O’zbekiston Xalq Harakati

Muxolifat faoli Aminboy Qodirov olamdan o'tdi

Muxolifat faoli Aminboy Qodirov olamdan o'tdi
28 Eylül 2020 - 21:16 'da yuklandi va 578 marta o'qildi.

Vatanparvar yurtdoshimiz Aminboy Qodirov 27 sentyabr' kuni Urganchning G'oybu qishlog'ida 81 yoshida olamdan o'tdi.

U hali SSSR bor paytda mustaqillik uchun kurashgandi. “Erk” partiyasi Xorazm viloyati tashkiloti rahbarlaridan biri bo'lgan edi.

Biz Aminboy akani Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum cho'llari bo'ylab “Kamaz” haydagan “dal'noboyщik” sifatida tanirdik. U dengiz floti jangchisi sifatida harbiy kemalarda Karib inqirozi davrida Kuba sohillarida jangovar faoliyatda qatnashgan.

Keyin “Kamaz” haydab, hali Ustyurtda yo'l yo'q paytida O'zbekistondan Rossiyaga yuk tashigan edi. Yo'lda mashinasi buzilib qolgan haydovchilarga doimo ko'mak bergan sahro qoploni edi. Yaxshi, mard, halol odam edi.

Feysbuk messenjeri orqali so'nggi bor Aminboy og'a menga o'limidan uch-to'rt kun burun chiqqan edi.

“Ilgarigidek emas ahvolim. “Tiko”ni avariya qilishimga sal qoldi. Bir marta velosipeddan ham yiqildim. Endi rulga boshqa o'tirmayman. Uyda o'tiraman”, dedi Aminboy aka. Uning o'zi haqidagi gapi shu bilan tamom bo'ldi.

Yaqinda sovet davrida bosilgan qalin jildli “Xorazm O'zbekiston davlatchiligi tarixida” degan kitobni o'qib “maza qilgani”ni gapirib berdi. So'ng O'zbekistondagi bugungi siyosiy muhit, uzoq-yaqin atrofdagi muxolifat vakillari fe'li-xuyidagi o'zgarishlar haqida fikrlashdi. Gaplarimizning bir qismi qiyomatga qoldi…

Xotiramdan adashmasam, Aminboy aka o'z siyosiy faoliyatini suronli 80-yillar so'nggida norasmiylar harakati safida boshlagan, avval “Birlik”, keyinchalik “Erk” demokratik partiyasi safida davom ettirgan.

2018 yilning yanvarida Aminboy aka chet ellarda quvg'inda yurgan muxolifat faollari, xususan, muxolifat lideri Muhammad Solihni oqlab, vatanga qaytarish aktsiyasi tashabbuschilaridan biri sifatida maydonga chiqqan edi.

Bugun esa u umrining so'nggi soniyasigacha ijtimoiy media faoli o'laroq ko'p yoshlarga o'rnak bo'lganini ham angladim. Messenjer sahifasida uning so'nggi qoldirgan izohi 27 sentyabr' kuniga to'g'ri kelgan. Aynan shu kuni uning timsolida biz yaqin safdoshimizni yo'qotdik.

Qudrat Bobojon
Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube