Andijondagi “Navro’z” savdo markaziga o’t ketdi.

5 yanvardan 6 yanvarga o’tar kechasi andijonning eski shahardagi markaziy dehqon bozori yonida joylashgan 3 qavatli “Navro’z” savdo markazi binosi deyarli to’liq yonib ketgan. Bu bino Andijon viloyat hokimiyati binosidan juda nari borsa 500 metrcha narida joylashgan.

Andijondagi “Navro’z” savdo markaziga o’t ketdi.
234 views
06 January 2012 - 7:53
5 yanvardan 6 yanvarga o’tar kechasi andijonning eski shahardagi markaziy dehqon bozori yonida joylashgan 3 qavatli “Navro’z” savdo markazi binosi deyarli to’liq yonib ketgan. Bu bino Andijon viloyat hokimiyati binosidan juda nari borsa 500 metrcha narida joylashgan.

Guvohlarning aytishicha, yong’in tungi saot 11 dan keyin boshlanib, tungi soat 3-4 largacha davom etgan. Ertalab ham, binodan tutun chiqayotganini ko’rishgan. 2 odam yong’indan jaroxat olganligini aytiladi.
Bu yonib ketgan NAVRO’Z savdo markazida 700 ga yaqin savdogarning do’kon va tovarlari bo’lgani aytilmoqda. Bu yong’inda ayrim savdogarlarning 15-20 ming dollarlik tovarlari ham yonib ketgan, bino ichidagi seyflardagi pullar ham.
Mirshablar bino yoniga odamlarni yaqinlashtirmayapti, atrofdagi yo’llarda mashina harakati to’xtatilgan, 100 ga yaqin mirshab yuribdi, ulardan 3-4 tasi it bilan, 10 ga yaqini otliq. Yongan bino yonidagi markaziy dehqon bozori ham yopilgan, mirshablar to’sib turgan hudud atrofida odamlar juda ko’p (savdogarlar, bozorga kelganlar, tomoshaga kelganlar va h.k.).
Yong’inni o’chirish uchun 30 dan ortiq o’t o’chirish brigadasi (mashinasi) jalb etilgan, Andijon viloyatidagi brigadalar kamlik qilgani bois, qo’shni viloyatlardan – Farg’ona va Namangandan ham o’t o’chirish mashinalari kelgan.
Yana guvohlarning aytishicha, bu bino Oybek ismli bir boyga tegishlidir. Shamsutdinov Oybek – bundan bir qancha yillar avval shaharning boshqa tomonidagi (yangi shahardagi) NAVRO’Z degan ancha kichikroq ( 2 qavatli) do’kon sohibi bo’lgan, bir qancha benzin quyish shfxobchalari bo’lgan odam. Oybek Andijonga Toshkentdan tekshiriuvchilar kelgan va boylarga ov bo’lgan bir davrda hibsga ham olingan edi, keyin katta pora evaziga hibsdan chiqqan. Oybek – Andijon davlat universitetining “O’zbekiston tarixi” kafedrasining mudiri,  poraxo’rligi bilan tanilgan professor Rustam Shamsutdinovning o’g’li.
R. Shamsutdinov boshqa tarixchilar bilan birga mustaqillik davrida “O’zbekistoin tarixi” degan darslik ham yozgan.

windows 10 kaufen office 2019 kaufen office 365 kaufen windows 10 home kaufen windows 10 enterprise kaufen office 2019 home and business kaufen office 2016 kaufen windows 10 education kaufen visio professional 2019 kaufen project 2019 kaufen project 2016 kaufen visio 2016 kaufen windows server 2012 kaufen windows server 2016 kaufen windows server 2019 kaufen betriebssysteme office software windows server softhier instagram türk takipçi satın al instagram türk beğeni satın al instagram görüntülenme satın al instagram otomatik beğeni satın al facebook türk beğeni satın al facebook sayfa beğenisi satın al facebook türk takipçi satın al twitter türk takipçi satın al twitter türk beğeni satın al twitter retweet satın al youtube türk izlenme satın al youtube türk abone satın al takipçi hilesi