O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston afg'on ko'knorchi fermerlaridan nima o'rganishi mumkin?

O'zbekiston afg'on ko'knorchi fermerlaridan nima o'rganishi mumkin?
16 Eylül 2020 - 13:17 'da yuklandi va 529 marta o'qildi.

Ko'knori etishtirish dunyodagi eng noinsoniy va axloqsiz mashg'ulotlardan biri sanaladi.

Biroq ekinni bir chetga surib, dehqonchilikdagi tajribaga nazar solmoqchimiz.

Afg'onistonlik ko'knorchilar 5 yil ichida quyosh quvvatini ishga solib, taqir cho'lni unumdor erga, kimsasiz mintaqani aholi zich vodiyga aylantirishdi.

Hayot shunchalik o'zgardiki, birgina Helmand vodiysiga so'nggi yillari yarim million odam ko'chib keldi.

Qo'shni O'zbekiston esa Sovet davridan qolgan va eskirgan qishloq xo'jaligini o'tgan chorak asr davomida tuzuk isloh eta olmadi:

Dehqonlari kambag'al, suv va energiya taqchil, uzoq yillar bir milliondan ko'p odamning qo'l mehnatidan dalalarda majburan foydalanib ham kelingandi.

O'zbekiston bugun Afg'oniston ko'knorchi fermerlaridan dars olishi mumkinmi?

Helmand: quyosh energiyasi

Afg'oniston janubidagi cho'l va yarim sahrodan iborat, notinch Helmand viloyatida dunyodagi eng ilg'or texnologiya joriy etilayotganiga ishonish qiyin.

Ammo bu – haqiqat.

Helmandlik ko'knorchi fermerlar 2013 yildan boshlab, o'z bilganlaricha quyosh energiyasidan foydalanishni boshlashgan.

Quyosh batareyalari yordamida elektr toki ishlab chiqarishadi va bu tok quvvati bilan er ostidan suv tortib, ekinlarni sug'oradilar.

To'g'ri, bu o'rinda asosiy etishtirilayotgan mahsulot – opium.

“2012 yili 3700 tonna opium ishlab chiqilgan. Ammo besh yil ichida, 2017 yilga kelib, opium miqdori 9 ming tonna etdi” – deydi Helmandda bo'lgan Bi-bi-si muxbiri Jastin Roulet.

“Bunaqasi Afg'oniston tarixida bo'lmagan”.

Jastin Rouletning aytishicha, buning ortidan cho'l-sahro yam-yashil vodiyga aylangan.

Zotan bizning mavzumiz ham – opium etishtirish emas, balki shu ko'knorichi fermerlardan nima o'rganish mumkinligiga nazar solish.

Quyosh, suv va hayot

Helmand – yashash qiyin, suv kam va hamon urush tinmagan cho'l mintaqasi.

Lekin ko'knorchi fermerlar quyosh batareyalarini ishlatishni boshlagan 2013 yildan boshlab, besh yil ichidayoq yashil vodiyga aylangan Helmandga tashqaridan 500 ming odam ko'chib kelgan.

Bu odamlar 48 mingta yangi uy-joy ham qurishgan.

Sababi – Helmandda hayot kechirish uchun imkoniyat paydo bo'lgan.

Viloyat markazi Lashkargoh shahri bozorida 2-3 qavatli uylardan baland qilib taxlangan quyosh batareyalarini, turli xil suv tortuvchi nasoslarni ko'rasiz.

Mahalliy dehqonlar yoki fermerlar 5 ming AQSh dollariga bir nechta quyosh batareyasi va nasos sotib olishadi.

Keyin ancha yillar bir tiyin ham sarflamay, tok ishlab chiqarishadi va bu tok yordamida er tagidan yoki uzoq daryolardan suv chiqarishadi.

Ular ko'knori ekadilar.

Ba'zida ilk hosildayoq 5 ming dollarni chiqarib olishlari mumkin.

Ayni paytda, suv kelgan va unumdor erga aylangan mintaqaga ko'chib kelayotgan odamlar boshqa turli ekinlarni ham ekishmoqda.

Fermerlarni quyosh batareyalari va nasoslar bilan ta'minlashga ixtisoslashgan savdogarlar paydo bo'lgan.

Birgina Helmandda 67 mingta quyosh batareyasi ishlaydi.

Ular soni vaqt sayin ortmoqda.

Agar 2012 va 2019 yilgi sun'iy yo'ldoshdan olingan tasvirlarni solishtirsangiz, yashil hududlar kengayganini ko'rasiz.

Yovuz tijorat

Shaksiz, afg'on dehqonlarini boyitgan va urushdan xarob bo'lgan mintaqada hayot uchun kerakli sharoit yaratgan ekin ortida axloqsiz va yovuz tijorat turadi.

Aynan quyosh batareyalarini ishlatish boshlanganidan bir necha yil o'tib, 2017 yilga kelib, Afg'oniston tarixida misli ko'rilmagan miqdorda opium ishlab chiqilgan.

Hali quyosh quvvati ishlatish boshlanmagan 2012 yil bilan solishtirganda, giyohvand modda mahsuloti qariyb ikki barobardan ko'proqqa ortgan.

Oxirgi yillari Afg'onistonning aksar hududlarida ko'knori ishlab chiqarish kamayib ketdi.

Lekin quyosh batareyalari o'rnatilgan janubiy mintaqalarda giyohvand modda hajmi oshishda davom etdi.

Giyohvand moddalarni esa jinoiy guruhlar Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston hududlari orqali G'arbga va boshqa davlatlarga olib chiqadilar.

Mahsulot qancha ko'paysa, narxi shuncha arzonlashi va giyohvandlar soni shunchalik oshishi ehimoli kuchayadi.

Yomonlikdan qanday saboq olish mumkin?

Ayni paytda, Afg'oniston janubidagi ko'knorchi fermerlardan boshqacha dars olish mumkin.

Deylik, Sovet Ittifoqi qulashidan keyin tuzuk isloh qilinmagan va aksar cho'l-sahro hududlaridan iborat O'zbekiston qishloq xo'jaligida suv va energiya kichik muammo emas.

Nafaqat O'zbekiston, balki qo'shni Qirg'iziston va Qozog'iston dehqonlari ham yozda suv etmasligidan, gohida esa suv keltirish uchun zarur energiya uzilishlaridan ko'p nolishadi.

Ayniqsa, aksar hududlari cho'l-sahrodan iborat va aholisi 34 millionli O'zbekistonda bu muntazam holatga aylangan.

Sovet davridagi ko'plab inshootlar va tizimlar ishdan chiqqan va yoki eskirgan.

Prezident Mirziyoev ham suv ta'minoti tizimlari eskirgani va ularni ta'mirlash yo yangilash uchun bir necha milliard dollarlik mablag' zarurligini aytgandi.

Biroq bu nafaqat uzoq vaqt talab etadi, balki korruptsiya kuchli mamlakatda maqsad-vazifalarning rejalangani kabi amalga oshmasligi ehtimoli ham yo'q emas.

Ayni paytda, afg'onistonlik ko'knorchi fermerlar nisbatan kam mablag' bilan cho'lda kichik yashil vodiylar va vohalar yaratishni, hayotni yo'lga qo'yishni isbotlashgan.

Faqat ular bu o'rinda boshqa ekinlarni ekib ham shunday natijalarga erishish va foyda ko'rish mumkinmi, degan savol o'rtaga chiqadi.

Balki dehqon-fermerlarning o'z-o'zini suv va energiya bilan ta'minlashi yo'lida davlat yordam va yoki qo'llovi zarur bo'lar.

Zotan iqlim va tabiati qanchalik yaqin bo'lmasin, Afg'oniston va O'zbekistondagi hayot realliklari bir-biridan keskin farq qiladi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube