O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov diqqatiga

O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov diqqatiga
08 Eylül 2020 - 17:18 'da yuklandi va 833 marta o'qildi.

Dunyoga mashhur o'zbek rassomi o'z yurtida nega darbadar?

Bu odam — Isfandiyor Haydar. O'zbekning mashhur musavviri. Mo'yqalam sohasida O'rol Tansiqboy, Chingiz Ahmar, Bahodir Jalol, Javlon Umarbekovlar, poetikada Abdulla Orif, Rauf Parfilar bilan tenglasha oladigan hassos iste'dod.

Aytishlaricha, o'tgan asrning 90-yillarida Prezident Karimov uning “Oltin kuz” kartinasini Frantsiya Prezidenti Mitteranga sovg'a qiladi… Hozir ushbu asar dunyoga mashhur “Luvr” muzeyida saqlanadi. Shu ma'noda u tirik paytida asari Luvr muzeyidan joy olgan sanoqli san'atkorlardan biri…

Boshqalardan yana bir farqli tomoni, bir necha o'n yillardan buyon u ustaxonasiz, darbadar va darvesh… Bunga o'ziyam aybdor. Chunki nihoyatda kamtar, kamsuqum, odamovi…

Agar u ham Mahmud Toir, Safar Oston yoki Akmal Saidovday so'zamol bo'lib, izchil islohotlar, farovonlik haqida har ikki kunda TV efirlari va gazeta sahifalarini to'ldirib turganida, dang'illama hovliliyam bo'lardi.

Lekin u musichaga o'xshab turli irgalarga biqinib yuradi. Aslida Vatan va millatni o'sha “kovboy”lardan kuchliroq sevadi, yonib gapiradi, muhabbatini chorcho'pga tortilgan “xolst”ga to'kadi…

O'zbekning buyuk iste'dodi, takrorlanmas asarlar muallifining yoshi etmishdan oshdi. Hamon darbadar. Ehtimol mas'ullar undan maddohlik istashayotgandir.

U esa buni qilolmaydi! G'ururliligi uchun emas, shunchaki tabiatiga unaqa nosamimiyat begonaligi uchun qilolmaydi!

Manba: @platformauzb

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube