O’zbekiston Xalq Harakati

Ulug'bek Tursunov Toshkent shahri IIBB boshlig'i birinchi o'rinbosari lavozimidan olindi

Ulug'bek Tursunov Toshkent shahri IIBB boshlig'i birinchi o'rinbosari lavozimidan olindi
22 Eylül 2020 - 22:59 'da yuklandi va 871 marta o'qildi.

Ichki ishlar vazirining sobiq o'rinbosari Muhiddin Jo'raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilmoqda o'zbek nashrlari. Xabar qilinishicha, Muhiddin Jo'raev ushbu lavozimdagi Ulug'bek Tursunovning o'rniga kelgan.

Tayinlanishidan oldin Jo'raev Qo'qon shahri IIB Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan. 2016 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda Jo'raev Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, undan oldin ikki yil davomida Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani IIB boshlig'i sifatida ishlagan (2014-2016).

Ta'kidlash kerakki, uning tarjimai holida aks etgan Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani IIB boshlig'i sifatida ko'rsatilgan vaqt mobaynida militsiya tomonidan sahnalashtirilgan «fohishaxonalarni fosh qilish» natijasida musodara etilgan mol- mulklarning uchastka militsionerlariga berilishiga oid yuzlab amaliyotlar uyushtirilgan. (Bu haqda bu erda va bu erda).

Demak, tizimli tarzda yuzlab toshkentliklarning xonavayron qilinishiga rahbarlik qilgan odam yana yuqori lavozimni egallagan.

Prezidentning to'ng'ich kuyovi Oybek Tursunovning akasi, polkovnik Ulug'bek Tursunovning lavozimidan bo'shatilishiga sabab, aftidan, kuyovning prezident qizi bilan nikohi masalasiga daxldordir. Bu haqda mish-mishlar yil boshidan beri Toshkentda tarqalmoqda.

Ularga ko'ra, Saida Mirziyoevaning yangi tug'ilgan farzandining otasi Oybek emas, balki yaqinda u ko'p vaqtini birga o'tkazgan allaqaysi amaldordir.

Shunisi e'tiborga loyiqki, uning fotosuratlari orasida baxtli otaning bolasi bilan tushgan surati yo'q. Ushbu mojaro va silsilalarning barchasi ijtimoiy medianing o'zbek segmentida qizg'in muhokama qilinmoqda.

Ulug'bek Tursunovga kelsak, u 2017 yilning aprelidan buyon shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan.

Bizning ma'lumotlarga ko'ra, u so'nggi paytlarda o'ngu so'lidagi biznesni yoki o'ziga yoqqan er uchastkalarini tortib olish bilan faol shug'ullangan.

Uning ishtirokidagi eng mashhur voqea 2018 yili sodir bo'lgan. O'shanda militsiya yog'-moy mahsulotlari, jumladan, o'simlik moyi va sovun inlab chiqarishga ixtisoslashgan, 1500 ishchisi bo'lgan «Integral invest» korxonasi egasi, toshkentlik ishbilarmon Jahongir Umarov  giyohvandlik moddalari tashlab qo'lga olingan edi.

2018 yil 22 yanvar' kuni Toshkent shahri IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi Fathiddin Nuriddinov boshchiligidagi 10 dan ortiq qora niqobli “Integral invest” kompaniyasi ofisiga bostirib kirishadi.

Amaliyotni jinoyat qidiruv bo'limi vakili, tezkor xodim Azim Mahmudov boshqargan. Tintuv paytida ofisdan bir necha gramm qoradori moddasi “topilgan”.

Umarov hibsga olingan va o'n bir kun davomida Toshkent shahri IIBBda hibsda saqlangan. Hibsxonada tergovchi Jasur Yoqubov, Nuriddinov va yana bir qancha shaxslar boshchiligida u “aybi”ga iqror bo'lishi uchun qattiq kaltaklangan.

Biroq tadbirkorning himoyachisi o'zining “maxsus amaliyoti” bilan maqtangan Nuriddinovning audioyozuvini undirish orqali o'z mijozi aybsizligini isbotlashga muvaffaq bo'lgan edi.

Nuriddinov, Yoqubov va poytaxt jinoyat qidiruv boshqarmasining katta tezkor xodimi ishdan bo'shatildi, o'nga yaqin militsiya xodimi intizomiy jazoga tortildi – jinoyati uchun emas, balki Umarov ishini tergov qilishdagi “xatolari” uchun.

Umarovning aybsizligi ochiqdan-ochiq ko'rinib turganiga qaramay, 25 avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani jinoyat ishlari sudida Zafar Bobonov raisligida o'tgan sud uni giyohvandlik moddalarini sotish maqsadida noqonuniy saqlaganlikda aybdor deb topdi va 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Shunga qaramay, so'nggi maqolalarimizda yozganimizdek, ish baxtli yakun topdi: tez orada Umarov kassatsiya majlisida sud zalidan ozod qilindi.

Biroq uni tag'in qamoqqa tashlashdi va faqat 2019 yildan keyin ozod qilindi. O'shanda uning «buyurtma» qilinishiga oid asosiy sabablar, balki qo'rquv bois Umarovning qarindoshlari tomonidan ilgari ochiqlanmagan sirlar bizga ayon bo'ldi.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, bu Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, prezident Mirziyoevning katta kuyovi Oybek Tursunovning ukasi Ulug'bek Tursunovning buyrug'i bilan mamlakat yog'-moy sohasini egallash yo'nalishida amalga oshirilgan.

Aynan u IIBBning butun bir jinoyat qidiruv boshqarmasiga topshiriq bergan (Nuriddinov esa bor-yo'g'i giyohvandlik moddasi tashlash va Umarovni qiynash bilan bog'liq “maxsus operatsiya” ishtirokchilaridan biri bo'lgan). Jinoyat fosh etilgach, u “forma kiygan bo'rilar”ning jinoiy ta'qibidan omon qolgan.

Jahongir Umarov ishi bo'yicha barcha havolalar bu erda.

Qo'shimcha qilamizki, biz yuqoridagi mish-mishlarni na inkor, na tasdiqlay olmaymiz, Oybek Tursunovning o'zi hozir Moskvada o'tiribdi.

Aftidan uning oilasi mavqei borgan sari pasayib ketmoqda, ammo yuqorida qayd etilgan aka-ukalarning otasi Botir Tursunov hali ham O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbarining o'rinbosari bo'lib qolmoqda.

Aziya terra” nashridan “Eltuz” tarjimasi

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube