O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziëev qadamini sanaëtganlar kim?

Mirziëev qadamini sanaëtganlar kim?
29 Eylül 2020 - 13:41 'da yuklandi va 1233 marta o'qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev eng ishongan davlat amaldorlari – sobiq MXX raisi Rustam Inoyatovning josuslaridir. Bunday aql bovar qilmas iddao bilan Eltuzga maktub yo'llagan shaxs o'zini «hukumatda muhim vazifa» bajarishini ta'kidlaydi. «Hukumatda muhim vazifa» bajaruvchi anonim shaxs yo'llagan maktub ikki qismdan iborat. Maktubda shuningdek O'zbekiston hokimiyatining yuqori eshelonlarida prezident Karimov o'limidan so'ng yuz bergan evrilishlar tahlil qilingan.

“Eltuz” mazkur maktubdagi da'volarning ba'zilarini tekshirdi. Ba'zilariga aniqlik kiritdi. O'zining hukumatdagi manbalari orqali maktubda keltirilgan ma'lumotlarni qisman tasdiqlatdi. Maktub bilan tanishganlardan biri¸ maqolani yo'llaganlar “Yangi Bosh vazir uchun yo'l ochish maqsadida amaldagi Bosh vazirni ëmon otliq qilish” maqsadini ko'zlagan deya o'z fikrini aytdi. Ayni paytda O'zbekiston boshqaruv elitasining ëpiqligi bois barcha iddaolarni tekshirish imkoni yo'q. Ammo biz taqdim etilayotgan ma'lumotlarning O'zbekiston kelajagiga ta'siri va potentsial ahamiyatini inobatga olib, maktubni boricha nashr etishga qaror qildik. Quyida uning dastlabkisini e'tiboringizga havola etamiz. Hukm chiqarish aziz o'quvchilarga, ma'lumotni tekshirish O'zbekiston huquq tartibot idoralari e'tiboriga havola. Maktub maqola “Inoyatovning ayg'oqchilari” deya sarlavhalangan.

Inoyatovning ayg'oqchilari

2015 yilning 21 aprelda prezident Islom Karimov Ixtiyor Abdullaevni O'zbekiston bosh prokurori etib tayinladi.

Bosh prokuror vazifasida Ixtiyor Abdullaev qaltis harakat qilmaslikka urindi, chunki uning

atrofini o'rab olgan muovinlari sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov va MXXning o'sha

paytdagi raisi Rustam Inoyatov bilan yaqin aloqalarga ega edilar.

Shaxs sifatida o'ta qo'rqoq va mustaqil fikrga ega bo'lmagan Ixtiyor Abdullaev har qanday buyruqni so'zsiz ijro etishga o'rgatilgandi. Prezidentning davlat maslahatchisi bo'lgan davrda ham hech bir qarorni mustaqil qabul qilmas, I. Karimov bergan har qanday topshiriq haqida to'g'ri borib R. Inoyatov va R. Qodirovga hisobot berardi.

Xavfsizlik xizmati, prokuratura, prezident apparati va boshqa vazirliklardagi vazifalarni taqsimlashni amalda Rustam Inoyatov va Rashitjon Qodirov hal qilardi. I. Karimov stoli ustiga qanday hisobot va ma'lumotnomalar borib tushishi ham shu ikki shaxs nazoratida edi.

Shavkat Mirziyoev va uning oilasiga qarshi prokuratura o'tkazgan rejali bosimlar ortida esa bir shaxs – Rustam Inoyatov turardi.

Sxema juda oddiy edi: Ixtiyor Abdullaev bosim ko'rsatadi, Rustam Inoyatov esa tiz cho'ktiradi.

Shavkat Mirziyoev yoki oilasi kichik xatoga yo'l qo'ysa yoki qonundan ozgina tashqari chiqsa Rashid Qodirov darhol bu faktlarni kovlashni boshlardi. Lekin Rashid Qodirovda hokimiyat oliy esheloniga oid operativ ma'lumotlar yo'q edi.

Prokuratura qoshidagi departamentga operativ xizmat sifatida qarash kerak emas – u prokuratura va MXX o'rtasida ma'lumot tashuvchi organ vazifasini bajarardi. Sh. Mirziyoev haqidagi barcha operativ ma'lumotlarni R. Qodirovga yo R. Inoyatovning o'zi yoki uning MXXdagi sodiq odamlari berishardi.

Bunday holat birgina Rustam. Inoyatovga qo'l kelardi – shu tarzda u Shavkat Mirziyoevni doimiy qo'rquvda ushlab turardi. U o'ziga qulay fursatda R. Qodirovni bir qo'ng'iroq bilan to'xatatar va so'ngra Shavkat Mirziyoev orqali o'ziga aloqador biznes yoki boshqa masalalarni hal qilardi.

I. Karimov vafotidan keyin boshlangan hokimiyat uchun ichki kurashni Ixtiyor Abdullaev bir chetda qo'l qovushtirib kuzatib turdi. Ammo, kezi kelganda, eng qudratli shaxslar – Zelimxon Haydarov va Rustam Inoyatovning fikrlarini qo'llab-quvvatladi.

Bosh prokuror etib tayinlangandan keyin Rashid Qodirovdan farqli Ixtiyor Abdullaev Shavkat Mirziyoev, uning oilasi a'zolari va qarindosh-urug'larini ta'qib qilishni to'xtatdi.

2016 yil sentyabrida Shavkat Mirziyoev prezident vazifasini ijro eta boshladi. Xuddi shu paytdan boshlab, Ixtiyor Abdullaev prezident ishonchini qozonish yo'llarini izlay boshladi.

E'tirof etish kerak, Shavkat Mirziyoev avvaliga unga ishonchga loyiq shaxs sifatida qaramadi. Ammo keyinchalik muqobil nomzodlar bo'lmagani sababli va, qolaversa, o'zi va yaqinlari muammolari qaerdan paydo bo'layotgani haqida ma'lumotlar berib turgani uchun Ixtiyor Abdullaevni o'z yoniga oldi.

Bosh prokuror Ixtiyor Abdullaev Mirziyoev va uning oilasiga qarshi Rashid Qodirov to'plagan ko'plab kompromatlarni yo'q qilib tashladi va Shavkat Mirziyoevning eng ishonchli odamiga aylandi.

Ana undan keyin Ixtiyor Abdullaev o'z odamlarini bosh, viloyat va tuman prokuraturalarida eng muhim vazifalarga joylashtirishga o'tdi va bir paytning o'zida o'z istalmagan shaxslarni yo'q qilib bordi.

Endi bosh prokuraturadan faqat Iixtiyor Abdullaevning og'zidan chiqqan ma'lumotlargina Shavkat Mirziyoevga etib bora boshladi. Ixtiyor Abdullaevga qarshi Rashid Qodirov tomonidan ko'plab kompromatlar to'plangan edi. Shuning uchun ham Ixtiyor Abdullaev ongli ravishda Rashid Qodirovni ta'qib etmadi.

Ixtiyor Abdullaev xavfsizlik xizmatiga rais bo'lib o'tgach, uning o'rniga bosh prokuror etib tayinlangan Otabek Murodov Rashid Qodirovga qarshi kampaniyani sidqidildan boshlab yubordi va prezident topshirgan boshqa vazifalarni ham muvaffaqiyat bilan bajara boshladi. Ammo yangi bosh prokuror bir xatoga yo'l qo'ydi – Otabek Murodov zimmasiga yuklatilgan vazifalar Rustam Inoyatovning qulog'iga borib etdi. U esa tajribasiz bosh prokurorning kar'erasiga mohirlik bilan nuqta qo'ydi.

Shavkat Mirziyoev xavfsizlik xizmatiga rais etib tayinlangan Ixtiyor Abdullaevga quyidagi vazifalarni yuklagan edi:

1. Shavkat Mirziyoev yaqinlari va davlat mulozimlari orasidagi yollangan agentlar ro'yxatini qo'lga kiritish;

2. MXX tomonidan Mirziyoevga qarshi to'plangan barcha kompromatlarni tozalash va yo'q qilish;

3. R. Inoyatov tayinlagan, unga ishlaydigan barcha mulozimlarni topish va vazifalaridan chetlatish;

4. Rustam Inoyatov va Zelimxon Haydarovga qarshi kompromat to'plash.

Shavkat Mirziyoev bu vazifalarni bajarishi uchun Ixtiyor Abdullaevga ilk navbatda o'z jamoasini tuzishga ruxsat berdi. Muhim postlarga ishonchli odamlarini qo'yib chiqqan Abdullaev prezident bergan vazifalarni birin ketin bajara boshladi.

Shu asnoda MXXning cheksiz qudrat va vakolatlarga ega ekanidan shoshib qolgan I. Abdullaev o'z komandasi bilan Sh. Mirziyoevni o'z yo'rig'iga solish va alaloqibat mutlaq hokimiyatga ega bo'lishi mumkinligini anglab etdi. Buning uchun sekin, hisob bilan va xatosiz harakat qilish zarur edi.

Ammo maxsus xizmatlarda ishlash tajribasi va vaziyatni chuqur tahlil qilish uquviga bo'lmagan I. Abdullaev rejasi yashin tezligida chil-parchin bo'ldi.

Davlat Xizmati raisi vakolatlaridan foydalanib, Ixtiyor Abdullaev o'zi va yaqinlari haqida to'plangan ma'lumotlarni ham yo'q qilib tashladi. Eng qizig'i uning o'zi ham MXXning yollangan agenti edi.

Ixtiyor Abdullaev va uning komandasi Shavkat Mirziyoev va oilasi haqidagi maxfiy ma'lumotlar nusxalarini saqlab qolishdi. Shu bilan birga kelajakda asqotadi degan umidda Shavkat Mirziyoev atrofidagi ba'zi yollanma agentlar haqidagi ma'lumotlarni ham yashirib qo'yishdi.

Ixtiyor Abdullaev komandasi bir yil davomida bu agentlardan mohirlik bilan foydalandilar. Ular bergan ko'plab ma'lumotlar OAVga sizdirildi va turli biznes manfaatlarida foydalanildi.

Xo'sh, Mirziyoev atrofidagi agentlar kimlar?

01 – Bosh vazir Abdulla Aripovdan boshlaymiz. Butun dunyoda axborot tizimlari va kommunikatsiyalarga mas'ul shaxslar maxsus xizmat agentlari hisoblanadi.

02 – Bosh vazir birinchi o'rinbosari Ochil Ramatov ham MXX tomonidan yollangan.

Ularning ikkalasi o'tmishda ham, hozirda ham o'z xo'jayinlariga Shavkat Mirziyoev haqidagi ma'lumotlarni shipshib turishadi. Ularning xo'jayini bu ma'lumotlarni o'zi ishongan shaxslarga, ular esa ommaviy axborot vositalariga sizdirib turishadi.

03 – Zaynobiddin Nizomiddinov MXXga yollangan agentdir. U bu sohada ko'p yillik tajribaga ega.

Shavkat Mirziyoev Nizomiddinovni o'ziga bunchalar yaqinlashtirmagan bo'lardi, ammo MXX o'z maqsadiga nihoyatda asta-sekinlik va ehtiyotkorlik bilan erishdi.

Bir paytlar Shavkat Mirziyoevning yordamchisi bo'lardi. U xalq orasida Baxtiyor shtangist laqabi bilan tanilgan edi. Rustam Inoyatov odamlari uni bir necha bor yollashga urinib ko'rganlar, ammo tabiatan o'ta qaysar va qaytmas bo'lgan Baxtiyorni o'z tomonlariga og'dira olmaganlar.

Ammo DXX o'z maqsadiga, qanday qilib bo'lmasin, erishadi – yo ularga ishlaysan yoki umuman ishlamaysan. Rejalari amalga oshmagach, Baxtiyor shtangistni bir kunga o'g'irlashadi. Eng sodiq odami yo'qolganidan xavotirga tushgan Shavkat Mirziyoevni Baxtiyorning MXX josusi ekaniga ishontirishadi.

Bu shaklda MXX bir o'q bilan ikki nishonni uradi: Baxtiyor shtangist Shavkat Mirziyoevdan uzoqlashtiriladi, Zaynobiddin Nizomiddinovga yo'l ochiladi.

Zaynobiddin Nizomiddinov Shavkat Mirziyoevning har qanday topshirig'ini silliq qilib bajara boshladi. Shavkat Mirziyoev qanday qilib yoshgina bir yigitning og'ir vazifalarni mohirlik bilan bajargani haqida o'ylab ko'rganmikan?

Javob: Nizomiddinovni professionallar qo'llab-quvvatlashardi.

Nima uchun ommaviy axborot vositalarida Shavkat Mirziyoev va oilasi haqida salbiy ma'lumotlar ko'payib ketganini endi ko'pchilik anglab etgan bo'lsa kerak? Abdulla Aripov, Ochil Ramatov va Zaynobiddin Nizomiddinov o'z xo'jayinlari Rustam Inoyatovning sodiq itlaridir. Ammo Rustam Inoyatov hech kimga ishonmaydi. O'zini himoyalab olish maqsadida Rustam Inoyatov Aripov, Ramatov va Nizomiddinov haqidagi ma'lumotlarning bir qismini Rossiya GRUsiga berib qo'ygan.

Abdulla Aripov, Ochil Ramatov va Zaynobiddin Nizomiddinov nima uchun Shavkat Mirziyoev ishi va uning oilaviy muammolari haqida juda ko'plab salbiy ma'lumotlarni matbuotga sizdirib turishadi?

Bu uchlik Shavkat Mirziyoev, uning xotini, qizlari va kuyovlari xarakterini yaxshi o'rgangan. Salbiy xabarlarni tarqatish orqali Shavkat Mirziyoev oilasi a'zolarini o'zaro kelishmovchiliklarni hal qilish bilan band qilib qo'yib, ular o'z masalalarini hal qilib olishmoqda.

(Maktub maqola muallifi davomini ëzishni va'da qildi)

Maqolada keltirilgan fikr-mulohazalar “Eltuz”ning nuqtai nazarini aks ettirmaydi. Shu bilan birga “Eltuz” bu maqolada keltirilgan iddaolarni rad qiluvchi ëki to'ldirmoqchi bo'lganlarga ham minbar beradi.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube