O’zbekiston Xalq Harakati

Xitoy musulmonlar tashlangan lagerlarni himoya qildi, G'arb o'zi borib uyg'urlar holini ko'rmoqchi

Xitoy musulmonlar tashlangan lagerlarni himoya qildi, G'arb o'zi borib uyg'urlar holini ko'rmoqchi
18 Eylül 2020 - 18:11 'da yuklandi va 533 marta o'qildi.

Xitoy hukumati Shinjon-Uyg'ur bo'lgasida musulmonlarga nisbatan yuritayotgan o'z siyosatini himoya qilib chiqdi.

AQSh uyg'urlarning majburiy mehnati tufayli etishtirilgan Xitoy mahsulotlari importiga cheklov kiritishi ortidan Xitoyning ushbu bayonoti yangramoqda.

G'arb davlatlari Shinjondagi bir milliondan ko'p musulmon tashlangan ziddiyatli lagerlarni va uyg'urlarga nisbatan yuritilayotgan Xitoy siyosatini tanqid qilishadi.

AQSh Shinjondagi jamloqlarni hatto kontsentratsion lagerlarga o'xshatgan.

Lekin Xitoy ularni qayta tarbiyalash yoki kasb-hunar markazlari, deb ataydi.

Pekin chiqargan so'nggi hujjatlarga ko'ra, millionlab ishchilar bu markazlarda kasb-hunar o'rganib, foyda ko'rishgan.

Xitoyga ko'ra, kasb-hunar o'rgatadigan ayni markazlar kambag'allikka qarshi kurash hamda ishsizlikni bartaraf etish uchun muhim.

Xitoy e'lon qilgan hisobotda aytilishicha, “Shinjonda yangi davr uchun zarur bilimli, malakali va innovatsion ishchi kuchlari yaratildi”.

Unga ko'ra, odamlar Xitoy tili (Mandarin tili), kasb-hunar va shahar hayoti uchun zarur malakani olishgan.

Xitoy hujjatiga binoan, endilikda qishloqliklar ham davlat yordami bilan o'z tijoratlarini boshlashmoqda va zavod-fabrikalarda ishlay boshlashgan.

Maktabmi yo turma?

Ushbu lagerlarda bo'lib chiqqan musulmon uyg'ur va qozoqlarning aytishicha, u erlar maktab emas, turmani eslatadi.

Odamlar uyg'ur yoki qozoq tilida gapirishi, Islomiy farzlarni bajarishi mumkin emas.

Ayollarning sochlari kesib tashlanadi va ro'mollari echib olinadi.

Erkaklarning esa soqoli qirtishlanadi va xonadoshlar bir-biri bilan ham gaplashishi ham cheklanadi.

“Tutqunlar hamma joyda har doim maxsus kameralar orqali kuzatib turiladi” – degan lagerda bo'lgan yosh mulla Bi-bi-si bilan suhbatda.

“Hatto uyini sog'inib yig'laganlar jazolangan. Boshimizni ko'rpa bilan yopib yig'lasak, soqchilar kelib olib tashlashardi”.

“Kaltak ko'targan soqchilar hojatxonaga borish uchun 2 daqiqa vaqt beradi” – deydi bir necha oy lagerga tashlangan Gulzira ismli ayol – “Ayol kishini ham shunday xo'rlashadimi…”

Gulziraning aytishicha, legardan chiqqanidan keyin ham bir necha oy majburan qo'lqop tikadigan fabrikada ishlatilgan.

Inson huquqi yo manfaat?

Shinjonda bo'lgan faollarga ko'ra, uyg'urlarning mahalla va hatto uylari ham doimiy kuzatuv ostida.

Hozirda lagerlardagi qator dindor uyg'urlar esa uzoq yillarga hukm qilinayotgani bildiriladi.

Yoshlar lagerdan so'ng bir necha oylab majburan zavod-fabrikalarda ishlatiladi.

AQSh aynan shu uchun ham Shinjonda ishlab chiqarilgan paxta va pamildori mahsulotlari importiga to'siq qo'ymoqda.

Xitoy majburiy mehnat yo'qligini ta'kidladi.

“Majburiy mehnat degan gap yo'q joydan to'qib chiqarilgan uydirma. Amerika va ba'zi G'arblik tashkilot hamda shaxslar o'ylab topishmoqda” – dedi Xitoy Tashqi ishlar vaziri voizi Vang Venbin.

“Ba'zi amerikaliklar o'zini go'yo Shinjondagi milliy ozchiliklarga g'amg'o'rlik qilgandek ko'rsatadi., ammo ularning taqiqlari bu mintaqa taraqqiyotiga zarar etkazadi”.

“AQSh siyosiy manipulyatsiyani to'xtatishi kerak” – degan Xitoy TIV voizi.

Pekin vakillarining aytishicha, AQSh uyg'urlar masalasini bahona qilib, aslida Xitoy manfaatlariga zarba bermoqchi.

G'arb Shinjonga bormoqchi

BMT va Evropa Ittifoqi vakillari Shinjonga borib, uyg'urlarning ahvolini o'z ko'zlari bilan ko'rish niyatida.

Pekinning aytishicha, EI vakillari Shinjonga borishi mumkin, lekin oldindan (Xitoyga qarshi) ayblov xulosasi chiqarib olib, keyin tekshiruv o'tkazishlariga Xitoy qarshi.

Ayni paytda, BMT vakillari ko'ra, ular Xitoy hukumati bilan uyg'urlar masalasini muboyasa etishni to'xtatishmaydi.

“Xitoy hukumati uzaytirgan taklifga muvofiq biz qachon shart-sharoit to'g'ri kelsa, Shinjonga borishni muhokama qilayapmiz” – dedi BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissari Mishel' Bachelet.

Uyg'ur musulmonlari masalasi bugun Xitoy va G'arb o'rtasidagi muhim bahs mavzusiga aylangan.

So'nggi paytlarda AQSh va Xitoy o'rtasidagi savdo mojarolari va iqtisodiy ziddiyatlar ham kuchaymoqda.

Koronavirus borasida yuzaga kelgan holat ham vaziyatni yanada taranglashtirdi.

Dunyoning ikki eng yirik iqtisodi va ulkan qudratlar o'rtasidagi tortishuvlarda esa bugun uyg'ur musulmonlari masalasi tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

AQSh vakillari Markaziy Osiyo davlatlarini ham Xitoy siyosatiga qarshi o'z taraflariga o'tishga chorladilar.

Lekin mintaqa davlatlari bugun Xitoy kredit va sarmoyasiga muhtoj hamda Pekin oldida qarzlari ham oz emas.

Nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyodagi Xitoy yordamiga ehtiyojmand ko'plab kambag'al davlatlar ham, Xitoy bilan muhim tijoriy rishtalarga ega qator badavlatlar ham Pekinni tanqid qilishayotgani yo'q.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube