O’zbekiston Xalq Harakati

Stiv Sverdlou: Toshkent va Bishkekni Bobomurod Abdullaevni ozodlikka chiqarishga chaqiramiz

Stiv Sverdlou: Toshkent va Bishkekni Bobomurod Abdullaevni ozodlikka chiqarishga chaqiramiz
12 Ağustos 2020 - 11:25 'da yuklandi va 773 marta o'qildi.

O'zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaevning Bishkekda qo'lga olinishi Toshkent bilan Bishkekning xalqaro hamjamiyat oldida o'z zimmalariga olgan majburiyatlarga ziddir. Bunday fikrni Ozodlik radiosi qirg'iz xizmati (Azattik radiosi) bilan suhbatda Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetining inson huquqlari bo'yicha professori Stiv Sverdlou bildirdi.

– Janob Sverdlou, Siz Bobomurad Abdullaev 2017 yili O'zbekistonda qo'lga olinganidan tortib, ozodlikka chiqarilguniga qadar uning ishini diqqat bilan kuzatigansiz. Bu gal uning Bishkekda qamalishiga asos bormidi?

– Chindan ham men Abdullaevning ishini 2017 yili O'zbekistonda hibsga olinganidan boshlab diqqat bilan kuzatganman. U paytda men Human Rights Watch tashkilotida ishlar edim. Abdullaev bilan bog'liq voqea juda ayanchlidir. Abdullaev prezident Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan keyin qamalib, juda qattiq qiynoqqa solingan. U Davlat xavfsizlik xizmati erto'lasida qanday qiynoqlarga solinganini sudda aytib bergan. Jurnalistni “O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”da, “O'zbekiston Respublikasining prezidentiga tajovuz qilish”da ayblashgan. Bunday ayblovlardan, odatda, marhum prezident Islom Karimov davrida keng foydalanilgan. Albatta, Abdullaevga qo'yilgan ayblovlar zamirida siyosiy motivlar borligi hammaga ayon edi va shuning uchun xalqaro jamoatchilik jurnalistni qo'llab, rasmiy Toshkentdan uni zudlik bilan bo'shatishni talab qilgan.

Bobomurod Abdullaev sud zalidan ozod qilinganidan keyin uni qiynoqqa solganlar javobgarchilikka tortiladi, degan umid bo'lgan. Chunki sud'ya ham bu masala yuzasidan maxsus tekshiruv o'tkazilishini aytgan. Afsuski, bunday bo'lmadi. Aksincha, jurnalist bo'shatilganidan keyin ham maxsus xizmatlarning muntazam kuzatuvida bo'ldi, unga tazyiqlar o'tkazildi. Biroq Abdullaev irodali odam. U sudda ham hukumat tanqid qilingan maqolalardan o'zi yozganlarini tan oldi, yozmaganlarini meniki emas, deb aytdi. U sudda so'z erkinligi asoslarini himoya qildi. Bu gal ham unga yana o'sha ayblovlar qo'yilayotgani bizga ma'lum bo'ldi. Bu Karimov rejimini eslatadigan ayanchli ko'rinishdir.

– Siz Abdullaev ozod qilinganidan keyin ham uni kuzatishgani, unga bosim o'tkazilgani to'g'risida aytdingiz. Jurnalist hokimiyat tanqid qilingan maqolalar yozishni davom ettirdimi? Nega uni Qirg'izistonga o'qish uchun kelgan paytda qo'lga olishdi?

– Masalaning shu jihati xayron qoldirmoqda. Bilishimizcha, uning ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday kanali yo'q. U avvalgiday Usmon Haqnazarov degan taxallus bilan maqola e'lon qilmay qo'ygan. Abdullaev avval chindan ham Islom Karimov tanqid qilingan maqolalarni yozib, taxallus ostida e'lon qilib kelgan. Biroq qamoqdan chiqqanidan keyin bunday ish bilan shug'ullanmagan.

Endi esa, “Bobomurod Abdullaev Telegramdagi kanallardan birida hukumat tanqid qilingan bayonotlarni yozayapti” deyishmoqda. Biroq uning o'zi bunday gaplarni rad etmoqda. Haqiqatan ham Telegram kanaldagi bitiklar bilan Abdullaevning maqolalari stilistikasida farq bor. Hatto Abdullaevning o'sha kanaldagi bitiklarga aloqasi bo'lgan taqdirda ham, uni shosha-pisha qamamay, teran, adolatli va halol o'tkazilgan tekshiruvdan keyingina ayblash kerak edi. Bunday bo'lgani yo'q.

Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetiga o'qishga kelgan jurnalistning Toshkentning buyrug'i bilan qamalishi O'zbekiston maqtanayotgan oshkoralik siyosatiga ziddir. Chunki bu mamlakatning tashqi ishlar vazirligi va butun hukumati hamma narsa o'zgarganini, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar bilan g'amkorlik qiluvchi mustaqil agentlik ochilganini aytib kelishadi. Boz ustiga prezidentning qizi ham jamiyat rivojida jurnalistlar va blogerlar katta rol' o'ynashini aytgan. Ayni paytda Abdullaevning hibsga olinishi Toshkentning hozirgi siyosatiga zid bo'lish bilan birga xalqaro hamjamiyat oldida o'z zimmalariga olgan majburiyatlarga ham ziddir.

– Abdullaevni ushlab, hibsga olgan Qirg'izistonning ham xalqaro hamjamiyat oldida o'z zimmalariga olgan majburiyatlarga to'xtalsak. Bir necha yil oldin Bishkek Andijon voqealaridan keyin bir necha fuqaroni O'zbekistonga topshirgani ma'lum, o'tgan yili faol jamoatchi va bloger Marat Tung'ishboevni Qozog'istonga ekstraditsiya qilgan. Bunday amallari bilan qirg'iziston qo'shstandart siyosat yuritayotgani yo'qmi?

 Haqiqatan shunday. Qirg'iziston tarixida bu voqealar qora dog' bo'lib qoladi. Boz ustiga boshidan qiynoqlarni kechirgan Bobomurod Abdullaevning pandemiya vaqtida shunday tushunarsiz ayblovlar bilan ushlanishi, hibsga olinishini qabul qilib bo'lmaydi. Qirg'iziston ombudsmeni bu ishga aralashib, jurnalist O'zbekistonga ekstraditsiya qilinmasligi uchun barcha harakatlarini qiladi, deb ishonaman. O'qishga kelgan odamni qamagani Qirg'izistonning obro'siga putur etkazadi. Shuning uchun jurnalistga qo'yilayotgan ayblovlar dalilsiz bo'lsa, uni bo'shatish kerak. Abdullaevniki deyilayotgan kanalda u qamoqqa olinganidan keyin“Men Bobomurod Abdullaev emesman” degan bayonot chiqdi.

Chindan ham, agar u qamoqda bo'lsa, ijtimoiy tarmoqqa qanday kira olsin? Bularning bari qo'yilayotgan ayblovlar asossiz ekanligini ko'rsatmoqda. O'zbekistonda so'nggi oylarda, haftalarda jurnalistlarga, blogerlarga bosimlar kuchaydi. Ayniqsa korruptsiya va koronavirus inqirozi to'g'risida yozgan media vakillariga bosim bo'layotgani to'g'risida menga joylardagi manbalarim xabar qildi. Shuning uchun O'zbekistonni ham, Qirg'izistonni ham xalqaro hamjamiyat oldida o'z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga chaqiraman.

Abdullaev bu gal yakshanba kuni qo'lga olinganiga qaramay, xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari o'z tashvishini bildirdi. 2020 yili jurnalist o'z ishini bajargani uchun qamalishini qabul qilib bo'lmaydi. Biz bu davrni ortda qoldirishimiz kerak edi. Aksincha, Abdullaev qiynoqqa solingani uchun reabilitatsiyadan o'tib, ko'rgan ma'naviy va jismoniy zarari uchun tovon to'lattirib olishi kerak edi. Afsuski, uning yana o'shanday sinovga duch kelgani o'kintiradi. Biz uni hammamiz qo'llab, ikki davlat rahbarlarini Bobomurod Abdullaevni ozodlikka chiqarishga chaqiramiz.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube