O’zbekiston Xalq Harakati

MO'G'UL ISTILOChILARINING TURON ZAMINGA HARBIY YuRIShLARI

MO'G'UL ISTILOChILARINING TURON ZAMINGA HARBIY YuRIShLARI
17 Ağustos 2020 - 10:31 'da yuklandi va 699 marta o'qildi.

O'tror shahridagi elchi va savdogarlar fojiasi ikki o'rtada urush bo'lishini muqarrar qilib qo'ydi. O'tror fojiasi xususida turli ma'lumotlar mavjud. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, karvon O'tror shahriga etib kelganida shahar hokimi, Turkon xotunning amakivachchasi Inolchiqxon undagi qimmatbaho mollarni ko'rib, ochko'zligi avj oladi va niyati buzilib, Xorazmshohga ―karvondagilar o'zlarini josusdek tutayaptilar, deb shoshilinch xabar yuboradi. Xorazmshoh hokimga karvonni mamlakat ichkarisiga kiritmay,to'xtatib turish haqida buyruq yuboradi.

Lekin Turkon Xotun himoyasiga ishongan Inolchiq katta fojiaga qo'l uradi, ya'ni uning buyrug'i bilan karvon qo'lga olinadi, savdogarlar va boshqa kishilar qatl etilib, karvondagi mollar musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qolgan bir tuyakash Chingizxon huzuriga etib borib, fojia haqida unga xabar berishga muvaffaq bo'ladi.Arab tarixchisi Ibn al-Asrning yozishicha, Inolchiqxon katta karvonning O'trorga etib kelganligi haqida Xorazmshohga xabar beradi. Xorazmshoh karvondagi barcha savdogar va xizmatchilarni o'ldirishni va boyliklarni saroyga yuborishni buyuradi.Xorazmshoh albatta O'tror fojiasi aybdorlarini Chingizxonga topshirish talablarini bajara olmasligi aniq edi. Chunki bir tomondan, Inolchiq Turkon Xotunning amakivachchasi bo'lsa, ikkinchi tomondan, qipchoq sarkardalari bilan qarindosh edi. Tabiiyki, ular bu ishga, ya'ni Inolchiqni hibsga olib, Chingizxonga yuborilishiga yo'l qo'ymasdilar. Shu sabab Chingizxon bilan munosabatlar yanada keskinlashdi.

Shuni ta'kidlash joizki, Xorazmshohning o'g'li Jaloliddin Manguberdi otasiga elchilarga nisbatan xushmuomalada bo'lishni, O'tror fojiasining asosiy aybdori Inolchiqni Chingizxon huzuriga jo'natishni maslahat beradi. U Sirdaryo bo'ylaridan to Suriyagacha cho'zilgan katta davlatdagi musulmonlarning qoni to'kilgandan ko'ra, bitta odamning qoni to'kilishini afzal bilgan edi. Biroq shoh Jaloliddinning dono maslahatini inobatga olmaydi. Jaloliddin bo'lajak dahshatli urushni, qirg'inni avvaldan ko'ra bilgan edi.So'nggi elchining o'ldirilishi Chingizxonning sabr kosasini to'ldir-di va uning uchun Xorazmshohlar davlati ustiga harbiy yurish qilishga undagan oxirgi bahona bo'ldi. Har ikkala tomon endi bo'lg'usi urushga tayyorgarlik ko'ra boshladi. 1219 yil sentyabr' oyida mo'g'ullar o'zlarining birinchi zarbasini Xorazm davlatining chegara shahri O'trorga qaratdi. Shahar hokimi Inolchiqxon bo'lib, Chingizxonning u bilan alohida hisob-kitobi bor edi.

Shaharni 80 ming kishilik qo'shin himoya qilishi lozim edi. Shaharning yaxshi mustahkamlanganligi va uzoq mudofaaga tayyorlanganligini sezgan Chingizxon qo'shinining bir qismini o'z o'g'illari Chig'atoy va O'qtoy boshchiligida O'tror qamaliga qoldirib, qolgan qo'shinni uch qismga bo'lib, bir qismini katta o'g'li Jo'chi boshchiligida O'trordan shimolda joylashgan Jand va Borchig'lig'kent qal'alarini egallashga, ikkinchi qismini Uloq no'yon boshchiligida Binokat va Xo'jand shaharlarini egallashga jo'natdi. O'g'li To'lixon va mashhur sarkardalari Jebe no'yon va Subutoy Bahodir boshchi-ligidagi qo'shinlari bilan o'zi Movarounnahrga (Buxoro tomon) yo'l oldi.Chingizxonning Turon zaminga, xususan, Xorazmshohlar davlatiga qar-shi harbiy harakatlari qat'iy tus oldi. Bu hujum arafasida Sulton Muhammad ko'zga ko'ringan davlat arboblari, boobro' amirlar, yirik sarkardalar ishtirokida harbiy kengash o'tkazdi. Kun tartibiga bitta masala, ya'ni yaqinlashib kelayotgan xavfli, nihoyatda makkor dushmanga qarshi qanday chora ko'rish masalasi edi. Turli fikr-mulohazalar tinglandi. Shuni aytish kerakki, ushbu kengashda qabul qilingan qaror va choralar Xorazmshohlar saltanati taqdirini hal etdi.

Harbiy kengashda yagona to'g'ri taklifni (ko'pchilik nomidan) Shahobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo'shinini Sirdaryoning narigi tomoniga to'plash, uzoq yo'ldan charchab kelgan mo'g'ul qo'shiniga dam olgani qo'ymay, hujum qilib tor-mor etishni taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi mo'g'ul qo'shinini Movarounnahrga kirib kelishiga yo'l qo'yish, keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to'rt tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o'rtaga tashladi.Ba'zilar esa, ko'p sonli Xorazm qo'shinini qal'alarga bo'lib tashlash va har bir qal'aning mudofaasini tashkil etishni o'sha qal'a himoyachilariga topshirish taklifini kiritdi.

Bu taklif Xorazm davlati uchun kuchli va makkor dushman bilan yakkama-yakka kurashishda halokatli taklif edi. Ming afsuski, Xorazmshohga ushbu taklif ma'qul keldi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o'zining ko'p sonli qudratli qo'shinini qal'alarga bo'lib yuborib, tuzatib bo'lmaydigan katta xatoga yo'l qo'yadi. Hatto, evropalik tarixchi olimlar ham o'z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni Chingizxonga qarshi kurashda noto'g'ri taktika qo'llab, o'z mamalakatini halokatga olib borganlikda ayblaydilar. Sulton Muhammadning qabul qilgan qat'iy qarori bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo'g'ullar bo'linib-bo'linib ketgan harbiy qismlarni osongina birin-ketin tor-mor qilib, qisqa fursatda Movaroun-nahrni egallashlariga qulay imkoniyat tug'ilgan edi.Yuqorida ta'kidlanganidek, mo'g'ul istilochilari juda katta kuch va shijoat bilan O'trorni egallashga oshiqdilar.

Lekin shahar mudofaachilari mo'g'ullarning quturib qilgan hujumlariga qaramay, ularni qattiq turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko'ra, O'tror qamali besh oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasida 80 mingdan ziyod askar ishtirok etgan. Qamal paytida mo'g'ullarga ham katta talafot etkazilgan.Inolchiq sarkardalaridan Qoracha Hojib qarshilik ko'rsatish befoyda deb, mo'g'ullarga taslim bo'lishni taklif qiladi. Inolchiqdan rad javobini olgach, u o'z qo'shini bilan shahardan chiqib mo'g'ullarga taslim bo'ladi.Nihoyat, boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo'ladi va mo'g'ullar shaharga bostirib kirib, juda qattiq vahshiyliklar qiladi. Himoyachilar qirib tashlanadi. Hokim Inolchiq esa, tezda qo'lga olinib, uning ko'zi va qulog'iga qo'rg'oshinni eritib quyadilar. Mo'g'ullar sotqin Qoracha Hojibni o'z hukmdoriga sodiq bo'lmagan – bizga ham sodiq bo'lmaydi, deb qatl etdilar. Shunday qilib, O'tror shahrining mudofaasi Xorazmshohning subutsizligi valoqaydligi tufayli fojia bilan tugaydi. Bu vaqtda Jo'chi boshliq mo'g'ul qo'shini Sirdaryoning quyi qismida joylashgan Sig'noq shahrini etti kunlik qamaldan so'ng ishg'ol qildi. Dushman shahar himoyachilaridan qattiq o'ch oldi.

1219 yil 21 aprel' kuni Jom shahri mo'g'ullar tomonidan jangsiz egallandi. Istilochilar shahar aholisini shahardan tashqariga haydab chiqarib, 9 kun ushlab turdilar va shaharni taladilar. Bu yo'qotish va talafotlarning asosiy sababchisi Sulton Muhammadning yo'l qo'ygan taktik xatosi ekanligini yana bir bor eslatib o'tish joiz deb bildik. Ana shu jiddiy xatolar natijasida tez orada Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan Binokat shahri uch kunlik mudofaadan so'ng mo'g'ullarga taslim bo'ldi.Xo'jand shahriga endigina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda Temur Malik taqdiriga esa dushmanning katta kuchiga qarshi kurashish yozilgan edi. Jon-jahdi bilan Xo'jandni himoya qilgan Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni yaxshi tushunib, 72 ta qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko'p qurbonlar berib, daryo oqimi bo'ylab suzib, ming mashaqqat bilan Urganchga etib keldi. Xo'jand ham dushman tomonidan egallandi.

Temur Malik Xorazmda urushga qurbi etadigan kattagina qo'shin to'plab, mo'g'ullarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo'g'ullardan tortib olishga ham erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.1220 yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni qamal qildi. Yirik ilm-fan markazi bo'lgan Buxoro shahri himoyachilarining qattiq qarshiliklari ham foyda bermadi. Qisqa fursatda bu tarixiy shahar ham mo'g'ullar qo'liga o'tdi.Chingizxon mart oyida Sharqning sayqal shahri, Markaziy Osiyoning qadimiy va yirik markazlaridan biri Samarqandga yurish boshladi. Qattiq va shiddatli hujumlar natijasida shahar qozisi va shayxulislom mudofaani to'xtatib, taslim bo'lishga qaror qilib, Chingizxonga o'z vakillarini yubordilar. Shunga qaramay, shahar egallangandan so'ng mo'g'ullar ommaviy qirg'in o'tkazdilar. Samarqand ham taslim bo'layotganini eshitgan Sulton Muhammad Amudaryodan o'tib, Eron hududlariga – Tabaristonga qochadi. Kaspiy dengizning janubidagi kimsasiz orol (Ashurada oroli)da jon saqlashga majbur bo'ldi va bu erda kasallanib vafot etdi.Manbalarga ko'ra, Xorazmshoh o'limi oldidan saltanatni faqat Jaloliddingina saqlab qolishi mumkinligiga ko'zi etgach, uning beliga qilich taqadi.

Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e'lon qilingani hamda qolgan farzand-larining uning izmidan chiqmasligi haqidagi barcha vasiyatlarini yozma ra-vishda Jaloliddinga beradi. Afsuski, bu ishlar ancha ilgariroq bo'lishi kerak edi.Xorazmshohning o'g'illari Uzloqshoh, Oqshoh va Jaloliddin Xorazmga qaytib kelib shohning vafoti va Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlangani haqidagi xabarni etkazadi. Lekin saroydagi ko'pgina lashkarboshilar bunga norozilik bildiradi. Ular Uzloqshoh bilan birgalikda Jaloliddinga qarshi ig'vo va bo'htonlar qila boshlaydi. Nihoyat, Jaloliddinga qarshi uyushtirilgan fitna ham fosh etiladi. Bunday sharoitda taxtni boshqara olmasligiga ko'zi etgan Jaloliddin, ukasi Uzloqshoh foydasiga taxtdan voz kechadi.

1220 yil kuzida mo'g'ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini egallab, uni talon-toroj qildi. Endi Chingizxon xorazmshohlarning markazi, tayanchi bo'lgan Urganch shahrini egallashga bel bog'ladi. 50 ming mo'g'ul qo'shini Urganchni qamal qildi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, mo'g'ullarga qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Urganchga mo'g'ullar bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o'g'illari Uzloqshoh va Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar. Lekin ular uzoqqa bora olmadi va Niso (hozirgi Ashxobod) shahri yaqinida mo'g'ullar bilan bo'lgan jangda halok bo'ldilar. Shaharni himoya qilish esa, qo'rqoq va amalparast, o'zini sulton deb e'lon qilgan Xumortegin degan kimsaga tekkan edi.Urganchliklar dushmanning harbiy kuchi va texnikasining ustunligiga qaramay, o'z ona shahri mudofaasiga g'oyat baland ruh bilan kirishadi. Ular qamaldan, devorni teshib qulatadigan qurollardan, manjaniq va palaxmonlardan qo'rqmaydi, lekin shahar hukmronligini o'z qo'liga olgan amir Xumortegin Urganch darvozalarini ochib berib, o'z tarafdorlari bilan mo'g'ullarga taslim bo'lgach, dushman shahar darvozalaridan bostirib kiradi. Mo'g'ullar Urganchga bostirib kirganda erksevar Urganch aholisi bunday og'ir va tang damlarda ham dushmanga qarshi shiddatli janglarni davom ettiraveradi.Poytaxt ichida olib borilgan ko'cha janglarida, buyuk alloma Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Abul Janob o'z do'stu shogirdlari va behisob muridu izdoshlari bilan ishtirok etadi. Uning iltijo bilan ―Yo Vatan, yo sharofatli o'lim deb aytgan xitobi rahnamo-ligida har mahalla, ko'cha, guzaru rasta, masjidu madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Mudofaachilar qadrdon shaharning har bir qarich erini mardonavor himoya qilib, mardlik va fidokorlik ko'rsatadi.Uzoq davom etgan ko'cha janglarida minglab dushman askarlari o'ldiriladi. Mo'g'ullar shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash, manbalarda qayd etilishicha, besh oy davom etgan. Hatto Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a'yonlari, yoru do'stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib jon saqlashni taklif etganda, shayx bu taklifni rad etadi. Oqibatda son jihatidan teng bo'lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og'ir yaralangan Najmiddin Kubro o'lim oldida bayroq tutgan mo'g'ul sarboziga tashlanib, uning parchimini jon-jahdi bilan tutgan holda qahramonlarcha shahid bo'ladi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun bo'lgan mo'g'ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g'alaba qozonishi mushkul edi. Ilojsizlikdan holi tang bo'lib, taslim bo'lgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj etiladi. Juvayniyning yozishicha, 100 ming nafar hunarmand asirga olinib, qolganlari qirib tashlanadi. Shahar-ning bosh to'g'oni buzib yuboriladi va Urganchni suv bosib, vayron bo'ladi.

Mo'g'ullar istilosidan so'ng mamlakat hududini tasvirlash nihoyatda og'ir. Bu hududlarda gullab-yashnayotgan shahar va qishloqlar bamisoli kultepaga aylandi, hayot butunlay izdan chiqdi. Bir paytlar aholisi gavjum bo'lgan guzarlar, bozorlar va savdo yo'llari bo'm-bo'sh bo'lib qoldi. Mo'g'ullar bosqini o'lka xalqlarining moddiy va ma'naviy taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Yozma manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi,oyoq osti qilindi. Ular xalqning turli sohadagi arboblari, olimu donolarini, ulug' kishilarining ko'pchiligini qirib tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning deyarli yarmiga qadar ham tiklash juda mashaqqatli kechdi.

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube