O’zbekiston Xalq Harakati

AQShning O'zbekistondagi elchisi jurnalist Bobomurod Abdullaev taqdiridan xavotir izhor qildi

AQShning O'zbekistondagi elchisi jurnalist Bobomurod Abdullaev taqdiridan xavotir izhor qildi
13 Ağustos 2020 - 20:54 'da yuklandi va 576 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel' Rozenblyum o'zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaevning qirg'iz rasmiylari tomonidan Toshkent so'rovi asosida qo'lga olinganiga oid xabarlardan chuqur xavotirda ekanini bildirgan.

“Biz uning ishini diqqat bilan kuzatib turibmiz”, deb yozdi AQSh elchisi Tvitterdagi o'z sahifasida 13 avgust kuni.

Janob Rozenblyumga ko'ra, Qirg'iziston hukumati ham, O'zbekiston hukumati ham B. Abdullaevning harakatlanish erkinligini hurmat qilishi hamda uning Qirg'iziston Respublikasidan ko'zlagan manzili tomon chiqib ketishiga imkon yaratishi lozim.

Bobomurod Abdullaev mavzusiga daxldor uchinchi tvitida AQShning O'zbekistondagi elchisi D. Rozenblyum prezident Mirziyoev o'tgan yil dekabrida Konstitutsiya kuni munosabati bilan hamda undan keyin bir necha bor irod qilgan nutqlarida ommaviy axborot vositalari erkinligi va jurnalistlarning haq-huquqlari to'g'risida ma'nodor gaplarni aytganini eslatib, Qo'shma Shtatlar erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari amaldagi demokratiya uchun zaruriy, degan fikrga qo'shilishini urg'ulagan.

Bobomurod Abdullaev 9 avgust oqshomida Bishkekdagi kafelardan birida Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari tomonidan qo'lga olingandi. MXDQ jurnalistning O'zbekiston so'roviga ko'ra ushlanganini bildirgan.

10 avgust kuni Bishkekning Birinchi may sudi B. Abdullaevni 8 sentyabrgacha hibsda saqlash bo'yicha qaror chiqargan. Sud qaroriga ko'ra, jurnalist bu muddat ichida MXDQning tergov hibsxonasida ushlab turiladigan bo'lgan.

Dushanba kungi sud oldidan Bobomurod Abdullaev qirg'izistonlik jurnalistlarga o'zbek rasmiylari tomonidan “Qora mergan” taxallusi bilan yozayotgan shaxs sifatida gumonlanayotganini aytgan, biroq o'zining bu taxallus bilan maqolalar yozganini qat'iyan rad etgan. Ayni paytda “Qora mergan”ning Telegram tarmog'idagi akkaunti B. Abdullaev qo'lga olinganidan keyin ham faoliyat ko'rsatishda davom etmoqda.

Bobomurod Abdullaevning qo'lga olinishi ortidan “Chegarasiz muxbirlar” (RSF), Amnesty International, Association for Human Rights in Central Asia (AHRCA), Civil Rights Defenders, International Partnership for Human Rights (IPHR), Freedom House, Freedom Now, Norwegian Helsinki Committee (NHC) hamda Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists) kabi nufuzli tashkilotlar rasmiy Bishkekni o'zbekiston jurnalistni zudlik bilan ozod qilishga chaqirganlar.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube