O’zbekiston Xalq Harakati

“Agrobank”ning yana bir xodimi mijozlarning 150 million so'mini o'g'irlagani aniqlandi

“Agrobank”ning yana bir xodimi mijozlarning 150 million so'mini o'g'irlagani aniqlandi
16 Eylül 2020 - 13:09 'da yuklandi va 299 marta o'qildi.

“Agrobank”ning Farg'ona viloyati So'x tumani filialida mijozlarning plastik kartalaridan 150 million so'mdan ortiq pul o'g'irlagan bank xodimi Javohir To'raev (ism-sharifi o'zgartirilgan)ga nisbatan sud hukmi o'qildi.

Bu haqda xabar bergan Oliy sud matbuot xizmati To'raev aynan qanday jazoga hukm qilingani haqida ma'lumot bermagan. Rasmiy bildiruvda aytilishicha, u “Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran o'g'rilik sodir etish) bilan aybdor deb topilib, qonuniy jazoga hukm etilgan. Asosiy jazoga qo'shimcha ravishda uning moliya-bank faoliyati bilan shug'ullanishi va tizimga ishga joylashishi cheklangan. Aybdor tergov jarayonida o'zi keltirgan zararlarni qoplagan”.

Bildirilishicha, “Agrobank”ning 1-toifali mutaxassisi bo'lgan Javohir To'raev 2017 yil mart oyidan 2019 yil iyuligacha jami 60 nafardan ortiq mijozning ish haqi, pensiya va nafaqalaridan iborat 102 060 937 so'mni talon-toroj qilgan. Bu holat aniqlanganidan so'ng, bank rahbariyati huquq-tartibot tuzilmalariga murojaat qilmay, Javohir To'raevni kadrlar bo'limiga ishga o'tkazgan.

Kadrlar bo'limida ishlash jarayonida ham u mijozlarning pullarini o'g'irlashda davom etadi va 2019 yil 5 noyabrga qadar u talon-toroj qilgan mablag' 150 million so'mdan oshib ketadi. Shundan keyingina jabrlanuvchilarning murojaati asosida Javohir To'raevga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atiladi.

“Agrobank” xodimlarining mijozlar haqiga xiyonat qilayotgani to'g'risidagi xabarlar matbuotda tez-tez paydo bo'ladi. Jumladan, Ozodlik radiosi 2019 yilning sentyabrida Andijon viloyat, Izboskan tumanida “Agrobank” xodimi 245 nafar o'qituvchi nomiga kredit rasmiylashtirib, 735 million so'mni o'g'irlagani haqida xabar bergan.

Bundan tashqari Namanganda qariyb 100 million so'mni, Jizzaxda 105 million so'mni talon-toroj qilgan “Agrobank” xodimlariga nisbatan jinoyat ishlari ochilgani xabar qilingan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube