O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston hukumati uchun oddiy odamlarning qadri yo'q

O'zbekiston hukumati uchun oddiy odamlarning qadri yo'q
12 Ağustos 2020 - 16:23 'da yuklandi va 881 marta o'qildi.

Umida Niyozova, O'zbekiston inson huquqlari forumi rahbari: Zaif, buzilgan va etarlicha  moliyaviy ta'minlanmagan tibbiyot tizimi kasallar oqimiga dosh berolmayapti va odamlar o'z uylarida jimgina o'lishmoqda.

– Mustaqil ekspertlar fikricha, O'zbekistonda SOVID-19 epidemiyasi xatarli darajada avj olmoqda, o'lganlar va kasallanganlar soni ko'p,  shifoxonalarda bemorlarni qabul qilishga deyarli joy yo'q. Umida, bu qanday yuz berdi? Axir O'zbekiston rasmiylari ancha keskin karantin joriy etishgan, yangi kasalxonalar qurishgandi, ammo oxir-oqibat ular epidemiyani nazorat qila olishmadi…

– Hozircha O'zbekistonda koronavirus epidemiyasining bunday avj olishiga aniq izoh berilmadi. Aprel' va may oylarida virus yuqishiga qarshi favqulodda choralar ko'rildi, ammo ular befoyda bo'lib qoldi. Chunki shusiz ham qashshoq bo'lgan aholining kunini ko'rishga mablag'i qolmagan, davlat esa buning uchun 3 milliard dollardan ortiq miqdorda qarz olgan. Hech kim rasmiy statistikaga ishonmaydi, chunki ko'plab bemorlarga pnevmoniya tashxisi qo'yilgan. Bu sirli pnevmoniya aksariyat oilalarni chetlab o'tmayapti.

Asosiy xato nimada bo'lganini epidemiologlar aytishi kerak, ammo, fikrimcha, vaziyatning yomonlashuviga bir necha omillar sabab bo'lgan.
Mamlakatning avtoritar rahbarlari inqirozli vaziyatlarda samaraga erisha olishmaydi. Tashabbus va iroda bosimga yuz tutgan, barcha ko'rsatmalar markazdan tushiriladigan mamlakatda mahalliy rahbarlarning yurtni boshqarishga hech qanday tajribasi va qobiliyati yo'q.

O'zbekistondagi avtoritar va korruptsiyalashgan tuzumning barcha qusuri ayon bo'lib qoldi. Jamiyatning hukumatga ishonchi qolmadi, shu sababli karantin uy qamog'iga aylandi. Men och qolayotgan o'nlab oilalarni bilaman – bu Afrika miqyosidagi qashshoqlikdir. Chet mamlakatlardan, asosan, Rossiyadan qaytganlar uchun (20 ming kishiga) mo'ljallangan karantin zonalarining samaradorligi shubha ostida qolmoqda. U erdan qochishga uringanlarning videotasvirlari, yomon ovqatlanish va qo'riqchilarning shafqatsizligidan shikoyatlar har qanday oddiy odamni hayratda soladi. Nima uchun odamlar uyda karantin qilish imkoniyatiga ega emas?

Men yashayotgan Germaniya ham chetdan keluvchilar uchun 2 haftalik karantin qoidasini joriy qildi. Bu karantinni uyda o'tkazish mumkin. Hech kim odamlarni tikonli simlar ortidagi zonalarga qoramol kabi haydab kiritmaydi. Natijada zaif, buzilgan va etarlicha moliyaviy ta'minlanmagan tibbiyot tizimi kasallar oqimiga dosh berolmayapti va odamlar o'z uylarida jimgina o'lishmoqda.


– O'zbekistonlik shifokorlar va'da qilingan qo'shimcha haqlarning to'lanmaganidan shikoyat qilishmoqda, mamlakatda koronavirusga qarshi dori-darmon etishmayapti. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro yordam, ya'ni COVID-19 bilan kurashish uchun O'zbekistonga ajratilgan 3 milliard dollardan ortiq kreditlar etarli bo'lmagan yoki ular amaldorlar tomonidan o'zlashtirilgan. Ehtimol, aynan doridarmon tanqisligi bois, Mirziyoevning kuyovi, ba'zi ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, mamlakatda COVID-19 uchun sertifikatlanmagan xitoy preparatlarini tarqatmayotganmikin?

– Agar mamlakatda 20 yil davomida amaldorlar o'g'irlikdan boshqa hech narsa qilishmagan bo'lsa, unda bu safar o'g'irlashmaydi, deb umid qilish mantiqsiz. Menimcha, ularning hech biri epidemiya paytida o'g'irlik qilganidan vijdoni qiynalmaydi.

Karimov davri mahalliy ishbilarmonlar va davlat byudjeti mablag'larini o'zlashtirib olgan qizlarining biznes saltanati bilan tanilgan edi. (To'ng'ich Gulnora Karimova qamoqda, lekin korruptsiya uchun emas, balki aslida unga sherik bo'lgan yangi hukumatning boshqa chorasi yo'q. Sheriklar lavozimda qolarkan, qilmishlari oshkor etilishini istashmaydi. Kenja qizi esa chet eldan olib kelingan barcha import mahsulotlari monopoliyasiga ega edi va uning kasofati bilan o'nlab yillar davomida mamlakat byudjeti soliqdan kamomad ko'rdi).


Hozirgi hukumatning o'zgacha bo'lishiga hech qanday sabab yo'q. Karimovlar oilasi o'rniga ayni xildagi cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lgan yangi oila vakillari keldi. Prezident Mirziyoevning u hali bosh vazir bo'lgan davrlarda hech kim tanimagan qizlari to'satdan davlat lavozimlarini egallashdi va ularning erlari bir-birining ketidan biznes qilishni boshlashdi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, epidemiya tufayli ularning omadlari kulib boqmadi, Mirziyoev hokimiyatining dastlabki yillarida o'zgarishlarga bo'lgan ishonch va umid ilhomlari yo'qolgan.

– Bir so'z bilan aytganda, COVID-19 epidemiyasi Markaziy Osiyodagi avtoritar rejimlarning, ayniqsa, inson huquqlari va demokratik siyosiy institutlarning yo'qligi bois layoqatsizligini namoyish qildi. Xususan, turli manbalarda aytilishicha, O'zbekistonda paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanish, odamlarning so'z erkinligini cheklash, maxsus xizmatlar tomonidan chet elda yashayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning o'g'irlanishi kabi eski amaliyotlar qayta boshlangan. Umida, bularning barchasi nimani anglatadi – siyosiy erkinliklardan yuz o'girilishinimi? Bungacha Toshkent G'arbda o'zbek hukmron rejimining ijobiy imijini yaratish uchun liberal islohotlarga taqlid bilangina shug'ullanganmi?


– O'zbekistonda siyosiy liberallashuv hech qachon bo'lmagan. Prezident Mirziyoev iqtidorining dastlabki kunlaridan to bugungacha mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan. Xuddi Islom Karimov hukmronligi davridagi kabi. Ijtimoiy tarmoqlarning tarqoq shov-shuvlari siyosiy plyuralizm o'rnini bosa olmaydi. O'zbekiston ichida Mirziyoevning siyosatini tanqid qilishga, unga qarshi chiqishga jur'at etadigan biror bir siyosiy arbob yo'q. So'nggi to'rt yil ichida prezident va parlament saylovlari bir xil eski sxema bo'yicha, mustaqil siyosiy raqiblar ishtirokisiz o'tdi.

Ta'kidlash kerakki, ayrim repressiv va ochiq-oydin ziddiyatli qoidalar bekor qilindi. Ularni barmoq bilan sanash mumkin – chiqish vizasi bekor qilindi, Toshkentda propiska rejimi engillashtirildi, qo'shni davlatlar bilan chegaralardagi nazorat zaiflashtirildi, ijtimoiy tarmoqlardan to'siqlar olib tashlandi, internetda ishlaydigan jurnalistlar va blogerlarga ko'proq erkinlik berildi. Biroq agar siz o'zbek TVlarini tomosha qilsangiz, ularning avvalgidagidan unchalik farq qilmasligini ko'rasiz, faqat Karimov o'rniga ular Mirziyoevni maqtashadi. Ushbu o'zgarishlar ko'pchilikning hayotini osonlashtirdi, ammo buni siyosiy liberallashtirish deb atash mumkin emas. 

Mirziyoev kelishi bilan O'zbekiston rebrendingi boshlandi. Ta'kidlash kerakki, bu uddalandi, eski diktator fonida yosh Mirziyoev yaxshi ko'rinardi. Ammo qariyb 4 yil o'tdi va biz avtoritar rejim o'zgarmagani va siyosiy liberallashuv tomon hech qanday harakat ko'zlanmaganiga guvoh bo'lyapmiz. Yaqinda Bishkekda o'zbek jurnalisti Bobomurod Abdullaevning rasmiy Toshkent talabiga binoan hibsga olinishini achchiq taassuf bilan aytish mumkin. Mamlakatda virus epidemiyasi avj olgan, odamlar qashshoqlikdan nola chekishmoqda, rasmiylar esa odatdagidek jurnalistni ta'qib qilish bilan shug'ullanishmoqda.

– Shavkat Mirziyoev avval boshidan ko'proq iqtisodiy liberallashtirishga qiziqish bildirgan, shu orqali u nafaqat ijtimoiy portlashning oldini olish, balki O'zbekistonda mulkni qarindoshlari, do'stlari va strategik sheriklari foydasiga qayta taqsimlashni istagan, degan fikrlarga qo'shilasizmi?

– Mirziyoev bosh vazir bo'lganidayoq (Karimovdan farqli o'laroq) iqtisodiyotdagi real vaziyat haqida tasavvurga ega edi. Ha, birinchi navbatda, u ishni iqtisodiyotni liberallashtirishdan boshladi. Mamlakatda hatto erkin valyuta konvertatsiyasi ham bo'lmagan. Xalqaro kreditlar oqimini o'zlashtirish, “Toshkent siti” kabi megaob'ektlar qurilishlari boshlandi va tabiiyki, bunday tizimda biznes qayta taqsimlandi – oilaga yaqin bo'lganlar serdaromad shartnomalar va imtiyozlarga ega bo'lishdi.

Mirziyoevning sheriklari imijni yaxshilash bo'yicha ishlarni ham davom ettirishmoqda. Yaqinda lobbichi kompaniyaga 585 million dollar miqdorida pul o'tkazilib, o'zbek paxtasiga boykotni bekor qilish va O'zbekistonning ijobiy imijini targ'ib qilish maqsadida shartnoma tuzilgani ma'lum bo'ldi. Qaysidir davrgacha bunday usullar ishlaydi, ammo ta'kidlash kerakki, haqiqiy islohotlar o'tkazish o'rniga O'zbekiston hukumati yo'q islohotlarning piarini to'lash osonroq, degan qarorga kelgani achinarli.

Umida, suhbat uchun rahmat!

Suhbatni Talgat Mamarayimov tayyorladi. platon.asia nashridan “Eltuz” tarjimasi

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube