O’zbekiston Xalq Harakati

Bishkekda qo'lga olingan jurnalist Bobomurod Abdullaevning oldiga advokatlari qo'yilmayapti

Bishkekda qo'lga olingan jurnalist Bobomurod Abdullaevning oldiga advokatlari qo'yilmayapti
12 Ağustos 2020 - 11:20 'da yuklandi va 521 marta o'qildi.

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda hibsga olingan o'zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaevning oldiga himoyachilari kiritilmayapti. Bu haqda Ozodlikka uning advokatlaridan biri Natal'ya Kotik ma'lum qildi.

Advokatga ko'ra, u ikki kundan beri Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi (MXDQ) tergov hibsxonasida saqlanayotgan o'z mijozi – Bobomurod Abdullaev bilan uchrashishga muvaffaq bo'lolmayapti.

14 kunlik karantinni bahona qilishyapti. 11 avgust kuni menga: “Bugun kameralarni dezinfektsiya qilishyapti, ertaga soat 9.30 da kelib uchrashishingiz mumkin”, deyishgandi. Bugun aytilgan vaqtda kelsam, “karantin tufayli sizni uchrashtirolmaymiz”, deyishdi. Bobomurod kasal emas, men ham kasal emasman. 10 avgust kuni 5 soat uning yonida bo'lganman. Qizig'i, karantin qoidasi faqat B. Abdullaevga tegishli emish. Agar bevosita ko'rishishning imkoni bo'lmasa, o'rtada oynasi bo'lgan xonada ham uchrashishimiz mumkin edi-ku axir?..” dedi MXDQ mas'ullari qaroridan hayronligini yashirmagan advokat N. Kotik.

Natal'ya Kotik ayni paytda B. Abdullaevning boshqa advokatlari bilan maslahatlashgan holda, MXDQ mas'ullarining xatti-harakati yuzasidan Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha milliy markazga shikoyat qilish niyatida ekanini qo'shimcha qildi. Bundan tashqari, himoyachilar o'z faoliyatlariga MXDQ tomonidan to'sqinlik qilinayotgani yuzasidan tegishli idoralarga ham shikoyat yo'llamoqchilar.

Bobomurod Abdullaev 9 avgust oqshomida Bishkekdagi kafelardan birida Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari tomonidan qo'lga olingandi. Qo'mita jurnalistning O'zbekiston so'roviga ko'ra ushlanganini bildirgan.

10 avgust kuni Bishkekning Birinchi may sudi B. Abdullaevni 8 sentyabrgacha hibsda saqlash bo'yicha qaror chiqargan. Sud qaroriga ko'ra, jurnalist bu muddat ichida MXDQning tergov hibsxonasida ushlab turiladigan bo'lgan.

Dushanba kungi sud oldidan Bobomurod Abdullaev qirg'izistonlik jurnalistlarga o'zining o'zbek rasmiylari tomonidan “Qora mergan” taxallusi bilan yozayotgan shaxs sifatida gumonlanayotganini aytgan. Ayni paytda “Qora mergan”ning Telegram tarmog'idagi akkaunti B. Abdullaev qo'lga olinganidan keyin ham faoliyat ko'rsatishda davom etmoqda.

Ozodlikning qirg'iz xizmati ma'lumotiga ko'ra, Bobomurod Abdullaev O'zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasi (“O'zbekiston Respublikasi prezidentiga tajovuz qilish”) va 159-moddasida (“O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”) ko'zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, jurnalist B. Abdullaev Qirg'izistonga shu yil fevralida Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti taklifi bilan 4 oylik o'qishga kelgan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilib qolgani uchun u o'qishini davom ettirish uchun Evropaga uchib ketolmay qolgan.

Avvalroq B. Abdullaev YouTube videoportalidagi o'z kanalida ayrim bloger va yozuvchilar uni “Qora mergan” taxallusi bilan yozayotgan kishi o'laroq gumon qilayotganlarini, biroq o'zining u odam emasligini ta'kidlab, chiqish qilgan.

Eslatib o'tamiz, jurnalist Bobomurod Abdullaev 2017 yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olingan. Shundan so'ng u 2011 yildan “Usmon Haqnazarov” imzosi ostida “amaldagi tuzumni o'zgartirishga chaqiruvchi” maqolalar chop etish va O'zbekistonda “inqilob qilish”ga urinishda gumon qilinib, sudlangan. Mahkama davomida Bobomurod Abdullaev o'zining Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi maqolalarning aksariyati muallifi ekanini tan olgan, biroq o'zi yozgan maqolalarda davlat to'ntarishiga chaqiriq bo'lganini rad etgan. Shu bilan birga, sudda jurnalistga nisbatan tergov davomida qiynoq qo'llanilgani qayd etilgan.

Prokuror B.Abdullaevga 5 yillik qamoq jazosi so'ragan. Biroq 2018 yil 7 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida bo'lib o'tgan mahkamada jurnalist O'zbekiston Jinoyat kodeksining 159- moddasi, 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o'tkazish va 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlangan hamda sud zalidan ozod qilingan. Jurnalistning hibsda saqlangan 221 kun e'tiborga olinib, sudda bu muddat belgilangan jazo muddatidan chiqarib tashlagan.

Bobomurod Abdullaevning sud zalidan ozod qilinishi qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, EXHTning Matbuot erkinligi bo'yicha vakiliAmnesty International , CPJ va boshqa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlagan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube