O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

KELAJAKNING G'OYaVIY ASOSLARI HAQIDA FIKRLAR (2)

KELAJAKNING G'OYaVIY ASOSLARI HAQIDA FIKRLAR (2)
25 Şubat 2012 - 17:29 'da yuklandi va 2266 marta o'qildi.

1-qism2-qism, 3-qism
1. Tarbiya masalasi.
Biz istayotgan g'oya, turk milliy birligi g'oyasi uzoq vaqt davomida milliy tarbiyani izchil yo'lga qo'yish va chinakam to'g'ri davlat milliy siyosati orqaligina amalga oshadi. Demak, bunda eng oldinga tarbiya masalasi, ayniqsa milliy tarbiya masalasi chiqadi, bu muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda tarbiya, milliy tarbiya nuqul o'zbekchilikni bo'rttirish, uni avj oldirish bir tomonlama tarbiya, ko'proq bu mahalliychilikka xos tarbiya bo'lib qoladi. Tarbiyada, milliy tarbiyada, umumiy turkchilik, turkiylik, asli turklik asosiy o'rinni egallashi kerak. Biz o'zbeklar, umum turklarning ajralmas bir qismi bo'lib, turkligimizni tushunib etmog'imiz shart.
Ma'lumki, bu ishda biz o'z-o'zimizni qayta tarbiyalashimiz va bunda chidam, iroda ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Bunday tarbiya bilan darhol shug'illanmoq asosiy maqsadlardan biri, balki eng muhimi hisoblanadi. Chunki, milliy birlik bo'lmasa, tarbiya, milliy tarbiya etarli darajada yo'lga qo'yilgan bo'lmasa mamlakatimiz, jumladan Russiya istibdodidan endi qutulgan turk jumxuriyatlari yana qayta mustamlakachilik asoratiga (Russiya bo'lishi shart emas, albatta) tushib qolish xavfi tugagancha yo'q. Buni hech yoddan chiqarib bo'lmaydi.
Biz – barcha turklar, bir mamlakatga, bir davlatga [yaxlit bo'lib] birlashmasak-da, o'zimizni bir el, bir millat deb bilish darajasiga ko'tarilishimiz kelajakning eng muhim va asosiy g'oyasi ekanligini tushunib etishimiz kerak va bu yo'lda chidam va iroda ila ishlashimiz, siyosat yurgizishimiz mutlaqo zarur. Ana shu bizning asosiy g'oyamizdir. Ana shu kelajagimiz asos toshidir.
Boshqa holda biz davlat sifatida ham, millat sifatida ham nochor qolamiz. Ana shuni tushunib etishlik vatanparvarlikdir. Ammo bunday vatanparvrlikni, bunday umum turkiy vatanparvarlikni, milliy turkiylikni tarbiyalaydigan tarbiyachilar, qadrlar ham lozim, albatta. Bunday tarbiyachilar rolida barcha turk davlatlari(Turkiya, O'zbekiston, Kozog'iston, Kirg'iziston, Ozorbayjon, Uyguriston [Sharqiy Turkiston], Tatariston, Bashkiriston) ilm odamlari, olimlari, butun ziyoli kishilari birgalashib barakali ishlamoklari zarur. Buning uchun ham o'sha mamlakatlarda olimlar, ziyolilar yangi bir saralashdan o'tmoqlari kerak bo'ladi. Bu saralash oqibatida tanlangan tarbiyachilar, mutlaqo ruhan sof va tetik, irodali, diniy e'tiqodi mustahkam, aqli raso, milliy ruhiyati yuqori, turk, turklar tarixini yaxshi biladigan chinakam ziyoli insonlar bo'lmoqlari zarurdir. Chunki ular, o'z faoliyatlari davomida umumiy turkchilikni, chuqur islomiy e'tiqodni targ'ib etishi va tarqatishi, lozim bo'ladi.
Bu ishning murakkab va muhimligi shubhasizdir. Ammo biz bu ishga darhol kirishmog'imiz, uni orqaga qaytmas jarayonga aylantirishimiz shart. Bu ishni amalga oshira olsak, uning natijalari asrlar osha kelajak avlodlarni tarbiyalab etishtirishda o'z ahamiyatini ko'rsatajak.
Milliy birlik g'oyasi, umum turkiylik g'oyasi, turkiy milliylikni barpo etish g'oyasi siyosiy shior ham, siyosiy dastur ham emasligini alohida ta'kidlayman. Ammo bu g'oya – yo'naltiruvchi, boshqaruvchi, chinakam ijodiy g'oyaligi aniq. Shu sababdan u shior va dasturdan ancha ulkan, xilma-xil dastur va shiorlardan ko'p chuqur va oliy maqsadlarni ko'zda tutadi. U g'oya milliy shior va dasturlarni o'z ichiga olib, bugundan boshlab, uzoq-uzoq kelajak maqsadlarga qaratilgandir. Chunki unda bugunning milliy mustaqillik shiori ham, kelajakda buyuk el, millat darajasiga ko'tarilish shiori ham joy olgan. Bu g'oya uchun kurashadigan va muhaqqaq yutuqlarga erishadigan kishilar turkiylikda (turkchilikda) tarbiyalangan va shu ruhda chiniqqan bo'lmoklari kerak. Ular biz yuqorida sanagan va undan boshqa yurtlardagi turklar orasida ham bir-birlarini topishlari, o'zaro kelishuvlari, yagona tashkilotga aylanishlari shart. Bunday milliy birlik g'oyasi ko'pgina siyosiy dasturlarga o'lchov(mezon) bo'la oladigan imkoniyatlarni so'zsiz o'z ichida saqlaydi.
Bunday g'oyani amalga oshirmoq uchun va chinakam milliy birlik vujudga keltirmoq uchun turk jumxuriyatlarida ziyolilar va butun omma ongida umumturkiylik ruhini, turkchilikni mustahkamlaydigan, uni umummilliy xususiyatga, xarakterga ko'taradigan tarbiya usullariga ega bo'lmoq kerak. Davlat siyosati va xo'jalik yuritish, [oila va uni boshqarish ] shakllari o'sha tarbiya asosida qurilgan bo'lishi zarur.
Afsuski, bu fikrni qo'llamaydiganlar oramizda hali anchagina bor. Ammo ular ertasini durust ko'ra olmaydigan, hatto O'zbekistondagi milliy va iqtisodiy muammolarni ham yaxshi tushunib etmagan kishilardir. Ammo xohlaysizmi, yo'qmi undan qat'iy nazar O'zbekistonning, jumladan boshqa turk jumxuriyatlarining ham kelajagi umumturkchilikning rivojlanishiga bevosita bog'likdir. O'zbekistonda yashaydigan o'zbeklar hayotida umumturkchilikni chuqurlashtirish va mustahkamlash orqaligina, ularda ma'naviyatli bo'lish, o'zlikni tanish, mustaqil, ozod ijod etish, Vatan ozodligi uchun kurash, shaxs mustaqilligi xususiyatlarini yuzaga keltirish mumkin. Bu esa turklarning, jumladan O'zbekistondagi o'zbeklarning diniy e'tiqodini, ruhiyatini jonlantirish va mustahkamlash, ko'p yillar davomida buzilgan, e'tibordan chetda qolib kelayotgan ma'naviyatini tiklash bilan amalga oshiriladi. Bundan tashkari bunday tarbiya davlatchilik his-tuyg'uni, fuqarolik burchni tushunishni chuqurlashtiradi, uning iqtisodni rivojlantirishga intilish kuchiga qo'shimcha samara beradi, xo'jalik yuritish irodasini yangilaydi.
Agar yakka olingan kishining yoki butun bir el (millat)ning ko'nglidagi ijodiy tartibni(tarzni), shartli ijodxona, deb atasak, milliy turkchilik xususiyatini tarbiyalash esa, u milliy ijodxonani yangilash, uni tozalash, keraksiz ikir-chikirlardan ozod etish va unda soflik, poklik va barcha durustliklarni mustahkamlashdan iborat bo'ladi. Bu masala esa eng muhim, eng markaziy masaladir. Bu eng asosiy va qutlug' bir vazifadir. Hayotdagi [ya'ni barcha turk davlatlarining siyosati umumiy yo'nalishlaridagi] barcha islohotlar ana shu asosiy muammoni hal etishga yordam beradigan vositalar bo'lmog'i kerak. Ular umumturkchilikni rivojlantirish va mustahkamlashga ko'maklashsa yaxshi, unga xalaqit bersa, uni susaytirsa, unda u zararlidir. Barcha turk mamlakatlarining moddiy va ma'naviy kuchlari ana o'sha qutlug' va sharafli vazifa umumturkchilikni ommalashtirishga xizmat qilmog'i shart.
Milliy birlikni chuqur tushungan, umumturkchilikni milliy xarakter darajasi, o'z xususiyatining asosiy belgisi hisoblagan kishi va fuqaro hech bir zamon o'zga kishilar asoratiga, bunday xarakterli fuqarosi bo'lgan davlat esa, hech qachon mustamlaka istibdodiga tushmaydi. Unday xalq asorat, istibdod holga hech bir zamon chidamaydi, chiday olmaydi. Milliy birlik, umumturkchilik xarakteri, milliy xususiyat darajasiga ko'tarilmas ekan, qo'rquv, qullik hissi, ochidan o'lmaslikka intilish hissi, faqat hayvoniy nafsni to'ydirish xususiyatining ustunligi saqlanib qolaveradi. Qullik hissiyatidan qutulmagan aholi (nufus) yashaydigan mamlakat biror boshqa bir mamlakatga mute bo'lishga, unga mustamlaka bo'lishga muhtoj bo'lib qolaveradi.
Darhaqiqat, bugun umumturkchilik vujudga kelmas ekan, turk jumxuriyatlarining, hatto iqtisodiy yutuklari etarli bo'lsa-da (aslida bugungi holda uning ham iloji yo'q), ularning ozod va mustaqil bo'lib qolishlari muammodir.
Umumturkchilikni jonlantirishda, uni umum milliylik darajasiga etkazishda tarbiyaning, demak, maktabning roli mislsiz dedik. Umumturkchilik milliy xarakter shaklida maktabda tarbiya yo'li bilan yuzaga keladi. Bunday tarbiyani amalga oshirmoq uchun umummiylikka keltiruvchi, birlashtiruvchi tarbiya usuli, tarbiya yo'li bo'lmog'i juda zarurdir. Bunday birlashtiruvchi xususiyatga ega bo'lgan umumiy tarbiya, diniy tarbiya-islomiy tarbiyadir. Chunki Allohga e'tiqod tarbiyada alohida o'rin tutmog'i lozim. E'tiqodi mustahkam odamlarda qanoat, chidam, iroda kuchli bo'lganligi barchaga aniq. Bundan tashqari chinakamiga islomiy tarbiya maktablari kishilarda o'zaro ittifoq bo'lish, Yagona Yaratganga e'tiqodli bo'lish, irodali va qanoatli bo'lish xususiyatlarini yaxshi tarbiyalaydi. Shuning uchun maktablarimiz, birinchidan umumiy dasturlar asosida ishlaydigan, axloq tarbiyasida chuqur islomiy, ilmda keng dunyoviy bilimlarni o'rgatadigan bo'lmoqlari zarur.
Axloqi islomiy, chuqur dunyoviy bilimga ega umumturkchilik ruhida tarbiyalangan muslim kishilar hayotga yangicha nazar soladigan, bu dunyoda o'z o'rni va maqsadini yaxshi tushunadigan, ko'nglida, fikrida ikkilanish bo'lmaydigan insonlar bo'lib etishadilar. Ular aqlli, farosatli va iymoni mustahkam, go'zal xulqli, mushohadasi kuchli kishilar bo'ladi. Bunday tarbiya ko'rgan kishilar ko'payavergach, ularning ta'sir kuchi butun mamlakatlar bo'ylab har bir turkning (o'zbekning, qozoqning, qirg'izning, tatar-bashqirt va boshqa turklarning) uyiga etib boradi, uni yoritadi, albatta. Iymoni, e'tiqodi mustahkam va zamonaviy bilimli kishida xarakter ham kuchli bo'ladi. U chindan ham sidqidil kishi bo'ladi. Unday inson hech qachon ikkilanmaydi, unga ikkiyuzlamachilik begonadir. Ular ishonib-ishonmay, sevib-sevmay yurishdan, yasama ziyolilikdan, xayolparastlikdan mutlaqo holi kishilardir.
Butun turk jumxuriyatlari maktablarida ana shunday tarbiyalangan kishilar etishtirish kelajak maqsadlarimiz markazida turishi lozimdir. Tarbiyada maktabning rolini ta'kidladik. Ammo maktab faqatgina bilim va dunyoviy ilmlarni o'rgatish bilan shug'illanib qolmasdan, tarbiyaga ham ahamiyat berishi lozimligi ham so'z orasida tilga olindi. Ha, bilim va zamonaviy fan ilmlarini o'rganish, insonlar va ularning jamiyati uchun juda zarur bo'lib, u xotirani o'stirish va boshqa bir qator maqsadlar uchun ma'lumotlar to'plash va ularni o'zlashtirishga imkon beradi. Ammo bular chinakam ziyoli kishi uchun to'la kifoya emas. Bunday ma'lumot va bilimlar yomon va noinsof odamlarda bo'lishi va ularga ham xizmat qilishi mumkin, hayotda ko'pincha shunday ham bo'ladi. Mashxur faylasuf Geraklit “ko'p bilimli bo'lishlik aqlli bo'lishga o'rgatmaydi”- deganda mutlaqo haqli edi. Shuning uchun faqat xotirani rivojlantirish va uning hisobiga bir to'p bilimlarni miyaga joylab olish chala bilimlilik bo'lib, unday bilimga ega kishi tarbiyasiz bo'lsa, u beburd, subutsiz bo'ladi. Chala bilim kishini o'z fikrini yuqori ko'yuchi, o'zini epchil-ziyrak ko'rsatuvchi qilib ko'yadi. Chala bilimlilik insonni Allohdan ham qaytaradi, uni didsizlikka buradi. Kishini takabbur qiladi. Chala bilimlilik, takror aytamiz bu beburdlik, subutsizlikdir. Bu esa kishini shayton yo'liga soladi, unga xizmat qildiradi. Shu sababdan maktabda bilim o'rganish bilan birga tarbiya masalasi ham muhim va bosh muammo hisoblanishi kerak. Tarbiya esa, milliy birlik, vatanparvarlik, umumturkchilik va islomiy ruhda bo'lmog'i shart.
Bunday murakkab va shu bilan bir qatorda o'ta sharafli vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun Turk jumhuriyatlari umumturkiy ahamiyatiga ega bo'lgan dasturlar asosida o'qituvchi-tarbiyachilar jamoasini tuzishlari kerak bo'ladi. Oqibatda, butun turklar birlashib o'zlarining ibtidoyi qutlug' ruhini tiklashi, buyuk turklar davlatchiligini tashkil etgan madaniyatini o'rnatmoqlari shart.
Bugun biz chindan ham o'z ozodligimiz, mustaqilligimiz uchun kurashmoqda ekanmiz, turklar tarixiy madaniyatidan ruhlanishimiz, uni bo'y-basti bilan tiklashimiz va uning asosida birlashishimiz zarur. Rivojlanishimiz, ozodligimiz va mustaqilligimiz uchun birdan – bir yagona yo'l shudir!
Shunday qilib, biz o'zimizni qanday tarbiyalamog'imiz kerak, deb yana bir bor so'roq qo'yamiz? Biz istagan tarbiyani ommaga, xalqqa qanday qilib etkazamiz va qaysi usullar bilan buni unga singdiramiz? Umumturkchilik, milliy birlik ruhi, xarakteri deganda asosan nimalarni tushunamiz va [tushunishimiz kerak]? Umumturk milliy birligini bayroq qiluvchi, ruhi tetik, baquvvat xarakterga ega kishilarni tarbiyalashga qanday yo'ldan borishimiz kerak ?
Kishi ko'ngli(qalbi)ning doimiy tarzi, uning xarakteri-xususiyatidir. Bunday tarz yoki ko'ngil “qurulishi” o'z-o'zidan uning sifatini aniqlamaydi. Bu tarz, ya'ni ko'ngil tarzi mehribon yoki yovuz, etarli darajada olijanob yoki o'ta insofsiz, quvvatli yoki zaif, sodiq yoki sotqin bo'lishi mumkin. Ayni shu ma'noda xaraktersizlik, befarqlik ham o'z navbatida xarakter, kishining xususiyati bo'lib hisoblanadi. Haqiqatan, injiq (tantiq), tajang (jazavali), janjalkash (mijg'ov), bog'ritoshlik (jahllilik) kabi xususiyatli kishilar hayotda tez-tez uchirab turadi. Shu sababdan xarakterni, xususiyatni tarbiyalash deganda ma'naviy xarakterni tarbiyalashni tushunmoq zarur. Bu ishda o'zi bo'larlikka, kishilarda ko'ngil tarzlari o'z-o'zidan qandaydir yo'llar bilan shakllanishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Inson o'z ozodligi va erkidan kelib chiqib, u turli xil hodisa va vaziyatlar ta'sirida o'z xususiyatini, xarakterini shakllantirishi mumkin, deb qarash va shunga o'xshash nuktai nazar bilan mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Insondagi bunday mutlaq “erkni” qo'llab-quvvatlab bo'lmaydi. Masalaga bu shaklda yondashish kishida hayvoniy xususiyatlarni rivojlantirishni ma'qullash bo'lardi. Kimki o'z farzandini tarbiyaning ilk boshida unda ruhiy ma'naviyatni tarbiyalamas ekan, u odam bolasini o'zi bo'larlik hukmiga topshirgan, hatto unga (bolaga) nisbatan xiyonat etgan hisoblanadi. Insonning erki, uning erkinligi – bu Alloh tarafidan berilgan buyuk bir ne'mat bo'lib, uni ma'naviyatdan, madaniyat chegaralaridan, vijdon va shan-sharaf, nomusu or normalaridan ham ozod, deb tushunib bo'lmaydi. Ma'naviy tarbiya, kishini chinakam erkka, erkinlikka va undan rohatlanishga, undan bahramand bo'lishga tayyorlaydi. Muhtojlik va vaziyat ta'sirida insonlarning (millatning) nomunosib holatlarga, mutelikka tushib qolishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Har qanday bir mamlakat uchun bu halokatlidir. Bunday vaziyatda ular(millat) o'sha ayanchli holatga moslashish jarayonida ayyorlik, mug'ambirlik, halot(vaziyat)ga moslashuvchan(xameleon)lik kabi salbiy xususiyatlarni o'zlashtiradi. Umuman olganda ularda qullik xarakteri, mutelikda yashashga moslashish tarzi rivojlanadi. Bugungi o'zbek turklarida, boshqa bir qator turk ellatlarida ham bu qullik xususiyati kishilar xarakteriga juda chuqur singdirilgan. Ana shuning uchun odamlarimizni ayyorlik, chapdastlik, tuturuksizlarcha hamma holatga, haqoratga, doimiy kamsitilishga moslashish kabi illatlardan tozalash oldimizda turgan eng muhim va katta muammodir. Chinakam turkchilikni, haqiqiy erkni, ozod turklarni tarbiyalamoq uchun eng avval ularni qullik balosidan kutiltirish lozim.
Etar shuncha zamon qul bo'lishlik!

(davomi bor).
Aliboy Yo'lyaxshi
25.02.2012, shanba

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube