rasmiy bayonotda Abdullaevning qanday jinoyatlarda gumon qilinayotganligi aytilmagan.

O'zbek tomoni sukutda

O'zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Bi-bi-sining “Bobomurod Abdullaev rasmiy qidiruvga berilganmi, agar berilgan bo'lsa, qanday jinoyatlarda gumonlanmoqda?”, degan savoliga javoban hozircha o'zlarida bu haqda hech qanday axborot yo'qligini aytdi.

Ammo Bobomurod Abdullaevning O'zbekistondagi advokati Sergey Mayorov Bosh prokuraturaning bayonotini savol ostiga oldi.

Uning Bi-bi-si bilan muloqotda aytishicha, “bu kabi hibsga olish faqatgina Bosh prokuraturaning so'rovi asosida bo'lishi mumkin”.

Sergey Mayorov dushanba kuni O'zbekiston DXX raisi nomiga yo'llangan bildirgi nushasini Bi-bi-siga taqdim etdi.

Advokat Sergey Mayorov O'zbekiston DXXga yo'llagan bildirgi

Unda advokat Bobomurod Abdullaev tergovgacha va tergov harakatlarini olib borish maqsadida O'zbekistonga olib kelingani taqdirda uni avvaldan xabardor qilish va Abdullaev bilan uchrashishga ruxsat berishni so'ragan.

Mayorov shuningdek, DXX raisidan Bobomurod Abdullaevga nisbatan JKning qaysi moddasi bo'yicha va qachon, qaysi mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgani bo'yicha barcha ma'lumotlarni taqdim etishni talab qilgan.

Mayorovning aytishicha, u Abdullaev ushlanishidan avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIB hamda Respublika DXXga so'rov yuborgan va “Abdullaevga nisbatan hech qanday jinoyat ishi yo'q” degan rasmiy javobni olgan.

Dushanba kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi oldida Bobomurod Abdullaevning qirg'izistonlik advokati, jurnalist va faollar hozir bo'lishgan.

Bishkek sudi Qirg'iziston DMXQ tergov hibsxonasida saqlanayotgan Bobomurod Abdullaevga nisbatan ehtiyot chorasi belgilash yuzasidan qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Bobomurod Abdullaev Bishkekka shu yil fevralida Markaziy Osiyo Amerika Universiteti taklifi bilan to'rt oylik jurnalistika kursida o'qish uchun Germaniyadan kelgan.

U Germaniyaga o'tgan yil kuzida Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining granti bilan borgandi.

O'zbekiston hukumati uzoq murojaatlardan so'ng Abdullaevning mamlakatdan chiqishiga ruxsat bergan.

‘Usmon Haqnazarov’

Bu Bobomurod Abdullaevning oxirgi 3 yildan kamroq vaqt mobaynida ikkinchi bor hibsga olinishi.

U 2017 yil 27 sentyabrida bedarak ketgan va 29 sentyabr kuni uning Toshkentdagi sobiq MXX hibsxonasida ushlab turilgani o'rtaga chiqqandi.

MXX Abdullaevni “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida davlat va uning rahbariyatiga qarshi maqolalar yozish va hokimiyatni bosib olishga qaratilgan “Jatva” (“O'rim”) rejasini ishlab chiqishda ayblagan.

Bobomurod Abdullaev Usmon haqnazarov taxallusi ostida 2003 yildan boshlab maqolalar chop etib kelganini tan olgan, ammo ayni nom ostida e'lon qilingan barcha maqolalar ham uning qalamiga mansub emasligini aytgan.

Mart oyida boshlangan mahkama qiynoq iddaolari ostida kechgan.

2 may kuni o'tgan sud majlisida prokuror Abdullaevga 5 yil qamoq jazosi tayinlashni so'ragandi.

Ammo hakam Abdullaev va yana uch kishini sud zalidan ozod etgan.

O'zbekiston mahkamasining qarori xalqaro matbuot va inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlangan.

‘Qora mergan’ iddaolari

Ozodlikka chiqqach Bobomurod Abdullaev jurnalistik faoliyatini davom ettirishi, ammo “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida boshqa maqola yozmasligini aytgan.

Uning fikricha, Karimov rejimini fosh etuvchi chiqishlari bilan tanilgan “siyosatshunos Usmon Haqnazarov” “o'z vazifasini bajarib bo'lgan”.

Shu yilning 26 iyul' kuni Bobomurod Abdullaev o'zining YouTube kanali va Feysbuk sahifalarida video bayonot joylashtirib, unda Feysbukdagi “Qora mergan” akkauntiga aloqasi borligi haqidagi iddaolarni qat'iyan rad etgan.

U “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida o'zi yozgan maqolalar va “Qora mergan” e'lon qilgan materiallar orasida jurnalistik tahlil va uslub nuqtai nazaridan katta farq borligiga doir batafsil dalillarni keltirgan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube