O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Islom (Musulmonlar) kunimiz dunyosiga qanday qilib aralashadilar?

Islom (Musulmonlar) kunimiz dunyosiga qanday qilib aralashadilar?
29 Şubat 2012 - 15:55 'da yuklandi va 2224 marta o'qildi.

“Islom qanday qilib aralashadi?” sarlavha bilan boshlashga majburmiz. Biroq Islom, jismoniy mavjud bo'lgan bir qurilma yoki biron kishi (shaxs) bo'lmaganidan biror ish haqida taklif qilishi yoki unga aralashishi mumkin bo'lmaydi. Islomda bo'lgan va aralashadigan, uning olamshumul xususiyatlarini o'zida qamragan va Islom printsipida iymon keltirgan inson (kishi, odamzot)dir.

Musulmonlar, bugungacha Islom ularga nimalar buyurganini o'zlashtirish va yashashlarini ularga  moslashtirish uchun bir qator harakatlarda bo'ldilar va bugunga qadar shunday qilishga urinib keladilar. Vaqt o'tishi bilan o'zgargan sharoitlar va ehtiyojlar oldida Islomni yangidan anglashga ham harakat qildilar.  Biroq, masalaga yondoshish tarzida muammoli bir yo'nalish o'zini ko'rsatdi. Qiyomatgacha boshqa bir payg'ambar va kitob yuborilmasligini bildirgan Qur'oni karimda: “Bugun sizlarga diningizni komil qildim …” (Moida surasi, 3-oyat) deyilgan oyati karimadagi kabi tushunilsa, har bir davrning har qanday ehtiyojini hal etgan va hal etish uchun boshqa hech bir shart va ehtiyojlarga hujjatlar qolmagan bir din kelganini ko'ramiz. Din (Islom dini) barcha savollarning javobini o'z ichiga olganidan, davr (kunlik hayot)ning ehtiyojlariga uyg'un bo'lgan javoblar Qur'oni karimdan (yoki boshqa islomiy manbalardan) chiqarilardi. Shu sababdan musulmonlar, o'z muammolariga echimni Islomdan izladilar va Islom nomidan so'zladilar.  Islom mana shudir, Islom shuni amr qiladi, dedilar. Shuning oqibatida Islom davlati, Islom boshqaruvi, Islom iqtisodi va boshqa shu kabi ta'riflar, atamalar qo'llanila boshladi.

 

Shunday ekan, Qur'oni karim nozil bo'lgan, Rasululloh(sas) va uning sahobalari yashagan zamonda Islom har bir masalaga, savolga javob bera olishi mumkin edi. Masalan, Isro surasining 106-oyatida aytilgani singari Qur'oni karim, … bo'linib-bo'linib nozil qilinib, ularning ehtiyoj va muammolarini nishon olib, ularning echimlari o'rgatilgandir. O'sha kunlarning havosini yangidan keltirish va psixologiyasini yangidan yashatish imkoni bo'lganiga ko'ra, o'sha davrlardan so'ngra  yashagan musulmonlar, har bir oyati karimani o'qiganlaridan keyin, bu oyat menga nimalar haqida aytmoqda, deb so'rashga majbur bo'ldilar. Ana shunday savol o'rtaga chiqishidan boshlab esa, ularga javoblar va ularni izohlashlar boshlandi.

 

Tarixiy xatolar esa, har bir kishining o'z tushunasi va izohi Islom ma'nosidagi qarashi natijasida o'rtaga chiqdi. Islom, yagona haqiqat bo'lgani uchun, uning izohi ham yagona bo'lishi tabiiydir va uni meniki deydigan har qanday kishi, o'z tushunchasini Islom deb qaragan va boshqa qarashlarni din doirasidan tashqarida deb bilganlar. Vaholanki, o'z tushunchalarini  dinga tenglashtirganlar, farqiga borib yoki bormasdan  o'zlarini dinning egasi kabi his etishdek o'ta katta gunohga yo'l qo'ydilar. Dinning sohibi esa faqat va faqat Allohu taolo va dinni tushuntiradigan kitob Qur'oni karim bo'lganidan, uni tushuntirish uchun so'zlangan farqli har bir kalima, musulmonlarning Islomdan tushunganlaridir xolos.

 

Qisqasi, ”Islom zamonamiz dunyosiga qanday aralashadi?” deb so'rash bilan biz, ”Musulmonlar bugungi dunyoviy ishlarga qanday aralashadi?” degan bo'lamiz. Mazkur maqola esa, muallifning dunyoviy ishlarga Musulmonlarning qanday aralashishlari haqida o'z tushunchalarini bayon qiladi. Islomni tushunishga bo'lgan urinishlar umumiy fikr(aql)larning birligi, uyg'unligi shaklida qaralgandagina to'g'ri natijalarga erishish mumkin bo'lganidan, biz ham aql bovar qiladigan darajada bu masalani kun tartibiga keltirish va bu haqda tushunchalarimizni musulmonlar diqqatiga havola qilishni istadik.

 

“Aralashish“ haqida ba'zi asosiy mulohazalar

Allohu taolo, imtihon uchun yaxshi ham bo'lsa, yomon ham bo'lsa, inson o'g'illarini (odamzotni) tanlagan va yaratgandir. Biroq kishilardan kimlardir bu buyuk ne'matning qiymatini qadriga etmasdan kibrlanadilar. Qobiliyat va imkonlarini o'z manfaatlari uchun qo'llanishga harakat qiladilar. Bir tarafdan kuchi etadiganlarning barchasini o'z manfaatlari quliga aylantirishga urinsa, boshqa tarafdan manfaatiga to'siq bo'ladiganlarni, ular har qancha qimmatga tushishiga qaramasdan yo'lidan olib tashlashga harakat qiladi.

 

Kibrli, kibr bilan adashganlarning – oldidagi  eng buyuk to'siq, odamzotining adolat tuyg'usidir. Adolat izlagan va haqsizliklarga qarshi turadigan kishilar, ulaga hech yoqmaydilar. Adolat fikrini uyg'otadigan g'oya va tushunchalarga esa, ular hech ham yaqinlashmaydilar, aksincha undaylarni yo'qotishga, jim qilishga urinadilar.  Islom esa, adolat tuyg'usini harakatga keltirish va vijdonlarni uyg'otishi uchun dunyoga yuborilgandir. Shuning uchun manfaatparastlar Islomni hech yoqtirmaydilar.

 

Dinlari o'zlariga bergan mas'uliyatni his etib, er yuzida adolatni o'rnatish va xushaxloqni tarqatish uchun harakatga kirishgan musulmonlar, o'zlarini chekinib bo'lmas bir olishish ichida ko'rdilar. Mas'uliyat(iddao)larini haqiqatga aylantirishlari uchun uzoq muddatli kurashni zimmalariga olishi zarur bo'ldi. Ya'ni mavjud sistemalarga, haqsizlik va adolatsizlikni tarqatib turgan jamiyat va jamoalarga aralashmasdan, o'zlarini  ko'rsata olmas va mas'uliyatlarini bajara olmasdilar.

 

Qisqasi, musulmonlar, tuzatish, isloh etish va obodonchiliklarni amalga oshirish kabi ishlarni bajarishdan oldin, buzg'unchilar bilan qiziqish va ularning ishlaridan xabardor  bo'lishlari zarur bo'layotgandi. Butun davrlar davomida va butun er jug'rofiyasida qo'llanishi mumkin bo'lgan bir turg'un usul bilan hayotiy iddaolarni haqiqatga aylantirish uchun mehnat qiladigan musulmonlarga Islom, hech bir shaklda to'siq bo'lmagandir. Biroq, biror turg'un usul o'rnatmagan deyilishi, bu masalada chegaralovchi  hech qanaqa shartlar ham yo'q deganini bildirmaydi. Cheklovchi qurollar qo'yilmagandir, ammo ashyoning, insonning va jamoalarning tabiiyligini xotirlatadigan usul yordamida aqlning, vijdonning va o'rganishning oldini ochiq qoldirgandir. Islom, boshqarishlarini va tavsiyalarini ana o'shanday shaklda o'rtaga qo'yadi. Masalan, tadrij – asta-sekin (Isro surasi, 17/106)  tushunchasini qo'llaydi. Bu bilan Qur'oni karimga ko'ra, tashkillashtirilgan bir hayotiy tarzning birdaniga joriy qilinishi emas, asta-sekin, qadamma-qadam o'rtaga chiqishi tushuntiriladi. Darhol, tezda natijaga erishishga urinmaydi va bunda zo'rlik va majburiy usul(metod)lar  qo'llamaslikni tavsiya qiladi. Qur'oni karimda (Ra'd-13, oyat-11) “Aniqki, to biron qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha Olloh ularning ahvolini o'zgartirmas” deyilib, qavmlarning asosdan, ildizidan o'zgarib borishlari tushuntiriladi. Baqara surasining 233-oyati karimasida esa, Hech kimga toqatidan tashqari narsa taklif qilinmaydi, deyilib, Ollohu taolo musulmonlarning kurashida shoshmasliklarini ko'rsatadi va musulmonlarning niyat va samimiyatlari ahamiyatli ekanligini bildiradi.

 

Ana shunday tarz misollarini yana keltiraverish mumkin. Masalaga diqqat qilinsa, ashyoning, insonning va jamoaning tabiiyligini xotirlatish bilan qilingan tavsiyalar ham qoida o'rnatadigan aniqlikda emas.

Orzu qilingan narsalar shulardir:

1. Iddao va maqsadlar ustida ishlaganda usul(metod)lar ishlab chiqilishi, ya'ni adolatsizliklar va haqsizliklarga to'siq qo'yilayotganida, adolatsizlik va haqsizliklarga yo'l qoldirmaslik; xushaxloqni yoyishga urinilayotganda, axloqsizliklarga tushib qolmaslikni ta'minlash,

 

2. Aqlli va kunning shartlariga  teng keladigan usul(metod)lar ishlab chiqishdan iboratdir.

 

Shunday tartibda qaraladigan bo'lsa, diktatorlarga qarshi kurashishga majbur bo'layotgan musulmonlar ham, fikrlarini ochiq ifoda eta oladigan jamiyatlarda yashashayotgan musulmonlar ham bu xotirlatmalardan o'zlariga yarasha foydalanishlari mumkin. Ammo ularning har birining oladigan natijalari bir-biridan farqli bo'lishi ham mumkin.

 

Musulmonlar, o'z iddaolarini tarqatish va tushuntirishda shoshma-shosharlik, yuzaki qahroamonlik kabi tuzoqlarga tushib qolmasliklari kerak. Ular aqlli bo'lib, o'ylab(etti o'lchab, bir kesish printsipida) ish qilishlari lozimdir. Har tashlagan qadamlarini mutlaqo jiddiy hisoblashlari, natijalarni to'g'ri yo'naltirishlari shartdir. Loyihali harakat printsipi, bu holda musulmonlarga  yordamchi bir zehniyat vazifasini o'tashi mumkin. ”Karvon yo'lda tuziladi”, ”Hozircha shuni qilaylik, so'ngra ko'rarmiz” kabi harakat qilish o'rniga, ”nimalar qilamiz, qilishimiz kerak?Ishlarni  qanday bajaramiz, natijalari qanday bo'ladi?” kabi tushunchalar bilan mantiqli loyihalar asosida ish olib borilishi lozim. Xulosa qilingan tushunchalarni ta'siri bo'ladigan boshqalar bilan sheriklashib, fikrlar birligini hosil qilishga urinish kerak va bu holni odat shakliga keltirib, mumkin bo'lsa barcha ish va harakatlarni shu yo'sinda amalga oshirish lozimdir.

 

“Aralashish” mavzusida bir metod sinovi

Ichidagi shartlarni va “din”ni  o'qishga bog'li har bir kishining o'ziga ko'ra biror o'zgarish va aralashmasida taklifi bo'lishi tabiiy bir holdir. Bunda eng yaxshi natija, shartlarni to'g'ri o'qishni bajarish bo'lganligidan, farqli o'qishlarning va takliflarning mavjud bo'lishi bir ko'rkamlik hisoblanishi kerak. Bu hol, bor bo'lgan o'qishlar va takliflarni tanqid qilishga to'siq bo'lolmaydi. Farqli o'qish kabi yanada to'g'risi axtarilar ekan, bularining tanqid qilinishi ham tabiiydir.

 

Islom, qanday bir o'zgarishni ko'zda tutishi” va “hozirgi zamon(modern dunyo)da o'z iddaolarini amalga oshirishi” masalalari atrofida qarolsa, bugun uchun Islom dunyosida ikki xil farqli o'qish ta'sirli ekanligini ko'ramiz:

1. Qur'oni karim barcha masala(muammo)larning javobini qamrab olgan, undan tashqaridagi butun echimlarni rad etgan va “Islomni hokim etish” ni ko'zda tutish shaklida aralashishni asos olib o'qishlar,

2. G'arb falsafasiga ulashgan nisbiy erkinlik va tenglik darajasida yaqinlashishni “ideal ”  qabul etib, ana shuni asos olib o'qishlar.

 

Islomni hokim etish”ni asosiy yo'nalish qilib olingan nisbatda o'qishlar, Islom madaniyati maktablari ichidagi eng qadimiy yo'nalish bo'lgan Ahli sunnat manbalariga suyanilgan o'qishlardir. Bu masala, Hanbaliy(salafiy)lar bir doktorina va boshqa mazhablar tarafidan ham bir shior holiga keltirilgandir. Buni boshqacha “Shariatni hokim etish” kabi ham ifoda etadilar. Shior tuzish kabi islom tushunchasi bo'lganlarning zehniyatida,  “shariat”, hayot(yashash)ning butun ehtiyojlariga javob bera oladigan ilohiy bir asosiy qonun(konstitutsiya)dir. Ularcha, ilohiy qonun bor bo'lsa, insonlar tuzishgan asosiy qonunlarga amal qiladiganlar shirkka tushib qolmoqdalar.  Ana shu asosiy qonunni (hatto kuch bilan bo'lsa-da) jamiyatga hokim qilishdir.  Neo-Salafiylik esa, masalani shior ko'rinishidan chiqarishga harakat qilganlardir. Masalan, Islom tushunchasining ilgarilashida katta bir ta'sir ko'rsatgan muhim ism hisoblanadigan Sayyid Qutub, “Islomga ko'ra shariat, faqat huquqiy sistemadan, rejimning printsiplaridan, bu rejimga bog'li ijtimoiy tartib va ijtimoiy qurulishlardan iborat emas. Bunday tor tushunish shariatning va Islom tushunchasini ifoda qilmaydi. Inson hayotini tartibga solishda qo'llaniladigan printsiplarning barchasiga Ollohning shariati deyiladi. Bu atama, inonch printsiplarini, rejim va boshqaruv sistemasi printsiplarini, axloq printsiplarini, o'zaro munosabatlar printsiplarini, tarbiya va ilmu bilim berish printsiplarini to'lasincha ifoda qiladi,”[1] deyishi bilan shariat idrokini faqat qoidalardan iborat bo'lish shaklidan chiqarib, uni bir ruhga va asosga erishtirishga harakat qilgandir.

 

Sayyid Qutubning barcha harakatlariga qaramasdan,  Islom umumiy fikhida shariat uch bo'limda ifodalanadi: 1 – Ibodat, 2 – Muomalot (muomalalar), 3 – Jazo.

 

Namoz, ro'za, haj, zakot va qurbon kabi ibodatlarning shartlari va shakllari shariatning ibodat qismida qaraladi. Muomalot qismida esa, asosan uylanish, ajralish, nafaqa, meros masalalari; tijorat, boshqarish ishlari, davlat – shaxs, davlat-davlat munosabatlari va boshqa shu kabi ishlar bilan shug'ullaniladi. Jazo qismi esa, shariatda ko'rsatilgan amr va taqiqlarga amal qilmagan kishilarga beriladigan badan, molu mulk jazosi va afv etuvchi hukmlarni o'z ichila oladi. Bu erda ikkita asosiy xusus mavjuddir: 1 – Kunimizda mavjud bo'lib, Islom fikhi ichida bunga o'xshashi bo'lmagan bir necha hollar uchraydi. Masalan, birgina iqtisodni olsak ham, shariatda ko'rsatilgan iqtisodiy tartiblarning barchasidan ham ko'proq tartiblarga ehtiyoji bo'lgan hollarni bugun uchratamiz. Shu bilan birga internet, trafik, nashriyot, matbuot, texnologiya, patent va boshqa  shu kabi shariatda ko'rsatilmagan, biroq tartibi va jazo hukmlariga muhtoj bo'lgan qator jihatlar bugun mavjuddir. 2 – Shariat, Rasululloh(sas) zamonidagi jamiyat va jamoalar ehtiyojlari atrofida maydonga chiqandi. Hatto Rasulullohning (sas) vafotidan 10 yil ham o'tmasdan kimlardir hukmlarga amal qilishni unutib qo'yishgandilar. Masalan, hazrati Umar zamonida g'animat (urushda qo'lga kiritilgan o'lja-molu mulk) haqidagi hukmlarning o'zgarishini misol ko'rsatish mumkin. Ming yildan ko'proq vaqt o'tgan bugungi kunimizda esa, ehtiyojlar va jamiyat tuzilishlari tamoman o'zgarib ketganligi sababli yanada katta muammolar bilan qarshilashib turibmiz.

 

Qisqasi, shariat hokim bo'lishi balan muammolarning barchasi hal bo'ladi deb qarash, tamoman masalaning mohiyatini bilmaslikdan, ma'lumotsizlikdan kelib chiqmoqdadir.

 

Islom umumiy fikhida bu singari muammolar mavjud ekan, Sayyid Qutubning asoslashga urinishlari ham masalani echishga etarli bo'lmayapti va hatto ularni murakkablashtirayapti. Aslida shariat deyilganda, faqat qoidalarni idrok qilmay, aksincha butun bir Islom tushunchasini tasavvur qilish, yaxshi niyatli bir tajribadir.  Faqat shariatni bunday tanish, “shariat = din” shaklidagi bir natijani o'rtaga chiqarayapti, ya'ni uning “keskinligini, savollarga o'rin qoldirmasligini va o'zgarmasligini” yanada ishonarli etmoqdadir(mustahkamlamoqdadir). Bu esa Islom fikh usulining bir tushunchasi bo'lgan ijtihodni ishlamaydigan va tushunib bo'lmaydigan bir holga keltirilmoqdadir.  Bu tushncha, dinning “turg'un va o'zgarmas qadriyatlar,” shariatning esa, “davrning ehtiyoj va muammolariga ko'ra o'zgarishi mumkin bo'lgan jamiyat tartiblari” shaklida tanilishi natijasini beradi.  Zamon davomida o'zgargan va etuklashgan yangi vaziyatlarda Islomning dinamikasini qo'riydi. Uni qat'i, statik va dogmatik bo'lishdan chiqaradi. Shariat din shaklidagi tanilish esa, ijtihod eshigini yopib qo'ymoqdadir. Natija o'laroq shuni aytamizki, shariatni hokim etish asosida o'qish va aralashish, kunimizning zaruriyatlari bilan moslashgan bir o'qish tarzi emasdir.

 

“G'arb falsafasi zaminida amalga oshirilgan” o'qishlar esa, ayni zamonda bir tarafdan zamonaviy (modern) va boshqa tarafdan musulmon bo'lib qolishning yo'llarini izlashga harakat qilingan o'qishlardir. Bunday tashvishli holatlar Usmonlilar xalifaligi tugashi arafalarida o'rtaga chiqandi. Bu davrga kelib Islom jug'rofiyasida yangidan muhofazakor boshqaruvchilar ish boshiga kela boshladilar. Shu sababdan bu hol, an'anaviy tushunchalarga ega bo'lganlarning ham tarzi va ko'rinishlariga ta'sir qila boshladi. (An'anaviy tushunchadagilar uchun boshqaruvchining “musulmon” bo'lishi ahamiyatlidir. Biroq uning qanday boshqarishi uncha so'roqqa tutilmaydi).

 

Bu shaklda o'qish holi, g'arb madaniyat va qadriyatlarini oldindan “qabul” etishni o'z ichiga oladi va qadriyatlarning Islom tushunchalari orasida qolish imkoniyatlarini tadqiq qilishga kirishishini ko'rsatadi. Biroq qalblarga o'rnashgan diniy tushunchalar ichkarisida ko'pincha harakat qilishga joy topa olmaganliklari uchun muammoli din tushunchalarini tanqid ostiga olib, g'arb qadriyatlariga  biror bir teologik asoslar tayyorlashga harakat qilinadi. Ya'ni salafiylikda va neo-salafiylikda “islomni hokim etish” shaklida harakat, bu erda “diniy tushunchaga g'arb qadriyatlarini hokim etish” shakliga kelgan bo'ladi. Shunday qilib, Islomning insoniyatga nimalar taklif etishi va keltirganidan ham ko'proq mavjud diniy tushunchalarning modernlashmasi bilan shug'ullangan bo'lib chiqishadi.

 

Islom olamida hokim bo'lgan diniy tushunchaning bir qator nuqtalarini aydinlashtirish uchun bugun bir qator so'roqlar qo'yilishi lozimligini tan olish zaruriy bir haqiqatdir. Biroq, bularni tuzatishda G'arb tushunchasini mezon(ideal) sifatida qarash va diniy tushunchalarga ularni ulash(montaj qilish)ga  urinishlar muammoli bir yaqinlashish bo'lgan bo'lardi.

 

Islom dunyosining orqada qolishi boshlangan zamonda g'arb tushunchasining jiddiy bir shaklda rivojlana boshlagani va aniq sohalarda diqqatni jalb qiluvchi tajribalar o'tkazishib, ijobiy natijalar olishganlari ham haqiqatdir. To'g'ri, hech bir tajriba ideal shaklda qaralib, hech muammosiz qabul qilinishi ham mumkin emas. O'shanday bo'lganda edi, rivojlanish kelgan joyida to'xtab qolgan bo'lardi. Demak, inson yashashi davomida tushunchalar va tajribalar rivojlanishning ko'rsatkichi bo'lishini davom qildiraveradi. Biror tushunchadan yoki tajribadan foydalinish, eng avval uni yaxshi o'rganib, so'ngra undagi ijobiy yo'nalishlarni yanada ilgari surishdan va salbiy taraflaridan esa voz kechishdan iborat bo'ladi. Ularga o'zingizdan biror narsalar qo'sha olsangiz, o'sha tajribadan foydalangan va uni qo'llagan bo'lasiz. Uni ideal sifatida qabul qilib olishga urinish esa, unga “taqlid qilish” bo'ladi. Har qanday bir taqlid, asli singari bo'lolmaydi.

 

Qisqasi, mavjud bo'lgan tajriba va xulosalarni ideal qabul qilishda davom etish ham muammoli bir o'qish ko'rinishi bo'lib, faol bo'lmagan bir vaziyatni o'rtaga chiqaradi. Bu Islomning va musulmonlarning bugungi zamonda(modern dunyoda) biror teng huquqli sub'ekt, munosib ijrochi(dunyo sahnasida teng kuchli aktyor) rolini egallashga imkon bermaydi.

 

Shunday ekan, bu vaziyatda nima qilishimiz kerak?

Nima qilishimiz kerak deyilgan savolga javob izlarkanmiz, eng avval  hazrati Odamdan buyon takror-takror xotirlatilib kelinayotgan Islomning xabarnomasini ifodalashdan boshlashimiz kerak(Bu mavzuni esa, o'tgan sondagi maqolamizda bir muncha tushuntirishga va muhokama qilishga harakat qildik). Ya'ni Islom, insoniyatga beradigan hech bir narsasi qolmagan bir din bo'lmay, aksincha  bugungi bizning zamonimizda ham insoniyat uchun juda muhim bo'lgan o'z iddaolariga ega bo'lgan buyuk bir dindir. Shuning uchun bu iddaolarni tashiyotgan musulmonlar ham tarixning biror bir chiqindisi bo'lmaydilar, majhul nisbat shaklida hodisalarning oldida suduralib qolmaydilar. So'zlaydigan so'zlari bo'lmagan, iddaolarini himoya qila olmaydigan halotga tushmaydilar, albatta.   Dinlari zimmalariga yuklagan mas'uliyatlarini o'rinlashtirish uchun ular tarixning biron bir ijrochisi(aktyori) va subxekti bo'lish vaziyatidadir. Biroq bu ifodalar va izohlar quloqqa yaxshi eshitilsa-da,  bugunning musulmonlari  bunday bir nuqtada bo'lmaganliklari ham bir haqiqatdir. Bu so'zlarning jasurliklardan iborat bo'lib qolmasligi va haqiqatga aylanishi uchun uch etapdan iborat yaqinlashishga ehtiyojimiz borligi ko'rinayapti:

1. Kun(bugun)ni to'g'ri o'qish (tushunish);

2. Vahiyni to'g'ri tushunish;

3. To'g'ri aralashish.

 

“Kunni to'g'ri tushunish” deganimizda, bugunning aqlini, imkonlarini, shartlarini, muammolarini va ehtiyojlarini to'g'ri tadqiq etishni ko'zda tutamiz. Agar biz, har bir davrda  Islomni qabul qilishni, bir turg'un nizom o'laroq idrok etadigan bo'lsak, shartlar, imkonlar va muammolar deyilgan masalamiz ham bo'lmaydi. Ammo haqiqatlardan quporilgan utopiyaning orqasidan quvib yurganimizni bilishimiz ham kerak bo'ladi. Shunday ekan, vohiy hamma mavzularda eng so'nggi so'zni aytgan deb bo'lmaydi. Islomning jahonshumul nomasi-ko'rsatmasi hayotga tatbiq qilingan ilk zamonlarda, o'sha kunlarning voqeasi diqqatga olingan, jamiyatning va jamoaning aqli bavor qilishini, ularning hazm qilish qobiliyatlarini hisobga olgan shaklda, zamonning muammolari va ehtiyojlari doirasida bir amaliyot tuzimi maydonga keltirilgandir. Masalan, muammoli bir munosabat bo'lishiga qaramay, quldorlik harom e'lon qilinsa-da, u tamoman man qilinmagandir. Yo'li ochiladigan umumiy, jamiyatga taaluqli muammolarni ko'z oldiga keltirib, ularni yaxshilashga harkat qilingan bo'lib, butun tugatilishi esa. zamonga qoldirilgandir. Bularga qo'shimcha, jinoyatlarga berilgan jazolar, o'sha kunlarning qabul qila olishiga mos bir shaklda belgilangandir. Bu misollar, o'rnaklar, Islom insoniyatga o'zlari hech ko'rmagan bir sistemani keltirmaganining, aksincha o'z printsiplari doirasida mavjud bo'lgan tajribalarni isloh etganlarining ko'rsatkichlaridir. Ya'ni Islom tuzgan nizom, o'sha kunlarning tajriba va ularning umumiy natijalarining  tavhid/adolat va axloq printsiplari bilan yaxshilashtirilgani va etuklashtirilganining bir natijasidir. Shuning uchun bizning zamonimizning nizomi ham kunimizning tajribalari va ularning natijalaridan alohida bo'lolmaydi, bo'la olmasligi kerak.

 

“Kunni to'g'ri o'qish(tushunish),” mana shu tarafdan keraklidir. Yaxshi va ijobiy yo'nalishlarni boshqa taraflariga qaramasdan taqiq etib, yomonlik va zulmga yo'l ochgan tomonlarini to'g'ri bir shaklda ko'ra olsak, to'g'ri aralashish imkonlariga ham durustgina yaqinlashgan bo'lamiz. Munosib bo'lmagan bir libosni jamoaga zo'rlab kiydirishga urinish va biror utopiyaning orqasidan yurmaslik uchun mavjud bo'lganini yaxshigina tahlil etish, masala echimining ilk qadamini tashkil qiladi.

 

“ Vohiyni to'g'ri o'qish,”  deganimizda vohiyning hayotimizdagi o'rnini va undan to'g'ri foydalanish yo'lini bildirishni ko'zda tutamiz. “Vohiyning hayotimizdagi o'rni”, “Vohiydan foydalanish o'lchovi”, kabi ifodalar ustida juda ko'p narsalar so'zlash lozim bo'lgan so'zlardir. Biroq biz, Qur'oni karim, “har bir davrda aynan qabul qilinadigan turg'un bir nizom emasligi” tarafiga teginishni istaymiz. Qur'oni karim, hazrati Odamdan buyon turli xil uslublarda takrorlangan jahonshumul qadriyatlarni va bu qadriyatlar yuborilgan jug'rofiyada, ular qanday qabul qilinishi bilan bog'li o'rnaklarni  o'z ichiga olgan bir kitobdir. Printsiplar barcha davrlar uchun qabul qilinadigan va o'zgarmasdir. Faqat qabul etish misollari hamma davrlarda ham aynan qabul qilinish maqsadida bildirilmagandir. Qullik masalasidagi singari, vohiy zehniyati bilan ziynatlangan aqlning qanday ishlashini ko'rsatadi va yo'nalishni ishorat qiladi. Qabul qilinishda o'zgarishlar bo'lishligi printsipi, Islom fikhida, “ijtihodning eshigi ochiqdir” jumlasi bilan ifoda qilingandir. Shuning uchun jamoatchilikka mo'ljallangan tuzatishlar, kunnig aqli, imkoni va shartlariga uyg'un bir shaklda, vohiyning zehniyati bilan bezatilgan musulmonlar tarafidan amalga oshiriladi.

 

“To'g'ri aralashish”, deganimizda kunimizda Ilomiy qadriyatlar qabul qilina oladigan nizom holiga keltirishni va lozim bo'lsa bu qadriyatlarning butun insoniyatga yoyilishini tashkil etishni ko'zda tutamiz. Ma'lum bir muhitda yaxshi tajribalar va ularning tadbiqi qo'rilsa, davomligi saqlansa, kamchiliklar tugatilsa, zulmga, adolatsizlikka va axloqsizliklarga yo'l ochgan  yanglishlar tuzatilsa, o'sha zamon va o'sha jug'rofiyada Islom qadriyatlari qabul bo'ladigan hol yuzaga keltirilgan bo'ladi. Buning natijasida  odil va xushaxloqli bir tartibga erishilgan bo'ladi. Kunimizda kuzatiladigan va qo'llaniladigan usul ham bundan farqli emasdir. Insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan tajribalar hech bir narsaga qarolmasdan tadqiq qilinishi lozim, ularning yaxshi va ijobiy taraflarini davom qildirilishiga, salbiy va zulm keltiradigan taraflarini tuzatishga imkon beradigan bir yaqinlashishni o'rtaga qo'yish lozimdir. Shunday qilinganda, jamoalar(jamiyat)ning voqealar bilan qoplangan hamda adolat o'rnatgan bir tadbiqot modeliga erishish imkoni paydo bo'ladi.

 

Bu taklif  va fikrlarni jamoat oldiga qo'yish masalasi boshqa bir muhokama qilinadigan mavzudir. Sanoat rivojlangan davrga kelinganigacha dunyo, asosan yagona markazli avtokratik rejimlar tarafidan boshqarildi. Shuning uchun ham insoniyat yagona tiplashma va majburlama singari usullarni begonasinab turardi. Buning ustiga aloqalar o'rnatish va bir-birlariga xabarlar yuborishdagi qiyinchiliklar, farqli madaniy havzalarning paydo bo'lishiga  imkon bergandi va u erlar(farqli madaniy havzalar)dagi havoni olishni o'rganmasdan, o'sha havzalarda yashash ham juda qiyin edi. Biroq bu holni insonlik hissi va zo'rlovchi usullari mensinmay turibdi. Bugun madaniyatlar ich-ichiga kirishganlardir, hatto  ko'p qavatli bir uyda yashavchilar ham farqli madiniyatlarni ifodalaydigan bo'lgandirlar. Madaniy bir-biriga suyanishlar engilgina amalga oshmayapti. Hatto ertaga bugungi shartlar o'zgarib, insoniyat yangidan  eski holiga qaytadimi, bilib bo'lmaydi. Biroq mavjud shartlarda taqiqlovchi va bog'lavchi tarafdorlar topishi mumkinligi ko'rinmayapti. Shunday bir holda insoniyatni ishontiradigan va mushtarak masalalarga odilona echimlar ko'rsatadigan  loyihalar bilan dunyoning qarshisiga musulmonlarning chiqishlari lozim bo'lmoqda. Bunda ”Ishontirish” asos bo'lishi kerak. Islom qadriyatlarining ishontirish kuchini ta'min etadigan xusus, bashariyatning mushtarak izlagani va istagani adolat va huzur-holavatdir. Biroq. Faqat quriq so'zlar bilan kishilarning bularni tushunishlarini kutish soddadillik bo'lardi. Muammoning eng muhim, jon oluvchi nuqtasi esa, bularni hayotda qanday qilib haqiqatga aylantirish masalasidir. Ana shu erda ham musulmonlarga buyuk mas'uliyat yuklanmoqdadir. Hayot(turmush)ning  turli jabhalarida qanday  qilib adolatli qolishlikni, o'sha jabhalarga oid ijobiy o'rnaklar bilan o'rtaga qo'yish lozim. Buni ham jasur ko'rinish va quriq va'zlar bilan emas, balki jamoatchilik anglay oladigan va ularning haqiqatiga uyg'un, qabul qilinishi, tadbiq etilishi qulay bo'lgan loyihalar balan amalga oshirish zarur.

[1]  Seyyid Kutub. Yoldaki İşaretler. İslam düşüncesi ve kültür. Hicret yayınları, İstanbul 1980, s.82;
[Sayyid Qutub. Yo'ldagi ishoratlar. Islom tushunchasi va madaniyat. Hijrat yoyinlari, Istanbul, 1980, s. 82].

Nuri Yılmaz

Turkchadan Aliboy Yo'lyaxshiev tarjimasi

Maqolaning originali ushbu sahifada:
http://islamiyorum.com/index.php?sayfa=makaledetay.php&mkid=304&sayi=72

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 3 Yorum )

  • Islom (Musulmonlar) kunimiz dunyosiga qanday qilib aralashadilar? | O'zbekiston Xalq Harakati ;

    […] ”nomli maqolasining bir qismi sahifamizning http://www.uzxalqharakati.com/archives/9017 sonida e'lon qilingandi. Maqolaning e'lon qilingan […]

    09/03/2012 09:18
  • Sodiq ;

    http://www.islamnuri.com/jumanas/suria.htm

    Suriyadagi hodisalarga doir
    Muhammad ibn Abdurrahmon al-Ariyfiy

    01/03/2012 10:22
  • Dovurbek Davlatov ;

    Suryadan berilgan Cavollar :1-Biz namoyishlarda ishtirok etaylikmi yoki mujohidlarning kelishini kutaylikmi yoki ba'zi birodarlar aytganidek qilaylikmi, ya'ni: “Biz namoyishlarga chaqiramiz, ammo o'zimiz ularda ishtirok etmaymiz, chunki salafiy-jihodchilarning vazifasi qurolli kurashdan iborat bo'lib, biz uni tuzum suriya xalqiga qarshi qurolli urush uyushtirganda boshlaymiz. Biz doim qo'limizga qurol olishga tayyormiz, ammo hozir qurolli kurashni boshlamaymiz, chunki biz ozchilikmiz, suriya tuzumi esa bizga qarshi qurolli urushni boshlamoqchi”.
    2-Namoyishlar vaqtida o'ldirilgan shahid hisoblanadimi? Ushbu holatlar bo'yicha biz ilm ahlidan shar'iy fatvo olmoqchimiz.

    “Minbar at-Tavhid val-Jihod” sayti Shar'iy qo'mitasi JAVOBI:1-Hozirda sizlarda tuzumni ag'darish uchun kuchingiz bo'lmagani uchun, sizlarda xalqni qo'llab, namoyishchilar safiga ko'shilishdan boshqa chorangiz yo'q, chunki bu namoyishlardagi eng asosiysi – ular butun xalqni tuzumga qarshi ko'taradi. Bularda ishtirok etish har bir qodir musulmon uchun zarur, chunki bunda davlat va Allohning qullarini dini va dunyosi uchun foyda bor. Ammo odamlarni namoyishlarga chaqirib, o'zi uyda o'tirsa… biz qo'rqamizki, bu holatda chaqiruvchi Alloh aytgan toifadan bo'lib qolishidan: “Ey iymon keltirganlar! Nega o'zlaringiz qilmagan narsani gapirmoqdasiz? Gapirib,o'zi qilmaganga Allohning nafrati buykdir”(as-Saf, 2-3).
    Salafiy-jihodchilar vazifasi faqat qurolli qurash bilan cheklanmaydi, balki Haqqa yordam barcha usullar bilan bo'ladi: ham harbiy, ham tinch.
    2. Namoyishlarda qatnashayotgan musulmon niyati Haqqa umumiy yordam yoki o'zini va musulmonlarni zulmdan qutqarish bo'ladi. Bu ikkala holatda ham u Shahid hisoblanadi.
    Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: ”Kim o'zining huquqini himoya qilib o'ldirilsa, u Shahiddir”.
    Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:”O'z mulking uchun jang qil, hatto uni egallab olmaguningcha, yoki o'ldirilmaguningcha, va sen kelgusi hayotda Shahidlar qatorida bo'lasan” (Ahmad va at-Tabaroniy keltirgan sahih hadis).
    Hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: ”Kim o'zining mulkini himoya qilib, o'ldirilsa, u Shahiddir” (Muslim).
    Said ibn Ziyoddan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganini eshitganman: “Kim o'z mulkini himoya qilib, o'ldirilsa, u Shahiddir, kim o'z qonini himoya qilib, o'ldirilsa, u Shahiddir, kim o'z dinini himoya qilib, o'ldirilsa, u Shahiddir, kim o'z oilasini himoya qilib, o'ldirilsa, u Shahiddir” (Termiziy va Abu Dovud).
    Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Qiyomat kuni Shahidlarning Sayidi Hamza ibn Abdulmutollib va adolatsiz imom qarshisiga chiqib, unga amru ma'ruf, nahiy munkar qilib, so'ng u tomonidan o'ldirilgan bir kishi bo'ladi” (at-Tabaroniy “Mu'jam al-Avsat” va al-Hakim Jobirdan “al-Mustadrak”da, isnodini sahih degan).
    Endi adolatsiz hukmdor oldida haq so'zni gapirgan Shahid bo'lganidan keyin, albatta namoyishga chiqqan Shahid hisoblanishi kerak, chunki bu amal hisoblanadi, amal esa so'zdan kuchlidir. Alloh yahshiroq biladi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo'lsin.

    01/03/2012 06:56
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube