O’zbekiston Xalq Harakati

ASPI: Xitoyda musulmonlar uchun qamoqxonalar kengaytirilmoqda va yangilari qurilmoqda

ASPI: Xitoyda musulmonlar uchun qamoqxonalar kengaytirilmoqda va yangilari qurilmoqda
24 Eylül 2020 - 15:55 'da yuklandi va 510 marta o'qildi.

Avstraliyadagi strategik siyosat instituti – ASPI Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida Xitoy hukumati musulmonlarni “qayta tarbiyalash lagerlari” tarmog'ini kengaytirgani haqida ma'lumot berdi.

Avstraliya instituti tomonidan 24 sentyabrda e'lon qilingan tadqiqotda ta'kidlanishicha, “qayta tarbiyalash lagerlari” tarmog'i jahon hamjamiyati tasavvur qilayotganidan ham kengroq va Xitoy hukumati so'nggi yillarda bu kabi lagerlar sonini ko'paytirgan.

ASPI sun'iy yo'ldoshlardan olingan suratlar, matbuotdagi xabarlar va qurilish uchun e'lon qilingan tender hujjatlarini o'rganib chiqqan.

Natijada Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida lager' ekani gumon qilinayotgan 380dan ko'proq ob'ekt aniqlangan.

“2019 yilning iyulidan 2020 yilning iyuligacha kamida 61 ob'ektda yangi qurilishlar olib borilgan va ularning hududi kengaytirilgan”,-deyiladi tadqiqotda.

Bildirilishicha, 2020 yilda yana kamida 14ta lager' qurilishi olib borilmoqda.

Frantsiya prezidenti Emmanuel' Makron 22 sentyabr' kuni BMT Bosh Assambleyasining 75 -sessiyasida so'zlagan nutqida xalqaro hamjamiyatni Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatidagi uyg'urlar va boshqa muslmon millatlar vaziyatini o'rganish uchun BMT vakolati ostida xalqaro komissiya jo'natishga chaqirdi.

Qo'shma Shtatlar hukumati 14 sentyabrda Xitoydan paxta, kiyim-kechak, komp'yuterlar uchun ehtiyot qismlar, jun sotib olishni taqiqlovchi qarorni qabul qildi.

AQSh hukumatining bildirishicha, bu mahsulotlar Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatidagi musulmonlar va etnik ozchiliklar majburiy mehnati oqibatida ishlab chiqarilgan.

AQSh va qator g'arb davlatlari Xitoyda 1 milliondan ortiq musulmon 2017 yildan beri ekstremizmga qarshi kurash bahonasida “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”da saqlanayotganini tanqid qilib keladi. Ammo Xitoy bu lagerlar “ekstremist va terrorchilarni qayta tarbiyalash” maqsadida tashkil etilganini bildirgan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube