O’zbekiston Xalq Harakati

Isroil-BAA-Bahrayn: Ibrohim ahdlashuvi Falastinga xiyonat, Eron uchun yangi bosh og'rig'imi?

Isroil-BAA-Bahrayn: Ibrohim ahdlashuvi Falastinga xiyonat, Eron uchun yangi bosh og'rig'imi?
16 Eylül 2020 - 13:12 'da yuklandi va 381 marta o'qildi.

Isroil-BAA-Bahrayn: Yangi tinchlik bitimi Falastinga xiyonat, Eron uchun yangi bosh og'rig'imi? Bitimga bosh qo'shgan uchovlon-chi, ular nimalarga ko'z tikishmoqda?

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklaridan yuqori martabali delegatsiyalar seshanba kuni AQSh vositachiligida tuzilayotgan tinchlik bitimiga Oq uyda imzo chekdi.

Bahrayn Tashqi ishlar vaziri tadbirda ishtirok etishi va Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish uchun shartnomaga imzo chekishi kutilayotgani haqida o'tgan hafta Prezident Donal'd Tramp e'lon qilgan edi.

Mana nima uchun bitimlar muhim ahamiyatga ega:

1. Ko'rfaz davlatlari savdo va boshqa sohalarda imkoniyatlarga ega bo'ladi

Bitim harbiy qudrat va dam olish hamda biznes maskaniga aylangan, ambitsiyasi yuqori Amirliklar uchun imkoniyatlar eshigini ochadi.

Aftidan, amerikaliklar BAAga u avval orzu qilishi ham qiyin bo'lgan harbiy qurollarni va'da qilish evaziga bitim imzolanishini qulaylashtirgan. Bu qurollar F-35 qiruvchi uchog'i va EA-18G Growler elektron urush uchog'idir.

BAA o'zining yaxshi qurollangan harbiy kuchlarini allaqachon Liviya va Yamanda ishlata boshlagan. Ammo uning eng jiddiy ehtimoliy dushmani Eron bo'lib, u ko'rfazning shundaygina narigi sohilida joylashgan, xolos.

Isroil ham, AQSh ham Erondan hadiksirashda mushtarakdir. Bahrayn ham shu jumladan. 1959 yilgacha Eron Bahraynni qonunan o'z hududi, deb da'vo qilar edi. Bahraynning sunniy etakchilari mamlakat aholisining aksarini tashkil qiluvchi shialarni Eronning beshinchi kolonnasi, deb qaraydi.

Har ikki ko'rfaz davlati anchadan beri Isroil bilan munosabatlarini yashirmay qo'ygan. Ular oshkora savdolarni yo'lga qo'yish ilinjida edi. Isroil esa dunyoning eng rivojlangan yuqori texnologiya sektorlaridan biridir.

Koviddan avvalgi vaqtlarda isroilliklar ko'rfazning sahrolari, sohillari va supermarketlarini aylanishga juda o'ch edi. Bu har jihatdan yaxshi biznes.

2. Hududiy ixotalanib qolgan Isroil o'zini erkinroq his qiladi

BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni normallashtirish isroilliklar uchun chinakam muvaffaqiyatdir.

Bosh vazir Benyamin Netanyahu yahudiy va arablar o'rtasidagi “Temir devor” haqidagi 1920 yillarda birinchi marta ishlab chiqilgan strategiyaga qattiq ishonadi.

G'oya shuki, Isroilning qudrati alal-oqibat arablarni uning mavjudligini tan olishdan o'zga choralari yo'qligiga ishontiradi.

Isroilliklar Yaqin Sharqda ixotalangan holda yashashni yoqtirishmaydi. Iordaniya va Misr bilan tinchlik hech qachon iliq bo'lmagan. Ular bosib olingan hududlardan va Quddusdan uzoqda joylashgan ko'rfaz davlatlari bilan munosabatlarga umid bilan qaraydilar.

Eronga qarshi ittifoqni kuchaytirish yana bir katta yutuqdir. Netanyahu Eronni Isroilning birinchi raqamli dushmani, deb biladi, hatto ba'zida Eron etakchilarini natsistlarga ham qiyoslaydi. U BAA bilan ehtimoliy qurol-yarog' bo'yicha avvalgi shikoyatlarini ham hozir tilga olmay turibdi.

Netanyahu, shuningdek, qamoqqa tiqilishiga sabab bo'ladigan darajadagi korruptsiya ayblovlari bilan mahkamaga yuz tutmoqda. Uning koronavirus pandemiyasiga qarshi chorasi avvaliga yaxshi boshlanib, keyin muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Muxoliflari uning Quddusdagi qarorgohi oldida haftalik aktsiyalar o'tkazmoqda.

Oq uydagi tadbir bundan ham yaxshiroq vaqtda bo'la olmas edi.

3. Donald Tramp tashqi siyosatdagi keskin o'zgarish bilan maqtana oladi

Bitim AQSh prezidenti uchun bir necha jihati bilan omad keltiradi.

Bu bitim Trampning Eronga qarshi “maksimal bosim” strategiyasiga yanada kuchliroq quvvat beradi. Ayniqsa, saylov yilida Tramp o'zini dunyoning eng yaxshi muzokarachisi sifatida ko'rsatishi uchun bu bitim bop vosita bo'lishi mumkin.

Trampning Isroil uchun yoki Benyamin Netanyahu hukumati uchun qilgan har bir ishi uning elektoratidagi muhim qatlam – nasroniy evangilist saylovchilari oldidagi qadrini oshiradi.

Ko'rfaz arablari Isroil bilan munosabatlarini yashirmay, oshkora amalga oshira boshlasa, Eronga qarshi “Amerika do'stlari” ittifoqi ham bemalolroq ishlashni boshlaydi.

Prezident Trampning “asr bitimi” deb nomlangan Isroil va falastinliklar o'rtasidagi tinchlik bitimini imzolashga muvaffaq bo'linmadi.

Ammo “Ibrohim ahdlashuvi” – Isroil BAA bitimi shunday nomlanmoqda – Yaqin Sharqdagi kuchlar nisbatini jiddiy o'zgartiradi va Tramp uni tashqi siyosatdagi to'ntarish deb atamoqda.

4. Falastinliklar o'zlariga hiyonat qilingandek his etmoqda

Ular yana yog'och qoshiqlarni ushlagancha qolishdi, “Ibrohim ahdlashuvi”ni xiyonat deb atab, uni qoraladilar.

Bu bitim Isroil bilan normal munosabatlar uchun to'lov faqatgina Falastin mustaqilligi bo'lishi mumkinligi haqidagi arablarning uzoq turgan kelishuvini buzadi.

Biroq Isroil Arab davlatlari bilan yangi munosabatlarga zamin hozirlar ekan, falastinliklar sharqiy Quddus va G'arbiy qirg'oqda ishg'ol ostida qolmoqda.

BAAning amaldagi rahbari, Abu Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd an-Nahyanning aytishicha, bitim uchun u talab qilgan badal Isroilning G'arbiy qirg'oqning boshqa hududlarini bosib olmaslik va'dasidir.

Ammo Bosh vazir Benyamin Netanyahu ham xalqaro bosimlar tufayli bunga hozircha ko'nib turgan edi. Amirliklar unga bu siyosiy boshi berk ko'chadan chiqib olishiga ko'mak taklif qilgani ayni muddao bo'ldi.

Bahrayn ham bitimga qo'shilar ekan, falastinliklarning asabiy holati yanada zo'rayishi tayin.

Bu Saudiya Arabistonining roziligisiz bo'lmasdi. Saudiylar Falastin mustaqilligini talab qilgan Arab tinchlik loyihasining muallifi edi.

Podshoh Salmonning musulmonlarning ikki eng muqaddas maskani xodimi maqomi uning ta'sirini keskin oshiradi. Uning Isroilni birdan tan olishi ehtimoli juda oz.

Uning o'g'li va vorisi Muhammad bin Salmon bu borada otasidek o'jar bo'lmasligi mumkin.

5. Eron yangi strategik bosh og'rig'i orttirib oldi

Bitimni Eron etakchilari bir ovozdan qoraladi.

Bu shunchaki ritorika emas. «Ibrohim ahdlashuvi» ularga qo'shimcha tashvish bo'ldi.

Prezident Trampning iqtisodiy sanktsiyalari allaqachon iqtisodiy muammolarni yaratib ulgurgan. Endi esa bunga strategik boshog'rig'i ham qo'shildi.

Isroilning o'zidagi aviabazalar Erondan ancha olisda. BAA esa ko'rfaz suvining narigi tomonida, xolos. Agar Eronning yadro nuqtalarini bombalash masalasi yana o'rtaga chiqsa, bu juda katta rol' o'ynashi mumkin.

Isroil, AQSh, Bahrayn va BAA oldida yangi turdagi variantlar paydo bo'ldi.

Eronliklar esa manyovr qilishlari uchun makon yanada qisqarganini his qilmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube