O’zbekiston Xalq Harakati

Kitoblar

Muhammad_Salih_fotomajmuaSiyosatchi va shoir Muhammad Solihning 65 yilligiga

O'zbekiston Xalq Harakati lideri, siyosatchi va shoir Muhammad Solih 65 yoshga to'lishi munosabat bilan O'zbekiston Xalq Harakati internet sahifasi tahririyati tomonidan Muhammad Solih hayotining turli davrlarini aks ettiruvchi rasmlardan iborat “Muhammad Solih hayotidan soniyalar” nomli foto-majmua tayyorlandi.

Majmua bir nechta bo'limlarga ajratilgan holda Muhammad Solihning yoshlik yillaridan tortib, she'riyat dunyosiga kirib kelishi, siyosiy faoliyati, mamlakat mustaqilligini qo'lga kiritishdagi roli, hukumat tomonidan qilingan ta'ziyqlar va muhojirot kabi bir nechta bo'limlarda joy olgan rasmlardan iborat.

Bundan tashqari, majmuaga Muhammad Solihning turk dunyosidagi o'rni, turk dunyosining ko'zga ko'ringan vakillari tomonidan Muhammad Solih shaxsiga bildirilgan fikrlardan iborat maxsus bo'lim ham kiritilgan.

Foto-majmuani ushbu link orqali ko'chirib olishingiz mumkin: 

http://www.uzxalqharakati.com/books/Muhammad_Salih_fotomajmua.pdf

***

“HAQIQIY TIBBIYoT”

Doktor-biolog Oydin Solih o'zining “Haqiqiy tibbiyot” kitobida kasalliklarning asl sabablarini va ularga qarshi insonning chorasiz emasligini, Alloh har hastalikning shifosini ham yaratganini e'tirof etib, bularni dalil va isbotlar bilan taqdim etadi. Unda zamonaviy bilimlarning yaroqsiz izohlariga to'la, og'ir uslubi o'rniga kasallikning sabablari va haqiqiy shifoning qaerdaligi sodda til bilan bayon qilinadi. Bu kitob Oxirat kuniga ishongan, o'z vujudi va jonli-jonsiz barcha borliqqa zulm qilishdan qo'rqqan, shifo izlagan kishilar uchun tayyorlangan.

Bu kitobda taqdim etilgan qurol va davolashlarni o'z hayotingizga tatbiq etsangiz, tashhisni, kasalliklarning haqiqiy sababini tushunish imkoniga ega bo'lasiz. Sog'lom bo'lishning qanchalik qulayligini xayrat-la kashf etib, shunday bir mukammal yaratgani uchun Yaratganga hamdlar aytasiz.

“Haqiqiy tibbiyot” kitobining rasmiy sayti: http://www.gercektip.com/uz/

***

“NAQShBANDIYa TARIQATI”

Tasavvuf – qalb va nafsni yaxshi va yomon hollarini bilib, yomon hollardan tozalanib, yaxshi hollar ila bezanarkan, Alloh Taologa yaqin bo'lmoqdir.  Tasavvufning mavzui – ma'rifatullohdir. Ya'ni Alloh Taoloni bilmakdir.
Qur'oni Karimda 191 joyda “ma'naviy qalb”, 49 joyda “Nur”, 59 joyda “Aql”, 9 joyda “Ruh” kalimasi ishlatilgan. Tasavvuf shu to'rtta ma'naviy unsur – qalb, ruh, aql va nafs kategoriyalari bilan bog'langan mushohada tarzidir.
Tasavvuf ilmiga ko'ra insonning ma'naviy vujudida ikki zid borliq mavjud, bu – ruh va nafsdir.
Bu ikkisi inson vujudiga hokim bo'lish uchun bir-biri bilan kurashadilar. Bu kurashda nafsning ozig'i – gunoh, yordamchisi – shaytondir. “Nafs insonni mubolag'a va yomonlikni buyuradi” (“Yusuf”:52).

Kitobchani ushbu linkdan ko'chirib olishingiz mumkin:  http://uzxalqharakati.com/books/nt.pdf

***

“PAYG'AMBARLAR TARIXI” KITOBI VA UNING TUZUVChISI HAQDA

Bismillahir rohmanir rohiym

Mana, endi qo'limizda Muhammad Solih  tayyorlagan, O'zbekiston tarixida va o'zbek tili tarixida ilk bor chop etilayotgan 4 jilddan iborat “Payg'ambarlar tarixi” kitobini tutib turibmiz.

Bungacha o'zbek tilida butun payg'amabarlar tarixi bunday to'la va yaxlit shaklda hech chop etilmagandi. Bu yo'nalishda o'zbek tilida kichik hajmdagi Rabg'uziyning (13-14 asr) “Qissasul anbiyo” va Alixon To'ra Sog'uniyning (1885-1976) payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) tarixiga oid “Tarixi Muhammadiya” kitoblari mavjud edi, xolos.

Ushbu kitobda Qur'oni karimda nomlari zikr etilgan barcha payg'ambarlar kechmishi haqda hikoya qilinadi. Tarix Odam alayhissalomdan boshlanib, Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayoti bilan yakunlanadi. Kitobning uchinchi va to'rtinchi jildlari payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallam tarixiga bag'ishlangan bo'lib, bu tarix eng mufassal shaklda yozilgandir.

Kitobdagi ma'lumotlar Qur'oni karim oyatlari, Hadislar, Payg'ambarimizning ashob va tobiinlari bergan guvohliklar va islom dunyosining buyuk allomalari asarlaridan to'plangandir.

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining barcha 4 jildini ushbu linklardan yuklab olishingiz mumkin:

www.uzxalqharakati.com/books/PT_01.pdf
www.uzxalqharakati.com/books/PT_02.pdf
www.uzxalqharakati.com/books/PT_03.pdf
www.uzxalqharakati.com/books/PT_04.pdf

So'nggi xabarlar