O’zbekiston Xalq Harakati

Shveytsariya Gulnora Karimova pullaridan bir qismini “muayyan shartlar asosida” O'zbekistonga qaytarish bo'yicha Toshkent bilan kelishuvga erishdi

Shveytsariya Gulnora Karimova pullaridan bir qismini “muayyan shartlar asosida” O'zbekistonga qaytarish bo'yicha Toshkent bilan kelishuvga erishdi
14 Eylül 2020 - 12:53 'da yuklandi va 397 marta o'qildi.

Shveytsariya hukumati Gulnora Karimovaning muzlatib qo'yilgan bank hisob raqamlaridagi pullarning bir qismini O'zbekistonga qaytarshi masalasida Toshkent bilan kelishib oldi.

Shveytsariya hukumati rasmiy portalining xabar berishicha, bu haqda Shveytsariya hukumati juma-11 avgust kuni ma'lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat o'rtasda imzolangan kelishuvga muvofiq 2012 yilda pul yuvish va korruptsiya yuzasidan Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilgan tergov doirasida muzlatib qo'yilgan mablag'ning 131 million dollari “muayyan shartlar asosida” O'zbekistonga qaytariladi.

Shveytsariya hukumatining ma'lum qilishicha, “muayyan shartlar” to'g'risidagi kelishuv imzolangachgina, pullarni qaytarish to'g'risidagi bitim kuchga kiradi.

Shveytsariya Toshkentdan “muayyan shart “ sifatida qaytarilgan pullar “O'zbekiston xalqining hayot farovonligini ta'minlash”ga ishlatilishini talab qilmoqda. Mazkur shart doirasida bu pullar qanday va qaerga ishlatilgani yuzasidan shaffof monitoring o'tkazish imkoniyati ham yaratilishi lozim.

“Gulnora Karimovaning bank hisobidagi yana 650 million shveytsariya franki (715 million dollar) jinoyat ishi yakunlanguniga qadar muzlatib qo'yilgan. Shveytsariya hukumati bu pullar hibsdan chiqarilganidan so'ng O'zbekistonga yuqoridagi shartlar asosida qaytarilishini bildirdi”, -deyiladi xabarda.

Shveytsariya federal prokuraturasi 2012 yil ëzida ochgan jinoiy ish doirasida Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytilgan bank hisoblaridagi 800 million frank mablag' muzlatib qo'yilgan edi.

Shveytsariya Bosh prokuraturasi 2019 yilning 24 iyun' kuni Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatib qo'yilgan pullarining 133 million dollarlik qismi O'zbekistonga qaytarilishi yuzasidan muokaralar boshlanganini bildirgan edi.

O'zbekiston Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Sevara O'rinboeva 2020 yilning 15 iyun' kuni AOKAda o'tkazilgan brifingda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo'l bilan orttirilgan mulklarni qaytarish bo'yicha olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida joriy yilning 14 may kuni Frantsiyadan O'zbekistonga qaytarilgan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablag' davlat byudjetiga o'tkazib berilgani va umumiy tartibda ishlatilishini bildirgan edi.

Sevara O'rinboeva Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan O'zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo'l bilan orttirilgan 1 milliard 300 million dollardan ortiq mulklarni qaytarish bo'yicha Shveytsariya, AQSh, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini qayd etgan.

O'zbekistonni 1991 yildan 2016 yilgacha boshqargan prezident Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova bir qator G'arb davlatlari telekommunikatsiya shirkatlaridan O'zbekiston bozoriga kirish uchun pora olganlikda ayblanmoqda.

Ayni paytda Gulnora Karimova O'zbekistonda Zangiota tumanidagi ayollar qamoqxonasida saqlanayotgani aytiladi.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube