O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekistonda o'zgarishlar ehtimoli katta(mi)?

“O'zbekiston yopiq qolmoqda va gapirish mumkin bo'lgan fazo kichrayib bormoqda” – deydi o'zbekistonlik jurnalist Abdumalik Boboev -“Bundan vaziyatda norozilikning portlash darajasida chiqishi ehtimoli kuchayadi”.

O'zbekistonda o'zgarishlar ehtimoli katta(mi)?
12 Ocak 2012 - 15:55 'da yuklandi va 1737 marta o'qildi.

“O'zbekiston yopiq qolmoqda va gapirish mumkin bo'lgan fazo kichrayib bormoqda” – deydi o'zbekistonlik jurnalist Abdumalik Boboev -“Bundan vaziyatda norozilikning portlash darajasida chiqishi ehtimoli kuchayadi”.

Hozir Ovro'poda qolayotgan jurnalistning aytishicha, qashshoqlik va korruptsiya kabi illatlar boshqa sobiq sho'ro mamlakatlarida ham mavjud, ammo u erlarda ana o'sha muammolarni ko'tarib chiqish imkonlari bor. O'zbekistonda esa bu borada hatto gapirib bo'lmaydi.

Arab davlatlaridagi g'alayonlar va inqiloblardan beri O'zbekistonda nazorat kuchaytirilgan. Misr, Liviya, Tunis va boshqa arab davlatlaridagi xalq g'alayonlari haqida juda cheklangan axborot tarqatilgan, ba'zi holatlarda mazkur voqealar O'zbekiston matbuotida deyarli eslatilmagan.

Keyinroq mamlakatda internet cheklovlari ham kuchaytirilayotgani, hukumat qo'llovidagi ijtimoiy tarmoqlar tashkil etilayotgani kuzatiladi.

Boshqa tomondan, O'zbekiston sekin-asta yana G'arb bilan munosabatlarini tiklamoqda. AQSh Afg'onistonga olib boradigan xavfsiz va o'ng'ay muqobil ta'minot yo'liga erishish uchun O'zbekistonga ehtiyoji ortgan.

Vashington hozir qanday tuzum bilan murosa qilayotganini yaxshi tushunadi va Toshkent bilan muloqotlarda inson huquqlari masalasiga e'tibor qaratilishini urg'ulaydi.

Biroq inson huquqlari faollari amaliy ijobiy o'zgarishlari kechmayotganin aytadilar.

Muhojirot va siyosat

Biroq bir necha million o'zbekistonlik bugun Rossiyada mehnat muhojiri bo'lib ishlamoqda. Tahlilchilarga ko'ra, u erdagi nisbatan erkin matbuot va ochiqroq jamiyatni ko'rayotgan muhojirlar onggida muyyan o'zgarishlar kechishi ham tabiiy.

“Arab bahori so'nayotgandek ko'rinsa-da, ammo Rossiyada kuzatilayotgan namoyishlar O'zbekistonga ham ta'sir etmay qolmaydi” – deydi Abdumalik Boboev -“O'zbeklar Rossiya telekanallarini ko'rishadi, muhojirlar u erda ishlab kelishmoqda va voqelikni O'zbekistondagi vaziyat bilan bilan solishtirishmoqda”.

Arab davlatlaridagi g'alayonlar sobiq Sovet Ittifoqiga ham sachraydi, degan fikrlar halicha o'zini oqlamadi. Kuzatuvchilarga ko'ra, o'zaro bordi-keldi kamligi, til farqliligi, ba'zi erlarda axborot to'silgani va o'rtadagi masofa ham bunga sababdir.

Ayni paytda, O'zbekistonda qandaydir ommaviy noroziliklar kechishiga shubha qiladiganlar ham oz emas. Xususan, xalqaro inson huquqlari guruhlariga ko'ra, 2005 yilgi Andijon xunrezligi ortidan o'zbeklar qattiq qo'rquvda yashashmoqda va hukumat o'z tanqidchilarini qo'rqitish hamda jazolash yo'liga o'tgan.

Lekin sobiq SSSR so'nggi yillar rangli inqiloblarga sahna bo'ldi. Gurjiston, Ukraina va Qirg'izistonda rahbarlar va tuzumlar o'zgargandi.

Shu qatorda, mazkur o'zgarishlar ko'p hollarda ijobiy samara bermadi. Ukrainada, masalan, inqilobdan kutilgan natijalar chippakka chiqqani, yangi rahbariyat yana korruptsiyaga yo'l qo'yib bergani aytiladi. Bu mamlakatda keyinchalik yana sobiq tuzum tarafdorlari qudratga kelishdi.

Qirg'izistondagi inqilob esa nafaqat tartibsizlik va boshboshdoqlik keltirdi, balki qonli milliy mojarolar o'rtaga chiqdi. Ko'plab kuzatuvchilar bu mamlakat hano'z qonunsizlik, millatchilik va qashshoqlik tarafga qarab og'ib ketayotganini aytishadi.

Misrliklar esa inqilobdan kutgan o'zgarish umidlari xomxayolga aylangani haqida gapira boshlashgan. Livida ham ichki nizolar ehtimollari kuchayotgani xabarlari bor.

Abdumalik Boboevning o'zi ham inqiloblar va yo kuch orqali tuzumni o'zgartishiga qarshi ekanligini urg'ulaydi.

“O'zbek xalqi tartib va xotirjamlikni yoqlaydi” – deydi jurnalist -“Biroq O'zbekistondagi ahvol shu darajaga borib etayaptiki, odamlarning boshqacha yo'lda o'zgarish keltirish imkonlari qolmagan”.

bbc.co.uk/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube