O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Andijonda qish. 25-30 o'quvchidan darsga 3-4 tasi kelyapti xolos

Andijonda qish. 25-30 o'quvchidan darsga 3-4 tasi kelyapti xolos
14 Ocak 2012 - 10:33 'da yuklandi va 1834 marta o'qildi.

Andijonda bu yilgi qishda odamlar avvalgi qishlarga qaraganda ko'proq qiynalishmoqda.
Andijondagi manbalarimizdan olingan xabarda “Hokimiyat ko'mirni erkin sotilishini cheklagani, va ko'mirni aholiga faqat mahalla fuqarolar yig'ini orqaligina tarqatishni joriy etgani bois, ko'mir narxi 3 marta oshib ketdi”, deyiladi. Viloyatning Jalolquduq tumanidan olingan xabarda aytishicha, qishloqqa mahalla fuqarolar yig'ini orqali mayda ko'mir (ko'mir uni) kelgan, bu ho'l ko'mirni xam odamlar to'polon bilan olishgan, ba'zilar ko'mir ustiga o'zlarini tashlab, shu qismi meniki deb yotib olishgan. O'quv yurtlari – institutlar, kollejlar, maktablarning o'quv xonalari muzlab yotibdi. Ularda talabalar sovuq sharoitda o'qishmoqda.
Hokimiyat Andijon shahridagi maktablar sinf xonalariga pechka qurishni oldindan aytgan, qish qattiq kelishidan ogohlantirib. “Maktabimizdagi har bir sinf xonasiga o'quvchilardan pul yig'ib pechka qurdirilgan, ko'mir beramiz deyishgan edi, lekin berishmadi, bolalar o'zlari o'tin terib, topib kelishyapti, shuni yoqyapmiz” deyishmoyda o'qituvchilar. “Dars o'zi 45 minut bo'lsa, dars o'tasizlarmi yoki pechka yoqib o'tirasizlarmi?” degan savolga o'qituvchilar: “Pechkani ikkichi bolalarga jazo sifatida yoqtiryapmiz, qolganlarga dars o'tyapmiz. Lekin goh sinflar tutunga to'lib ketmoqda, tutundan o'quvchilarning ko'zlari achishib, yoshlanmoqda” deya javob berishdi. Kasb-hunar kollejlarida xam ahvol og'ir, sinf xonalari sovuq. Shunga qaramay, o'qishni bekor qilishgani yo'q. Ko'p kollejlarning o'z isitish tizimi mavjud, ularni qishki mavsumda ishga tushirish uchun yonilg'i ajratiladi, lekin bu yonilg'ini kollej rahbarlari talon-taroj qilishadi yoki yuqoridagilar bilan kelishib, kollejni qishki mavsumda isitish uchun ajratilgan mablag'ni o'zlashtirishadi.
Andijon shahridagi birorta o'quv yurti qishki mavsumda isitilmaydi, o'quv yurti hududidagi “kotel'nyy” degan xonani har gal qishga yaqin komissiya kelib, o'zicha tekshirgan bo'ladi, qishga isitish xonalari tayyormi, deb o'zicha kollej rahbarlarini tergab qo'yadi. Hatto “ANDIJONNOMA” degan viloyat hokimligi gazetasi xodimlarini kollejlarga yuborib, tekshiruv reydlari o'tkazishadi, falon-falon o'quv yurtlarida qishga tayyorlanishda jiddiy kamchiliklar bor, deb tanqidiy maqolalar xam yozishadi. Lekin bundan hech qanday naf yo'q – o'quv yurtlari baribir qishda isitilmaydi.
“Muzdek xonalarda 3 para darsda o'tirib, sovqotib ketyapmiz. Ba'zilar shu bois darsga kelmayapti. Qishda doim shunaqa bo'ladi hamma kollejda. Nomiga 5-6 kunda bir “kotel'nyy” degan joyda o't yoqishib, mo'risidan tutun chiqarib qo'yishadi, odamlarda o't yoqishyapti ekan degan fikrni uyg'otish uchun, lekin bundan nima foyda bizga? Bu faqat bizning kollejda emas, xamma kollejlar xozir shunaqa, sovuq”, deydi Andijon Bank Kolleji 3 kurs talabalaridan biri.
“O'quv xonalarimiz sovuq, shu bois ko'pchilik o'quvchilar darsga kelishmaydi. Ayrim o'quvchilarning oyog'iga kiyadigan qishki poyafzali yo'q, shuning uchun qashshoq oilalarning farzandlari o'qishga kelolmaydi. Aksariyat o'quv guruhlarida hozir 25-30 ta o'quvchidan 3-4 tasi kelyapti, xolos”, dedi Andijon sanoat va transport kolleji o'qituvchisi. Andijonda har bir kasb-hunar kollejiga biror katta amaldor biriktirib qo'yilgan. Bu amaldor asosan o'quvchilarning davomatini (o'qishga kelishini) ta'minlash bilan shug'ullanadi, xolos. Masalan, Andijon sanoat va transport kasb-hunar kollejiga Andijon viloyati prokurori Dexqonov biriktirilgan. Shunga qaramay, bu kollejdagi davomat juda past darajada. Yangi chiqqan qandaydir qonunga ko'ra, farzandini kollejga o'qishga yubormagan ota-onaga jarima solinar ekan. Andijonda ba'zi ota-onalar shu jarimani to'lashga sud qarori bilan majbur etilgan. O'quv guruhlarining rahbarlari kelmayotgan talabalarning uylariga borib, ota-onalarni jarimaga tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar.
Shuningdek, o'qituvchilarning maoshlaridan gazeta va jurnallar majburiy obunasi uchun pul undirish ham davom etmoqda. Hokimiyatdan berilgan rejaga (raznaryadka) ko'ra, har bir kollej obuna uchun 15 million so'm topshirishi kerak, bunga o'quvchilar ham jalb etilgan.

Andijondagi muxbirimiz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube