O’zbekiston Xalq Harakati

Bobomurod Abdullaev qanday qilib “Qora mergan”ga aylantirildi yoki kim O'zbekistonni parda ortidan boshqarishga urinmoqda?

Bobomurod Abdullaev qanday qilib “Qora mergan”ga aylantirildi yoki kim O'zbekistonni parda ortidan boshqarishga urinmoqda?
14 Ağustos 2020 - 22:13 'da yuklandi va 1218 marta o'qildi.

O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Abdumavlonovich Azizov (AAA) O'zbekistonni parda ortidan idora qilishga intilayotgan ikki “seryy kardinal”dan biridir.

U sobiq mansabdoshi Rustam Inoyatov izidan borib, prezident Mirziyoevni “qo'lga o'rgatish” tajribasini o'zlashtirib olgan.

“Eltuz” pochtasiga “Politolog” imzosi bilan yo'llangan maqolada ana shunday iddao ilgari surilgan.

Maqoladagi yana bir da'voga ko'ra, AAA maqsadiga erishish uchun “o'z salohiyatidan kelib chiqib mayda gap va ishlarga o'ralashib”  qolgani uchun “davlat xavfsizligi jiddiy zarar ko'rmoqda”.

Maqolada ta'kidlanishicha, general AAA Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ning “trollar fabrikasi”ga asos solgan sobiq rahbari Komil Allamjonovning Bobomurod Abdullaev “Qora mergan” ekani haqidagi “dalillari va ishontirishlariga laqqa tushgan”, uning qo'lga olinishi mamlakat imijiga xalqaro miqyosda qanchalik salbiy ta'sir etishi haqida o'ylab ham ko'rmagan.

“Politolog”, shuningdek, AAAni prezident oilasi a'zolarini yomonotliq qilish orqali uning obro'siga putur etkazish, korruptsion sxemalar tashkil qilish, poraxo'rlik hamda yuqori davlat organlariga o'z odamlarini qo'yish va shu tariqa hokimiyatni qo'lga olishga urinayotganlikda ayblagan.

“Eltuz” o'zining ishonchli manbalari orqali maktub muallifining O'zbekistondagi yuqori davlat idoralarida ishlovchi shaxs ekanini aniqlashga muvaffaq bo'ldi.

“Eltuz”da maqolada ilgari surilgan iddaolar va keltirilgan faktlarni isbotlash imkoni yo'q.

Ammo ularning jiddiyligi, O'zbekiston kelajagi va mamlakatdagi legitim hokimiyatning xavf ostida qolishi mumkinligini hisobga olib, maqolani to'laligicha mushtariylarga etkazishga qaror qilindi.

Ilgari surilgan iddaolarni tekshirib ko'rishni esa O'zbekiston huquq- tartibot idoralari ixtiyoriga qoldiramiz.

Quyida maqola bilan tanishing.

O'zbek Reshel'esi: Mamlakat parda ortidan qanday boshqariladi?

Azaldan davlat rahbari (shoh, amir, xon, bosh kotib, prezident) kim bo'lishidan qat'i nazar, hamisha “kardinal Reshel'elar” mamlakatda podshohning emas, o'zining siyosatini yuritishga harakat qilishgan. Aksariyat holatda bunga erishishgan ham.

Masalan, prezident Islom Karimov davrida Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov mamlakatda de-fakto xo'jayin bo'lgan. Bu faqat O'zbekistonga xos misol emas. Barcha davrlarda turli davlatlarda “seryy kardinal”lar bo'lgan.

Davlatlar tarixi o'rganilsa, aniq ko'rish mumkinki, ular podshoh emas, “seryy kardinal”lar tarafidan boshqarilgan. Davlatlarda hukmdorlar tez-tez ag'darilgan yoki jismonan mahv etilgan.

Qizig'i shuki, bu holat ming takrorlansa-da, hanuz “seryy kardinal”lar paydo bo'lishda, podshohlar esa ularning ta'siriga tushib qolib, ayanchli taqdirga duch kelishda davom etmoqda.

Savol tug'iladi, xo'sh, tarix takrorlansa-da, qanday qilib hukmdorlar ular ta'siriga tushib qolaveradi?

Bu savolga javob topish juda oson. Buning isbotini yangi O'zbekiston misolida ko'rib chiqamiz. Yangi O'zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati raisi AAA “seryy kardinal” bo'lishga intilayotgan ikki shaxsdan biridir.

“Seryy kardinal”likka ikkinchi da'vogar to'g'risida biz keyingi maqolalarimizda batafsil to'xtalamiz.

Umr bo'yi xavfsirab kelgani xavfsizlik xizmati raisligiga kutilmaganda tayinlangan AAA o'zini yo'qotib qo'ymadi. U jon-jahdi bilan undan oldingi xizmat rahbarlari ichidan Rustam Rasulovichning prezidentni “qo'lga o'rgatish” tajribasini o'zlashtirdi.

Xavfsizlik xizmati rahbarining mavjud imkoniyatlari inobatga olinsa, bu juda oson ekanini tushundi. Har qanday podshohning qo'rquvlarini kim boshqarsa, uning o'zini ham o'sha odam boshqaradi.

Buni teran anglagan AAA xizmatda avvalgi rahbarlardan qolgan kadrlarning boshini silab, ularning xizmatlaridan foydalana boshladi. Eski, o'zi nafrat qilgan dushmanlari bilan ittifoqchi va ayrilmas do'stga aylandi.

Ularning prezident Mirziyoev siyosatiga zimdan qarshilik qilishlariga ham parvo qilmadi. Muhimi – ular orqali prezidentni doimiy qo'rquvda ushlab turish!

AAAning diqqatini tortgan birini holat shu bo'ldiki, prezident Mirziyoev xalq muammolaridan o'ziga olib kirilgan hujjatlar orqaligina emas, balki ijtimoiy tarmoq va mahalliy hamda xorijiy matbuot orqali ham xabar topadi.

Ko'rarga ko'zi, otarga o'qi bo'lmagan Komil Allamjonov bilan zimdan pinhona do'stlik rishtalarini o'rnatib olib, hamkorlik qilishining sababi ham shunda edi. Chunki Komil Allamjonov o'tgan vaqt mobaynida bir nechta yashirin trolling markazlari, qo'lga o'rgatilgan o'nlab blogerlar, yigirmadan ziyod dasturchi xakerlar armiyasiga egalik qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, Firdavs Abduxoliqov bilan ham eski arazlarini unutib, uni qo'llab-quvvatlay boshladi. Buning sababi shuki, Abduxoliqov bir nechta xususiy tele va radiokanallar, gazetalarga ega.

Ular bilan aloqalarni mustahkamlagandan so'ng AAA prezident Mirziyoevga yolg'ondan iborat turli tezkor xabarlar kirita boshlaydi. Prezidentni bunga ishontirish uchun esa sariq matbuot (Abduxoliqov) va ijtimoiy tarmoqlar (Allamjonov) yordamida turli shov-shuv, sensatsiyalar uyushtirishga kirishadi.

Strategik maqsad sifatida, birinchi navbatda, prezident Mirziyoevning hurmatiga sazovor  odamlarni uning orbitasidan uzoqlashtirish uchun ularni qoralash aktsiyalarini uyushtiradi. Uyushtirishda davom etmoqda ham.

Shaxs sifatida juda mayda bo'lgan AAA o'z salohiyatidan kelib chiqib mayda gap va ishlarga o'ralashib qoldi. Prezidentga kiritiladigan hujjatlaridagi muammolar maydalashib ketdi, ketmoqda.

Davlatga nisbatan haqiqiy xavf va jiddiy tahlikalar qolib, o'z shaxsiy mayda manfaatlariga xizmat qilishga maqsadlantirilgan g'iybatlarni davlat rahbariga olib kirmoqda.

Natijada davlat xavfsizligi jiddiy zarar ko'rmoqda. Xavfsizlik xizmati xodimlari bugun achchiq kinoya bilan ta'kidlaganlaridek, “DXX IIVning bo'limiga aylanib qolmoqda”.

So'nggi kunlarda AAA faoliyatining eng ko'zga ko'ringan “mahsuli”dan ba'zi birlariga to'xtalib o'tamiz.

Uzoqni o'ylash imkoniyatidan yiroq shaxs sifatida u Komil Allamjonovning taklifiga binoan “O'zbekiston Respublikasi davlat rahbari siyosatiga nisbatan axborot makonida salbiy axborot tarqatuvchi bloger va jurnalistlarni aniqlash” maqsadida ko'plab blogerlarning telegram akkauntlarini buzib kirishga rozilik beradi.

Komil Allamjonov esa o'z armiyasi orqali bu ishni amalga oshirdi. Qonunda taqiqlangan yo'l bilan olingan ma'lumotlarni AAAga taqdim etdi. Lekin har qanday holatda o'zini asrab qolishga ustasi farang Allamjonov AAA kutmagan manyovr qildi, ya'ni u darhol internetda chiqish qilib, bu aktsiyani qoraladi.

Kamiga bu ishni xavfsizlik xizmati bajargan, deya ochiqcha sha'ma qildi chiqishida. Bunday zarbani kutmagan AAA ikki tomonlama dovdirab qoldi. Nega ikki tomonlama?

Chunki bundan oldinroq aynan Allamjonovning “dalil”lari va ishontirishlariga laqqa tushgan AAA “Qora mergan” Bobomurod Abdullaev ekaniga ishontirilgan edi.

AAA “chekist”larga xos har taraflama o'ylab ko'rish qobiliyatidan mahrum bo'lgani sababli, agar Bobomurod Abdullaev qo'lga olinsa, prezident xursand bo'lib, unga ishonchi ortadi, deya ishongan.

Vaholanki, sal fikrlash qobiliyatiga ega odam Bobomurod Abdullaevning qo'lga olinishi prezident imijiga xalqaro miqyosda qanchalik salbiy ta'sir etishi haqida o'ylab ko'rgan bo'lar edi. Qolaversa, Bobomurod Abdullaevning “Qora mergan”ligi haqida qo'lida hech qanday dalil-isbot bo'lmasdan turib bu ishga qo'l urishi kechirib bo'lmas xato edi.

Nega AAA bu haqda jiddiy o'ylab ko'rmadi? Sababi, bu paytda AAA “jiddiy masala” bilan band edi. “Jiddiy masala” shuki, AAA bu paytda prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarovga qarshi aktsiyalar uyushtirish, unga nisbatan “negativ” to'qib, prezidentga taqdim etish bilan ovvora edi.

Axir har qanday shohni “qo'lga olish”, eng avvalo, uni oilasidan ko'nglini sovitib, ular bilan aloqasini buzishdan iborat. Bu haqiqatni u “ustozi” Rustam Inoyatovdan o'rgangan.

Uning Davlat xavfsizlik xizmati rahbari sifatidagi darajasini belgilovchi yana bir misol. AAA bir nechta xorijiy davlat xavfsizlik xizmatlari rahbarlariga o'sha erda istiqomat qilib, O'zbekistonga qarshi maqola yozgan jurnalistlarni “profilaktika” qilib qo'yishni so'rab murojaat yo'llagan.

Xavfsizlik xizmatlari tarixida bu “nonsens”! Bunday iltimos bilan xat yo'llash, avvalo, davlat sifatida O'zbekistonning boshqa mamlakatlar oldida ojizligini tan olish, DXXning kuchsizligini ko'rsatish va mutaxassis sifatida xavfsizlik masalalarida to'la omi ekanini isbot qilishdir.

Yangi O'zbekistonni parda ortidan turib boshqarishga intilayotgan AAAning “professional” sifatidagi faoliyatidan yana bir jihatga nazar tashlaymiz.

AAA O'zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashda eng katta “natija” qilayotgan rahbarlardan biridir. Uning xizmati so'nggi yilda 100 dollardan ikki yoki uch ming dollar pora olgan poraxo'rlarni qo'lga olishda birinchi o'ringa chiqdi.

100 dollar bilan qo'lga olingan mahalla raisi yoki universtitet dotsenti haqidagi shov-shuvli materiallar o'z strategik sheriklari (Allamjonov va Abduxoliqov) yordamida internet tarmoqlari va sariq matbuotda, xususiy radio va telekanallarda namoyish etiladi.

Ammo AAAning o'zi 100 000 dollardan kam bo'lmagan haqiqiy korruptsion amaliyotlardan hazar qilmaydi.

Misollar: O'zbekiston fuqarosi N.Husanovning 100 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan G'afurov Hafiz Qambarovich Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan ayblanib qamalgan edi.

O'zining el ko'zi uchun go'yoki “dushmani va raqibi” bo'lgan birinchi o'rinbosari Botir Tursunov (prezident Mirziyoevning qudasi) “iltimosi” bilan IIVga og'zaki topshiriq berib bu shaxsni ozodlikka chiqarib yuboradi. “Iltimos” quruq so'zdan iborat emasligi tushunarli.

O'zbekiston poytaxtida hozir istalgan muammolarni hal qiluvchi sifatida tanilib qolgan, AAAning ishonchli vakili sifatida nom qozongan Mirzoit Mirag'zamovich Obidov (mashhur “Chester” restoranining egasi) o'z vaqtida qilgan og'ir jinoyatlari tufayli sudlanib, AAAning bevosita aralashuvi tufayli qamalmay qolgan.

Bugungi kunda Obidov “O'zavtosanoat”da boshqarma boshlig'i o'rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Albatta, bu joyni ham Obidov o'z “tanka”si AAA ko'magida egallagan.

Obidovning asosiy “funktsional majburiyati” “O'zavtosanoat” rahbari Sh.Umrzoqov va AAA o'rtasida aloqachi bo'lishdir. Umrzoqov Obidov orqali Davlat xavfsizlik xizmati rahbariga o'z iltimoslarini etkazib turadi, undan esa kerakli topshiriqlarni oladi.

Prezident Mirziyoev tanqidiga qaramay, “O'zavtosanoat” “o'jarlik”da davom etishining sababini endi tushungandirsiz?!

Obidov rasman boshqa lavozimda ishlashiga qaramay, amalda “O'zavtosanoat”ning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajarib keladi.

Toshkent viloyati IIB boshlig'i o'rinbosari Ortiq Xudoyberganov hozir Obidovning eng yaqin ulfatiga aylanib, u orqali “soqqali” ishlarni hal qilmoqda. “Soqqa”ning asosiy qismi kimga uzatilayotgani haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Bu juftlik so'nggi uch oy davomida poytaxt tumanlari hokimlariga to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatma berish orqali davlat siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga zarar etkazuvchi o'nlab ishlarni amalga oshirishdi.

Bevosita ularning ko'rsatmasi asosida qilingan “ishlar” natijasida davlat manfaatlariga 440 milliard so'm zarar etkazilgan. Ammo yaqinlari tomonidan “Knyaz'” laqabi bilan chaqiriladigan Obidov o'z panohi AAA yordamida Bosh prokuraturadagi kerakli odamlar bilan yaqin aloqalar o'rnatib olganligi sababli bu ishlarga ko'z yumilib kelinmoqda.

AAAning davlat xavfsizligi sohasini barbod qilish bo'yicha amalga oshirayotgan ishlari ham avval tilga olingan “karomat”laridan kam emas.

AAA xizmat rahbari sifatida ish boshlagach, ilk ishni qanchalik qabohatga botgan bo'lmasin, qabih bo'lmasin, davlat va burchiga emas, ungagina xizmat qiluvchilarni o'z atrofiga yig'ishdan boshladi.

So'nggi olti oyda esa AAA xavfsizlik xizmatiga davlatga xiyonatda ayblanib, o'z aybiga iqror bo'lgan Ixtiyor Abdullaev va Jahongir Egamovning odamlarini yig'a boshladi. Ularning xizmat pillapoyalarida yuqorilashiga ko'mak bermoqda.

Faqatgina Davlat xavfsizlik xizmati emas, IIV, Mudofaa vazirligi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga vatan xoinlari deb topilgan jinoyatchilarning ishonchli odamlarini joylashtirmoqda.

Xizmat rahbari sifatida kadr tanlash, inson sifatida odam tanish ilmidan mosuvo bo'lgan AAA Davlat xavfsizlik xizmatining eng muhim yo'nalishlariga mutaxassis tayinlashda qovun tushirmoqda.

Xavfsizlik xizmatining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan konstitutsion tuzumni himoya qilish yo'nalishiga AAAning tavsiyasiga binoan T.Valiev boshliq etib tayinlangandi. Boshqarma boshlig'ligi ishiga malakasi etmaydigan T.Valiev tayinlanganiga salkam uch oy bo'lmay, AAA uning o'rniga odam qidirmoqda.

Chunki T.Valiev konstitutsion tuzumni himoya qilish ishida qisqa muddatda yirik xatoliklarga yo'l qo'yib ulgurdi. Bundan tashqari, AAAning o'zi tanlab, xavfsizlik idorasining ustuni etib tayinlagan ko'plab kadrlar vazifasini uddalay olmayotgani sababli professional layoqatsizligini ko'rsatmoqda. AAA ularni ham yaqin orada almashtirmasa bo'lmasligini tushunib etdi.

Xabarlarga ko'ra, xavfsizlik idorasining ko'pchilik xodimlari AAAning jamoa ichida hurmati tushib ketayotganini, DXX IIVning filialiga aylanib qolganini ta'kidlashmoqda.

AAA faqat DXX emas, balki IIV tizimiga ham o'ziga yaqin (aslida Ixtiyor Abdullaev va Jahongir Egamov to'dasiga tegishli) kadrlarni ilgari surmoqda.

AAAning harakatlari bilan kuch ishlatar tizimlarda unib o'stirilayotgan kishilarning ba'zi birlari quyidagilar: IIV kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari To'lqin Jumanov, huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Berdialiev, Andijon viloyati IIB boshlig'i Ozod Tasaboev, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i Abduvohid Ismoilov, IIV ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Baxtiyor Jalolov (ayni kunlarda AAA bu kadrning IIV tergov bosh boshqarmasi boshlig'i – ichki ishlar vaziri o'rinbosarligiga tayinlanishiga harakat qilmoqda). Farg'ona viloyati IIB boshlig'i bo'lib ishlab kelayotgan D.Toshxo'jaev ham AAA himoyasi ostidagi “nihol”lardan biri sifatida unib o'smoqda.

Davlatni parda ortidan boshqarishga intilayotgan AAA bu ishda eng muhim narsa, ya'ni strategik fikrlay olish qobiliyatga ega bo'lish hamda Vatan manfaatidan shaxsiy manfaatni ustun qo'ymaslik lozimligini inobatga olmadi.

Politolog

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube