O’zbekiston Xalq Harakati

Burhoniddin Rabg'uziy (XIII-XIV asr)

Burhoniddin Rabg'uziy (XIII-XIV asr)
11 Ağustos 2020 - 18:04 'da yuklandi va 439 marta o'qildi.

Rabg'uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o'g'li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto'g'uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto'g'uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og'zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to'g'risidagi qissalarni chuqur o'rgangan. O'zi ham ko'pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan.

Bizgacha «Qisasi Rabg'uziy» (1309—10) asarigina etib kelgan. Asar musulmon mo'g'ul beklaridan Nosiriddin To'qbug'aning topshirig'i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba'zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur'oni karimdagi ba'zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan.

Asar an'anaviy hamd va na't bilan boshlanadi, so'ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma'lumot beruvchi qisqa so'zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko'ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo'lgan Allohni ulug'lash, payg'ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, otaona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bog'liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og'zaki ijodining bevosita ta'siri seziladi. Asarda ma'rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va b.).

Rabg'uziyning bu asari o'zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining etuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o'zbek adabiy tilini o'rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qo'lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko'chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko'chirilgan qo'lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi.

Habib Abdunazar. Qisasul anbiyo (nasriy bayon).
Nosiruddin Rabg'uziy

Osmonlar Va Erlar Haqida So'z

Habarda keltiribdilarki, Olloh subhanahu va taolo hamma narsadan ilgari bir gavharni yaratdi. Bu gavharga haybat nazari bilan qaragan edi, u erib ketdi. Erib suv bo'lgan gavhardan erni yaratdi. Suv ustiga tushgach, u ko'piklandi. U ko'pikdan tutun ko'tarildi, u tutundan ko'kni yaratdi. Ul suv Olloh taoloning haybatidan qaynab ko'piklandi. Ul ko'pikdan Ka'baning o'rnicha erni yaratdi. Shundan keyin osmonlarni yaratishga kirishda. (Oyat) “So'ng osmon tomonga yuzlandi va ularni etti qavat osmon qilib yaratdi”. Osmonlarni yaratib bo'lgandan keyin avvalda yaratilgan erni mashriqdan mag'ribgacha yozib tekisladi. (Oyat) “Va erni undan keyin to'shadi”.

Bu erlar va osmonlar bir qavat edi, qudrati bilan osmonni erdan ayirdi, har qaysilari etti qavatdan bo'ldi. (Oyat) “Olloh shunday zotki, u etti osmonni yaratibdur va erlardan ham shunchani”. Bu etti er ustida suvlar yaratildi. U erlarni ushlab termoq uchun tog'larni ular ustiga qoziq qilib yaratdi.

Olloh taolo butun olamni olti kunda yaratdi. (Oyat) “Badahqiq, Biz osmonlarni, erni va ularning o'rtalaridagi bor narsalarni olti kunda yaratdik”. Habarda keltirilishicha, yakshanba kuni osmonlarni yaratdi, dushanba kuni oyni, quyoshni, yulduzlarni yaratib, falak ichida turgizdi, seshanba kuni qush-qumirsqalarni, farishtalarni yaratdi, chorshanba kuni suvlarni yaratdi, shamollarni, bulutlarni chaqirdi, daraxtlarni, o't-o'lanlarni undirdi, rizq-nasibalarni ulashdi, payshanba kuni jannat, do'zaxni, rahmat va azob farishtalarini, hurlarni yaratdi, juma kuni Odamni yaratdi, shanba kuni hech narsa yaratmadi. Bu hamma narsalarni va yana minglab narsalarni ko'z ochib yumguncha yaratguvchi qudrati bor edi. Shuning uchun olti kunda yaratdiki, bunda bandalariga ta'lim bor edi: “Men qodir bo'lsam-da shoshilib qilmasman”, degan. Rasululloh dedi: “Shoshilish shaytonning ishi va shoshilmaslik Rahmonning ishidur”.

Osmonlarning Sifati

Ilk qavat osmon yashil zumraddandir, uni Rafiq derlar. Farishtalari dovon suratida, ulug'larning oti Ismoildir. Ikkinchi qavat osmon kumushdandir, uni Ruq'a derlar. Farishtalari burgut su'ratida, ulug'larning oti Raqobildir. Uchinchi qavat osmon yoqutdandir, uni Qaydam derlar. Farishtalari sigir suratida, ulug'laorning oti Ko'kboildir. To'rtinchi qavat osmon oq injudandir, uni Mo'un derlar. Farishtalari ot suratida, ulug'larining oti Nubyoyildir. Beshinchi qavat osmon oltindandir, uni Ratqo derlar. Farishtalari hur suratida, ulug'larining oti Siftboildir. Oltinchi qavat osmon sariq yoqutdandir, uni Aribo derlar. Farishtalari odamiy suratida, ulug'larining oti Nurboildur.

Erlarning Sifati

Ilk qavat erni Ramko derlar. Aqim otlig' shamol ustida etmish ming xalqada turar. Har bir xalqani etmish ming farishtalar tutib turarlar. Ikkinchi qavat erni Julza derlar. Uning ichida do'zax chayonlari bordir, ul chayonlar tuyalarga teng kelar, nayzalari quduq sifatlidir. Har bir olti yuz oltmish bo'yin, har bo'ynida olti yuz oltmish bosh, har boshida olti yuz oltmish zaharli olma bordir. Ulardan biri bu dunyoga cho'kib qolsa, olam ahlining brachasi halok bo'lg'ay. Uchinchi qavat erni Arqa derlar. Uning ichida har biri Kof tog'idan ham kattaroq bo'lgan urumlar bordir. To'rtinchi qavat erni Harna derlar. Uning ichida do'zax ilonlari bordir. Har bir ilonning ming tishi bor, har bir tishi xurmo daraxtidek, har bir tishi ostida og'u bilan to'la o'n sakkiz olma bordir. Beshinchi qavat erni Malso derlar. Uning ichi do'zax toshlariga to'ladir. Oltinchi qavat erni Sijjin derlar. Uning ichida do'zaxiylarning jonlari turadir. Etti qavat erni Ajibo derlar. Iblis shunda turar. Har yilda bir chiqar va yana qaytib kirar. Har bir kunning uzunligi besh yuz yilga tengdir.

Farishtalar, Jinlar Va Odamlarning Yaratilishi Haqida So'z

Olloh taolo farishtalarni o'tning yorug'ligidan, parilarni esa o'tning alangasidan yaratdi. Ularning asllari bo'lsa hamki, uch narsa bilan farqlanadilar. Buri shuki, farishtalar nurdan, parilar alangadan bino bo'lgandilar. Ikkinchisi shuki, farishtalar malak deb, parilar esa jin deb ataldi. Uchinchisi shuki, farishtalarning makoni osmonda, jinlarniki esa erda bo'ladi.

Habarda kelishicha, Olloh taolo jahannam ichida ikkita mahluq yaratdi: biri erkak arslon suratida, oti Jablit, ikkinchisi esa urg'ochibo'ri suratida – oti Tablit. Jablitning quyrug'i dumi ilonga o'xshash, Tablitning quyrug'i chayonga o'xshash. Ollohning farmoni bilan ikkovining quyruqlari do'zax ichiga tushdi. Bunga qadar do'zax ichida na ilon va na chayon bor edi.

Jabroil alayhissalomga farmon bo'ldiki, Tablitni nikoh qilib Jablitga bergin, deb. Hamma muhluqotlar ichida eng birinchi nikoh shu edi, ungacha nikoh bo'lmagandi. Jablit bilan Jablit qo'shilgach, egizak nasllar: bir o'g'il, bir qiz tug'ila boshladi. Jablit tug'ilgan qizlarni birga tug'ilgan o'qillarga berar edi. Ettinchi farzand ko'rganda o'g'liga Xoris deb nom berdi. U g'oyat makkor bo'ldi. Jablit u bilan birga tug'ilgan qizni Xorisga berayin degnada Ollohdan farmon bo'ldiki: “Bundan buyon birga tug'ilganlarni nikohlamagin. Oldin tug'ilgan o'g'ilga keyin tug'ilgan qizni bergin!” Jablit Xoris bilan tug'ilgan qizni boshqa o'g'liga berdi. Bundan Xoris o'pkalab, boshqa qizni olishga unamadi. Do'zaxning holi bir burchagida o'tirib, ibodatga mashg'ul bo'ldi. Ko'p yillar ibodat qilgach, tangri uni oltincha qavat erga chiqardi. Unda ham ko'p ibodat qilgan edi, beshinchi qavat erga chiqardi. Bunda ham ziyoda ibodatga mashg'ul bo'lgandi, bu dunyoga chiqardi. Bu dunyoda ham chandon ibodat qildiki, Mashriqdan Mag'ribga qadar Xoris sajda qilmagan bir qarich er ham qolmadi. Shundan keyin Olloh taolo uni osmonga chiqardi. Unda ham ziyoda toatlar qilgani bois ikkinchi osmonga chiqardi. Shu tariqa ettinchi osmonga ham chiqdi. So'ngra, Jannatga kirgizgandi, u erda farishtalarga ustod bo'ldi. Shunda Xoris otini o'zgartirib, Azozil deb atadilar. U istasa jannatga kirar, istasa osmonga chiqardi. Onadan tug'ilgandan keyin uch ming yil o'tgandi. (Oyat) “Eslagin, ey Muhammad, ul vaqtiki Parvardigoring farishtalarga dedi: Sajda qilinglar Odamga! Bas sajda qildilar hammalari, ammo iblis sajda qilmadi”. Bu iblis Azozil edi. Aytishlaricha, Azozil Jonn urug'idan edi.

Shundan keyin er yuzida o'tgan Jonn otlig' mahluq yaratildi. (Oyat) “Va undan ilgari jinlarni yaratdik Biz esib turgan o'tdan”. Rivoyatlarga ko'ra, ular dunyoda etmish ming yil turdilar. Ollohga gunohkor bo'lgach, ular ketkazildi. O'rinlariga Jon ibn al-Jon otlig' haloyiq keldi. O'n zakkiz ming yil umr ko'rdilar. Ular ham osiylik qilgach, o'rinlari farishtalarga berildi. Farishtalar etmish ming yil turdilar. Azozil ular bilan birga edi. Dunyoga ko'ngil bog'ladilar, bu Ollohga xush kelmadi: “Mendan boshqaga ko'ngil berdingiz, sizlarni ketkazurman, keyin xalq yaratib, bu mulkni ularga berarman”, deb xitob qildi. (Oyat) “Albatta Men er yuzida xalifa, “o'rin bosar” yaratmoqchiman”.

Yana bir habarda aytilishicha, Olloh taolo dunyoni yaratgandan so'ng er mulkini qushlarga berdi. Etti ming yil qushlar ihtiyorida bo'ldi. Undan keyin Jin ibn al-Jonga berdi, ular ham etti ming yil umrguzaronlik qildilar. Gunoh, shariatga xilof ko'p ishlarni qilganlarki, qon to'kkanlari uchun er yuzi tasarrufini ulardan olib, farishtalarga berdi. Etti ming yil bo'lgandan keyin ulardan ham olar vaqt etgach, Olloh taolo: “Men er yuziga halifa yaraturman”, deb xitob qildi. Farishtalar bu xitobni eshitgach, g'amgin bo'ldilar va “Ilohi, er yuzida gunohkorlar va qon to'kuvchilarni yaraturmisan? Er mulkin biz tasbih va tahlil aytuvchilardan olib, ularga berurmisan?”, dedilar. Xitob qildi: “Men bilurman, sizlar bilmassiz”.

Savol: Farishtalar odam farzandlarini ko'rmagandilar va ularning fasod ishlar qilganlarini va qon to'kkanlarini qaerdan bildilar?

Javob: Darhaqiqat, ular Odamlarni ko'rmagandilar, ammo Jin ibn-Jonni ko'rgan, gunohkorliklarini bilgan edila va shunga qiyosan so'z aytgandilar. Olloh taoloning “Sizlar bilmagan narsalarni men bilaman”, deyishiga sabab shuki, birinchidan – Ollohning ushbu kalomiga ko'ra u zot aytadiki: “Muhammad mustafi alayhissalom odam farzandlaridan bo'ladi. Bu jahonni, oy, quyosh va barcha narsalarni uning suyukliligi uchun yaratdim. Kim mening do'stim ekanligini o'zim bilurman, sizlar bilmassizlar”. Ikkinchidan – Olloh taolo shunday debdur: “Men bilamanki sizlarning ibodatlaringiz (ujb) o'ziga bino qo'yish bilan aralashgan va ularning gunoh ishlari uzr bilan aralashgan. Uzrli gunoh mening nazdimda ujblik gunohdan mahbubroqdir”.

Habib Abdunazar

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube