O’zbekiston Xalq Harakati

Aleksey Naval'niy Berlindagi klinikadan sog'ayib chiqdi

Aleksey Naval'niy Berlindagi klinikadan sog'ayib chiqdi
24 Eylül 2020 - 15:50 'da yuklandi va 541 marta o'qildi.

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Naval'niy 22 sentyabr' kuni Berlindagi “Sharite” klinikasidan sog'ayib chiqqan. Bu haqda klinika sayti xabarnomasida aytiladi.

Bemorning ahvoli shu qadar yaxshilandiki, u statsionardan chiqarildi. Aleksey Naval'niy “Sharite”da 32 kun davolandi, bundan 24 kun reanimatsiyada bo'ldi. Bemorning hozirgi holatidan kelib chiqqan holda, davolovchi vrachlar u to'liq sog'ayib ketishi mumkin, deb hisoblaydilar. Zaharlanishning boshqa ko'rinmas oqibatlari haqida keyinroq fikr bildirish mumkin bo'ladi”, deyiladi xabarnomada.

Klinika saytidagi bayonotda qayd etilishicha, Naval'niyning sog'lig'iga oid ma'lumot bemor va uning xotini bilan kelishilgan holda yozilgan.

Aleksey Naval'niy zaharlanish asoratlari bilan 20 avgust kuni Omskda kasalxonaga yotqizilgandi – uning ahvoli Tomskdan Moskvaga parvoz qilayotgan uchoqning ichida yomonlashgan. 22 avgust kuni muxolifatchi Berlindagi “Sharite” klinikasiga ko'chirilgan. U ikki haftadan ko'proq komada yotgan.

Naval'niy “Novichok” oilasiga kiruvchi modda bilan zaharlangani haqida Germaniya rasmiylari bundesver laboratoriyasida olingan tahlil natijalariga tayangan holda ma'lum qilganlar. Keyinroq bu ma'lumotni Frantsiya va Shvetsiya laboratoriyalari ham tasdiqlagan. Siyosatchining qay yo'sinda zaharlangani haligacha ma'lum emas. Germaniyaning Der Spiegel nashri zahar qoldiqlari Naval'niy ichimlik ichgan shishadan ham topilgani haqida xabar qilgan. Muxolifatchining safdoshlari uni Tomskda Naval'niy yashagan mehmonxona nomeridan olib ketganlar.

Siyosatchining safdoshlari u kasalxonaga yotqizilishi bilan jamoat arbobiga suiqasd va terrorchilik moddalari bo'yicha jinoyat ishi ochishni talab qilishgan. Mazkur hodisa bo'yicha Rossiyani surishtiruv o'tkazishga AQSh va Evropa Ittifoqi ham chaqirgan. Rossiyalik rasmiylar esa jinoyat ishi ochish uchun asos yo'qligini ta'kidlamoqdalar. Ular Naval'niydan Rossiyada olingan tahlillarda zaharli modda topilmaganini iddao qilishib, uning zaharlanganiga shubha bilan qarayaptilar.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube