O’zbekiston Xalq Harakati

Jamoatlar orasidagi o'zaro nafrat xususida

Jamoatlar orasidagi o'zaro nafrat xususida
28 Eylül 2020 - 10:57 'da yuklandi va 446 marta o'qildi.

Bundan o'n yillar avval Pirimqul Qodirovni “Yulduzli tunlar” asarini o'qigan edim. Romanda Bobur shialar peshvosi bo'lgan Ismoil podshodan yordam oladi. O'z yurtiga shialarni boshlab kelgani uchun xalq Boburdan voz kechgani, natijada shia va sunniy mojarosi avjiga chiqqani aytila turib, Abdurahmon Jomiydan ikki misra bayt keltiriladi. Baytni ma'nosi “Mendan “shiamisiz yoki sunniy?”, deb so'rashadi. Shukrki, men shianing iti, sunniyning eshagi emasman”, deydi Jomiy.

O'sha vaqtlarda Jomiyni ikki pulga qimmat odam bo'lgan ekan, Shia va Sunniylarni farqiga bormas ekan, men buni hurmat qilib yotibman, deb o'ylab, Jomiy go'riga g'isht qalagan edim. 

Vaqtlar o'tib, Jomiy haq bo'lganligiga amin bo'ldim. Bu gaplarim uchun meni ayblashga, toshbo'ron qilishga shoshilmang. Erinmasangiz quyidagi mulohazalarimni o'qib chiqing. 

Har bir din vakili, o'z dinini tamsil etadi. Boshida nasroniylarni qalpog'ini kiyib olgan pop kimdir bilan zino qilayotgan bo'lsa, “Ana, nasroniyni ahvoli”, deydi. Yahudiyni do'ppisini kiyib olib, odamlarni qatl qilayotgan bo'lsa “Ana, yahudiyni iflosligi”, deyiladi. Xuddi shunday bir musulmon odamlarni nohaqdan o'ldirsa , zulm qilsa, so'ksa, haqoratlasa, zino qilsa “Ana, musulmonni ahvoli”, deyiladi. Biz ko'cha ko'yda eshitib o'rgangan “Ro'molliklarni ko'ryapmiz. Soqol qo'ygan bittasi anuvmi, mahallani domlasiga yuz ming so'm bersang ertalabgacha o'tirib Qur'on o'qiydi”, kabi gaplar bizga qanchalik og'ir botsa ham qaysidir musulmon sabab aytilayotgan bo'ladi. Qalbi “kristalno chistalar” bekorga “fakt” qilib bu gaplarni keltirmaydi. 

Omi, johil, ilmsiz odam din nomidan gapirayotgan insonlarni dindor deb biladi. Men ateist, nasroniy yoki yahudiylar haqida gapirmayapman. Men oddiy musulmon bo'lib tug'ilgan, dinga endi qiziqa boshlagan yoki aqli namozini o'qib, ro'zasini tutib, iloji boricha diniga amal qilmoqchi bo'layotgan musulmonlar haqida gapiryapman. Biri chiqib Moturudiylikga da'vat qiladi. Boshqasi Xizbga. Keyingisi Salafiylikga. Har kim o'z yo'liga da'vat qilganida, haq ahli botildan ajrab, odamlar haqni bilib, haqqa ergashar edi. Ammo har bir mazhab, har bir jamoatni maqsadi haq emas, o'zini haqligini isbotlash va qolganlarni haqoratlash, erga urish bo'lar ekan ahvol hozirgiday bo'ladi. 

Juda uzoq vaqtdan beri Moturudiy, Hizbiy va Salafiylar o'rtasida (bahs-munozara, deyishga til bormaydi) haqorat va iflos yo'l bilan munozara ketyapti. Bir chetdan, hech kimni jamoatida bo'lmay turib, iloji boricha xolis kuzatgan odam sifatida aytaman: Sharmandasizlar! 

Shaxslarga to'xtalishni istamayman. Ammo bu bahs jamoatlar orasida emas, uch-to'rtta shaxslar orasida bo'lgani sabab, alohida to'xtalib o'taman. 

“Hizbut tahrir” jamoasini bugungi kunda tamsil etayotgan inson avvalida “Men hizb emasman. Men oddiy odamman”, deb hizb manhaji bo'yicha taqiyya qilib, o'z pozitsiyasini yashirib da'vat qildi. Hammasi yaxshi edi. Umumiy, haq gaplarni gapirdi. Ixtiloflik masalalarga kirishmadi. Shu uchun tinglovchilar orttirdi. Eshituvchilari bir muncha ko'payib, tanilganidan so'ng asl maqsadga o'tdi. Hizbligini ochiq gapirdi. Eng yomoni ixtiloflarga kirishib, fitna chiqara boshladi. Shayxni malomat qildi. Tabiiyki shayx tarafdorlari unga tashlandi. Borib, borib shunga amin bo'ldimki, uni ham opponentlaridan zarracha farqi yo'q ekan. Mening nazdimda, Og'zi shaloq, haqorat qiluvchi, hammani ayblovchi bir odamga aylandi. 

Shayx tarafdorlari nomidan hamma tanigan, onlaynchi bayroqni ko'tarib chiqdi. Bu odamga ko'p to'xtalishni keragi yo'q. Zotan, hamma kimligini biladi. Og'zi shaloqligi, hukumat pozitsiyasidaligi va o'zidan boshqa hammani haqoratlashi bilan mashhur bo'lgan shaxs. U “Hizbchilar” bilan soatlab, soatlab efir qilib, ikkalasi bir-birini haqorat qilsa, muxlislari so'kdi. Ikkisi so'kinishsa, muxlislari bir-birini kofirlikda aybladi. 

“Hizbchilar” Shayx Muhammad Sodiq bilan cheklanib qolmadi. Sodiq Samarqandiyni bir yil avval hizb haqida gapirgan gapini topib, o'shani piar qila boshladi. Qiziq tarafi, nimaga bir yil avvalgi efirlarida gapirmagan gapini, bir yil o'tib eslab qoldi? Nimaga o'sha vaqtda jim turdi? Xullas, kimlardir missiyasini bajardi. O'rtaga bir parcha najosatni tashladi. Hammani o'shanga qarab tortdi. Moturudiysi ham, Salafiysi ham aralashdi. Zero, maqsad ham shu edi. Hammani o'ziga qaratish.

Qora piar ham piar. 

Uchinchi taraf Salafiylar. Bahs-munozaradan, piardan, haqoratlardan uzoq turadigan, yuqoridagi shaxslardan ancha katta bo'lgan odam. Afsuski u kishini ham tortishga urinishlari besamar ketmadi. O'z nazdidagi jamoatni zalolatda ekanligini aytish bilan kifoyalandi. Ammo tinimsiz u kishi haqqiga aytilayotgan haqoratlar atrofidagilarni to'sib qola olmadi. Katta bir sayt jamoasi o'z platformasini hizblarga qarshi bir shaxs uchun minbar qilib bermaganida, meni nazdimda yana bir pog'ona ko'tarilar edi. Afsuski, shaxsiy g'araz ishga aralashdi. Salafiylar nomidan bir ahli ilm minbarni olib, hizblarga raddiya berdi. Raddiya haqoratlarsiz va shaxslar muhokamasisiz yaxshi o'tdi. To'g'ri yoki noto'g'riligi, tuhmat yoki tuhmat emasligi boshqa masala. Diniy saviyasi borlar baho berib, talashaveradi qolganiga. So'ngiga borib, u kishi ham adashib ketdi. Hizb emas,  maqsad shaxslarga qarab ketdi. 

Salafiylik manhajidagi eng ashaddiy fitna uyasi bo'lgan shaxslarga bu juda qo'l keldi. Endi ular  Moturudiylarni ham, Hizblarni ham ayamay haqorat qilib, masxaralashga o'tdi. 

Bo'lib o'tgan voqealarni ko'p ham tasvirlashga hojat yo'q. Hamma ko'rib, bilib turibdi. Xolis odamlar bezor bo'lgani bor gap. Qalbida din g'ami borlarni ichi og'riyotgani ham bor gap.

Bir-birini kunlab, haftalab haqorat qiladi. Keyin biri chiday olmay fahsh gaplar bilan so'kib yuborsa, “Ana, so'kdi. Mana buni ahvoli”, deb bayroq qilib ko'tarib yuradi. Seni shuncha haqoratlaring, onasi qolmay, xotini qolmay masxaralashlaring evaziga “Masha Alloh birodar, boplabsiz”, deyishini kutganmiding? Hammalaring ekkanlaringni o'ryapsizlar. Bundan ortig'iga loyiq emassizlar.  

Payg'ambar alayhi salom umrlari davomida birortani haqorat qilganlari haqida o'qiganmisiz? Birorta insonni onasi, otasi, xotinini qo'shib masxara qilganlarinichi? Haqni botil yo'l bilan, boshqalar e'tiqodini kamsitish bilan etkizganlariga birorta dalilingiz bormi? 

Sahobalar, tobeinlar sizlar kabi onani, xotinni, erkakni sharafi bo'lgan narsalarni qo'shib, o'rtaga tashlab bahs qilishganmi? Sizlarni uslublaring, gapirish madaniyatlaringni ko'rib odamni ko'ngli behuzur bo'ladi. Ba'zi vaqtlarda esa jirkanib ketaman. 

Biror yopiq guruhda, birilaringni go'shtlaringni boshqasi esa alam qilmas edi. Hammaga masxara bo'lib, ateistlar, dinsizlar va boshqa din vakillari oldida kulgiga qolayotganlaringdan xabarlaring bormi? Yo'q, sizlarga ahamiyati yo'q. O'z shaxsiy manfaatlaring, o'z siyosiy mavqelaring hamma narsadan, insondan, sharafidan, dindan, iymondan ustun turadi. Sizlarni birortalaringni maqsadlaring haqni etkazish emasligiga guvohman. Zero, haqni etkazishni istagan odam klientni qochirmaydi. Uni haqoratlamaydi. Haydamaydi. Savdogarni maqsadi mahsulotini sotish bo'ladi. “Klient vsegdo prav”, deydi. Yaxshi gapiradi. Nimaga? Sotsa – foyda. Sizlar agar da'vatni etkazish, insonlarni haqqa chaqirishni maqsad qilganlaringda savdogar kabi har bir insonga yaxshi muomala qilib, o'zlaringdagini etkazishga urinar edingizlar. 

Ming afsuslar bo'lsinki, maqsad bekorchilikdagi vaqtni o'rnini to'ldirish, o'zini piar qilish, mazhabini reklama qilish, siyosiy maqsadlari yo'lida odamlardan foydalanishdir. Sizlarni nazdlaringda hadisdagi arobiy kofir, fosiq va havorijdir. Chunki uni mazhabi yo'q. U iymon keltirgan. Namoz o'qiydi. Ro'za tutadi. Qodir bo'lsa hajga boradi. Moli nisobga etsa zakot beradi, bo'ldi, tamom. Rosululloh unga “shu va'dangda tursang jannatiy bo'lasan”, deganlar. Sizlar esa mazhablaringga kirmadimi? Bo'ldi, U – kofir, deysizlar. Nega? Qaerdan buncha jasorat? Bir oyog'i jannatda bo'lgan sahobalar o'zida topmagan jur'atni sizlar qaerdan olyapsizlar?

Imom Moturudiyni, Marg'iloniyni kitoblarini o'qiganman. Muhammad Ibn Abdulvahhobni, Ibn Taymiyani kitoblarini o'qiganman. Nabihoniyni kitoblarini o'qiganman. Har biridan o'zimga kerakli foyda, o'zimga kerakli bilimlarni o'rganganman. Ammo sizlar boshqa mazhablarni kitoblarini aybini topish, sharmanda qilish, siyosatlaringga targ'ib qilish uchun o'qigansizlar. Xuddiki, sharqshunoslar islomni tanqid nazari bilan o'qib, ichidan illat axtargani kabi. 

Oddiy xalqni farosati etmaydigan masalalarni kavlab yurasizlar. Mng yil oldin dolzarb bo'lgan va natijada shuni orqasidan ixtiloflar yuzaga kelgan masalalarni bugungi kundagi eng global muammo qilib ko'tarib yurasizlar. Kallani ko'taringlar, birodarlar. Qoloq bo'lib, kigizga yozilgan kitoblarni o'qib, dunyo fanlaridan xabarsiz qolib, qachongacha hammani oldida sharmanda bo'lasizlar? 

Millatni uchdan biri kalimani bilmaydi. Tahorat qilishni bilmaydi. Muboh nima, sunnat nima, farz nima ajratmaydi. Allohni tanimaydi. (Bu postni yozganimga ancha bo'lgan edi. Bugun tarmoqlarda tarqagan “Kalimani bilasizmi?”, degan video so'zlarim isbotidir. Ahvol achinarli darajada.)

Boshqa uchdan biri dindan bezor. Dindorlarni bu hizbiy, bu vahobiy, bu moturudiy deb ajratmaydi. Barchasini birday yomon ko'radi. Barchasini potentsial terrorist deb biladi. Chunki hamma musulmon ro'mol deydi. Soqol deydi. Ibodat deydi. Shariyat deydi. Mana shu narsada ular bilan kelisha olmaymiz. 

Qolgan uchdan biri (siz va men) O'n sakkiz bo'lakka bo'linib olganmiz. Bir-birimizni go'shtimizni eymiz. Uchdan ikki odam bilan kurashish, ularga dinni etkazish o'rniga, bir-birimiz bilan kurashamiz. Kofirlikda, munofiqlikda ayblab, yanada bo'linib, yanada parchalanishni istaymiz. Parcha-parcha bo'lib yotibmiz. Nafratimiz qalbimizni ko'r qilgan. Yana qancha parchalansak xotirjam bo'lasizlar?

Sizlar Hizbiylar aqidada aqlga tayanadi. moturudiylar Allohga makon nisbat bermaydi. Ohod hadis aqidada olinadi, deb o'tirganlaringda sizlar bilan bir jamiyat, bir tilda gaplashadigan odamlar qabrlarga sig'inyapti. Daraxtlardan madad so'rayapti. Avliyolar qabri ustida jonliq so'yyapti. Qaynota kelini bilan zino qilyapti. Bola otasini, ona bolasini so'yib tashlayapti. Maktab yoshidagi qizlar tug'ib, kelinlarni bolasini otasi kimligi noma'lum bo'lib qolyapti. Davom etaveringlar. Bu gaplar sizlarga foydasiz ekanligini bilaman. 

Ammo sizlarni bahslaringni ko'rib, kim haq ekan, qaysi biriga ergashay deb turgan odamlarga aytaman: Sizlar soxta hizbiylarga it, soxta moturudiylarga eshak, soxta salafiylarga xachir bo'lmanglar. Allohning dini bulardan pok. Rosulullohni sunnatlari bulardan ancha yuqorida turadi. 

Odamlarga qarab dinimizga emas, dinimizga qarab, soxtalarga baho beriladi. 

P.S kecha videosi tarqagan Isxoq domlani gaplari yuqoridagi gaplarni yana ham isbot qiladi. Og'zidan chiqayotgan shaloq gaplar, minbarga xiyonat, musulmonlarga nafrat, aqlsiz, saviyasiz gaplar bilan boshqalar kulgisiga sabab bo'lish, mana, mana shu haqiqiy darajamiz. Peshvo, olim, ahli-ilmni ahvoli mana shu. Shunday bo'lganidan keyin, tabiiy bu narsa muridlarga, tarafdorlarga ko'chib o'tadi. “Turqu sovuqlarni” yomon ko'radi. O'z navbatida “turqi sovuqlar” ham bulardan nafratlanadi. Birgina saroy mullani gapi bilan, katta jamoat o'rtasida nafrat yuzaga keldi. 

Assalamu alaykum hammaga.

Sayyid Islom

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube