O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Zolimni zulmdan to'xtatish shar'iy bir vazifadir (Siyosiy fatvolar)

Zolimni zulmdan to'xtatish shar'iy bir vazifadir (Siyosiy fatvolar)
06 Mart 2012 - 12:20 'da yuklandi va 2084 marta o'qildi.

Zamonamizning tadqiqotchi-yozuvchi deb tanilgan  dunyoning bugungi taniqli Islom olimi Muhammad ibn Al-Muxtor Ash-Shanqitiyning siyosat va din (Islom dini) yoki bugungi siyosiy fatvolar haqidagi ba'zi fikrlarini sayitimizda e'lon qilish, Harakatimiz a'zolari va O'zbekiston musulmonlari, umumiyroq qaraganda, Vatanimiz butun aholisining O'zbekiston kelajagi haqidagi tushunchalariga oydinlik kiritishi mumkin deb hisobladik. 
Muhammad ibn Al-Muxtor Ash-Shanqitiy Shimoliy Afrika o'lkalaridan bo'lgan Mavritaniyada 1968 yili dunyoga kelgan. 1981 yilda Qur'oni Karimni yoddan biladiganlarga beriladigan Qori'-al-Murattab unvonini olishga muyassar bo'ldi. Olim kichik yoshlaridanoq Mavritaniyada taniqli olimlardan fikh, usul-al-fikh va nahvdan dars oldi. U fikh va usul-al-fiqh mutaxassisligi bo'yicha universitetning Shariat  fakul'tetini bitirgandir.  Bashqa bir fakul'tetda ham o'qib, Arab, frantsuz, ingliz tillaridan tarjimon diplomini ham yoqlagandir.  AQSh Alabama shtatining Janubiy Kolambiya universitetida idorachilik bo'yicha nomzodlik (masterlik) dissertatsiyasi va Texas Texnik universitetida fan doktori dasturini tamomlab, “Salb yurishlarining sunniy – shia munosabatlaridagi ta'siri“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Muhammad ibn Al-Muxtor Ash-Shanqitiy, Amerika va qator musulmon mamlakatlarida faoliyat ko'rsatgan bir olimdir.  Olimning bir qator asarlari nashr qilingan. Ulardan ba'zilari quyidagilardir:
Sudandagi Islomiy harakat: “Harakatning strategik va tashkillanish qarashlariga kirish“
Sahobalar orasidagi siyosiy ixtiloflar: “Shaxslarning vakolati va printsiplarning ustunliklari haqida risola”
Ciyosiy fatvolar: “Davlat va davlat ustida dialoglar (suhbatlar, muloqotlar)“
“Boshqaruv inshosi va tadbiqida siyosiy sunnat“ va boshqalardir.
Muhammad b. Al-Muxtor Ash-Shanqitiyning ko'p qismi arab tilida, oz bir qismi ingliz tilida 120 dan ko'proq maqolalari Al-Jazira, Islam-onlayn, Al-asr kabi taniqli internet saytlarda e'lon qilingan. U maqolalardan va uning asarlaridan ba'zilari turk tiliga tarjima qilingan. Olimning asalarini turk tilida nashrga tayyorlagan va chop etgan nashriyotning  muhtaram Muhammad b. Al-Muxtor Ash-Shanqitiy bilan o'tkazgan bir suhbatini biz ham o'zbekchaga tarjima etib uzxalqharakati.com o'quvchilari diqqatiga havola qilishni lozim ko'rdik.

Kirish o'rnida tushuntirish

Hamma ham qo'lga olavermaydigan, olganida ham idishini sindirib qo'yib, ichidagisini to'kib qo'yadigan juda muhim mavzular mavjud. Ularning ustida jiddiy ishlash, tadqiqot olib borish lozim. Bundan tashqari qator javobi kutilayotgan hayotiy savollar, so'ralishi kechiktirilgan (keyinroqqa surilgan), javobi esa muzlatilgan savollar ham oz emas.
Ana shu chekinishni talab qiladigan savollar bilan ularga beriladigan mas'uliyatli va jasur javoblar “Siyosiy fatvolar“ nomli kitobni tashkil etgandir. Siyosiy fatvolar, hamma savollarning umumiy mufassal bir javoblarini bera olmasligi mumkin. Ammo u,  amaliy savollarimiz va muammolarimiz nimalardan iboratligini ko'rsatadi. Kun tartibimiz va kun tartibidan tashqarisida nimalar bor? Birinchi o'rinda turganlar fikhi-qonunlari nimadan iboratdir? Hayot -turmushning ichidan chiqqan savollar, yashayotganimiz muammolar va ana shularning barchasi uchun zarur bo'lgan ta'qiqlar, zaruriy va muvozanatli javoblar kabilarni anglatadi…
Asar bir muloqot (dialog) shaklida yozilganidan savollar juda ko'p va javoblar esa chekli tutilgandir. Bu erda ko'zda tutilgan maqsad, savollarga va muammolarga diqqatni jalb qilish, kerakli e'tiborni uyg'otish va muvozanatli bir yaqinlashish ko'rsatishdan iboratdir.

Savol: Islomiy harakatlarning xizbchilik mantig'i va tushunchasi doirasida olib borilayotgan da'vat va islohiy faoliyatlar, iymon, g'oya va axloqiy jihatlardan qaraganda, butun ummatni qamrab ololmayotganligi kabi o'ta salbiy hollarga yo'l ochmayaptilarmi? Siz bular haqida nima deya olasiz?
Javob: Hizb (bugungi turk tilida bu so'zni “Hizip“ shaklida yozishadi. O'zbekchada bu so'zning aynisi “hizb“ yoziladi. Aslida to'g'risi esa, arab tilida “hizb“dir – tarjimon izohi.) so'zi tilda va shariatda bir qator ma'nolarni anglatadi. Imom Ibni Taymiyya ham ko'rsatgani kabi faqat so'zning (xizbning) o'zi maqtalmaydi ham, yomonlanmaydi ham (bu so'zning o'zi salbiylikni ham ijobiylikni ham bildirmaydi). Aksincha nimaga  nisbat qilingani va qanday maqsadda qo'llanilayotganiga qarab, uning ahamiyati, ma'nosi aniqlanadi. Butun musulmonlar o'zaro bog'lig'ini yo'qqa chiqaradigan yoki zaiflashtiradigan shaklda, aniq bir jamoatga bog'lilikni anglatadigan hizbchilik esa, Islom maqsadlari va iddaosining jamoatchilik orasidagi ta'sirini susaytiradigan, islohotchilar va ummatning orasida devorlar insho bo'lishiga yo'l ochadigan tahlikali bir omildir.  Faoliyat jihatidan mavjud jamoatlarning eng yaxshi taraflarini hisobga olib, biror bir jamoat ichida Islom foydasiga mehnat qilishlik, shuningdek, butun musulmonlar bilan bog'liqligini qo'rish, ularga yordam qo'lini cho'zish va ular bilan maslahatlashadigan darajada muomalada bo'lish bir masala bo'lsa; boshqa musulmonlarni begonasinib, faqat o'z jamoatiga bog'liq qolish, ummatning o'zlaridan boshqa qismlarini  doim shubhalar ostida tutish va ularga taassuf bilan qarash bir xil narsalar emas, axir. Yana bir diqqatga sazovor nuqta ham mana shudir: Siyosiy faoliyat va davlatning har birining o'ziga mos va xos alohida-alohida mantig'i bor.  Birinchisi (siyosiy faoliyat)ga g'olib kelish mantig'i hokim bo'lsa, ikkinchisi (davlat)ga inson(odam)larni o'ziga jalb qilish mantig'i hokimdir.
Davlat va ta'lim-tarbiya faoliyatlari, va da'vatchi bir xil nazarda bo'ladimi yoki farqli nazarlarda bo'lishadilarmi, biroq ular umumxalqqa ochiq bo'lishlari lozim, hatto shartdir.

Savol: Voqea-hodisalar va zamonaviy rivojlanishlar Islomiy harakatni juda orqada qoldirdi, deb o'ylamaysizmi? Ya'ni Islomiy harakat, voqealarni darhol qamrab olib, ularga ta'sir ko'rasata oladigan muhit bo'lishdan chiqqan va mustaqil islomchilar, islomiy muhitga va harakatga hokim bo'lgan bosh Islomiy faoliyat orqada qola boshladi, deb o'ylamayapsizmi, demoqchiman.
Javob: Ba'zi islomiy harakatlar, o'zlarining  bir rahbar (rahnamo, lider) bo'lish kabi intilishlarida va tashkilotlanishida  chuqur inqirozni boshdan kechirdilar, deb o'ylayman. Islomiy harakatlar orqada qolishda bir metod shakliga kelgan bo'lmasalar-da, ba'zi farqliliklarini ko'rsatishmoqdalar. G'arb jamoatchiligining islomchilarga ko'rsatayotgan ilmiy va bilimga asoslangan tajribalariga qaramasdan, G'arb mamlakatlarida istiqomat qilayotgan Islomchilarning aqllarini ana o'sha tashkillashtirishda va rejalashtirishda orqada qolish zehniyati, qamrab olganligi hayron qoldiradigan bir manzaradir.
Amerika shaharlaridan birida bir Islomiy  tashkilot tuzilishi ta'sis majlisi (konferentsiyasi)da qatnashishimga to'g'ri keldi. Majlisni tashkil qilganlar, tashkilotni boshqaruvchilarning boshqaruvda umrbod qolishlari yoki ularni  ma'lum muddat orasida  yangidan saylash imkoniyati bo'lishligi haqida tortishardilar. Bu ahvol Amerikada emas, xuddi Stalinning davlatida sodir bo'layotganga o'xshardi.
Bunday tushunchalar orasida ummatning harakatdan ilgarida  bo'lishida biror hayron qolarlik bir vaziyatni ko'rmayapman. Mustaqil islomchilar ba'zan harakat tashkilotchilaridan yana-da faol va ta'sirli bo'la olishmoqdalar. Harakat esa, yo boshqaradi yoki oyoqqa tushov bo'layapti. Ikkisining orasida biror to'xtam yo'qdir. Biroq bu, jamoat faoliyatidan nusxa o'laroq idrok etilmasligi lozim. Men Olloh qo'li jamoat bilan birlikda bo'lganiga inonaman. Bundan mening qasd etganim, ishlatiladigan mexanizmlarning va ijrolarning mutlaqo ko'zdan kechirilishi lozimligidir. Bu masalani men “Musulmon birodarlarning liderlik inqirozi“ nomli maqolamda bir muncha batafsil yoritganman.

Savol: Islomiy harakatlarning hukumatlar bilan munosabatlarini qanday baholaysiz? Ularning hukumatlarga nisbatan hozirgi muomalalari, eng uyg'un bo'lganlarimi?   
Javob: Hukumatlar bilan munosabatlar, makon shartlariga bog'liq bo'lgan va ularga ko'ra qaraladigan masaladir. Bu masalaga oid va barcha Islomiy harakatlarga uyg'un bo'ladigan nazariy qoliplar belgilashning imkoni yo'q. Bu oldinga surila olmaydigan katta bir iddaodir. Shuningdek, qoidalarga umumiylik va doimiylik beradigan bir hukm chiqarish, ularni g'oyalarga aylantiradi va qo'llanishdagi zehniyat va amaliy moslashuvchanlikni, tadbirkorlikni susaytiradi, hatto yo'qotadi. Bu vaziyat, Islomiy harakatlarning bu sohadagi tajribalariga nisbatan salbiy bir munosabatda bo'lish va  “Makka xalqi uning yo'llarini yana-da yaxshi biladi”  qabilida ish tutib, bu salbiy munosabatlarni ko'zdan kechirmaslik va baholashga yo'l ochmaslik lozim, kabi tushunchaga keltirmaydi, albatta. Aksincha ulardan kelajakka lozim bo'lgan dars olinishi va biror narsa qozonish uchun har bir tajriba o'rganilishi, ijobiy va salbiy taraflari aniqlanishi zarur.
Umumiy holda men, hokimiyat boshqaruvchilari bilan mumkin bo'lganicha tinch,  munosabat-muloqotlarda bo'lishni tavsiya qiluvchilardanman. Chunki shunday qilinganda, yana-da ozroq achchiqlar va haq(badal)lar hisobiga aylanish (o'zgarish)ning haqiqatga aylanishini ta'minlash mumkin bo'ladi. Bu ummat uchun ham yana-da shafqatli bir  yo'ldir. Shu bilan birga men bir tarixiy qanoatga ham egaman: Mutlaqlik (absolyutizm)ga asoslangan o'git beruvchilar, zolim boshqaruvchilar zulmlaridan engillik bilan qaytmaydilar. Ularning haqsizlarcha ishg'ol etgan boshqaruvidan voz kechishlari amri maholdir. Kishilarning bir qismi, ularning boshqa qismi tarafidan yo'q qilinish sunnati, siyosiy va ijtimoiy hayotdagi Olloh sunnatlarining eng muhimlaridan biridir.“Agar  Olloh, insonlarning bir qismi yomonliklarini, boshqalari tarafidan sanaladigan qilib qo'ymaganida edi, er yuzi ostin-ustin bo'lgan bo'lardi.” Zolimni zulm qilishdan to'xtatish shar'iy bir vazifadir. Ummat esa, tushunishi va qabul qilinishiga ko'ra, bu vazifani bajarmaganlaricha qutula olmaydilar. “Odamlar zolimni ko'rib, unga to'siq bo'lmaganlaricha, ularning hammasiga Olloh yuboradigan bir jazo yaqin bo'ladi”, deyiladi sahih hadisi sharifda.

Savol: Bugun Islomiy harakatlarni tanqid qilish, o'zini bilmaydigan bir yozuvchi (yoki gazeta muxbiri va umuman ayrim ommaviy matbuot muxbirlari) uchun shuhrat keldiradigan juda qulay yo'l holiga keldi. Islomiy harakatlarni tanqid qilishlar, istalgan natijani berishi va xolisona, og'iz ko'pirtirishdan va shaxsiy gina-kuduratlarni to'kib olishdan uzoq bo'lishini ta'minlaydigan biror bir usul, yo'l bormi?
Javob: Tanqidlar ana o'shanday bir shakl(usul)da bo'ladigan bo'lsa, ular yiqituvchi emas, balki tuzuv(tuzatuv)chi  bo'lardi, shar'i adab doirasida etuk va samimiy nasihat darjasiga ko'tarilardi.
Tanqidlar tashviq qilinarkan, ularning sog'lom faktor bo'lishi ko'zda tutiladi. Quyosh nurlari tushadigan joylarda juda ko'p xil mikroblar yashay olmaydi. Shunga o'xshash yomon niyatlarda bo'lsa-da, tanqidlar islomiy ishlarga xizmat qiladi, qalblarda yashirinib yotgan tuyg'ularni harakatga keltiradi va turg'un aqllarni tetiklashtiradi deb hisoblayman.  Bu joni borligini, hayotni, yashayotganlikni bildiruvchi bir alomatdir.
O'zni to'liq etarli deb bilish, jim turish (sukut saqlash) va bir-biriga ozor berishga chidash odati esa, o'liklikning aynan o'zidir. Bilganlik keltiradigan tashvishlar, bilmaganlik beradigan tinchlik va huzur-halovatu rohatdan xayrlidir. O'tmishda shunday deganlar, “Aqlli kishi, ne'matlar ichida aqli bilan baxtsizdir,” “Johil esa, badbaxtlik ichida baxtlidir.”
Tanqid qilganlar orasida buni shafqat bilan qilganlar ham, tanqid qilinayotganni yiqitish niyatida qilganlar ham bo'ladi, albatta. Buzg'unchi kim va isloh istagan kimligini ajratadigan Yaratganning O'zi – Ollohdir. Bizga tushadigani esa, haqli,  o'rinli tanqidlarni qabul qilish va niyatlarni esa, ya'ni yashirin niyatlarni biladigan Ollohu taologa havola etishdir.

Savol: Islom yo'lida ishlayotganlarning ba'zilari ummat saviyasida o'rtaga qo'yilgan ish natijalarining zaif bo'lganligiga ishonganlari yoki shunday deb hisoblaganliklari, yoki jamoat boshqaruvchilaridan o'zlariga juda oz ma'lumotlar berilayotganligi uchun jamoat ishlarining lozimligiga shubhalanadilar. Shaxs darajasida bo'lsin, jamoat boshqaruvining xodimlari darajasida bo'lsin, ishqilib jamoatlarda ishlayotganlarga qanday tavsiyalaringiz bor?
Javob: Asosan shulardir: Jamoat faoliyatlari, shar'an talab qilinmoqda va mavjud shartlar ham buning kerakligini ko'rsatmoqda. Diniga bog'liq bir musulmon sifatida nasihatim: shaxs yoki jamoat shaklida bo'lishidan qat'i nazar, ular  Islom yo'lida faoliyatda bo'lgan har bir kishi bilan  yaxshi aloqada bo'lishlari shart. Ba'zi islomiy harakatlarda boshqaruv yoki tadbiqot jihatidan sen rozi bo'lmaydigan biror narsalarni ko'rsang-da, biroq diqqat qilib qarasang, o'sha harakat ichkarisida seni mamnun qiladigan bir qator tarbiya va madaniy o'rnaklarni ham topasan …
Turli xil mazhablari va yo'nalishlari bilan birgalikda barcha musulmonlar  bilan do'stligingni saqla. Islom yo'lida ishlashni  o'zing bog'liq bo'lgan kanallar va tashkilotlar bilan chegaralab qo'yma. Aksincha ular va boshqalar bilan ham birga do'stona ish olib bor… Biror jamoatga bog'liqlik va o'zaro musulmon do'stligi farqli narsalardir. Sening biror jamoatga bog'liqliging, sen faoliyat ko'rsatadigan boshqa jamoatlar va shaxslar bilan do'st bo'lishingga to'siq bo'lolmasligi lozim va bo'lolmaydi. Vaholanki, har bir musulmonga do'stlik va samimiyat ko'rsatilishi musulmonlikning alomatidir. Har bir jamoat (jamiyat)da mavjud bo'lgan eng yaxshi tarafiga ko'ra qardoshlik qil. Jamoatda ishlash bilan birga odamlar orasida ham bo'lishga harakat qilishga urin. Shaxsiy hayotingga ma'no beradigan shaxsiy bir da'vat loyihang ham bo'lsinki, Ollohu taolo huzurida biror uzring bo'lsin. Faqat jamoatga  yoki uning boshqaruviga kerakli bo'lish uchun ishlama. O'rtaga chiq va tashabbuskor bo'l. Doimiy amr kelishini kutib o'tirma.
Olim bilan suhbatda bo'lgan muallif uning bugungi Amerika haqidagi so'zlarini tubandagicha ifodalaydi:
Mana sizga Amerika … Dunyo musulmonlarining (yoki hatto insoniyatning) bosh balosi bo'lgan Amerika haqida biror so'z aytish, keyingi vaqtlarning mashhur ishga aylanarkan, to'g'ri izohlar ifodalaydigan fiklar bildirish hammaga ham nasib bo'laveramaydigan bir vaziyatga aylandi…  Bu nuqtada AQSh Obamaning hokimiyatga kelishi bilan yaxshi umidlarga berilgan kishilarga Shanqitiydan noxush xabarlar bor. U deydiki, “Amerikada demokratlar (hatto Obama kabi ilmlilar) Isroilga oshiqdirlar. Respublikachi (lochin)lar esa, Isroilga sig'inadi (sajda qiladi)lar …” Ustoz olim, oshiq bo'lish va sig'inishning orasida yagona farq borligiga diqqatni qaratib, islomiy siyosat printsiplari yo'qlarining  va shar'i azaliyliklarning yo'qotilishi oqibatida siyosat fikhi mumkin qadar kuchlansizlangani  va musulmonlar, shunday yo'l bilan  boshqarilishi lozim deyilgan ko'rsatmaning qurboni bo'lganlarini alohida ta'kidlaydi.
Muhtaram ustoz Shanqtiyni mutlaqo o'qish lozim … Biroq sizga yoqib qolgan va o'qilishi juda ahamiyatli hisoblaganingiz bir kitobni boshqalarga tanishtirish singari qiyin ish yo'qdir deb hisoblayman. Zero har bir izohning ustida alohida-alohida to'xtash, o'zingiz his-hayajoningizni boshqalarga o'tkazishni his etish bo'ladi. Shanqitiyning “Siyosiy fatvolar” kitobi ham ana shunday nusxalar qatoriga kiradi … Shuning uchun bu xabarimizni bir kitobni tanitish ko'rinishida emas, balki Ustoz Shanqitiyning o'zini tanitishga baholi qudrat urinish bo'ldi, desak to'g'riroq bo'ladi.  Buyog'i, ya'ni kitobni o'qish va ustoz Shanqitiy bilan chuqurroq tanishish esa, qadrli o'quvchilarning o'zlariga bog'lidir …

Ismoil Duman
http://www.birazoku.com/siyasi-fetvalar/
Turkchadan Aliboy Yo'lyaxshi  tarjimasi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube