O’zbekiston Xalq Harakati

Lukashenko Putin ostonasiga bosh urib bordi, lekin Putin nima so'rarkan?

Lukashenko Putin ostonasiga bosh urib bordi, lekin Putin nima so'rarkan?
14 Eylül 2020 - 22:39 'da yuklandi va 639 marta o'qildi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sochiga etib bordi.

Bu Belarusdan o'tgan oy saylovlar bo'lib o'tishi va norozilik namoyishlari avj olganidan beri ikki rahbarning ilk uchrashuvi bo'ladi.

Belarus' muxolifati rahbari Svetlana Tixanovskaya Putinning «diktator bilan muloqot» qilayotganidan taassufda ekanini aytdi.

Putin Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb biladi va, agar vaziyat nazorat ostida chiqsa, o'z kuchlarini Belarusga kiritishi mumkinligini bildirgan.

Kreml' so'zchisi Dmitriy Peskovning aytishicha, ikki davlat rahbarining muzokaralarida neft' va gaz sohasidagi hamkorlik, davlat qarzlari va Belarus'-Rossiya «ittifoq davlati»ning boshqa iqtisodiy masalalari muhokama etiladi.

Uning aytishicha, hech qanday qo'shma hujjatlar imzolanmaydi va matbuot anjumani o'tkazilmaydi.

Ikki mamlakat an'anaga binoan bir-biriga yaqin bo'lib kelgan, ammo Lukashenko Rossiyaning o'zaro ittifoqning mustahkamlash bosimiga qarshilik ko'rsatayotgandi.

Ayni damda Belarus' g'arbidagi Brest shahri yaqinida ikki tomonning qo'shma harbiy mashqlari boshlandi.

Tinmayotgan namoyishlar va oshayotgan zo'ravonlik

Belarusdagi noroziliklar bir oydan oshiq davom etar ekan, namoyishchilarning talablari ham oshib bormoqda.

Yakshanba kuni kamida 100 ming odam Lukashenkoning iste'fosini talab qilib poytaxt Minsk uzra yurdilar.

Saylovlar natijalaridan norozilik ortidan kelib chiqqan namoyishlar qatnashchilari endi politsiyaning haddan oshiq kuchni qo'llashi va muxolifat siyosatchilarining hibsga olinishini ham qoralashmoqda.

Muxolifat faoli Mariya Kolesknikova o'z vatanidan badarg'a qilinishiga qarshi chora sifatida chegarada o'z pasportini yirtib tashlashi ortidan u bu hafta qahramoniga aylandi.

«Prezident Lukashenko muxolifat liderlarini hibsga olish bilan mana bu namoyishchilarning vajohati so'nadi deb o'ylagan chog'i. Agar shunday o'ylagan bo'lsa, u adashgan. Bugun beshinchi yakshanbaki, Minskning markazida xalq qudrati mana shunday namoyon bo'lyapti», – deydi namoyishni kuzatgan Bi-bi-si muxbiri Jona Fisher.

Markazdan chetroqdagi namoyishlarda zo'ravonlik davom etdi. 13 sentyabr' kuni Prezident Lukashenkoning xavfsizlik xizmatlari kichikroq guruhda bo'lganlarni nishonga tutib, kamida 400 odamni hibsga oldi.

Bi-bi-si muxbiriga ko'ra, namoyishlar boshlanganda qo'l tekkizilmagan ayollar ham endi toptalib, sudrab olib ketilmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube