O’zbekiston Xalq Harakati

Bahodir Fayz: Tog'li Qorabog'dagi voqealarga oid kuzatishlarim

Bahodir Fayz: Tog'li Qorabog'dagi voqealarga oid kuzatishlarim
30 Eylül 2020 - 18:20 'da yuklandi va 657 marta o'qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashi N'yu-Yorkda favqulodda yig'in o'tkazib, “Tog'li Qorabog'” nizosini muhokama qildi. Birlashgan Millatlar Xavfsizlik Kengashi Armaniston va Ozarbayjonni “zudlik bilan janglarga chek qo'yish” va muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Tog'li Qorabog' ishg'ol qilinganiga 30 yil to'lmoqda ammo shu paytgacha nizo tinch muzokaralar yo'li bilan hal qilinmadi.

AQShda yashaëtgan publitsist Baxodir Fayz bu mojaro tarixi va echimlariga oid o'z muloxazalarini Eltuz uchun maxsus ëzib berdi:

Bahodir Fayz: Tog'li Qorabog'dagi voqealarga oid kuzatishlarim

Armaniston tarafidan qo'llab quvvatlangan va hech kim tarafidan tan olinmagan qurolli guruh 30 yildan beri Ozarbayjon hududlari ichidagi Tog'li Qorabog' regionida ishg'olchi o'laroq turibdi.

Tog'li Qorabog' 90-nchi yillar boshida Moskva dastagi bilan qurollangan armani jangarilari tarafidan ishg'ol qilingan, Ozarbayjon tarixida “Ho'jali qatliomi” kabi mash'um fojealar bilan bizning yodimizda. Aksar dunë davlatlari va BMT Tog'li Qorabog' Ozarbayjonning huquqiy hududi ekanligini tan olib keladi.

Faqat janubiy Kavkazni nazoratdan chiqarishni istamaydigan Rossiya eski imperiya hayollari bilan regiondaki mavjud muammolarni yanada chigallshtirib bir krizis holiga keltirdi.

26 sentyabr kuni Armaniston tarafidan dastaklangan jangarilarning Ozarbayjon aholi punktlariga hujumi yangi to'qnashuvlarni boshlab yubordi.

Bu erda ikkita eng muhim masalani ta'kidlab o'tsam: Armanistonning bu hujumi vaqti-vaqti bilan ko'riladigan oddiy chegara mojarolariga o'xshamaydi.

Ikkinchidan, 1990-yillardan farqli o'laroq, bu safar Ozarbayjon aniq harbiy ustunlikka ega; agar Rossiya aralashmasa. (Isroil va Turkiyada ishlab chiqarilgan dronlar urushda Ozarbayjonlarning havodagi ustunligini ta'minlaydi. Bundan tashqari muntazam qo'shinlarda 66 ming askar bor. Og'ir artileriya, xususan 500 tank mavjud).

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari 21 va 26 sentyabr kunlari “Kavkaz-2020 mashqlari” deb nomlangan yirik mashg'ulot o'tkazdi. 80 ming shaxsiy tarkib, 250 ta asosiy jangovar tanklar, 450 ta zirhli texnika, 200 ta qurol va ko'p o'qli raketa tashuvchilar, jangovar samolyotlar qatnashdi.

Tatbiqotda raketalarga qarshi hujum tizimlari bilan mashhur S-400 va S-300 ishlatildi.

Mashg'ulotda sobiq ittifoq respublikalarining ramziy qo'shinlari ham qatnashgan, ammo mashg'ulotning bir qismi Armaniston hududida o'tkazilgan, general Tigran Parvanyan qo'mondonligidagi arman kuchlari mashg'ulotda faol qatnashgan.

Ozarbayjon esa Moskvaning bu tatbiqot taklifini qabul qilmadi.

Ozarbayjonning Rossiya taklifiga rad javobi, nazarimda Putinni gazablantirgan ko'rinadi.

Armaniston sentyabr oyining boshidan Ozarbayjonga qarshi 1994 yildan beri amal qilib kelinayotgan sulh tartibini buzdi. Rossiya mashg'ulotlarining so'nggi kunida Armaniston Tog'li Qorabog atrofida hujumlar boshladi.

Rossiya mashg'ulotlarining rasmiy asosi “aksilterrorchilik faoliyati” edi. Ammo og'ir qurollar va ishlatilgan S-400 lar shuni ko'rsatadiki, Putin kuchini namoyish qilib, Kavkazni o'zining “orqa bog'chasi” ekanini ko'rsatmoqchi.

Hullas bu hujumlarning orqasida Putin “shou” turibdi.

Ammo Ozarbayjon endilikda Sovet imperiyasi tarkibida bo'lgan “sodiq mustamlaka” davlat emas.

Bugungi Ozarbayjon neft daromadlari bilan mustahkamlandi, armiyasini modernizatsiya qildi, qurol tizimlarini Rossiya monopoliyasidan ozod qildi.

Albatta sobiq imperiya hayollari qurayotgan Putin uchun bu jarayonlar oldi olinishi kerak bo'lgan bir tahlika edi.

Tariximizdan bilamizki, Chor Rossiyasi ham, Stalin ham “Panturkizm” qo'rquvi evaziga Kavkaz o'lkalaridagi turklarning mavjudligini tarqatib yuborish va Armanistonni kuchaytirish siyosatini olib bordi.

1914-1918 yillarda Ozarbayjon Respublikasining maydoni 140 ming kvadrat kilometrni tashkil etar edi; Sovet hukumati davrida 87 ming kvadrat kilometrgacha qisqartirildi.

Ozarbayjonda va bizning Turkiston o'lkalarida Kirill alifbosiga o'tildi. Ammo Moskva arman millatchiligini saqlab qolish uchun arman alifbosiga tegmadi.

Turkiya va Ozarbayjon munosbatlari

Sovet Ittifoqi qulab, Ozarbayjon mustaqillikka erishgani natijasida Turkiya hukumatlari, jumladan hozirgi Erdo'g'on iqtidori ham har doim Turkiya bilan mushtarak madaniyat, til va qon bog'i bo'lgan Ozarbayjon munosabatlarida “ikki davlat – bir millat” strategiyasini qo'llab keldi.

Turkiya uzoq yillardan beri Ozarbayjon bilan iqtisodiy hamkorlik bilan birgalikda, harbiy sohalarda jumladan Ozarbayjon armiyasini zamonaviy “Insonsiz havo vositalari” dronlar, zamonaviy harbiy texnologiya bilan ta'minlab turdi.

Turkiya va Ozarbayjonning mudofaa sohasidagi bu strategik hamkorligi, Shimoliy Kavkazning chuqurlashib borayotgan strategik muvozanati Moskva va Erevan uchun xavotirli bo'lib qoldi.

Bu muvozanat 20-asrning boshlarida bo'lgani kabi, 21-asrning boshlarida ham Rus va Arman paranoyasiga sabab bo'lib keldi.

Bu ittifoq tamallari faqatgina qardoshlik bog'lari bilan emas balki tarixiy Usmonli -Turkiya-Ozarbayjon taqdiri bilan chambarchas bog'liq edi.

Turkiya uchun Ozarbayjon Turkiyaning sharqiy darvozasi, Turkiya esa Ozarbayjon uchun g'arbiy darvoza hisoblanadi.

Bugun Turkiya Tog'li Qorabog' masalasiga imkoni doirasida diplomatik dastak bermoqda.

Albatta, Turkiya davlat ongi shuni talab qiladi. Baxtimizga Turkiya bor.

Ammo, bizning mustaqil deb ataydigan Turk davlatlari qardosh Ozarbayjonga dastak bo'lishlari kerak.

Ozarbayjon, Qorabog' masalasi butun Turk dunyosi va Turkiston turklari masalasi bo'lishi kerak. O'zbekiston, Qozog'istondan Tatariston, Yoqutiston turklariga kadar…

Turk jumhuriyatlari iqtisodiy masalalarda, nafaqat pul kerak bo'lganda qardosh ekanliklarini eslamasliklari, balki har doim, jadidchi bobolarimizdan Ismoil Gaspirali aytganidek “Tilda, Fikrda, Ishda Birlik” bo'lishlari kerak.

Biz uchun turklarning yaxlitligi va ittifoqining davomiyligi muhimdir.

Buyuk turk faylasuf shoiri Ziyo Go'kalp aytgan kabi, «Barcha turklar bir armiya, jangda qatnashmagan qochoqdir. Qadim ëzuvlarda aytilgan kabi urushdan qochgan olchoqdir»

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube